O’quv materiallari 1-Mavzu: Umumiy jismoniy tayyorgarlik


Download 300.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.05.2020
Hajmi300.44 Kb.
#103887

O’QUV MATERIALLARI 

 

1-Mavzu: Umumiy jismoniy tayyorgarlik (jismoniy sifatlarni rivojlantirish). 

 Jismoniy tarbiyadan nazariy ma'lumotlar o`rta maktablarda har bir jismoniy 

tarbiya darslarida, dars mavzusiga muvofiq berib boriladi. Dars davomida nazariy 

ma'lumotlar  sifatida  jismoniy  mashqni  bajarish  texnikasi  va  taktikasi,  jismoniy 

fazilatlarni  rivojlantirish,  harakat  malaka  va  ko`nikmalariga  o`rgatish,  jismoniy 

tarbiya va sport bilan shug`ullanishda jarohatlanishni oldini olish kabi ko`rsatmalar 

berib  boriladi.  Shu  bilan  birga  o`quvchilarda  jismoniy  tarbiya  va  sportga 

qiziqishlarini  ortirish  uchun  jismoniy  mashqlarni  organizmga  ijobiy  ta'siri  va 

sog`lom  bo`lish  uchun  tabiat  omillaridan  foydalanish  usullari  hamda  mashxur 

sportchilar  hayoti  xaqida  ma'lumotlar  berib  boriladi.  Kollejlarda  jismoniy 

tarbiyadan  nazariy  bilimlar  ma'ruza  va  seminar  mashg`ulotlari  davomida  maxsus 

rejaga muvofiq berib boriladi. Bu mashg`ulotlarda ta'lim tizimida jismoniy tarbiya 

va  sportning  tutgan  o`rni  hamda  jismoniy  tarbiyaning  maqsadi  va  vazifasi 

o`rganiladi.  Shuningdek  jismoniy  mashqlarini  organizmga  ijobiy  ta'siri,  sog`lom 

turmush  tarzi,  jismoniy  tarbiya  vositalari-jismoniy  mashqlar  bilan  mustaqil 

shug`ullanish,  tabiat  omillari-quyosh,  havo  va  suv  muolajalari  yordamida 

chiniqish,  jismoniy  fazlatlarini  rivojlantirish  va  takomillashtirish  tavsiyalari  berib 

boriladi. Tamaki maxsulotlari chekish, alkogol ichimliklar iste'mol qilish, noto`g`ri 

ovqatlanish,  semirib  ketish,  kam  harakatlik  kabi  organizmga  salbiy  ta'sir  etuvchi 

omillarni bartaraf etish talablari keng ta'riflanadi. Jismoniy mashqlar va sport bilan 

shug`ullanishda  shaxsiy  gigena  talablari  bo`lgan  sport  kiyimlari,  poyabzallar 

hamda  sport  jixozlarini  toza  va  saranjom  tutish.  Tanani  parvarish  qilish,  og`iz 

bo`shlig`ini  toza  tutish,  dam  olish,  yashash,  mashg`ulot  joylarini  gigenik 

talablariga  javob  berishlarini  tashkil  etish.  Ichimlik  suvi,  issiq  suv  va  toza  havo 

bilan  taminlanishi,  yoritilishini  nazorat  qilish  masalalari  nazariy  bilimlarda  berib 

boriladi.  O`quvchi  va  talabalar bilan  tashkil  etiladigan  jismoniy  tarbiya  tadbirlari 

maqsadi  va  vazifalari  hamda  ularning  shakllari,  mashg`ulotlarni  tashkil  etish 

uslublari  ham  tahlil  etiladi.  O`quv  kursiga  muvofiq  sport  turlari  qonun  qoidalari, 

sport  turlari  va  jismoniy  mashqlarga  o`rgatish  texnikasi  va  taktikasi,  umumiy  va 

maxsus  jismoniy  fazilatlarni  rivojlantirish  hamda  sport  turlari  bo`yicha 

musobaqalar tashkil etish, bolalarni sport turlariga jalb etish hamda saralash va ular 

bilan  mashg`ulotlar  tashkil  etish  talablari  nazariy  mashg`ulotlarda  o`rgatiladi. 

Jismoniy  mashqlar  va  sport  bilan  mustaqil  shug`ullanishda  jarohatlanishni  oldini 

olish,  birinchi  tibbiy  yordam  ko`rsatish  qoidalari,  organizmning  funktsiyalarini 

jismoniy  tarbiya  ta'sirida  rivojlanishi hamda  jismoniy  rivojlanishni  tibbiy  nazorat 

qilish  shartlari  ham  ma'ruza  va  seminar  mashg`ulotlari  davomida  muhokama 

qilinadi.  Nazariy  fanlar  bo`yicha  talabalar  bilimi  testlar  va  og`zaki  savollar  va 

yozma ishlar bilan nazorat qilinadi.  

Jismoniy tarbiya darslari 

Ta'lim  muassasalarida  jismoniy  tarbiyaning  asosiy  shakli  jismoniy  tarbiya 

darslaridir.  Jismoniy  tarbiya  darslari  materiallari  kalendar  reja  va  chorak  rejaga 

muvofiq dars rejalarida aks ettiriladi.  



Jismoniy tarbiya darslari dastur asosida olib boriladi.  

 

Jismoniy tarbiya darsi  

 Dars maqsadi: Sog`lomlashtirish, jismonan rivojlantirish, harakat malaka va 

ko`nikmalarini shakllantirish. 



 Dars vazifasi: 100 m ga tezkor yugurish texnikasini o`rgatish. 

 Kerakli jihozlar: Sport kiyim, start kolotkalar, hushtak, sekundomer, bayroqcha.   



O`tkazish joyi: Stadion, yugurish yo`lkalari.  

№ 

Dars  mazmuni 



Me'yor 

Uslubiy tavsiya 

Ta

yyorlov


 

qism


 

Saflanish. Salomlashish, o`quvchilar xaqida axborot. Dars 

vazifasini tushuntirish. Saf mashqlari, O`ng-ga, Chap-ga, Orqa-

ga burilishlar. qatorlarga bo`linishlar. Sekin va tez yurishlar, har 

hil yurishlar. Sekin va tez yugurishlar, har hil yugurishlar. Safda, 

qatorlarda, doirada, yurib, buyumlar bilan, buyumlarsiz, sherikni 

yordami bilan URM bajarish.  

D.h: Tik holatda, qo`llar belda. Oldiga engashib qo`llar polga, 

erga tekkazish. D.h.ga qaytish. D.h.: Tik turgan holatda, qo`llar 

belda. 


 1-4 boshni o`nga aylantirish.  

5-8 boshni chapga aylantirish. D.H.: Tik turgan holatda, qo`llar 

belda.  

1-4 gavdani o`nga aylantirish.  

5-8 gavdani chapga aylantirish. D.h.: oyoqlar keng holatda, 

qo`llar belda.  

1-2 Gavdani o`ng oyoqqa egish. 

 3-4 Gavdani chap oyoqqa egish. D.h.: Tik turgan holatda, 

qo`llar belda. Tizzalarni keng ochib o`tirish. 

 D.h.ga qaytish. D.h.: Asosiy tik turish. qo`llarni yonga, 

Yuqoriga, old tamonga uzatish. D.h.ga qaytish. D.h.: Tik turgan 

holatda, qo`llar belda. Joyida turib ikkala oyoqda sakrash.  

8. D.h.: Tik turgan holatda, qo`llar belda. Turgan holda 

oyoqlarni kerib va juftlashtirib sakrash. D.h.: Oyoqlar juft holda 

qo`llar oldida 

 1-2 chap oyoq qo`lga tekkiziladi. 

 3-4 o`ng oyoq qo`lga tekkiziladi 

 9. D.h.: Oyoqlar juft holatda, qo`llar belda. 

 1-2 Belni o`ng tamonga egish. 

 3-4 Belni chap tamonga egish.  

10. D.h.: Oyoqlar juft holatda, qo`llar belda. 

 1-2 Belni o`ng tamonga aylantirish.  

3-4 Belni chap tamonga aylantirish. 

2-4  


 

2-4 


  

4-6  


 

 

4-6 



 

4-6  


 

4-6  


 

4-6  


 

4-6  


 

 

10  



 

 

10  



 

10 


  

 

10 



Saflar tekis bo`lishi 

kerak. 


 

Burilish va bo`linishlar 

teng va bir xil bo`lish 

kerak.  


 

Tizzalar bukilmaydi.  

 

Boshni keng ampli 



tudada aylantirsh.  

 

Oyoqlar erdan 



(poldan)uzilmaydi  

 

Tizzalar bukilmaydi.  



 

Chuqurroq o`tirish. 

qo`llar tekis holda 

turiladi. 

 Bir joyda sakraladi 

.  


Mashq o`rtacha tezlikda 

bajariladi. 



Asosiy qi

sm

 



60-100 m ga tezkor yugurish texnikasini o`rgatish. Tezkor 

yuguruvchi maxsus mashqlarini bajarish.  

30 mli masofaga: 

 Tizzalarni baland ko`tarib yugurish. 

 Tovonlarni orqaga otib yugurish. 

 Baland sakrab yugurish.  

Katta tezlikda yugurish. 

 A) Start chizig`ida turish, oyoqlar qo`yish holatini, depsinuvchi 

oyoq holatini o`rgatish. 

 B) Startdan chiqish, depsinuvchi oyoq harakatiga o`rgatish.  

V) Masofa bo`ylab yugurish.  

Oyoqlar va qo`llar harakatiga o`rgatish.  

G) Fnishga kirib borish. Gavda holati. Nafas olish ritmini 

tekislashga o`rgatish 

. Tezkorlkni rivojlantiruvchi qo`shimcha mashqlar. 

 20 mx4 mokkisimon yugurishlar.  

30 m ga tezkor yugurishlar. 

 

 



10  

10 


 10  

10  


 

5  


 

  



 

 5 



 

 

 10  



10 

Orqaga qaytishda oyoq 

muskullarini 

bo`shashtirib yurish.   

 

Depsinish oyoqni 



to`g`ri tanlash.  

 

Signalga reaktsiya 



berish malakasi 

shakllantirish.  

 

Oyoqlarn keng va 



to`g`ri tashlash.  

 

Finishda katta tezlikka 



erishish.  

Musobaqa shaklida 

o`tkazish. 

Ya

kuniy qi



sm

 

Yurgan holda nafas olish mashqlarini bajarish. 



 Bir oyoqda va ikkala oyoqda sakrashlar.  

Depsinuvchi oyoqni tanlash bo`yicha ko`rsatmalar berish.  

Saflanish, darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rahbatlantirish, 

sust qatnashgan o`quvchilarni ogohlantirish. 

 Jismoniy mashqlardan uyga vazifalar berish. 

10 


 

 10  


 

10 


qo`llar harakatiga 

e'tibor berish.  

Balandroq sakrash 

Depsinish oyoqini 

to`g`ri tanlash.  

Tezkor yugurish 

mashqlaridagi xatolarni 

muhokamas 

 

 

Jismoniy yuklamalar ta'sirini o`rganish (PULSOMETRIYA) 



 

  

Jismoniy yuklama jismoniy tarbiya darslari davomida jismoniy mashqlarni 



o`quvchilar organizmiga ko`rsatadigan ta'siri hisoblanadi. Jismoniy yuklamalar 

ta'siri va hajmi jismoniy mashqlar me'yori, mashqlar miqdori, ularning bajarilish va 

takrorlanishi, mashqlarni bajarishga ketgan vaqt va bajarish sharoitlari bilan 

belgilanadi. Jismoniy yuklamalarni o`quvchilar organizmiga ta'sirini qon bosimi, 

tana harorati ortishi, qon tarkibi o`zgarishi va ter ajralib chiqishi bilan aniqlanadi. 

Jismoniy yuklamalar ta'sirini tomir urishi (puls) tezligi bilan aniqlash usuli 

PULSOMETRIYA deb ataladi. 

Jismoniy yuklamalar ta'sirida tomir urishi tezlanishi tabiiy holat bo`lib hisoblanadi. 

Tomir urishi tezlanishi ko`rsatkichi dam olishdan so`ng 3-10 minut ichida 

dastlabki holatga qaytishi shug`ullanuvchi organizmini sog`lomligi va jismoniy 

rivojlanish darajasini belgilaydi. Tomir urishi dastlabki holatga qaytmasa 

organizmda salbiy o`zgarish borligini ko`rsatadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Jismoniy mashqlar va harakatlar ta'rif



 

Vaqt  


Puls 

Saflanish, tinch holat



 

1min 


72ta 

Saf va URM mashqlaridan so`ng



 

10min 


110 ta 

Yugurish texnikasini tushuntirishdan so`ng



 

12min 


90 ta 

100 mga tezkor yugurishdan so`ng. (1-urinish) 



14min 

160 ta 


Tezkor yugurish mashqini bajarishdan oldin

 

20min 


105 ta 

100 mga tezkor yugurishdan so`ng. (2-urinish)



 

21min 


170 ta 

Jismoniy mashq bajarishdan oldin



 

30min 


95 ta 

30 mga maxsus yugurish mashqlaridan so`ng



 

31min 


120 ta 

Jismoniy mashq bajarishdan oldin



 

33min 


100 ta 

10  30 mga maxsus yugurish mashqlaridan so`ng

 

34min 


127 ta 

11  Jismoniy mashq bajarishdan oldin

 

37min 


103 ta 

12  30 mga maxsus yugurish mashqlaridan so`ng

 

38min 


158 ta 

13  Nafas olish mashqlari bajarishdan so`ng

 

42min 


102 ta 

14  Saflanish, dars natijalarini yakunlashdan so`ng

 

45min 


80 ta 

 

 



 

Jismoniy tarbiya darslari zichligi 

    Dars zichligi deb ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish tushuniladi. Dars 

davomida o`quvchilarni doimiy jismoniy harakatlanishi ta'minlansa dars zichligi 

ortadi. Birdaniga barcha o`quvchi shug`ullanishlari ta'minlansa dars zichlgi Yuqori 

bo`ladi va aksincha agar jismoniy mashqlar navbat bilan bajarilsa hamda dam olish 

vaqtlari ko`pga cho`zilsa dars zichligi ancha past bo`ladi. Masalan: sport o`yinlari, 

harakatli o`yinlar va kross tayyorgarligi kabi barcha o`quvchilar shug`ullanishi 

ta'minlanadgan darslar Yuqori zichlikda bo`ladi. Gimnastika, engil atletika kabi 

jismoniy mashqlarni bajarish uchun navbat kutiladigan darslarda dars zichligi past 

darajada bo`ladi. 

     Dars zichligi ikki xil ko`rsatgichga egadir. Birinchisi-umumiy zichlik. 

Ikkinchisi – motor zichlik. Umumiy zichlik deb o`quvchilarni dars davomida 

jismoniy mashqlarni bajarish texnikasi xaqida nazariy va amaliy bilimlar olishga 

ketgan vaqt hisoblansa, motor zichlik deb faqat jismoniy harakat bajarilgan vaqt 

tushuniladi. Dars zichligi XRONOMETRLASh usuli orqali aniqlanadi. 

Xronometrlashda bir o`quvchi tanlanib, uni dars davomida nazariy tushunchaga 

ega bo`lish vaqti, jismoniy mashqlar va jismoniy harakatlarga sarflangan vaqt 

hamda dam olishga ketgan vaqt qayd etiladi. Bu vaqtlar o`rtasidagi farqlar maxsus 

formula bilan aniqlanib, darsning umumiy va motor zichligi darajasi belgilanadi.



 

 

Download 300.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling