Oʻquv dasturi


Download 58.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi58.65 Kb.
#1039292
Bog'liq
Oʻquv dasturi - Vikipediya



Oʻquv dasturi
Oʻquv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar
tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan
rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik
kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining
qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan
iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir.
Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash,
oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv
dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan
tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi
bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan
oʻquv fanlari boʻyicha Oʻquv dasturilari shu usudda tuziladi. Tizimli usuddagi Oʻquv dasturilarida
oʻquv materiallari fan mantigʻiga muvofiq soddadan murakkabga qarab ketmaket joylashtiriladi.
Maktabning boshlangʻich sinfdan keyingi bosqichlarida qoʻllaniladigan bu usudda ortiqcha
takrorlarga yoʻl qoʻyilmaydi, har bir mavzuning oʻz oʻrnida oʻtilishi koʻzda tutiladi. Taʼlimning
Oʻquv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, oʻquv qoʻllanmalari, koʻrgazmali qurol va
metodik tavsiyalarda toʻla namoyon boʻladi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%
BBquv_dasturi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Oʻquv_dasturi&oldid=2851965
" dan olindi

Download 58.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling