Oqsillar biosintezi jarayonini, organizmlarning irsiy va genetik
Download 32.61 Kb.
|
1 2
Bog'liqribonuklein kislotalar
Презентация1 D Abduqodirov Introduction Enterepreneurship, 5 topshiriq Komil case, Бми Музаффар ака, дарс тахлил, 9
Oqsillar biosintezi jarayonini, organizmlarning irsiy va genetik o'zgaruvchanligi mexanizmlarini, irsiy kasalliklarning kelib chiqishi va avj olish mexanizmlarini tushunish uchun nuklein kislotalaming tuzilishi to‘g‘risidagi bilimlar zarur. Nuklein kislotalami kimyoviy tarkibini o'rganish bo'yicha oxirgi olti o‘n yillikda erishilgan ulkan yutuqlarga qaramasdan nuklein kislotalarni tuzilishi va biologik roli o‘rtasidagi bog'liqliklami aniqlash uchun ko‘p muammolar hal etilishi lozim. Nuklein kislotalaming tahlili yo'lida ilmiy izlanishlar olib borish, shubhasiz, biologiya, tibbiyot va tirik organizmlar fanida kashfiyotlar qilishga imkoniyat beradi. Nuklein kislotalar tuzilishida komplementarlik prinsipining ochilishi nafaqat bu biopolimerlar tuzilishining sirlarini ochishga, balki biologik makromolekulalar sintez mexanizmi va hosil bo'lishini ochishga imkon berdi. Nuklein kislotalar yuqori molekulali birikmalardir. Nuklein kislotalar boshqa polimerlarga xos bo'lmagan qator muhim biologik funksiyalami baiaradilar. ulaming asnsiylari quyidagilar: irsiy, axhnrotning saqlanishi va o'tkazilishini ta’minlash, hujayra barcha oqsillari sintezini programmalash orqali axborotni o'tkazish mexanizmida bevosita ishtirok etadi. Nuklein kislotalami struktur tarkibiy qismlari kofaktor, allosterik effektor vazifasini bajarib, kofermentlar tarkibida, modda almashinuvida, energiyani hosil bo'lishi, o'tkazilishida, saqlanishida bevosita ishtirok etadi. Ikki xil nuklein kislota - DNK (dezoksiribonuklein) va RNK (ribonuklein) tafovut qilinadi. Odam hujayralaridagi DNK molekulalarining uzunligi bir necha santimetrdir. Har bir xromosoma DNKsi nihoyat darajada katta bo'lgan bir molekuladatf‘yoki kamgina sondagi shunday molekulalardan iborat ho'lishi mumkin. Odamning 23 juft xromosomalaridagi DNKning umumiy uzunligi taxminan 1,5 mga teng. RNK molekulalari kaltaroqdir: ulaming uzunligi odatda O.Olmmdan ortmaydi. DNK asosan hujayra yadrosida, xromatin tarkibida bo'ladi. Mitoxondriyalarda DNK oz miqdorda boiadi. RNK hujayraning hamma qismlarida boiadi va u hujayra umumiy massasini 5*10% ini tashkil etadi. Nuklein kislotalar nukleotidlarning polimerlaridir. Nukleotidlar uch tarkibiy qismdan - pirimidin yoki purin asosi, pentoza va fosfat kislotadan tuzilgan. Purin va pirimidin tuzilishining asosida 2 ta aromatik geterotsiklik birikmalar - purin va pirimidin yotadi. Purin molekulasi ikkita kondensirlangan halqa - pirimidin va imidazoldan tarkib topganAsosiy pirimidin asoslaridan tashqari nuklein kislotalar tarkibida minor pirimidin asoslar: metil- va oksimetilsitozin, digidrouronil, psevdouridin, bmedluronil va boshqalar uchraydi. TRNK molekulasida 10% gacha minor asoslar uchraydi, ular fiziologik ahamiyatga ega boiib, RNK molekulasini - gidrolitik fermentlar ta’siridan himoya qiladi. Minor pirimidin asoslar struktur formulasi nukleozid shaklida keltirilgan: Asos bilan pentoza birikmasi nukleozid deb ataladi. Nukleotidlar nukleozidmonofosfatlardir. Hujayralarda nukleoziddifosfat va nukleozidtrifosfatlar ham bor. Pentoza qoldig'ining tabiatiga qarab nukleotidlar ikki turga bo'linadi. Ular - ribonukleotidlar va dezoksiribonukleotidlar. Dezoksiribonukleotidlar organizmda DNK hosil qilish uchun foydalaniladi. Ribonukleotidlar funksiyasi ancha xilma-xil. Ularning asosiy qismi RNK hosil bo'lishiga sarflanadi. Bundan tashqari, ribonukleotidlar ba’zi transferaza reaktsiyalarida (xususan, polisaxaridlar sintezida) kofermentlar vazifasini bajaradi. Adenilribonukleotitlar NAD, NADF, FAD, KoA kofermentlar tarkibiga kiradi. Organizmda energiya o'zgarishlarida ATF o'ziga xos bir rolni o'ynaydi. Hamma nukleozidlarda, xuddi ATFdagidek yuksak energiyali bog'lar gidrolizga uchraganida anchagina miqdorda (SOkJmol atrofida) energiya ajralib chiqadigan bogiar boiadi; bular fosfat qoldiqlari orasidagi bog'lardir. Nuklein kislotalaming birlamchi strukturasi DNK tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun birinchi marotaba E. Chargaff (1949-y.) tomonidan aniqlangan va keyinchalik ≪Chargaff qoidalari≫, deb nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar muhim ahamiyatga egadir. Turli manbaiardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi tekshirilganda quyidagilar aniqlandi. 1. Purin va pirimidinlar molyar qismi tengdir: A+G=S+T yoki A+G\S+T=1 2. Adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga tengdir: A+S=G+T yoki A+S\G+T=1 3. Adenin miqdori timin miqdoriga teng, guanin miqdori esa sitozin miqdoriga teng: A=T va G=S; A\T=1; G\S=1 4. Bundan tashqari spetsifiklik koeffitsiyenti o'ziga xos boiib, u G+S\A+T nisbati bilan belgilanadi. Hayvonlar va ko'pchilik o'simliklar uchun koeffitsiyent 1 dan past (0,54-0,94), mikroorganizmlar uchun esa 0,45-2,57 oralig'idadirA.N. Belozerskiy va uning o'quvchilari olgan natijalarga asosan tabiatda AT-tur DNK (xordali va umurtqasiz hayvonlarda, yuqori o'simliklarda, ba’zi bakteriya, zamburugii organizmlarda) va GS- 66 tur DNK (aktinomitsetlar, ba’zi bakteriya va viruslar) mavjudligi ko'rsatilgan. Monomer molekulalar nuklein kislotalaming strukturali birligi hisoblanadi va ular mononukleotidlar deb ataladi. Demak, nuklein kislotalar polinukleotidlardir. Mononukleotidlar uchta spetsifik komponentlardan tarkib topgan: azot asosi, uglevod, fosfat kislota, bunda uglevod o‘rta o‘rinni egallaydi. Azot asosini uglevod bilan hosil qilgan birikmasi nukleozid deb ataladi, mononukleotiddan ishqor yoki spetsifik ferment - nukleotidaza ta’sir etishi natijasida gidrolitik yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Nuklein kislotalar molekulalaridagi mononukleotid murakkab efir bog'i bilan birikkandir. Bu bog* bir mononukleotidlaming fosfat qoldig'i bilan boshqa mononukleotid pentoza qoldig'ining 3-gidroksil guruhidan hosil bo'lgan (3’,5’-fosfodiefir bog') (13-rasm). Shunday qilib, nuklein kislotalar nukleozidmonofosfatlarning chiziqli polimerlari - polinukleotidlardirShunday qilib, nuklein kislotalar nukleozidmonofosfatlarning chiziqli polimerlari - polinukleotidlardir. Polinukleotidning uchlari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi: bir uchida erkin 5-fosfat guruhi (S-uchi) bo'lsa, ikkinchi uchida erkin 3-OH-guruh (3-uchi) bo'ladi. Turli nuklein kislotalar molekulasidagi mononukleotid qoldiqlarining soni, nukleotid tarkibi va nukleotid qoldiqlarining navbatlashi'o borish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi (aslida asoslaming navbatlashib borish tartibi bilan, chunki barcha monomerlaraing pentozofosfat qismlari bir xil boiadi). Nuklein kislotalaming birlamchi strukturasini qisqacha tasvirlash uchun bir harfli nukleozidlar simvollaridan foydalaniladi: A-adenozin, G-guanozin, S-sitidin, Uuridin, T-timidin. Masalan, RNK ning birlamchi strukturasi mana bunday yozuv tarzida ifodalanishi mumkin: Download 32.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling