O‘qituvchining kasbiy kompetentsiyaning mazmuni va tuzilishi


Download 23.69 Kb.
bet1/7
Sana28.09.2022
Hajmi23.69 Kb.
#824218
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-MA\'RUZA
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon roman, Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn, 30 - мавзу матн, 39 маъруза матни, Б.Ёриев Мақола, Б.Ёриев Мақола, O‘zbekiston respublikasi (2), 7-мавзу мат, o dars, o dars, o dars, Logarifmik tenglamalarni yechish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish, Ko`rsatkichli va logarifmik tenglamalarga oid misollar yеchish, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yеchish

O‘qituvchining kasbiy kompetentsiyaning mazmuni va tuzilishi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha jabhalarida jumladan, ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasidagi muhim ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning kelajakda rivojlanishi, raqobatbardosh kadrlarga bog’liqdir, bu sohani mukammal amalga oshirish bevosita pedagog kadrlarning kompetentlik darajasiga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti, hukumat vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topgan: O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947-sonli Farmoni asosida “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanishtirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ning to’rtinchi ustuvor yo’nalishida olg’a surilgan g’oyalarning mazmun-mohiyatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF 4732-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlar to’g’risida”gi 242-sonli Qarori shular jumlasidandir. Mazkur ma’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus vazirligi tomonidan 2015 yil 24 avgustda “Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligini hamda kompetentligiga qo’yiladigan malakaviy talablar zamonaviy pedagog kadrlar kompetentligining komponentlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Unda quyidagilar belgilab berilgan:



  • Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lish:

  • Mustaqillik g’oyalari asosida ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

  • Zamonaviy pedagog imidjini bilish hamda pedagogning o’z-o’zini kasbiy va shaxsiy jihatdan takomillashtirish;

  • Vaziyatga to’g’ri baho berish va siyosiy hushyor bo’lish;

  • Pedagogik ish uslublarini bilish va amaliyotda qo’llash;

  • O’quvchi-talabalarning kreativ salohiyatini baholash mezonlarini bilish;

  • Shaxsga psixologik tavsifnoma berish, jamoadagi va o’zidagi psixologik holatlarni tahlil qilish;

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amalda qo’llay bilish;

Yuqoridagi vazifalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish bugungi o’qituvchida “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalari shakllanganmi?
O‘tgan asrning 60-70-yillarida ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Kompetensiya lotincha so‘z bo‘lib “compete” – kirishayapman, munosibman, loyiqman yoki bir sohadagi bilimlar, tajribalar ma’nolarini anglatadi. Demak, inson ma’lum sohani yaxlit biladigan, tajribaga ega bo‘lgan kabi ma’nolarni bildiradi.
Kompetentlik – bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, rahbarlik faoliyatiga singdirib borish”.
Kompetensiya – biror kishi juda yaxshi bilgan yoki xabardor bo‘lgan masalalar doirasi”1 - deb rus psixologi B.D.Elkonin ta’rif bergan.
Kompetensiyabiror kishining vazifalari, huquqlari doirasi”2 – deb S.I.Ojegov aytib o‘tgan.
Umuman “kompetensiya” va “kompetentlik” atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xil tahlil etilmaydi. Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos M.Xomeki (1956) Massachutes universiteti tomonidan taklif etilgan “kompetensiya” atamasining umumiy ma’nosi shakllandi. Yevropa kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) “kompetensiya” – qobiliyat, mahorat singari tushunchalar qatoriga kiritilganligi ta’kidlanadi.
Kompetensiya” so’zi lotinchadan “erishaman, to’g’ri qilaman” degan ma’nolarni bildiradi. Subyektning maqsadni qoyish va unga erishish, tashqi va ichki zaxiralarni samarali birga tashkil qila olishga boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarini yecha olishga shaxsiy qobiliyatidir.

Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling