O’qituvchi o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqiashlarini shakllantiradi


Download 301.5 Kb.
bet1/25
Sana02.01.2022
Hajmi301.5 Kb.
#196420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
amrullayeva-mohinur-interfaol



Mavzu: Ta’limning interfaol metodlari va ularni matematika darslarida qo’llash usullari
Reja:

  1. Kirish

  2. Pedagogik texnologiya ta’rifi

  3. Ta’limning interfaol metodlari

  4. Guruhlarga bo`lish yo`llari

  5. Matematika darslarida qo’llanadigan interfaol usullar.

  6. Matematikani o‘qitishda muammoli vaziyatlarni hosil qilish va ularni yechishda qo‘llaniladigan usullar.

  7. Casestudy (keys stadi) texnologiyasi.

  8. Xulosa


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim O‘quvchilarni fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim O‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy O‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni, kasb tanlashni shakllantiradi.

Umumiy o‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun O‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish, ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy O‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va O‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash zarur.

Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida xalq ta’limi tizimi xodimlarining zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari, ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalana olishlari hamda darslarni puxta loyihalashtirishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda O‘qituvchi dars samarali tashkil eta olishi uchun O‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirib olishi zarur. O‘qituvchi bu jarayonda O‘quv fanining O‘ziga xos tomonlarini, O‘qitishning texnik va didaktik vositalarini, eng asosiysi, O‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda O‘quvchi bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kO‘zlangan natijaga erishish mumkin.

O‘qituvchining dars jarayonini oldindan loyihalashtirib olishida u tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga ega. Chunki darsning texnologik xaritasi o‘qitilayotgan fan va uning xususiyatidan, o‘tiladigan mavzu mazmunidan, o‘quvchilarning imkoniyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Bunday texnologik xaritani tuzib olish uchun O‘qituvchi pedagogika, psixologiya, har bir fannining xususiy metodikasi, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, juda ko‘p metodlar va usullarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq.

Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish O‘qituvchining shaxsiy tajribasi, qo‘ygan maqsadi, vazifasi va kO‘zlayotgan natijasi hamda ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kutilayotgan natija, dars jarayonini tashkil etishning O‘ziga xos texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.



Demokratik islohotlar yo’liga qadam qo’ygan mustaqil O’zbekiston Respublikasiga o’qimishli har tomonlama etuk, barkamol fuqarolar kerak. Aynan, «Shaxs» tushunchasi milliy ta’limning shakl va shamoyilida muhim ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talab etadi.

Shaxsni tarbiyalash «Ta’llm to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, ya’ni ta’lim oluvchilarga o’ta talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tatbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.

Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda.

Bu boradi ancha-muncha tajriba to’plagan tadqiqotchilar pedigogik texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolotlavchi omil ekanligini ta’kidlab, pedagogik jarayonlarni ilmiy lohihalashtirish, uni amalga oshirish, loyihalashtirilgan ta’lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilpsh xususida o’z fikr-mulohazalarini ommaning diqqat-e’tiboriga havola etayotir.


Download 301.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling