O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 224.62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.12.2020
Hajmi224.62 Kb.
#160068
Bog'liq
Qurilish ekologiyasi fani haqida malumot


1. 

O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni 

Uzbekiston    Prezidenti    Sh.Mirziyoyev    BMT    Bosh    Assambleyasining    72  sessiyasidagi  

“Ajdodlarimizning    donishmandlik    an'analariga    amal    qilib,  qa'tiy    islohatlarni    amalga  

oshirmoqdamiz”    nomli    nutiqlarida,  “Mintaqaning    umumiy    suv    zaxiralaridan    oqilona  

foydalanish”  borasida, “Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  barqarorlikni  ta'minlash  bilan  bog'liq 

muammolar  to'g'risida  so'z  yuritar  ekanmiz, mintaqaning  umumiy  suv zaxiralaridan  oqilona  

foydalanish  kabi  muxim  masalani  chetlab  o'ta olmaymiz” deb  ta'kidladi. 

 GKK  mutaxassisliklari  kam  chiqindili  va  chiqindisiz  texnologiyalarni  yaratish  va  ishlab 

chiqarishga joriy etish, resurslarni tejash va o‘rin almashlash, atrof - muxit tozaligini nazorat etish 

va muxofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarishda etakchi rol o‘ynaydi. 

2.Maqsad va vazifalari: 

Fan tarkibiga quyidagi asosiy bo‘limlar kiritilgan va talabalarga ushbu ma’lumotlar etkaziladi: 

Qurilish  ekologiyasisi  fanini  rivojlanish  tarixi.  Fanning  asosiy  tushunchalari  Qurilish 

ekologiyasi  fanining  asosiy  bo‘limlari.  Boshqa  tabiiy  fanlar  bilan  o‘zaro  bog‘liqligi.  Qurilish 

ekologiyasi - atrof - muxitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanishning nazariy 

asoslari xaqida ma’lumot beradi. Hamda ekologik omillar va tizimlar, biosfera, tabiiy atrof - muxit 

komponentlariga tavsif, atrof - muxit kimyosi, chiqindi tushunchasi va uni klassifikatsiyasi, atrof - 

muxitni muxofaza qilishning asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekistonning sanoat tarmoqlari va ularni tashqi 

muxitga  ta’siri,  uni  baxolash,  atrof  -  muxitni  muxofaza  qilishda  xalqaro  xamkorliklar  mavzularida 

bazaviy ma’lumot berish. 

Bu fanni o‘rganish jarayonida talabalarda ma’lum xududlardagi tabiat unsurlari va ularning 

qonuniyatlari,  ular  bilan  bog‘liq  tushunchalar,  shu  bilan  birgalikda  atrof  -  muxit  muxofazasiga 

yo‘naltirilgan  tadbirlar  samaradorligini  taxlil  etish  va  aniqlash  usullari  xususidagi  muayyan  bilim 

ko‘nikmalar shakillantiriladi. 

 

3.  Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 

Qurilish ekologiyasi fani  quyidagi fanlari bilan o‘zaro bog‘liq: 

Ekoloiya fani fizika, kimyo, informatika, geodeziya, SHQvaX, nazariy mexanika, binolar va sanoat qurilishi, 

qurilish materiallari, tabiiy va iqtisodiy geografiya,   o‘simlik va xayvonlarning soni va sifatini, tashqi qiyofasini, 

yashash joylarini, tarqalishini o‘rganadigan botanika, zoologiya, sistematika, morfologiya, floristika, biogeografiya 

kabi fanlar bilan bog‘liq. 

Organizmlarni  o‘rganish  jarayonida  ular  muxitning  tabiiy  omillari  ta’sirini  aniqlashda  iqlimshunoslik, 

landishaftshunoslik, metereologiya, tuproqshunoslik kabi fanlarga bog‘lanadi. 

Ijtimoiy xuquqshunoslik va iqtisod fanlari bilan, EHM apparatlari xisoblari asosida matematik yo‘llor bilan 

ekologik modullar yaratish orqali matematika fanlari bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. 



 

4.  Qurilish ekologiyasi kursi bo‘yicha bilim , ko‘nikma va malakaga  qo‘yiladigan 

talablar

1.  Har bir talaba «Qurilish ekologiyasi» fani haqida ma’lum umumiy tasavvurga va Qurilish 

ekologiyasi fanining nazariy asoslari, tabiatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari, 

tabiiy  resurslar  va  ularni  muxofaza  qilish,  ulardan  to‘g‘ri  va  samarali  foydalanishni,  resurslarni 

xisobga olish va nazorat etish usullari va davlat (nodavlat) organlari xaqida ma’lumotga ega bo‘lishlari 

kerak.  SHuningdek,  ekologik  qonunchilik  (konstitutsiyadagi  moddalar,  tabiiy  resurslar  bo‘yicha 

chiqarilgan qonunlar) borasida boshlang‘ich bilimga (xuquq majburiyatlar)  ega bo‘lishlari lozim.  

2.  Ilmiy  adabiyotlar  va  xarita  materiallaridan  to‘g‘ri  va  samarali  foydalanish,  yig‘ilgan 

materiallar sharxi va ular asosida xulosa chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

3.  Respublikada  aloxida  muxofaza  etiladigan  tabiiy  xududlar,  tabiiy  yodgorliklar  va 

qo‘riqxonalar,  “Qizil kitob”, muxofaza etiladigan resurslar, davlat uchun axamiyatli bo‘lgan resuslar 

xaqida ma’lumotga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq.  



 

 

5. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. 

 

 

Qurilish ekologiyasi fani – ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslar sarxisobi, ularni xillarini ko‘rsatuvchi 



manba xisoblanadi. Inson faoliyati natijasida extiyojlar xillari ortib borishi ularni qondirish vaqti qisqarib borganligi 

munosabati bilan tabiatdan resurslarni olish miqdori ortib, chiqarilayotgan chiqindilar miqdori ortib borgan. Atrof-

muxit va inson uchun zaruriy suv, xavo va tuproq resurslari  ifloslanishi natijasida inson sogligiga salbiy ta’sirlari 

namoyon bo‘la boshladi. Er yuzida o‘simlik va xayvonlar yashash sharoitlarini xam o‘zgarishiga olib keldi, ayrim 

turlari qirilib ketdi. Natijada chiqarilayotgan chiqindilarni qayta ishlash va tabiat resurslaridan kamroq miqdorda 

olish zamon talabiga aylandi.       

 

Ishlab chiqarishda foydalanilayotgan tabiiy resurslardan  noyob, kam yoki inson xayoti uchun xavfli resurslar 



o‘rnini  almashlash,  tabiiy  resurslar  o‘rnini  sintetik  kimyoviy  resurslardan  foydalanish,  inson    jismoniy  mexnatini 

avtomatlashtirishda, insonni ijtimoyi va  iqtisodiy    axvolini  tashkillashda, noosferada  tabiiy jamoalar va tizimlarni  

buzmasdan, tabiiy muvozanatni saqlashda Qurilish ekologiyasi fani alohida o‘rin tutadi.      

 

6. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi 

O‘qitish  jarayonida  ko‘rgazmali  qurollar,  slaydlardan  videofilmlar,  interaktiv  usullar 

foydalaniladi. O‘quvchilar bilimini test sinovlari asosida baxolanadi.  

Dastur  materiallarini  o‘zlashtirish  ma’ruzalarni  an’anaviy  va  noan’anaviy  usullarni  ko‘llab 

o‘qitish, munozaralar jarayonida o‘zlashtiriladigan bilimlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘llari 

bilan amalga oshiriladi. 

Ana’anaviy  usullarga  yordamchi  sifatida  qo‘llanilishi  imkoni  bo‘lgan-munozara  darslari, 

o‘yinlar,  muammoli  holatlar,  mustaqil  o‘zlashtirish  va  hokazolar  kiradi.  Ushbu  usullar 

talabalarning  ijodiy  faolligini  oshirishda,  iqtisodiy  masalalarni  hal  qilishda,  muammoni  hal 

qilishning eng maqbul yo‘llarini topishda yordam beradi. Darslarni tashkillashda, dars jarayonida 

talabalar  vaqtidan  samarali  foydalanish  uchun,  olgan  bilim  va  ko‘nikmalarini  mustaxkamlash 

uchun, materialda muxim aspektlarini yoritishida tarqatma materiala tayyorlash kabi tomonlarini 

engillashtiradi.    

 

Darsning  ma’ruza  turidagi  mashg‘ulotlarida  (mavzuning  materialiga  ko‘ra)  ma’ruza, 



«Klaster», muammoli vaziyat, muxokama va munozara kabi usullardan, amaliy va laboratoriya, 

seminar  mashg‘ulotlarida  ana’anaviy  savol-javob  usulidan  tashqari,  kichik  guruxlarda  ishlash, 

o‘yinlar, «Delfi», «6-6» kabi usullar qo‘llash tavsiya etiladi.   

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha 

ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, 

albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati 

bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. 



Tizimli  yondoshuv.  Ta’lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o‘zida  mujassam 

etmog‘i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‘g‘inlarining  o‘zaro  bog‘langanligi, 

yaxlitligi. 

Faoliyatga  yo‘naltirilgan  yondoshuv.  SHaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga, 

ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha 

qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 

Uning  natijasida  shaxsning  o‘z-o‘zini  faollashtirishi  va  o‘z-o‘zini  ko‘rsata  olishi  kabi  ijodiy 

faoliyati kuchayadi. 

Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta’lim  beruvchi  va  ta’lim 

oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 

ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi 

faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni 

hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani  shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga 

ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 



Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo‘llash  -  yangi 

kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 



O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli 

ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar. 



O‘qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va  o‘zaro 

o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 



O‘qitish  vositalari:  o‘qitishning  an’anaviy  shakllari  (darslik,  ma’ruza  matni)  bilan  bir 

qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. 



Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita 

o‘zaro munosabatlar. 



Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi 

nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. 



Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‘quv  mashg‘uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 

texnologik  karta  ko‘rinishidagi  o‘quv  mashg‘ulotlarini  rejalashtirish,  qo‘yilgan  maqsadga 

erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, 

balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. 



Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning 

natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari 

yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 

“Qurilish  ekologiyasi”  fanini  o‘qitish  jarayonida  kompyuter  texnologiyasidan,  “Excel” 

elektron  jadvallar  dasturlaridan  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo‘yicha  talabalar  bilimini 

baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy iqtisodiy 

ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z 

va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi. 



 

Download 224.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling