O’quv materiallar


Download 1.89 Mb.
bet1/2
Sana10.09.2020
Hajmi1.89 Mb.
#128997
  1   2
Bog'liq
Energiya resurslari

MUNDARIJA





O’QUV MATERIALLAR






1

Ma’ruzalar




2

Seminar mashg’ulotlar




3

Mustaqil ishlar




4

Taqdimotlar




II

GLOSSARIY




III

ILOVALAR




3.1

Fanning ishchi dasturi




3.2

Test savollari




IV

Foydalanilgan adabiyotlar




V

O’UM ning elektron variant



MUNDARIJA




1. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari…………………………

2. Issiqlik energiyasi va uning turlari……………………………………

3. Issiqlik elektr stansiyasi………………………………………………...

4. Atom elektr stansiyasi…………………………………………………..

5. Qayta tiklanadigan energiya manbalari……………………………

6. Gidro elektr stansiyasi…………………………………………………..

7. Shamol energiyasi………………………………………………………

8. Quyosh energiyasi………………………………………………………

9. Biogaz, bioenergiya……………………………………………………..

10. Geotermal suvlar energiyasi…………………………………………….



  1. QAYTA TIKLANMAYDIGAN ENERGIYA MANBALARI

Dunyoda energetika muammosi dolzarb masalalardan bo’lib kelmoqda. Dunyo energetikasini asosiy qismi esa qayta tiklanmaydigan an’anaviy energiya manbalaridan olinadi. Tiklanmaydigan resurslardan ko'mirning ahamiyati ortib bormoqda. Chunki ko'mirning zahiralari ancha arzon, keng tarqalgan, ya'ni 909 mlrd. tonna atrofida va bu zahira ko'mirga bo'lgan ehtiyojni yana 45 yilga qondira oladi hamda rivojlanayotgan mamlakatlar uning asosiy iste'molchisidir. Ulardagi energiyaga bo'lgan ehtiyojning ortishi bilan ko'mirga bo'lgan talab ham yiliga o'rtacha 2 % dan ko'tarilmoqda. Lekin ko'mirning yoqilishidan turli xil gazlar hosil bo'ladi. CO2 gazi global isishga sabab bo'lmoqda, SO2 gazlar kislotali yomg'irlarni keltirib chiqarmoqda, NO2 gazlar esa ozon qatlamining yemirilishida qatnashadi. Shuning uchun ham ko'mirdan foydalanish qattiq tanqid qilinmoqda. Xalqaro agentlikning ma’lumotlariga ko’ra, 1982-yil boshida dunyo bo’yicha 272 ta atom elektrostansiyasi ishga tushirilgan bo’lgan va ular umumiy elektr energiyasining atiga 3 % ini ishlab chiqargan. [13]

1990-yillarga kelib atom elektr stansiyalari (AES) soni 423 taga yetdi. 2000- yilda atom elektr stansiyalari (AES) dunyoda ishlab chiqariladigan umumiy elektr energiyaning chorak qismini ishlab chiqarishi taxmin qilingan. Atom elektr stansiyalari (AES) lardan foydalanish dunyoda har yiliga 400 million tonna neftni tejash imkonini beradi. Bu Saudiya Arabistonida har yiliga qazib olinadigan neft miqdoridan qariyb 2 marta ko’pdir. [5]

O’z vaqtida atom energetikasining mutlaqo xavfsizligi afsonaga aylangan edi. Chernobildagi avariya, bu afsonaga bir qadar chek qo’ydi. Endilikda uning sha’niga teskari fikr, atom stansiyasi “do’zax dahshati” degan tamg’a yopishtirilmoqda. Bu ham haqiqatdan uzoq, ammo xavf katta emas. Chernobil atom elektr stansiya (AES) dagi avariya undagi xodimlarning qo’pol xatosi tufayli paydo bo’ldi. Lekin Yaponiyaning Fukosima shahrida joylashgan AES ning avariyaga uchrashi butun dunyo olimlarini ushbu energiya turidan amalda foydalanishga chek qo’yish lozimligini isbotlab berdi. Xalqimizda arzon sho’rva tatimas, degan maqol bor, “arzon” energiya bizga juda qimmatga tushishi mumkin.

Yana bir muammo radioaktiv chiqindilarni saqlashdir. Atom elektr stansiya (AES) lar territoriyasida chiqindilar saqlanadigan maxsus joylar “g’orlar” mavjud. Biroq, ularni mutlaqo xavfsiz deyishga e’tirozlar bor.



Eng istiqbolli energiya manbalariga mutaxassislar vodorodni energiyasini kiritishdi, uning zahiralari bizning sayyoramizda amalda cheklanmagan. Vodoroddan energiya manbai sifatida keng foydalanish atrof-muhit tozaligini saqlashga imkon beradi, chunki uni yoqish jarayonida faqat distillangan suv hosil bo’ladi. Odatdagi suvdan sanoat miqyosida vodorod olishning bir necha usullari allaqachon izlab topilgan. Vodorodni sanoatda olish uchun atom elektr stansiyalari, Quyosh va dengiz suvlarining ko’tarilish energiyalaridan foydalanish taklif etilgan. Hozirda issiqlik nasoslari deb ataluvchi prinsipial yangi energiya manbaidan foydalanish amalga oshirilmoqda. Issiqlik nasoslaridan freon gazi yordamida atrof- muhitga tarqalgan issiqlik amalda foydalanish uchun to’plab olinadi. Atrof- muhitdan to’plangan energiya, issiqlik nasoslarini ishlatish uchun sarflangan energiyadan bir necha marta ko’p bo’ladi. Shunday qilib, energiyaning saqlanish qonuni buzmasdan, issiqlikning atrof- muhitdan kondensatsiyalanishi hisobiga ishlaydigan “doimiy dvigatel” ga o’xshash moslamalar yaratilgan. Bu moslama atrof-muhit harorati yetarlicha yuqori bo’lganiga qadar ishlay oladi. Energiyaning yana bir yangi turi termoyadroviy energiyadir. Termoyadroviy energiya vodorod geliyga aylantirlganda ajratib chiqadigan energiyadan inson ehtiyoji uchun foydalanishga asoslangan. Termoyadroviy elektr stansiyalar atom elektr stansiyalariga qaraganda ancha “toza”, “xavfsiz” bo’ladi. Biroq bunday elektr stansiyalarini qurish uchun juda murakkab va qimmatbaho jihozlar kerak bo’ladi, chunki termoyadroviy reaksiyalar faqat plazma (moddaning 4-agregat holati) da boradi. Biroq, shunga qaramasdan kelajak enargiyasi ana shu elektr stansiyalarniki deb tahmin qilinmoqda. [5]


  1. Issiqlik energiyasi va uning turlari

Issiqlik energetikasi issiqlikni asosan mexanik energiyaga aylantirishga asoslangan ergetikadir. Zamonaviy issiqlik energetikasining asosi ummumiy elektr energiyasi miqdorining ko’p qismini ishlab chiqaruvchi muqim bug’ turbinali issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magistral gaz quvurlarini energiya bilan ta’minlash va tig’iz payt nagruzkalarni qoplash uchun turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan ta’minlanish manbalari, ya’ni kondensatsion elektr stansiyalaridan tashqari issiqlik elektr markazi, atom elektr stansiyalari ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiqlikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bug’ gaz trubinali qurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar bo’lgan va odatdagi bug’-gaz trubinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan qurilmalar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan hududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalariga o’rnatiladigan issiqlik qurilmalari, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dvigatellar va boshqalarga o’rnatiladi. Issiqlik energetikasi asosan, 17-asr boshlarida paydo bo’lgan. Bug’ dvigatellari, issiqlik dvigatellari va dizellarning paydo bo’lishi issiqlik energetikasining jadal rivojlanishiga asos bo’ldi. Hozirgi vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning 62 %i to’g’ri keladi. O’zbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-yillarida dizel va mayda bug’ turbinali elektr stansiyalar qurish yo’nalishida rivojlangan. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji bo’lgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarqand, Andijon Qo’qon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi. Namanganda 1600 ot kuchi quvvatiga ega bo’lgan yirik dizel elektr stansiyalari qurildi. Respublikadagi dastlabki bug’ turbinali elektr stansiyalar Farg’ona va Kattaqo’rg’ondagi yog’ zavodlarida ishga tushirildi. Farg’ona yog’ zavodining “Sharq tongi” issiqlik elektr markazi umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi bo’lgan birinchi issiqlik elektr markazdir. 1930-yillarda Toshkentda to’qimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MW bo’lgan issiqlik elektr markazi ochildi. Hozirgi kunda O’zbekiston energetika tizimi, shu jumladan, issiqlik energiyasi respublikaning sanoat, qishloq xo’jaligi, komunal xo’jalik korxonalari va aholini energiya bilan ta’minlamoqda. Hozirgi zamonda issiqlik energiyasini asosiy xomashyosi tabiiy gazdir. Ko’mir sanoatini rivojlantirish-Angren konida qo’ng’ir ko’mirni ko’proq ishlab chiqarilishiga yo’nalirilgan. [12]



  1. Issiqlik elektr stansiyalari

Issiqlik elektr stansiyalari qattiq, suyuq, gaz holatdagi organik yoqilg’ilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar majmui. Har qanday energiya turini mexanik ishga aylantirib beruvchi mashinalar dvigatellar deyiladi. Issiqlik miqdorini mexanik ishga aylantirib beruvchi mashinalar issiqlik yuritgichlar deyiladi. Issiqlik elektr stansiyalari o’z tarkibiga ko’ra gaz, ko’mir va neft mahsulotlari bilan ishlovchi elektr stansiyalaridir. Yuritgichlar uchun issiqlik miqdori hozirgi paytda organik yoqilgí hisobida, kimyoviy reaksiya orqali va yadro yoqilgísidan, ya'ni yadroviy reaksiya orqali olinadi. Issiqlik energetikasida qo'llaniladigan organik yoqilg’ilarga ko'mirning barcha turlari, antrasit, torf, yonuvchi slaneslar, yog’och, neft, tabiiy gaz va ishlab chiqarish orqali olinadigan boshqa organik mahsulotlar kiradi.Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar ya'ni trubalar, batareyasidan iborat qozon tizimi, bug' trubina ya'ni bug' dvigatellari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bug'ga aylanib trubina parraklariga beriladi. Natijada trubina bilan mexanik bog'langan generator tegishli tezlikda aytlantirib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IES da ishlatiladigan yoqilg’i issiqlik energiyasining faqat 30 foizgina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, ya'ni IES ning foydali ish koeffitsienti 30 % ga teng. Foydali ish koeffitsientini oshirish maqsadida qozondagi bug' bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan o'tib ish bajarib bo'lgan bug'ning hammasi sovitkichlari vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi. Bunday IES ni kondensatsiya elektr stansiyalari deyiladi va ularning foydali ish koeffitsienti 35 % gacha yetadi. IESlar odatda qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgí koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha yuz km masofadagi iste'molchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning o'z generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, ya'ni energiyani to'g'ridan-to'g'ri aylantirish qurilmalarida magnetoelektrodinamik generatorlar, termoelektr generatorlar va boshqalarda ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Issiqlik energiyasini quyidagi asosiy turlarga bo'loshimiz mumkin: bug' trubinali, gaz trubinali, dizelli. Zamonaviy issiqlik energiyasining asosi umumiy eleektr energiyasi miqdorining ko'p qismini ishlab chiqaruvchi muqim bug' trubinali issiqlik elektr stansiyalari hisoblanadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiqlikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bug'-gaz trubinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan hududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalariga o'rnatiladigan issiqlik qurilmalari porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Issiqlik energiyasi asosan 17- asr shlarida paydo bo'lgan. Bug' dvigatellari, issiqlik dvigatellari va dizellarning paydo bo'lishi issiqlik energiyasining jadal rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning 62 foizi to'g'ri keladi. O'zbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiyasi qurildi: biri tramvayni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun, ikkinchisi o'zgarmas tokli Povlov elektr stansiyasi shaharni yoritish uchun ishlatilgan. [6]

O’zbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-yillarida dizel va mayda bug' trubinali elektr stansiyalari qurish yo'nalishida rivojlandi.O'zbekistonda 20 ta issiqlik elektr stansiyalarimavjuq bo'lib, ular asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr stansiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyalari (DIES) hisoblanadi. Yirik DIESlar: Sirdaryo DIES, Toshkent DIES, Tolimarjon DIES lardir. O'zbekistonning issiqlik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi. [4]




  1. Atom elektr stansiyasi

Atom elektr stansiyalari texnologik sxemasi jihatdan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya hisoblanadi. Oddiy elektr stansiyalarida ko'mir, neft, qoramoy, va gazlar yoqilsa, atom elektr stansiyasida yoqilg’i sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, ya'ni atom reaktori. Atom elektr stansiyasida, ko'pincha, atom reaktorlarining 4 tipi qo'llaniladi: 1) suv-suvli, 2) grafit-suvli, 3) og’ir-suvli, 4) grafit-gazli

Zamonaviy atom energetikasida asosan uran 235 dan foydalanilad. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilg’ining esa atiga 10% ini tashkil etadi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilg’i bilan uzoq vaqtgacha ta'minlay olmaydi. Yadro yoqilg’isi sifatida qo'llaniladigan plutoniy-239 va uran-233 olish uchun xomashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bag'rida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilg’ilari yerdagi energetik resurslarni taxminan 1000 barobar oshiradi. Hozirgi yoqilg’i ishlab chiqaradigan ko'paytiruvchi atom reaktorlarida yoqilg’i miqdorini ishlash jarayonida orttirish mumkin. Masalan ikki marta ko'paytirish uchun taxminan 10 yilgacha vaqt kerak bo'ladi. Odamzot atom yoqilgísiz qolmaydi. Atom energiyasi xalqaro agentligining habar berishicha, 1985-yil oxirida dunyoning 26 mamlakatida atom elektr stansiyalarida ummumiy quvvati 248577 MVt bo'lgan 374 reaktor ishlab turgan. Shulardan ummumiy quvvati 77851 MVt bo'lgan 93 reaktorli AQSH birinchi o'rinda, qolganlari esa Fransiya , sobiq SSSR, Yaponiya va Angliya dunyoning ko'plab boshqa mamlakatlarida ham Atom Elektr Stansiyalari ishlab turibti. Hozirgi vaqtda xalq xo'jaligining elektr energiyasidan foydalanmaydigan biror sohasini topish qiyin. Shuning uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, 1980-yilda dunyoda ishlatiladigan elektr energiyasining 5,6%, 1985-yilda 10,8% va 1988-yilda 27% Atom Elektr Stansiyalarida ishlab chiqarilgan. [14]

Taqqoslash uchun 1987-yil AQSh ishlatgan energiyasining 19%, Buyuk Britariyada 19%, Yaponiyada 30%, Fransiyada 76% Atom Elektr Stansiyalarida ishlab chiqariladi. Lekin 1986-yil aprelda Chernobil Atom Elektr Stansiyasida bo'lib o'tgan katta avariya butun dunyo Atom Elektr Stansiyalar qurilishi rejalarini buzib yubordi. AQSH da qurilish ishlari sekinlashtirildi, Skandinaviya mamlakatlarida esa butunlay to'xtatildi. Ammo yer yuzidagi energiya zaxiralari ya'ni neft, gaz, ko'mir zaxiralari cheklanganligidan Atom Elektr Stansiyalarini takomillashtirishdan boshqa iloj yo'q. Atom energiyasi manbai uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari dunyo xalqlarining energiyaga bo'lgan talabini bir necha ming yillar davomida qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda Atom Elektr Stansiyalar yetarli darajada rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining ummumiy energetik balansida yetakchi o'rinni egallaydi. Har bir energiya turi o’ziga xos afzallik va kamchiliklarga egadur. Uran yadrosi bo’linishida ajraladigan energiya hisobiga ishlovchi atom elektr stansiyalarining ishlashida xomashyo resursi deyarli chegaralanmagan. Lekin atom elektr stansiyalarining ishlatilishi bilan bog’liq quyidagi muammolar mavjud:

1. Radiatsiya ta’sirida reaktor materiallarining tez ishdan chiqishi va radiaktiv moddalarning tashqariga chiqib ketishi.

2. Radiaktiv chiqindilarni saqlash muammosi.

3. Yadro reaktorlarida mukammal xavsizlik tizimini yaratish qiyinligi.

4. Hozirgi kunda juda ko’p ishlayotgan tez neytronlarda ishlovchi briderlarda ko’p miqdorda plutoniy yig’ilishi va atom bombasi uchun asosiy xomashyo bo’lgan plutonning yomon niyyatli kishilarning qo’liga tushish ehtimoli mavjudligi. Bugungi kunda AQSHning Texas universitetida Mayk Kotschenreyter boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi gibrid ko’rinishidagi sintez-parchalanish qurilmasini yaratdilar. Markazida neytron manbai mavjud bo’lgan va sintez reaksiyasiga asoslanib ishlovchi CFNC (Compakt Fusion Neutron Source) reaktori yengil suv bilan faoliyat yurituvchi odatiy atom elektr stansiyalaridan ajralib chiqadigan transuran chiqindilar yordamida ishlaydi. [4]

Yadro energiyasidan foydalanishning birinchi usuli uran yadrosinng bo’linishi energiyasi bo’lsa ikkinchi usuli-termoyadro sintezi energiyasidir. Bu borada salkam 70 yildan buyon ishlar olib borilmoqda. Shunday bo’lsada, boshqarilayotgan termoyadro sintezi haligacha amalga oshmadi. Bu yerdagi asosiy muammolarga issiqlikka chidamli yangi materiallar yaratish, kuchli bir jinsli magnit maydonlar va yuqori haroratli o’ta o’tkazuvchan materiallar hosil qilish masalalarini keltirish mumkin. Kelajakda ilmiy tadqiqot yo’nalishlaridan biri sifatida kimyoviy energiyani to’g’ridan-to’g’ri elektr energiyasiga aylantirish masalasi qaralmoqda. Bu holda galvanik elementlardan farqli holda yoqilg’ining oksidlanish energiyasini elektr energiyasiga aylantirish ko’zda tutilmoqda. Masalan AQSH astronavtlarini oyga yetkazgan “ Apollon” kosmik kemasida vodorod yonilg’i elementida vodorod parchalanib elektr energiyasi va toza suv olishga imkon bergan edi. Lekin bu yerda kimyoviy jarayonlar sust ketganligidan katalizator sifatida platina ishlatilgan. Hozirg kunda nanotexnologiyalar yordamida bunday katalizatorlar laboratoriyalarda ishlab chiqarilgan. Bu ishni sanoat miqyosida yo’lga qo’yish vodorod energetikasidan keng miqyosda foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. [3]



  1. QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI

Tiklanmaydigan resurslarning tanqisligi va narx jihatdan qimmatligi sababli, ko'pgina davlatlar yangilanadigan resurslar orqali o'zlarining energiya iste'molini ta'minlashga harakat qilishmoqda. Shu boisdan quyosh energiyasini rivojlantirish ham dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Yer atmosferasiga yiliga quyoshdan 120 000 TW (terawatt, 1012 w) energiya kelib tushadi. To'g'ri, bu energiyaning hammasini ham o'zlashtirish mumkin emas, lekin uning 0,002% i ham jahonning energiyaga bo'lgan ehtiyojini butunlay qoplashga yetadi. Quyosh energiyasidan foydalanish davlatlar uchun ko'p jihatdan foydalidir. Birinchidan, energiyaning bu turi mutlaqo tekin. Ikkinchidan, quyoshdan energiyani katta stansiyalar qurish orqali ham, kichik xo'jalik tarmoqlari yaratish yordamida ham olish mumkin. Uchinchidan, quyosh energiyasini olish mutlaqo zararsiz bo'lib, u atmosfera va gidrosferaga umuman zarar yetkazmaydi. To'rtinchidan, quyosh energiyasini faqatgina elektr energiya olishda emas, kommunal xizmatlar(uyni isitish yoki issiq suv bilan ta'minlash)da ham qo'llash mumkin. Shuning uchun ham ko'pgina davlatlar quyosh energiyasidan keng qamrovli ko'rinishda foydalanishga harakat qilishmoqda. Fikrimizning dalili sifatida, quyosh energiyasidan foydalanishdagi yillik o'rtacha o'sish 35 % ni tashkil etayotganligini ko'rsatishimiz mumkin. Lekin shunga qaramay, quyosh energiyasining butun jahon bo'yicha tezda ommalashmayotganligining asosiy sababini quyidagilar bilan izohlashimiz mumkin: quyosh energiyasi kechqurunlari va qish oylarida birmuncha kamayadi, vaholanki aynan shu vaqtlarda energiyaga katta ehtiyoj seziladi; quyosh energiyasidan foydalanishda qutblarga yaqin joylashgan davlatlar ekvatorga yaqin joylashgan mamlakatlardan ko'ra kam manfaat ko'radilar hamda quyosh energiyasi hozirgi kunlarda to'la ommalashmaganligi uchun boshqa energiya turlaridan birmuncha qimmatroqdir. [5]

Keyingi davrlarda yanada keng ommalashayotgan hamda 70 dan ortiq mamlakatlarda foydalanib kelinayotgan energiya turlaridan yana biri bu - geotermal energiyadir. 2007-yilda 10 GW elektr energiyasi va 270 PJ issiqlik energiyasi geotermal energiya hissasiga to'g'ri keladi. Energiyaning bu turi bir qator afzalliklarga ega: tekin, quruqlikning istalgan maydonidan olinishi mumkin, suv va havoni ifloslantirmaydi hamda energiyaning bu turi kichik turdagi korxonalar tomonidan olinadi.

Energiya iste'moli jahon bo'yicha turlicha taqsimlangan. Yaponiya va Germaniyada har bir kishiga 6 kW, AQSH da 11,4 kW, Hindistonda esa 0,7kW. Bangladeshda esa bu ko'rsatkich eng past - 0,2 kW ni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlar butun dunyo energiyasining asosiy iste'molchisidir. Xususan, AQSH jahon energiyasining 25 % ini iste'mol qiladi. Lekin keyingi 10-20 yil ichida rivojlanayotgan mamlakatlardagi energiyaga bo'lgan iste'molning o'sishini kuzatishimiz mumkin. Birgina Xitoyda energiyaga iste'moli yiligi o'rtacha 5,5% lik ko'rsatkich bilan o'smoqda. Elektr energiyasi yetkazib berishdagi muammolar tufayli O’zbekiston har yili 6 mlrd dollor yoqotmoqda. Bu haqida energetika vaziri o’rinbosari Sherzod Xo’jayev Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga tayangan holda habar berdi. Sherzod Xo’jayevning eslatishicha, shu yilning mart oyida mamlakatda elektr energetika sohasini yanada rivojlantirsh va isloh qilish bo’yicha strategiyani qabul qildi. Uning fikriga ko’ra strategiyani amalga oshirish iqtisodiyottarmoqlariga talab etiluvchi elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish imkonini yaratadi. [5]



  1. Gidroelektr stansiyalar

Gidro elektr stansiyalari – GES lar eng keng tarqalgan elektr stansiyalari bo'lib, suv oqimidagi energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi inshootlar va jihozlar majmuidir. Ular ko'pincha daryolarda, to'g'on va suv omborlarida quriladi. Elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligi ikki omilga bog'liq: Gidro elektr stansiya butun yil mobaynida suv bilan uzluksiz ta'minlanishi va nishablikda joylashishi zarur. Gidro elektr stansiyalarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta maydonni egallaydi, gidro elektr stansiya qurilishi nisbatan ko'p mablag' talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor – Gidro elektr stansiyalar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin gidro elektr stansiyalarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta to'planadi. Gidro elektr stansiyalarning ishlash tarzi juda oson. Gidrotexnik jihozlar suvni ma'lum bosimda jo'natib turadi. Bu suv maxsus quvurlardagi parraklarga kelib uriladi va generatorlarni harakatga keltiradi. Natijada elektr energiyasi paydo bo'ladi. Hisob – kitoblarga qaraganda gidroenergetika jahonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 63 foizini yetkazib beradi. kichik gidro elektr stansiyalаr ishlаtilishidа dаryoning flоrаsi vа fаunаsidаn o’zgаrmаydi vа biоlоgik turlаrning kаmаyishigа оlib kеlmаydi. Kаttа gidro elektr stansiyalаrdаgi kаbi kichik quvvаtli gidrоstаntsiyalаr qishlоq хo’jаligi yerlаrining suv bоsimigа dаryo qirg’оqlаrigа tegishli yerlаr gidrоlоgik rеjimini o’zgаrtirmаydi. Yaqin vaqtlargacha ko'plab davlatlar atom energetikasiga elektr quvvatini uzilishlarsiz yetkazib berishning yagona varianti sifatida qaragandi. Biroq, hozirgi paytda gidro elektr stansiyalarning rivoji ancha samarali usul sanaladi. 2016-yilda gidro energetika jahondagi qayta tiklanuvchi elektr quvvatining 63 foizi, va ummuman barcha elektr energiyasining 17 foizi bilan ta'minlab berdi. Bu sohada Xitoy, Kanada va Braziliya yetakchilikni ushlab turibdi. Yaqin o'n yil ichida boshqa mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga ko'proq e'tibor qaratishni boshlaydi. Agarda muvoffoqiyatga erishiladigan bo'lsa, insoniyatni toza va qariyb bepul elektr quvvati davri kutmoqda. Mamalakatimizda mikro gidro elektr stansiyalari ham talaygina ularning asosiy abzalligi, narxining arzonligi va biror joydan boshqa joyga ko'çhirib o'tkazish mumkinligidir. Mikro gidro elektr stansiyasi suv oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Agarda suvning yo'nalishi o'zgarsa, uni bemalol boshqa joyga koçhirib o'tish mumkin. Bunday mikro gidro elektr stansiyalar tadbirkor va fermerlar uchun juda qulay va ko'p ishchi kuchi talab etmaydi. Eng asosiysi esa atrof-muhitga va suvga ummuman zarar yetkazmaydi. Gidrotexnik inshootlar to’g’on yonidagi, derivatsion va aralash turlarga bo’linadi. To’g’on yonidagi GESlarda to’g’on yordamida suv sathi ko’tarilib, kerakli bosim hosil qilinadi.

  1. To’g’on yonida;

  2. To’g’ondan chetroqda;

  3. To’g’ondan pastda, daryo o’zanida.

To’g’on yonida va daryo o’zanida quraladigan GESlarda suv bosimini to’g’on hosil qiladi. Bunday GESlar suvi ko’p bo’lgan, tekis oqadigan tog’ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamo’yin va Chordara GESlarini ko’rsatish mumkin. Derivatsion GESlar o’rta va yuqori bosimli bo’lib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GESlarga Chorvoq, Farhod va BO’zsuv kanalidagi GESlar kiradi. [6] Aralash GESlarda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnikainshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Ges inshootlar majmuiga daryo o’zanini to’sib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (to’g’on), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va boshqa vazifalarni bajaruvchi avtomatik qurilmalardaniborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidroagregat o’rnatilgan mashina zali va foydalanib bo’lingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootalari bilan GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish g’ildiragini, unga o’rnatilgan o’qni va o’q bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiyasi hosil bo’ladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar yordamida iste’molchilarga yetkazib beriladi. Hozirgi barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GESlar uzoqdan turib boshqariladi. GES ning belgilangan quvvatiga ko’ra kam, o’rta va katta quvvatli xillarga bo’linadi. Daryoning energetika resurslaridan to’laroq foydalanish uchun GESlar kaskad tarzida, ya’ni daryo oqimi bo’yicha ma’lum masofada joylashtiriladi. [13]

Yuqоridаgilаrni inоbаtgа оlib hаmdа o’zbеkistоn gidrоpоtеnsiyalidаgi ishlаtilmаyotgаn zаhirаlаrni ishgа tushirish mikrо vа kichik gidro elektr stansiyalаr lоyihаsi vа qurilishini jаdаllаshtirish eng dоlzаrb ekоlоgik tоzа elektr energiyasi bo’lib, ishlаb chiqаrishgа kаttа istiqbоl tug’dirаdi.



  1. Shamol energiyasi

Shamolning katta kuchi hisobiga ekologik toza texnologiyali elektr energiyaishlab chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Kosmosdan olingan rasmlarning ko’rsatishicha, mustaqil hamdo’stlik davlatlarining havo okeani doimiy shamol ta’sirida turadi. Undan energiya manbai sifatida foydalanib, turli shamol elektr stansiyalari yaratish fikri maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun shamoldan foydalanishga maqbul joylarni tanlash va ularni tavsiflash uchun tegishli ma’lumotlarni to’plash kerak. Shamol elektr stansiyalari uchun yangi temir yo’llar qurish, yoqilg’i qazib olish va uni tashib keltirish kerak bo’lmaydi. Shamol tegirmollari birinchi marta 12- asrda tilga olingan. Bu tegirmonlar asta-sekin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab, ular guruh-guruh qilib qurilgan. Bunday tegirmonlar keyinchalik yanada takomillasha bordi. Shamol energetikasi, avvalambor, qayerda doimiy shamol bo’lsa o’sha joyda rivojlantirish maqbul. Bizning Respublikamizda Farg’ona viloyatining O’zbekiston tumanidagi Yaypan va Bekobod shaharlari yaqinidashamol elektr stansiyalarini joylashtirish mumkin. Shamol energiyasidan foydalanib elektr energiya ishlab chiqarishda Daniya mamlakatining tajribasi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu mamlakatda birgina 1990-yilda shamol elektr stansiyalari hisobiga 4mlrd kWsoat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Hozirda xatto o’zining ixtiyorida yetarlicha organic yoqilg’i resurslari bo’lgan va elektr stansiylari ancha zahira quvvatiga ega mamlakatlar ham shamol energetikasini rivojlantirish uchun ancha mablag’ ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Chunki shamol elektr stansiyalar texnologiyasi ekologik jihatdan toza, iqtisodiy jihatdan foydali va kam joyni egalashi bilan qulaydir.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Janubiy Koliforniya shtatida 20ming dona shamolagregatlari ishlaydi. Ular ishlab chiqaradigan elektr energiya qariyb 2ta atom elektr stansiyalarining ishlab chiqargan elektr energiyasiga teng. Shamol elektr stansiyalarining kelajagi porloq. Hozirgi vaqtda shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan 1 kilovatt soat energiyaning tannarxini Amerika Qo’shma Shtatlarida 0,07 dollorga kamaytirishga erishildi. Shamol elektr stansiyalarini shamolning tezligi 20km/soat bo’lgan joylarda o’rnatish yaxshi natijalar beradi. Bunday hollarda 1 kilovatt soat elektr energiyaning tannarxi 0,05 dollordan oshmaydi. Shamol energiyasi bitmas-tuganmasdir.Shuning uchun bugungi kunda u dunyo energetikasining bir qismi bo’lib, uning ahamiyati kelgusida shubhasiz o’sadi. Undan ham mexanik, ham elektr, ham issiqlikenergiyasi hosl qilish mumkin. Qadimdayoq ko’pgina mamlakatlarda qurilgan shamol tegirmonlrining ishlashi mexanik energiyaga asosolangan.

Havo oqimi ham, istalgan harakatlanuvchi jism ham harakat energiyasiga ega bo’ladi. Bu kinetik energiya shamol g’ildiragi yoki boshqa ishchi organ yordamida mexanik energiyaga o’zgartirildi.Shamol qurilmalarining vazifasiga ko’ra mexanik energiya ijrochi mexanizmlar yordamida elektr, issiqlik, mexanik, shuningdek, siqilgan havo energiyasiga o’zgartirilishi mumkin. Havo oqimi kinetik energiyasini mexanik energiyaga o’zgarishi uchun turli turdagi shamol dvigatellaridan foydalanish mumkin.

Havo oqimi kinetik energiyasini elektr energyasiga aylantirish uchun masalan “Whisper”, “Acro-Cruft” turdagi shamol energiyasi qurilmalaridan foydalaniladi. Shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan asosiy mexanizm shamol turbinasi hisoblanadi. U boshqa turbinalarga qaraganda ko’proq detallar soniga ega. Shamol vtulkaga mahkamlanganparraklarni va vtulka birgalikda rotorni tashkil qiladi. Shuningdek, turbinaniparraklarini aylantiradiganva to’xtatadigan kontaktlar mavjud. Generator aylanadi va elektr energiyani ishlab chiqaradi. Generator kontroller va boshqa qurilmalar parraklar orqasidagi qutiga joylashtiriladi. Anemometr shamol tezligini aniqlaydi va bu axborotnikontrollerga uzatadi. Shamol agregati 15-23 km/soatga yetganida shamol agregati aylana boshlaydi, tezlik 100 km/soatga ortganida mexanizmni shikastlanishlardan saqlash uchun ular avtomatik ravishda to’xtaydi. Shamol agregatlarining ba’zi bir modellari shamol kuchiga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmas tezlik bilan aylanadi. Ba’zi bir yangi modellarning tezligi shamol bilan aylanadi. Ba’zi bir yangi modellarning tezligi shamol tezligi bilan birga o’zgaradi, bu ularni samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. [12]

Shamol agregatlarida asosan 2 ta yoki 3 ta parrak bo’ladi. Katta bo’lmagantrubinalar 100 kW gacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Ularni fotoelektr ponellar bilan ishlatish mumkin. Bunday “uy shamol agregati” ning parraklari 2-8m o’lchamga ega hamda 40m lar atrofidagi balandlikka joylashtiriladi va u kichik korxonani elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin.

Katta shamol agregatlaridan 750 kW dan 2 MW gacha quvvatli turbinalarkeng tarqalgan bo’lib, ular ham shamol elektrostansiyalariga joylashtiriladi. [14]

Katta quvvatli megavattli turbinalarkatta o’lchamlarga ega bo’lib, ularning yangi modellari 2 dan 5 MW gacha quvvatli elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir. Kuchli dengiz shamoli aylantira olishi uchun ularni odatda qirg’oqqa yaqinroqdagi suvga joylashtiriladi. Bunday shamol agregatlari hozirda Buyuk Brtaniya, Germaniya, Daniya va boshqa mamlakatlarda ishlatilmoqda. Energiya odamzotning ummuman hayotning mavjudligida muhim omillardan biri hisoblanadi. Energiya olish va uning yangi samarali usullarini ishlab chiqish ilm-fan rivojlanishi mobaynida asosiy yo'nalishlardan biri bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. 19-asardan boshlab insoniyat tomonidan energiya olishning asosiy manbai qazib olinadigan yoqilg'i hisoblanadi. Lekin uning to'xtovsiz kamayib borishi hamda yoqilganidan keyin atmosferada qoladigan chiqindilari va buning natijasida ummumiy ekologik vaziyatning yomonlashuvi sababli yangi manbalarni o'zlashtirishga ehtiyoj tug'ildi.

Ayni paytda an'anaviy, lekin vaqtinchalik ikkinchi darajaga o'tib qolgan shamol kabi energiya olish usullari qayta tiklanmoqda.



O'zbekiston uchun energetik mustaqillikka erishish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda elektr energiyasining 90 %i issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Ularni ishlatish jarayonida ancha miqdorda uglerod dioksidi ajralib chiqadi

2.1-rasm. Shamol elektrostansiyasi.

Respublika tomonidan xalqaro hujjatlar, yoqiladigan yoqilg'i miqdorini asta-sekinlik bilan kamaytirishni talab qiladi. Ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishi muammosini ham hisobga olish kerak. Shunday qilib, tiklanadigan energiya resurslarini xususan shamol va quyosh energiyasini o'zlashtirish hozirgi kunda eng istiqbolli hisoblanadi. Bu esa O'rta osiyodagi shamol energiya resurslarini tadqiq qilishning dolzarbligini belgilab beradi. [13]

Shamol elektr stansiyasi (SHES)- Shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular o'rnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stansiyasidan, ko'pincha, shamol oqimining o'rtacha yillik tezligi yuqori bo'lgan va markazlashtirilgan elektr ta'minot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasida 8 kVt dan 1.2 MVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin. Shamol energetikasi havoning oqimi bilan hosil qilingan kinetik energiya qayta tiklanadigan energiya. Havo oqimi kinetik energiyasiga shamol energetikasi deyiladi. Havo oqimi tezligi qanchalik yuqori bo'lsa kinetik energiya shu qadar ko'payadi. Shamolning kinetik energiyasini aylanadigan harakatga aylantirish uchun shamol tegirmonidan foydalaniladi. 2008- yildan buyon dunyodagi shamol energetikasi taxminan 94.1 mln.kVt ni tashkil etadi va yetkazib beriladigan quvvat dunyo iste'molining 1 % dan oshdi. [5]

Ko'p mamalakatlar uchun shamol energiyasi asosiy energiya manbai bo'lmasa-da, 1999-yildan 2005-yilgacha to'rt barobardan ziyodroq o'sdi. Turbina pichoqlarini zamonaviy usulda ishlatish, oqimning mexanik generatorga uzatadi va elektr energiyasiga aylantiriladi. O'rta asr va qadimgi davrlarda shamol tegirmonlaridonni va nasos suvini ishlatish uchun qo'llanilgan. Tеz yuruvchi shаmоl dvigаtеllаri оdаtgа ko’rа. ko’p kurаklаr (2tа yoki 3 tа qаnоtlаri bilаn), Kurаklаr hаr хil оb-hаvоgа chidаmli, bаquvvаt vа yengil qilib po’lаt, аlyuminiy, plаstmаssa mаtеriаllаr yoki mахsus dаrахt nаvidаn ishlаnаdi. Bunday shаmоl dvigаtеllаr shаmоl energеtikаsi qurilmаlаridа elеktr enеrgiya оlish uchun qo’llаnilаdi. Qаttiq shаmоl, bo’rоn va shtоrm pаytidа mаrkаzdаn qоchmа kuchlаr dvigаtеllаrning qanotlаrini buzishi mumkin, shuning uchun shEU sоstаvigа flyugerning jоylаshishigа qаrаb bir vaqtning o’zidа qanotlаrning o’girilishi uchun mахsus qurilmаlаr o’rnаtilаdi. Ulаrning foydali ish koeffitsienti (shаmоl enеrgiyasining ishlаtilishi) yetаrlichа bаland: 0,3-0,46.

Dvigаtеllаrning аylаnmа tеzligi shаmоl tеzligidаn оshmаydi, birlik quvvatigа оg’irligi kаttа emаs. Ulаrni mаhsulоti qаytа ishlаsh yuklаnishisiz аylаnishni bоshlаsh mumkin, bo’lgаn jоydа kichik аylаntirish mоmеnt bilаn qurilmаlаr uchun ishlаtilаdi. Bungа esа mахsus mаrkаzdаn qоchmа muftа yordаmi bilаn ishlаydi, u trаnsmissiyani bo’sh ishlаshi uchun uzib qo’yadi, hаmdа bеrilgаn аylаnish chаstоtаsigа erishishdа kelаsi аvtоmаtik ulаsh bilаn shаmоl g’ildirаgining ishlаshiga olib keladi. Аylаnishning kаttа tezligi mаrkаzdаn qоchmа vа elеktr gеnеrаtоri bilаn birgаlikdа ulаrning ishlаshigа tа’sir ko’rsаtаdi.



shаmоlning yo’nаlishi o’zgаrgаn vаqtidа shаmоl аgrеgаtining bоshchаsi аvtоmаt hоldа bаkоvоy shаmоl g’ildirаklаri - vindrоzlаr bilаn mo’ljаlgа оlinаdi. shаmоl g’ildirаgining аylаnish chаstоtаsi 360130 yil/mpn 6-40 m/s diаpоzоndа bоshqаrilаdi. [7]

Gеnеrаtоrning аylаnish chаstоtаsi shаmоl dvigаteli rаtоrining аylаnish chаstоtаsidаn 4 mаrtа vа undаn ko’p vа оrtiq оshishi kеrаk. Bungа esа gеnеrаtоr turini yoki uzаtib bеrish qurilmаsini to’gri tаnlаsh bilаn erishish mumkin. O’zgаruvchаn tоk gеnеrаtоrlаri kеng ko’lаmdа ishlаtishgа egа, chunki ulаr аrzоnrоq, оsоnrоq vа elеktr enеrgiyani rоtоrning аnchа pаst аylаnish chаstоtаsidа оlish mumkin. shаmоl enеrgiyasini o’zigа хоs хususiyati, bu vаqt bo’yichа pаydо bo’lishini nоtеkisligi, bu esа shаmоl аgregаt o’rnаtilgаn hududi enеrgiya ishlаb chiqаrishgа tа’sir etаdi. Bunday hоlаtdа enеrgiya ishlаb chiqarish vа elеktrik pаrаmetrlаr bir mаrоmdаligini hisоbgа оluvchi vа bir mаrоmlik kаttа tаlаb etilmаydigаn sоddа vа iqtisоdiy ishlаsh imkоnigа egа shаmоl qurilmаlаri ishlаtilаdi. shаmоl аgrеgаtidаn qo’shimchа zаhirа bilаn turli sохаlаr bo’yichа mахsulоt оlinsа, shаmоl enеrgiyasidаn fоydаlаnish istiqbоlli hisоblаnаdi. shаmоl аgregаtini suv ko’tаrishdа, issiqlik ishlаb chiqarishdа, sоvutishdа, minеrаllаngаn suvlаrini ichimlik suvigа аylаntirishdа qo’llash sаmаrаli hisоblanadi. Suv ko’tаrishgа mo’ljаllаngаn istiqbоlli shаmоl qurilmalаri, shаmоl bo’lmаgаn vaqtlаrdа 3-5 sutkа mоbаynidа nоrmаl suv tаminоtini tа’minlоvchi rezеrvuаrlаr bilan jihоzlаngаn. Rеzervuаr hаjmini to’g’ri tаnlаsh аsоsidа shаmоl enеrgiyasi hisоbigа suv tа’minоtini 80-90%ga tа’minlаsh mumkin. yer оsti sаthini pаsаytirishgа mo’ljаllаngаn meliоrаtiv tizimdаgi quduqlаrdаn suv chiqаrishdа shаmоldаn fоydаlаnish mumkin.



shаmоl enеrgiyasidаn sho’r suvlаrni chuchuk suvgа аylаntirishdа fоydyalаnish mumkin. Ishlаb chiqаrishdа UVE-0.5 turdаgi chuchuklаshtiruvchi shаmоl enеrgеtik qurilmаlаri ishlаb chiqаrilаdi. U quyidаgi tаrtibdа ishlаydi: bittа (suv ko’tаruvchi) nаsоs sho’r suvni filtr orqali rеzеrvuаrgа uzаtаdi, bоshqаsi esа rеzеrvuаrdаgi suvni chuchuklаshtiruvchi аppаrаtdаn o’tkаzаdi. Qurilmа ishlаshidа gеnеrаtоrdа kаttа оrаliqlаrdа yuklаnish vа tоk chаstоtаsi o’zgаrishigа muljаllаngan. Hаyvоnlаr ushlаb turilаdigаn jоyni isitishgа mo’ljаllаngаn, Ayova shtаtining firmаlаridаn biridа tаyyorlаngаn, shаmоl enеrgiyasidаn meхanik fоydаlаnishgа mo’ljаllаngаn issiqlik qurilmаlаri hаm mаvjud. U kаttа rеzsrvuаrdа jоylаshgаn qurilmаni аylаnishigа mаjbur qilаdi. Аylаnishi nаtijаsidа rеzеrvuаrdаgi suv 45C gаchа isiydi. Suvli isitishning sig’imi umumiy tizimi 2270 litrni tаshkil etаdi. shаmоl enеrgеtik qurilmаlаri (shEq) isitkichlаrning 32% quvvаti bilаn tа’minlаydi, qоlgаnlаri esа isssiqlik аlmаshinshi turi «suv-hаvо» turigа to’gri kеlаdi. shаmоl energiyasini mikrоklimatning muzlаtkich kаmerаlаridа kеrаkli pаrаmеtrlаrni ushlаb turish uchun, qishloq xo’jаlik mахsulоtlаrini tоg’li tоshli trаssаlаrgа yuvish, trаssаgа o’g’itlаrning оlib kеlinishi vа bоshqа mаqsаdlаr uchun ishlаtish mumkin. Shamol qurilmasi yordаmidа ho’l hаvоdаn ichimlik suvi (olinаdi, uning ishlаb chiqаrilishi kаttа emаs. (15... 21 litr bir sutkаdа). Аmmо pаst suvsiz hududlаrdа (Mаsаlаn. orol оldi zоnаlаrdа) bundаy qurilmаlаr ichimlik suvini avarriyali hоlаtdа ishlаtilishi mumkin. Ma’lumki, shamol energetikasi barcha energiya manbalari ichida eng arzoni hisoblanadi. Shu boisdan dunyoning rivojlangan davlatlarida unga qiziqish ortib bormoqda. Hozirgacha jahonning ellikdan ortiq mamlakatlarida shamol yordamida elektr energiyasi hosil qilish yo’lga qo’yilgan. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, ummuman dengiz bilan chegaradosh ko’pgina mamlakatlar sohillarida minglab kilometrga cho’zilgan shamol generatorlari qurilmoqda. [8]


  1. Quyosh energiyasi

Qаdim zаmоnlаrdаn bоshlаb quyosh energiyasidаn o’z mаqsаdlаri uchun insоnlаr fоydаlаnib kеlishgаn. Bizning erаmizdаn оldin 212-yillаrdа bir jоygа jаmlаngаn quyosh nurlаri yordаmidа ibоdаtхоnаlаr оldidа qutlug’ оlоv hоsil qilgаnlаr. Аytishlаrichа buyuk grek оliy Arximеd o’zi tug’ilgаn Sirаkuzа shаhrini himоya qilishdа Rim flоti Kеyjа (pаruslаrini) yelkаlаrini хuddi shu usuldа yonib ketishigа sаbаb bo'lgan. Quyosh energiyasidan foydalanish yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Yillar davomida qimmat sanalgan quyosh energiyasi endi arzonlashib, ommoviylashmoqda. Quyosh energiyasidan asosan ikki maqsadda issiqlik energiyasi va elektr energiyasi olishda foydalanish hozirgi kunda dolzarb masalalardan bo’lib hizmat qilmoqda. Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalarga quyosh kollektorlari deyiladi. Quyosh kollektorlari issiqlik energiyasi olish va elektr energiyasi olish uchun qo’llaniladigan uskunadir. Kollektorlar asosan quyoshdan kelayotgan barcha turdagi nurlarni yutish uchun qora rangda tayyorlanadi.

Quyosh kollektorlaring turlari:

1. Yassi

2. Vakuumli

3. Konsentratorli quyosh kollektorlari.

Yassi kollektorlar asosan yorug’lik yutuvchi, shaffof va issiqlikka izolyatsiyalangan qatlamlardan iborat. Yutuvchi qatlam absorber deb yuritilib u issiqlik o’tkazuvchi qatlam bilan bog’langan. Shaffof element (oyna) ya’ni, kam miqdorda metall aralashmasi kiritilgan va qayta ishlangan shishadan yasaladi. Yassi kollektorlar suvni 190-200 0 C ga qizdira oladi. Yassikollekorlardan issiq suv olishda foydalaniladi. Asosan yassi kollektorlarning yuza qismi barcha nurlar yutilishi uchun qoraytirilgan bo’ladi.





2.2-rasm Quyosh kollektori

2.3-rasm Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgich qurilmaning soddalashtirgan sxemasi.

Quyosh nuri yordamida issiq suv olish va uyni qizdirish quyosh kollektorlari yordamida amalga oshirilmoqda. Quyosh kollektorlari uylarni va ishlab chiqarish imoratlarini qizdirish va ishlab chiqarishda issiq suv olishda foydalaniladi. Ishlab chiqarishda asosan yetarlicha qizigan (30-900C) haroratdagi suvlar ishlatish uchun olinadi. Bunday haroratli suvlarni quyosh kollektorlari yordamida olish mumkin.


  1. Download 1.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling