O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi


Download 206.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.01.2019
Hajmi206.62 Kb.

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 



  

Sana:   

Sinf : 7- sinf 

Fan : Kimyo. 

 

Mavzu : 1-§. KIMYO      FANING  PREDMETI   VA     VAZIFALARI.  



Darsning  maqsadi:    

   


1.Ta’limiy maqsad:     O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti 

talablariga javob beradigan bilimlar berib ,  ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini  

shakllantirish. 

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining 

buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok 

madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash. 

3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik 

malakasini oshirish, mustaqil  fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish,  kimyo fani va shu 

sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. 

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , Plakatlar , kimyoviy 

moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar 

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.  

Mashg’ulot  bosqichlari: 

 

№ 

Bosqichlar 

Vaqti 

 Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

 O’tilgan  mavzuni  takrorlash 

12 daqiqa 

 Yangi  mavzuni  bayoni  

12  daqiqa 

 Mustahkamlash 

15  daqiqa 

 Mashg’ulot  yakuni. Uyga vazifa  

berish 

3 daqiqa 



Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. 

 

Darsning borishi :

  

Tashkiliy qism:

                1.   O’quvchilar bilan salomlashish. 

                                                                                 2.   O ’quvchilar davomadini aniqlash. 

                                             3.   Darsga tayyorgarlik ko’rish. 

 Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.  

 

 Yangi mavzuni bayoni:      • Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to‘g‘risidagi fandir. 

 

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni 



bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o‘rganuvchi aniq fan hisoblanadi. 

 

Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. 



Moddalar    hozirgi  vaqtda  ma'lum  bo‘lgan  118  ta  kimyoviy  elementning  u  yoki  bu  tarzda  o‘zaro  birikishi  natijasida  hosil 

bo‘lgan birikmalardir. Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan 

biri  hisoblanadi.  Kimyoviy  moddalar  va  ulardagi  o‘zgarishlardan  insoniyat  o‘z  ehtiyojlari  uchun  qadimdan  foydalanib  kelgan. 

Xitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq ho‘jaligi zararkunandalariga qarshi  kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, 

me'moriy  obidalarni  barpo  etishda,  kiyim-kechaklar  tayyorlashda  kimyoviy  moddalar  va  hodisalardan  keng  foydalanganlar. 

Jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu 

Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII—X asrlardayoq o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy moddalardan turmush ehtiyojlarida 

va  turli  xil  xastaliklarni  davolashda  foydalanish  yo‘llari  haqida  dastlabki  qimmatli  ma'lumotlarni  keltirganlar.Abu  Ali  ibn  Sino 

dorivor moddalarni ma'lum tarkibda bo‘lishini ta'riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ularni sodda va murakkab dorilarga 

toifalash  orqali  atom-molekulyar  ta'limotning  dastlabki  tushunchalarini  shakllanishiga  asos  solganligi  yurtimizda  kimyoviy 

bilimlar bilan shug‘ullanish tarixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish 

kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma'lum bo‘lgan kimyoviy 

elementlarni  sinflash  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilib,  elementlar  Davriy  jadvali  yaratildi.  XX  asr  oxirlariga  kelib,  kimyo  fani 

yanada jadal sur'atlar bilan rivojlandi.     



Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. 

 

 Uyga vazifa berish :  Atrofdagi olam tuzilishi haqida tasavvurlar to‘g‘risida hikoya tayyorlash.  Darslikdagi §1 ni o‘qish. 

Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish. 



 

                                                                                        

 

 

Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun 

+998902295952 telefon 

raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki telegram orqali

 bog’laning va 

arzon narx evaziga unga ega bo’ling! 

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin. 

Narxi: 15000 sum 

www.sadikov.uz 



O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 



 

Sana: 

Sinf :  7- sinf 

Fan : Kimyo.   

 

Mavzu : 2-§. O‘ZBEK  KIMYOGAR  OLIMLARNING  KIMYO  FANIGA   QO‘SHGAN   HISSALARI 



 

Darsning maqsadi:   

1.Ta’limiy maqsad:     O’quvchilarga   O’zbekistondagi  kimyogar  olimlarning  kimyo  faniga  qo’shgan  

hisssalari  haqida  tushuncha  berish.

 

2.Tarbiyaviy maqsad:  O’quvchilarning   ilmiy  dunyoqarashini  kengaytish,axloqiy,  ekologik  tarbiya  berish. 

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning  kimyogar  olimlar  haqidagi  bilimlari,darslik, qo’shimcha  

adabiyotlar  bilan  ishlash  ko’nikmalarinirivojlantirish. 

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar 

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.  

Mashg’ulot  bosqichlari: 

 

№ 

Bosqichlar 

Vaqti 

 Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

 O’tilgan  mavzuni  takrorlash 

12 daqiqa 

 Yangi  mavzuni  bayoni  

12  daqiqa 

 Mustahkamlash 

15  daqiqa 

 Mashg’ulot  yakuni. Uyga vazifa  

berish 

3 daqiqa 



Foydalanilgan adabiyotlar :  Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.  

Darsning borishi :

  

Tashkiliy qism:

                1.   O’quvchilar bilan salomlashish. 

                                             2.   O ’quvchilar davomadini aniqlash. 

                                             3.   Darsga tayyorgarlik ko’rish. 

 

Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.  

 

Yangi mavzuni bayoni: 

 

Jahon  kimyogar  olimlari  qatorida  o‘zbekistonlik  kimyogar  olimlar  ham  kimyo  fani  va 



sanoatining rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.  

 O‘zbekistonda Fanlar Akademiyasining Umumiy va anorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi 

va  fizikasi  instituti,  Bioorganik  kimyo  instituti,  O‘simlik  moddalari  kimyosi  instituti  hamda  bir 

qator  ilmiy-tadqiqot  laboratoriyalarida,  oliy  o‘quv  yurtlarining  kimyo  fakultetlari  va  kafedralarida 

kimyo sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.  

  

Ahmedov  K.S.,  Parpiyev  N.A.,  Solihov  Sh.L,  Yusupbekov  N.R.,  Asqarov  M.A.,  Ne'matov 



S.N.,  Abduvahobov  A.A.,  Salimov  Z.S.,  Rashidova  S.Sh.,  Obidova  M.O.,  Mirkomilov  T.M., 

Beglov  B.M.,  Iskandarov  S.I.,  Rustamov  X.R.,  Toshpo‘latov  Y.T.,  Tolipov  Sh.T.,  Aslanov  H.A., 

Abdurasulova  R.A..,  Maxsumov  A.G‘.,  Shohidoyatov  X.M.,  Tillayev  K.S.,  Musayev  O‘.N., 

Yusupov  D.Y.,  Sirliboyev  T.S.,  Yo‘lchiboyev  A.A.,  Muftaxov  A.G.,  Ahmerov  Q.A.,  Hakimov 

G‘.H.  va  boshqa  taniqli  o‘zbek  kimyogar  olimlarining  olib  borgan  va  bugungi  kunda  amalga 

oshirayotgan  ilmiy  tadqiqotlarining  natijalari  O‘zbekistonda  kimyo  fani  va  sanoatining 

rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir.  

 Kimyo  fanlari  tizimidagi  «Tovarlarni  kimyoviy  tarkibi  asosida  sinflash  va  sertifikatlash» 

nomli yangi ixtisoslik 1997-yilda o‘zbek olimlari I. R. Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan asoslab 

berildi.  Ushbu  yangi  kimyo  fanining  shakllanishida  o‘zbek  olimlari.  S.A.Alimboyev, 

A.A.Ibragimov, 

G‘.X.Hamroqulov, 

M.A.Rahimjonov, 

M.Y.Isaqov, 

Q.M.Karimqulov, 

O.A.Toshpo‘latov, 

A.A.Namozov, 

B.Y.Abdug‘aniyev, 

Sh.M.Mirkomilov, 

M.Shodiyev, 

N.X.To‘xtaboyev  va  boshqalar  tomonidan  amalga  oshirilgan  va  olib  borilayotgan  ilmiy  tadqiqot 

natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi

.  

 

 

 Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. 

 

 Uyga vazifa berish : 

 

Darslikdagi §2 ni o‘qish. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.                     



O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 



 

 

 

Sana:   ____________________________________________________________________ 

Sinf  : 7-Sinf                                   Fan:   Kimyo.   

 

Mavzu :    3-§. MODDA VA UNING XOSSALARI  

 

Darsningmaqsadi: 

1.Ta’limiy maqsad:     O’quvchilarga    modda  va  uning  xususiyatlari  haqida  tushuncha  berish. 

2.Tarbiyaviy maqsad:   moddalarning   fizikaviy , kimyoviy, bioogik  xossalarini  o’quvchilarga  tushuntirish   

orqali   ularning    ilmiy  dunyoqarashini  kengaytish,axloqiy,  ekologik  tarbiya  berish. 

3.Rivojlantiruvchi maqsad.  O’quvchilarning  tajriba  qilish ,  kuzatish, xulosa  qilish ko’nikmalarini  

rivojlantirish. 

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar 

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

 

Mashg’ulot  bosqichlari: 

 

№ 

Bosqichlar 

Vaqti 

 Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

 O’tilgan  mavzuni  takrorlash 

12 daqiqa 

 Yangi  mavzuni  bayoni  

12  daqiqa 

 Mustahkamlash 

15  daqiqa 

 Mashg’ulot  yakuni. Uyga vazifa  

berish 

3 daqiqa 



Foydalanilgan adabiyotlar :  Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.  

Darsning borishi :

  

Tashkiliy qism:

                1.   O’quvchilar bilan salomlashish. 

                                             2.   O ’quvchilar davomadini aniqlash. 

                                             3.   Darsga tayyorgarlik ko’rish. 

 

 Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.  

 

 

Yangi mavzuni bayoni:             Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi: 

O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy 

ko‘nikmalari asosida suhbat. O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil 

moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt 

namunalarini tarqatish. Moddalarni ta’riflash. Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak? 

Kimyo,  biologiya,  fizika  —  tabiatni  o‘rganuvchi  fanlar  bo‘lib,  tabiat  esa,  bu  —  havo,  suv,  Yer, 

Quyosh, Oy, o‘simliklar, hayvonlar va odamlardir.  Yer, Quyosh, uy, avtomobil, qoshiq, kitob —jismlardir. 

Kimyoviy  stakan,  kolba,  probirka  ham  jismga  kiradi.  Bu  idishlar  shishadan  tashkil  topgan.  Qoshiq 

alyuminiy,  kumushdan  yasalishi  mumkin.  Alyuminiy,  kumush,  shisha,  suv,  oltingugurt,  bo‘r,  shakar, 

kislorod, azot, temir — moddalardir.  • Jismlar moddalardan tashkil topgan. Tabiatda juda ko‘plab moddalar 

uchraydi  va  ularning  mavjudligi  insonga  bog‘liq  emas.  Biz  havodagi  suvni  ko‘rmaymiz,  u  daryo  va 

dengizlarda mavjuddir. Biz kislorodni ko‘rmaymiz va u haqida o‘ylamaymiz, lekin u havo tarkibida mavjud

biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud deb 

aytish  mumkin.   Modda  xossalari.  Bizga  shakar,  bo‘r,  tuz,  oltingugurt,  suv,  spirt,  sulfat  kislotasi  berilgan 

(bular kundalik turmushda ishlatiladi). Shakar, tuz, bo‘r, oltingugurt  — qattiq moddalar bo‘lsa, suv, spirt, 

sulfat kislotasi — suyuq moddalardir. Yuqorida sanab o‘tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin? 

Shakar,  tuz,  bo‘r  —  oq  rangli,  oltingugurt  —  sariq  rangli,  demak,  bu  moddalar  turli  rangga  ega.  Bir  xil 

rangli shakar, tuz, bo‘r suvga solinsa, bo‘r erimasdan qoladi, shakar va tuz erib ketadi. Shakar va tuz bir-

biridan  ta'mi  bilan  farqlanadi.   Suv,  spirt,  sulfat  kislotasi  suyuq  moddalar  bo'lib,  ular  rangga  ega  emas. 

Ularni qanday farqlash  mumkin? Spirt  — o‘tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega  emas. Suv va 

sulfat kislotasi turli zichlikka ega, psuv = 1000 kg/m 3 va psulfat kislota = 1840 kg/m3 .  Suv, spirt va sulfat 

kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega: tq suv = 100°C, tq spirt = 78°C, tq sulfat kislota = 338°C .  

 Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.  

 Uyga vazifa berish :    Darslikdan §3 ni o‘qing va xo‘jalikda ishlatilayotgan moddalar hamda jismlar 

ro‘yxatini tuzing. Xossalarini yozing. Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajarish. .Keyingi 

mavzuga tayyorgarlik ko‘rish                                                                                                                      


O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 



Sana:     

Sinf : 7- Sinf 

Fan : Kimyo.   

Mavzu : 1-AMALIY MASHG‘ULOT. KIMYO XONASIDAGI JIHOZLAR BILAN ISHLASHDA 

MEHNAT XAVFSIZLIGI QOIDALARI BILAN TANISHISH 



Darsning maqsadi: 

1.Ta’limiy maqsad:kimyo  xonasida  jihozlr  va  reaktivlar  bilan  ishlashda  xavfsizlik  qoidalariga 

rioya  qilish.  

2.Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni  xavfsizlik   qoidalari  billan  tanishtirib,  ularni  tajriba qilish  

haqidagi  bilimlarini kengaytirish. 

 3.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarningmustaqil  islash ko’nikmalarini  rivojlantirish. 

 

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar 



 

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.  

Mashg’ulot  bosqichlari



 

№ 

Bosqichlar 

Vaqti 

 Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

 O’tilgan  mavzuni  takrorlash 

12 daqiqa 

 Yangi  mavzuni  bayoni  

12  daqiqa 

 Mustahkamlash 

15  daqiqa 

 Mashg’ulot  yakuni. Uyga vazifa  berish 

3 daqiqa 

Foydalanilgan adabiyotlar :  Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.  

 

Darsning borishi :  Tashkiliy qism:                1.   O’quvchilar bilan salomlashish. 

                                             2.   O ’quvchilar davomadini aniqlash. 

                                             3.   Darsga tayyorgarlik ko’rish. 

 

 Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.  

 

 Yangi mavzuni bayoni:          Kimyodan amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlari o‘tkazishda xalat kiyib olish lozim. Ish 

stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo‘lishi kerak. Har bir mashg‘ulot maxsus daftarga 

quyidagi tartibda qayd qilib borilishi lozim:  

Mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami; Mashg‘ulot mavzusi; Ish bajarilgan asbob sxemasi;  

Tajriba  bajarilishining  qisqacha  tavsifi;  Reaksiya  tenglamalari;  Reaksiyalar  davomida  moddalarda  kuzatilgan  o‘zgarishlar; 

Yakuniy  xulosalar.  Tajribalar  tugagach,  foydalanilgan  moddalarni  topshirish,  shisha  idish  va  asboblarni  tozalash,  yuvish  va 

laborantga  topshirish  lozim.Kimyodan  laboratoriya  ishlari  va  amaliy  mashg‘ulotlar  olib  borganda  e'tiborsizlik  bilan  ishlash 

oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me'yoridan ortiq qizdirish natijasida 

idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarning toza bo‘lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va 

suv  tegishi,  o‘zaro  tutashgan  naylar  orqali  bosim  o‘zgarishida  suyuqliklarning  idishdan  boshqa  idishga  o‘tib  ketishi,  moddalar 

bilan  noto‘g‘ri  munosabatda  ehtiyotsiz  muomala  qilish  kabilar  bilan  bog‘liqdir.  Ko‘ngilsiz  hodisalarning  oldini  olish  uchun 

quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak:  



Ish  bajarish  tartibini  puxta  o‘zlashtirmasdan  va  tajriba  o‘tkazish  uchun  asboblarning  to‘g‘ri  yig‘ilganligiga  ishonch 

hosil  qilmasdan  tajribani  boshlamaslik  kerak.    Moddalarni  bevosita  hidlash,  ushlash,  ta'mini  totish  mutlaqo  mumkin  emas. 

Tajribalarni  iloji  boricha  mo‘rili  shkafda  o‘tkazish  kerak.  Tajriba  davomida  termometr  sinib  qolsa,  undagi  simobni  maxsus 

usullar bilan tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va 

ortib  qolgan  bo‘lakchalarini  spirtda  eritib  bartaraf  etish  lozim.  Yonuvchan  va  uchuvchan  moddalarni  tajriba  stolida  ortiqcha 

miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlash kerak. Qizdirish maqsadida imkon boricha 

usti  berk  isitgich  asboblaridan  foydalanish  lozim.  Yong‘in  chiqqan  taqdirda  avvalo  o‘t  chiqishiga  sabab  bo‘lgan  manba 

o‘chiriladi,  so‘ngra  qum  sepiladi  yoki  yopqich  yopiladi.  Alangani  yoyilish  xavfi  bo‘lsa  o‘t  o‘chirgichdan  foydalanish  kerak. 

Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan 

bo‘lishi kerak. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish zarur. 

Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-

ozdan  idish  devori  bo‘ylab  suvga  quyish  kerak.  Konsentrlangan  kislota  va  ishqorlarni  kimyoviy  pipetka  bilan  o‘lchash  man 

etiladi.  Ularni  faqat  tomizgich  yordamida  o‘lchab  olish  lozim.  Kislotalar  saqlanadigan  idishlarni  to‘kilmaydigan  va 

sachramaydigan qilib ushlash kerak.  

 Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. 

 Uyga vazifa berish :    Amaliy mashg‘ulot yuzasidan hisobot yozish.Alanganing tuzilishini chizish. 

 

 

 

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 



 

Sana:  _____________________________________________ 

Sinf: 7- sinf. 

Fan : Kimyo.  

Mavzu: 


2-AMALIY MASHG‘ULOT. LABORATORIYA  JIHOZLARI    BILAN     ISHLASH . ALANGANING   

TUZILISHINI       O‘RGANISH.   Gulxan 

 

Darsning maqsadi:  

1.Ta’limiy maqsad:     O’quvchilarga   jihozlar bilan  ishlash , spirt  lampasi yoki  quruq  yoqilg’ili  yoqish va  

o’chirishni  tushuntirish. 

2.Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni  xavfsizlik   qoidalari  billan  tanishtirib,  ularni  tajriba qilish  haqidagi  

bilimlarini kengaytirish. 

3.Rivojlantiruvchi maqsad : o’quvchilarning  mustaqil  ishlash , kuzatish ko’nikmalarini  rivojlantirish.

 

Darsning jihozlari :       laboratoriya shtativi, o'lchov stakanlari, o'lchov kolbalari, o'lchov silindri 

probirkalar, quruq yoqilg'i, keramik plitka, sham, bug'latuvchi kosacha, gugurt, shisha plastinkalar, 

shisha tayoqcha, qisqich, shpatel, chinni havoncha. 

 

Darsda qo’llaniladigan metod : Amaliy.  

Mashg’ulot  bosqichlari: 

 

№ 

Bosqichlar 

Vaqti 

 Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

 O’tilgan  mavzuni  takrorlash 

12 daqiqa 

 Yangi  mavzuni  bayoni  

12  daqiqa 

 Mustahkamlash 

15  daqiqa 

 Mashg’ulot  yakuni. Uyga vazifa  

berish 

3 daqiqa 



Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 7.Toshkent-2009. Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.  

 

Darsni borishi : Tashkiliy qism: 

 1. Salomlashish.  2. Davomadini aniqlash.  3.  Darsga tayyorlanish. 

 

 

Yangi mavzuni bayoni:       

              Ishni bajarish tartibi: 

O‘tkaziladigan  ushbu  amaliy  mashg‘ulot  kimyo  fanini  o‘rganish  davomida  o‘quvchilarning  dastlabki  mustaqil 

ishlaridan biri bo‘lganligi uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, ishni bajarish uchun tegishli yo‘riqnoma 

tayyorlagan bo‘lishi kerak, hamda o‘quvchilarning yetarlicha tayyorgarlik ko‘rganliklarini ham tekshirib olish zarur. 

Oldingi  darsda  o‘quvchilarga  berilgan topshiriqni  bajarilganligini  tekshirib  ko‘riladi.  O‘quvchilar  daftariga  yozilgan 

amaliy  ish  rejasini,  chizilgan  rasmlarni  ko‘rib  chiqiladi  va  ishni  bajarishga  ruxsat  beriladi.Laboratoriya      shtativi,  

uning  qismlari  haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar mustaqil ravishda laboratoriya shtativlarini yig'adilar va qanday 

maqsadda ishlatilishini rasmlarini chizgan holda amaliy ish daftarlarida qayd qiladilar. Bug'latuvchi kosachaga sham 

yoki  quruq  yoqilg'i  bo'lagini  o'rnatib,  yondiriladi.  Alanganing  tuzilishiga      e'tibor    beriladi.    Ekranga  tushirilgan 

proyeksiya yordamida alanga tuzilishini taqqoslanadi va quyidagi reja asosida xulosa chiqariladi. Alanganing umumiy 

ko'rinishi.Alanganing  qismlari.Qismining  tarkibi.  Sham  alangasi  bilan  quruq  yoqilg'i  alangasini  taqqoslash.  Dars 

mobaynida  xavfsizlik  texnikasiga  rioya  qilmaslik  ta'kidlanadi.  O'qituvchi  shamning  tarkibi  parafin  ekani  yonganida 

asosan  uglerod  va  yonuvchi  gazga  ajralishi,  uglerod  ko'mir  holda  xosil  bo'lib  cho'g'langan  zarrachalar  alanga 

yorug'ligini  hosil  qiladi,-degan  ma'lumotni  beradi.  O'quvchilar  alangaga  sovuq  shisha  plastinkani    biroz  tutib  qurim 

hosil bo'lishi, ingichka cho'pni alanga o'rtasini kesib o'tadigan qilib 1-2 soniya ishlab turib, aianganing shu qismi eng 

issiq joyi ekanini aniqlaydilar.       

Spirt  lampasi  bilan  ishlash.Amaliy  ishning  bu  bo‘limida  spirt  lampasining  tuzilishi,  uni  ishga  tayyorlash, 

yondirish,  qizdirish  va  o‘chirish  haqida  tushunchalar  beriladi.O‘quvchilarning  spirt  lampasi  bilan  ishlashlarini  o‘ta 

hushyorlik bilan kuzatib borish zarur! Bu ishni bajarishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilib borish lozimligini 

tushuntiriladi.  Sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  salbiy  hodisalarning  oldini  olish  choralari  eslatib  boriladi.Alanganing 

tuzilishi va uning eng issiq qismi haqida tushuncha berib, qizdirish ishlarini alanganing ana shu qismidan foydalanib 

olib borish maqsadga muvofiqligini o‘quvchilarga uqtiriladi. 



Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. 

 

Uyga vazifa berish : 

 

  Amaliy mashg‘ulot yuzasidan hisobot yozish.Alanganing tuzilishini chizish. 



 

 

 

 

 

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

 



 

Sana:   ______________________________________________________ 

Sinf: 7- sinf,  

Fan : Kimyo.  

Mavzu :   4-§ ATOM-MOLEKULYAR       TA’LIMOT.               ATOM   VA  MOLEKULALARNING 

MAVJUDLIGI.     KIMYOVIY    ELEMENT,    KIMYOVIY   BELGI

 . 


 

Darsning maqsadi:  

1.Ta’limiy maqsad.: kimyoviy   element , belgi  hqida  tushuncha  berish. Atom molekulyar  ta’limot ,kimyoviy  

asosiy  qonuniyati  haqida  tushuncha  berish. 

2.Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarga  atom  molekulyar  ta’limotni tushuntirish  orqali  ularning  ilmiy  

dunyoqarashini  kengaytirish,axloqiy  ekologik  tarbiya  berish 

3.Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning  atom  molekulyar  ta’limotni  tushuntirish  orqali  kuzatish, 

darslik  ustida  mustaqil  ishlash ko’nikmalarini  rivojlantirish. 

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar 

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. 

Mashg’ulot  bosqichlari: 

 

№ 

Bosqichlar 

Vaqti 

 Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

 O’tilgan  mavzuni  takrorlash 

12 daqiqa 

 Yangi  mavzuni  bayoni  

12  daqiqa 

 Mustahkamlash 

15  daqiqa 

 Mashg’ulot  yakuni. Uyga vazifa  

berish 

3 daqiqa 



Foydalanilgan adabiyotlar :  Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.  

Darsning borishi :

  

Tashkiliy qism:

                1.   O’quvchilar bilan salomlashish. 

                                             2.   O ’quvchilar davomadini aniqlash. 

                                             3.   Darsga tayyorgarlik ko’rish. 

 

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.  

 

Yangi mavzuni bayoni:  

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi: 

Atom-molekulyar ta’limotning rivojlanish tarixi; Atom-molekulyar ta’limotning asosiy holatlari; 

Atom va molekulalarning realligi;   Kimyoviy element; Kimyoviy element belgilari. 

 

Qadimgi grek faylasuflari atrofdagi borliq juda mayda bo‘linmas zarralar — atomlardan (grekcha atomos — 



bo‘linmas)  tashkil  topgan  degan  g‘oyani  ilgari  surganlar.  Ulug‘  ajdodlarimiz  Jobir  ibn  Xayyon  (Gaber), 

Ahmad  al-Farg‘oniy  (Alfraganus),  Abu  Bakr  Muxammad  ibn  Zakariyo  ar-Roziy  (Razes),  Abu  Nasr 

Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino  (Avisenna)  kabi  mutafakkirlar  o‘z  dunyoqarashidan  aks 

etgan  bir  qator  buyuk  asarlar  yoib  qoldirganlar.  Hozirgi  vaqtda  atom-molekulyar  ta’limotning  asosiy 

holatlari  quyidagicha  izohlanadi:  Moddalar  ularning  kimyoviy  xossalarini  o‘zida  saqlovchi  eng  kichik 

zarralar bo‘lgan molekulalardan tashkil topadi;  Molekulalar atomlardan  tashkil topadi;  Atomlar murakkab 

tuzilishga  ega  bo‘lib,  elektron,  proton,  neytron  va  boshqa  mikrozarralardan  tashkil  topgan;  Molekula  va 

atomlar doimiy harakatda bo‘ladi; Molekulalar orasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Molekulalar 

massa, o‘lcham,  kimyoviy  xossalarga  ega.  Bir  moddaning  molekulalari  bir  xil,  turli  moddalarning 

molekulalari turlicha bo‘lib, turli xil molekulalar tarkibi, massasi, o‘lchami, xossalari bilan bir-biridan farq 

qiladi. Molekula — moddaning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagidir Molekula — 

o‘zaro  bog‘langan  atomlar  guruhidan  iborat  zarrachadir.  Atomlar  esa  kimyoviy  reaksiyalarda  deyarli 

o‘zgarishsiz qoladi. Atomlardan molekulalar hosil bo‘ladi. Atom→molekula→modda → materiya harakati 

turlaridir.  Kimyoviy  reaksiya  (o‘zgarish)  —  atomlar  harakatining  o‘ziga  xos  turidir.  Bu  materiya 

harakatining kimyoviy shaklidir.

 

 

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. 



 

 Uyga vazifa berish : 

 

  Darslik muqovasidagi jadvalda herilgan kimyoviy elementlar belgisi va nomlarini yod olish. 

Darslikdan §4 ni o‘qish. Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajairish. .Keyingi mavzuga tayyorgarlik  

ko‘rish.  



 

 


Download 206.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling