O’qituvchi: Umirova G. A


Download 244.76 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi244.76 Kb.
#106459
Bog'liq
4-laboratoriya mashguloti 03b4d25956dda0684194fbd536971520

4-Laboratoriya mаshg’ulоti. Mavzu: Ko`rgazmali tajribaning malakalarini shakllantirish, laboratoriya tajribasi va amaliy mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish. 

o’qituvchi:Umirova G.A.

O’qitishning ko’rgazmali so’zlab berish usullari ichida eng muhimi kimyoviy tajribani namoiysh qilishdan foydalanishdir. Tajriba va nazaryaga asoslangan kimyo fanini o’qitishda o’quv tajribalaridan foydalanish muhim ahamyatga ega. Chunki kimyoviy tajriba o’quvchilarga kimyoviy hodisalarni yaqindan tanishish imkonyatini tug’dirib qolmasdan, balki kimyo fanining usullarini puxta egallashlariga ham yordam beradi.

Namoyish etiladigan (ko’rsatiladigan) tajribalar deganda dars jarayonida o’qituvchi, laborant yoki ba’zida o’quvchilarning birontasi mavzuga oid tajribalarni ko’rsatishi tushuniladi. Bu tajribalar dasturida ko’rsatilgan bo’ladi, lekin o’qivchilarning o’z ixtiyorida undagi kerak reaktivlar bo’lmasa, kimyoviy va metodik jihatdan ularga ekvivalent bo’lgan boshqa tajribalar ko’rsatilishi mumkin.


Ko’rsatiladigan tajribaga qo’yiladigan talablar

Oddiylik

Yaqqol ko’rinish

Tajriba ni tushuntirish zarurligi

Tajriba xavfsizligi

Ishonchlilik

Yaqqol ko’rinish.

  • Yaqqol ko’rinish.
  • Tajribalarning sinfdagi o’quvchilarga yaqqol ko’rinishi uchun reaksiya olib boriladigan idishlarning hajmi kattaroq bo’lishi, reaktiv va eritmalarning hajmi kattaroq bo’lishi, reaktiv va eritmalarning miqdoridan ko’proq olinishi va kattaroq qurilmalardan foydalanish talab etiladi.

Tajribalar yaqqol ko’rinishini kuchaytirish uchun Petri idishida olib borilayotgan tajribani kodoskob orqali ekranga tushirib, namoyish qilish kerak.

Tajribalar yaqqol ko’rinishini kuchaytirish uchun Petri idishida olib borilayotgan tajribani kodoskob orqali ekranga tushirib, namoyish qilish kerak.

Masalan: natriyning suvga ta’sirini ko’rsatishda natriy bo’lagi katta olinsa tajriba xavfli bo’ladi, juda kichik bo’lagi olinsa yomon ko’rinadi.

Shuning uchun bu tajribani kichik bo’lakli natriy yordamida bajarib, kodoskop yoki videoglaz, kompyuter orqali ekranga tushirib ko’rsatiladi.

Oddiylik. Ma’lumki, kimyoning tekshirish ob’ekti asbob emas, balki unda sodir bo’layotgan jarayonlar hisoblanadi. Shuning uchun asbob yoki qurilma murakkab bo’lmasa, tajribani tushuntirish oson bo’ladi.

Tajriba xavfsizligi. O’qituvchi dars vaqtida o’quvchilar xavfsizligi uchun to’liq javob beradi. Shuning uchun u kimyo xonasida ishlashdagi xavfsizlik texnikasi qonun-qoidalariga amal qilishi va uni bilishi shart . Kimyo xonasida o’t o’chirish vositalari,mo’rili shkaf, birinchi yordam ko’rsatish vositalarining bo’lishi va ularni ishlata bilish talab etiladi. Tajriba olib boriladigan idishlar hamma vaqt toza bo’lishi kerak.

Ishonchlilik. O’tkazilgan tajribaning samarali chiqishiga erishish lozim. Aks holda o’qituvchularda ishonchsizlik paydo bo’ladi. Laboratoriya darsida tajribalarni o’tkazish texnikasi , tajriba vaqti , tajribaning optimal sharoitini belgilash , qo’shiladigan reaktiv va eritmalarning miqdorini , tajriba o’tkazish jarayonini aniqlash uchun tajribani darsgacha o’qituvchi o’tkazib ko’rishi kerak .

Tajriba (eksperiment)ni tushuntirish zarurligi. Agar tajriba mohiyati tushuntirib o’tkazilsa uni bilib olish qiymati yuqori bo’ladi. O’tkazildigan tajribalar soni kam bo’lsa ham, u o’quvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Unga qo’yiladigan asosiy talablardan biri tajribani o’tkazish texnikasiga katta e’tibor berish zarurligidir.


Yuqorida aytib o’tilgan talablar asosida ko’rsatiladigan tajribalarni o’tkazish uchun quyidagi metod taklif qilinadi.

Tajribani o’tkazish maqsad va vazifasini o’quvchilar to’liq tushunishlari hamda aniglashlari,uning natijalarini bilishlari kerak.

Tajriba o’tkaziladigan asbobning tavsifi , tajriba o’tkazish sharoiti, kerakli reaktivlar va ularning xossalari tushuntiriladi.

O’quvchilarning tajribani kuzatishlari tashkil qilinadi. Kuzatish davomida reaksiyaning tashqi belgilari aytib o’tiladi.

.

O’tkaziladigan tajriba natijasida xulosa chiqariladi va nazriy asoslanadi.

  • O’tkaziladigan tajriba natijasida xulosa chiqariladi va nazriy asoslanadi.
  • Kimyoviy tajribani o’tkazishda o’quv jarayonining uch vazifasidan foydalaniladi: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish. Bunda, ya’ni ta’lim jarayonida o’quvchlar kimyoviy hodisalarning amalga oshishi, ahamyati to’g’irisida axborot oladilar. Moddalarning fizik – kimoviy xossalari va kimyo fanining usullarini o’rganadilar.

Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar:

Qaytarish va mashqlar: Qaytarish, o’z-o’zini tekshirish, analiz, qayta bajarish, mustahkamlash, chuqurlashtirish, yodda saqlash.

Yangi materialni mustaqil o’rganish: adabiyotlar va internetdan yangi materiallarni o’rganish ulardan foydalanib konspektni to’ldirish.

Ilmiy xarakterli ishlarni bajarish: muammoli holatlarni yuzaga keltirish, testlarni tuzish, savollarni tuzish, slaydalarni tayyorlash, uyga topshiriqlarni tayyorlash.

.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kimyo o’qitishda zamonaviy texnologiyalar. G.A.Ixtiyarova, D.J.Bekjanov, M.Sh.Ahadov. O’quv qo’llanma.Toshkent.2020

2. Kimyo o’qitish metodikasi.M.Nishonov, Sh.Mamajonov,V.Xo’jayev. Kimyo o’qitish metodikasi. T-2002

Internet saytlari:

1. WWW.Ziyo.uz

2. WWW.Kutubxona.uz

3. WWW.arxiv.uz

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 244.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling