O'qituvchi: Sobirova Oygul Turkumli shakllar Reja


Download 0.65 Mb.
Sana28.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#550189
Bog'liq
turkumli shakllar
2 5404517988923610584, O‘zgaruvchan тok Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirla, O‘zgaruvchan тok Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirla, O‘zgaruvchan тok Bir fazali sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirla, Gamilton operatori va uning ba’zi bir tatbiqlari, Gamilton operatori va uning ba’zi bir tatbiqlari, Rivojlangan o‘rta asrlarda osiyo davlatlarida siyosiy, iqdisodiy-ijtimoiy jarayonlar, Adobe Scan 01-may, 2021 (3), Adobe Scan 01-may, 2021 (3), AMALIY 2 - ISHIM, test boshqaruv2ta, Снимок экрана 2021—10—07 в 16.43.59, 2 5240343186156554673, Аттестацияга маълумотнома

O'qituvchi: Sobirova Oygul
Turkumli shakllar
Reja:
1.Syuita
2.Partita.
3.Popurri.
4.Trio, kvartet.
5.Kontsert.
6.Simfoniya.
1
Umumiy tavsif.
Yagona badiiy g`oya bilan bog`lanib, bir necha shaklan mustaqil qismlardan tashkil topgan musiqiy shakl turkumli(siklli) shakl deb yuritiladi (sikl so`zi grekcha bo`lib doira, aylana degan manoni ifoda etadi). Turkumli shakl umumiy g`oya ostida birlashtirilgan u yoki bu doiradagi musiqiy obrazlarni (suratlar, janrlar) qamrab oladi. Siklning barcha qismlari yopiq (tugal) bo`lib, reprizali ijro nazarda tutilmaydi.
Qismlarning mustaqilligi ularni alohida-alohida ijro etish mumkinligida o`z ifodasini topadi (masalan, Yevropada dafn marosimlari paytida Shopenning ―Dafn marshi‖ ijro etiladi, aslida esa u kompozitorning b-moll sonatasi uchinchi qismi sanaladi).
Turkumli shaklda qismlar mavzuga ko`ra turlicha bo`ladi. Butun turkum shaklni ijro etishda uning qismlari orasida tanaffuslar qilinadi, nota yozuvida qayd etilmasa-da, ularning davomiyligi ijrochi tomonidan belgilanadi.
Cholg`u musiqasida ikkita asosiy turkumli shakl yuzaga kelgan: syuita va sonata-simfonik sikl.
2. Syuita.
Syuita‖ so`zi ketma-ketlik, izchillik degan ma‘nolarni anglatadi. Odatda qadimiy va yangi syuita farqlanadi. Syuita shakli qismlari o`zaro yagona g`oya bilan birlashtirilgan bo`ladi, ammo qismlar sonata tamoyiliga ko`ra yaratilgan asarlar kabi izchil rivojlanish chizig`i bilan birlashtirilmaydi.
Qadimiy syuita XVIII asrning birinchi yarmida ijod qilgan kompozitorlar , birinchi navbatda, I. S. Bax va F. Gendel ijodida to`liq aks etgan. Uning o`ziga xos xususiyati qadimiy ikki qismli shaklda yozilgan turli xarakterdagi raqslarning almashinib kelishi. Hamma qismlar tugal bo`lib, raqs surati, xarakteriga ko`ra o`zaro kontrast(tafovut) hosil qiladi.
Barokko davrning qadimgi tipik syuitasi asosini surati va xarakteriga ko`ra kontrast bo`lgan, malum ketma-ketlikda joylashtirilgan to`rtta raqs tashkil etgan:
Alemanda (nemis raqsi.) o`rtacha suratda, to`rt hissali, ko`proq polifonik tuzilishdagi raqs-yurish. Bu ulug`vor raqs xarakteri musiqada bosiq suratda, maxsus taktorti bilan, tinch va xirgoyi intonatsiyalarda aks etadi.
Kuranta– (ital. ―Corrente‖ – ―oquvchan‖ ma‘nosini anglatadi) – nisbatan jonli, uch hissali solo raqsi, saroylardagi ballar davomida raqqoslar juftligi tomonidan ijro etilgan. Kuranta fakturasi ko`pincha polifonik, musiqa xarakteri boshqacha. U nisbatan harakatchan, musiqiy iboralari nisbatan qisqa va stakkato shtrixlari bilan takidlangan.
Sarabanda – kelib chiqishi ispancha raqs bo`lib, XVI asrdan beri malum. Bu motam-dafn yurishi. Sarabanda ko`proq solo ijro etilib, kuy va akkompanement
(jo`rnavozlik) bilan kechgan. Uning uchun ko`pincha gomofon fakturaga o`tadigan akkord fakturasi xos.
Jiga – kelib chiqishi irladncha bo`lgan juda tez, jamoaviy, bir muncha komik, dengizchilar raqsi. Bu raqs uchun triolli ritm va (aksariyat ko`p hollarda) fugali bayon (bazan esa basso-ostinatoga variatsiya va fuga) xarakterli.
3. Yangi syuita
XIXasrda yangi syuita yuzaga keldi, u o`zining mazmuni va kompozitsion qirralariga ko`ra qadimgisidan farqlanadi. Yangi syuitada dasturiylik tamoyili katta ahamiyat kasb etdi.
Sonata-simfonik sikl (turkum).
Sonata janr sifatida ko`p qismli turkum asar bo`lib, bir necha shaklan mustaqil, mazmuni va xarakteriga ko`ra turlicha bo`lgan qismlardan tashkil topadi.
Sonata turkumi mazmunining chuqurligi, rivojlanishi murakkabligi, qismlarining ichki aloqadorligi, olindan belgilangan umumiy g`oyasi bilan xarakterlanadi.
«Sonata» nomi faqat bir yoki ikkita cholg`u uchun (masalan, fortepiano uchun, skripka va fortepiano uchun) yozilgan asarlarga nisbatan ishlatiladi.
Sonata turidagi nisbatan murakkab ansamblllar cholg`ular soniga ko`ra trio, kvartet, kvintet va h.k. nomlanadi.
Asosiy tushunchalar:
Sikl grekcha so`z bo`lib, doira, aylana degan manoni ifoda etadi. Siklli shakl umumiy g`oya ostida birlashtirilgan u yoki bu doiradagi musiqiy obrazlar (suratlar, janrlar) ni qamrab oladi. Siklning barcha qismlari yopiq (tugal) bo`lib, reprizali ijro nazarda tutilmaydi.
Syuita so`zi ketma-ketlik, izchillik degan manoni anglatadi.
Sonata janr sifatidako`p qismli turkum asar bo`lib, bir necha shaklan mustaqil, mazmuni va xarakteriga ko`ra turlicha qismlardan tashkil topadi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling