O’qituvchi: Muxiddinova N


Download 0.57 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1058441
Bog'liq
Matem 1

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Sirtqi/5 Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs bosqich talabasi Normurodova Maftunaning Matematika fanidan tayyorlagan taqdimoti.

O’qituvchi:Muxiddinova N

Mavzu: Sanoq sistеmalari. Sanoq sistеmasi tushunchasi. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistеmalari. O‘nli pozitsion sanoq sistеmasini targ`ib qilishda M.Xorazmiyning ro‘li. O‘nli pozitsion sanoq sistеmasida sonlarning yozilishi va o‘qilishi. O‘nli sanoq sistеmasida nomanfiy butun sonlar ustidagi arifmеtik amallarning algoritmi.

Sanoq sistemalari.


Sanoq sistemalari haqida tushuncha. Insoniyat paydo bo‘lib, madaniyat darajasi ancha yuqori bo‘lgan davrdan boshlab yozuv paydo bo‘lgan. Bunda dastlab nima haqida gap yuritilayotgan bo‘lsa, shu narsa yoki tushunchaning tasvirini beradigan rasmlardan foydalanilgan. Keyinchalik rasmlar o‘rniga maxsus belgilar va nihoyat asta-sekinlik bilan harflar, so‘ng raqamlar paydo bo‘lgan. Avvaliga sonlar chiziqchalar yoki tugunchalar yordamida belgilangan. So‘ng ko‘p miqdordagi belgilarni guruhlash ehtiyoji tug‘ilgan. Odamlar qo‘llaridagi barmoqlari yordamida sanaganlari uchun belgilar 10 talab, ba’zan 20 talab (oyoq va qo‘ldagi barmoqlarning soniga ko‘ra) guruhlangan va bu guruhlar alohida belgi bilan belgilangan. Shu tariqa har bir xalqning sonlarni yozish uchun o‘z sanoq sistemasi vujudga kelgan. Sanoq sistemasi deb, sonlarni yozish, o‘qish va ular ustida amal bajarish usuliga aytiladi.

Pozitsion va nopozitsion sanoq sistеmalari. Sanoq sistemalari tuzilishiga ko‘ra, odatda, ikki turli bo‘ladi: pozitsion va nopozitsion. Berilgan sonning yozuvidagi belgilar egallagan o‘rniga qarab turli xil manoni anglatsa, bunday sanoq sistemasi pozitsion sanoq sistemasi deyiladi.Masalan, 0, 1,2, ..., 9 dan iborat raqamlar deb ataluvchi belgilar yordamida yozilgan sonlar o‘nlik sanoq sistemasida yozilgan sonlar deyiladi va u pozitsion sanoq sistemasidir.

Odatdagi 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yordamida sonlarni yozish hindistonliklar tomonidan joriy qilingan. Shunday sanoq sistemalari ham borki, unda bir xil raqamlar sonning yozuvida qaysi o‘rinda joylashishidan qat’i nazar, doim bir xil ma’noni anglatadi. Bunday sanoq sistemalari nopozitsion sanoq sistemalari deb yuritiladi. Rim sanoq sistemasi nopozitsion sanoq sistemasiga misol bo‘ladi. I, II, III, V, X, L, C, D, M kabi belgilar yordamida yozish rimliklar tomonidan kiritilgan bo‘lib, sonlar I — bir, II — ikki, IV- to‘rt, VI — olti, XI - o‘n bir, XL — qirq, XC — to‘qson va hokazolar ko‘rinishda yozilgan.

O‘nli pozitsion sanoq sistеmasini targ`ib qilishda M.Xorazmiyning ro‘li. IX asrning buyuk оlimlaridan biri o‘zbеk (Хоrazm) matеmatigi Muhammad ibn Musо al-Хоrazmiydir. Uning «Kitоb al-jabr» nоmli kitоbi fanga algеbra nоmini bеrdi. Bu kitоbda arifmеtik masala va tеnglamalarning yеchilish qоidalari bayon qilingan. Al-Хоrazmiy o‘zining bоshqa kitоbida Hindistоnda kashf qilingan hind arifmеtikasini, ya’ni o‘nli sanоq sistеmasini yoritdi. Uch yuz yil kеyin, ya’ni XII asrda u lоtin tiliga tarjima qilindi va bu kitоb butun Yеvrоpa хalqlari uchun arifmеtikadan birinchi darslik bo‘lib qоldi. Natijada Yеvrоpa mamlakatlarida Arab davlatida yashagan muallif yozgan kitоb bo‘yicha o‘nli sanоq sistеmasi o‘rganilgani uchun o‘nli sistеmadagi arab raqamlari dеyila bоshlandi. Bu esa nоto‘g‘ridir. XII asrdan bоshlab Garbiy Yеvrоpada uzоq davоm etgan turg‘unlikdan so‘ng matеmatikaga qiziqish uyg‘оndi, bunga savdо-sоtiqning kеngayishi sabab bo‘ldi .

O‘nli pozitsion sanoq sistеmasida sonlarning yozilishi va o‘qilishi. O‘nlik sanoq sistemasida xona birliklari o‘n, yuz, ming, o‘n ming, yuz ming va hokazolar bo‘lib, ular 10, 102, 10’, 104, ... ko‘rinishda ifodalanadi va unda har bir xonaning bitta birligi ikkinchi xonadan boshlab o‘zidan oldingi xonaning o‘nta birligiga teng bo‘ladi, ya’ni qo‘shni xona birliklari nisbati sanoq sistemasining asosi — 10 ga teng. Sonlar 0, 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 dan iborat 10 ta belgi yordamida yoziladi va bu belgilar raqamlar deb ataladi. Son yozuvida har bir raqam malum xona birliklari sonini bildiradi. Demak, a natural sonning o‘nlik sanoq sistemasidagi yozuvi deb quyidagi yigindiga aytiladi: a = an • 10n + an-1 • 10n-1 + ... + a2 • 102 + a1 • 10 + a0, bu yerda: an, ...,a1 — 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar. an≠ 0 deb kelishiladi. Son yozuvini 0 lardan boshlash faqat malum sondagi raqamlardan iborat nomerlashda qo‘llanadi, masalan: lotoreya, pasport, avtomobil nomerlarida.

O‘nli sanoq sistеmasida nomanfiy butun sonlar ustidagi arifmеtik amallarning algoritmi.

Endi ko‘p xonali sonlarni og‘zaki qo‘shish qoidasini ko‘rib chiqaylik. Bu qo‘shish qonunlariga asosan amalga oshiriladi. Masalan, 8324 + 525 = (8 minglik + 3 yuzlik + 2 o‘nlik + 4 birlik) + (5 yuzlik + 2 o‘nlik + 5 birlik) guruhlash va o‘rin al- mashtirish xossalariga asosan: 8324 + 525 = 8 minglik + (3 yuzlik + 5 yuzlik) + (2 o‘nlik + 2 o‘nlik) + (4 birlik + 5 birlik) = 8 minglik + 8 yuzlik + 4 o‘nlik + 9 birlik = 8849 bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, ko‘p xonali sonlarni qo‘shish uchun ularning mos xona birliklarini qo‘shish kerak ekan.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling