O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari


Download 280.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.04.2020
Hajmi280.01 Kb.
#101999
Bog'liq
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalq ogzaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari.


 



O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan 



foydalanish imkoniyatlari 

L. Berdiyeva  

Pedagogika –psixologiya va ta’lim menejmenti  

kafedrasi o’qituvchisi  

 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgan  kundan  boshlab  o’tgan 



vaqt  mobaynida    o’zbek  xalqi siyosiy  –  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  sohalarda 

katta  yutuqlarga  erishdi.  Ba’zan  tezlik  bilan  o’zgarayotgan  dunyo  qiyofasini 

oldindan  bashorat  qilish  mumkin  bo’lgan  bir  davrda,  xalqimiz  ertangi  kuniga 

ishonch  bilan  intilayotgan,  to’g’ri  tanlangan  taraqqiyot  yo’li  ilk  samarasini 

ko’rsatayotgan,  yangicha  tafakkur,  g’ayrat  va  shijoat  bilan  yangi  avlod  vakillari 

maydonga  kirib  kelayotgan  O’zbekiston  zaminida  mustaqillikni  mustahkamlash, 

barqaror  taraqqiyotni  ta’minlash,  tinchlik  va  barqarorlikni  asrab  –  avaylashga 

ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda. 

Prezident  I.Karimov  ta’kidlaganidek:“….  Inson  yuksalishida  ma’naviyat 

olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi 

qaratilgan  xurujlarning  real  xalqi  haqida  atroflicha  fikr  yuritish,  xalqimiz  yangi 

hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda 

odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini 

yana  bir  bor  qaratish,  kelajak  avlodimizni  ma’naviy  sog’lom  va  barkamol  etib 

tarbiyalash bilan bog’liqdir”. 

Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning 

falsafiy,  xuquqiy,  ilmiy,  badiiy,  axloqiy,  diniy  tasavvurlarini  o’z  ichiga  oladi. 

Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi.  Ma’lumki, insonning ichki 

va  tashqi  olami  mavjud.  Tashqi  olami  uning  bo’y–basti,  ko’rinishi,  kiyinishi  va 

hatti–harakatlari  kiradi.  Ichki  olamiga  esa  uning  yashashdan  maqsadi,  fikr 

yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana 

shunday  ichki  olami  ma’naviyatdir.  Ma’naviyat  va    axloq  bir-  biri  bilan  bog’liq 

bo’lib bir-birini to’ldiradi.  


 

Zero,  jamiyat  rivojlanishi  faqat  uning  iqtisodiy  taraqqiyotidangina  emas, 



balki  ma’naviy  yuksalishini  ham  taqozo  etadi.  Har  qanday  mafkura  kabi 

O’zbekistron  Respublikasi  milliy  istiqlol  mafkurasiningf  asosiy  g’oyalaridan  biri 

ham  jamiyatda  ma’naviy-axloqiy  qarashlarning  ustuvorligiga  erishish  sanaladi. 

Ijtimoiy  tarbiyaning  boshqa  turlari  kabi  ma’naviy-axloqiy  tarbiya  asosini  ham 

ilg’or  milliy,  ma’naviy-axloqiy  qadriyatlar,  xalq  pedagogikasi  g’oyalari  tashkil 

etadi.  


Ma’naviyat-  shaxs,  xalq,  davlat  va  jamiyatning  kuch-qudrati,  taraqqiyoti, 

imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.  

Ma’naviyat  (arabcha  “ma’naviyat”  –  ma’nolar  majmui)  mohiyatiga  ko’ra  

iltimoiy  taraqiyotga  ijobiy  ta’sir  o’tkazuvchi    falsafiy,  huquqiy,  ilmiy,  axloqiy, 

diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.  

Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil 

etish asosida shakllantiriladi.   

Jamiyat  ma’naviyatini    shakllantiruvchi  omillar:  madaniyat,  ma’rifat, 

mafkura. 

Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish 

ma’nosini  bildiradi)  -  ijtimoiy  taraqiyot  davomida  insonlarning  faoliyati  tufayli 

qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy 

va ma’naviy boyliklar majmui. 

Ma’rifat-  shaxs  ongiga  ilmiy  bilim,  axloq  qoidalari  hamda  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  me’yorlarni  singdirish,  ta’lim  va 

tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, 

ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. 

Mafkura  (arabcha-  “mafkura”-nuqtai  nazar  va  e’tiqodlar  tizimi,  majmui)  – 

jamiyatdagi  muayyan  siyosiy,  huquqiy,  axloqiy,  diniy,  badiiy,  falsafiy,  ilmiy 

qarashlar,  shuningdek  ma’naviy-axloqiy  yuksalish,  ma’rifiy-tarbiyaviy  ishlarning 

rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin 

tutuvchi  g’oyalar  majmui.  Har  uchala  sohaning  uzviy  birligi  asosida  jamiyat 

ma’naviyati yuksaladi.  


 

Ma’naviyat  sohasida  ijobiy  yechimini  ta’minlash  zarur  bo’lgan  asosiy 



vazifani  ko’rsatar  ekan,  O’zbekistron  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 

quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni 

tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas 

dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini  va hurmatini tiklash, o’zligimizni  

anglash”. 

         

Axloq  ijtimoiy  ong  shakllaridan  biri  bo’lib  muayyan  jamiyatda  yashovchi 

kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir. 

Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, 

ishlab  chiqarish  vositalariga,  mehnat  mahsulotlariga  munosabatini  muayyan 

tartibga  solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi. 

Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay 

yosin  muomalada  qilishi, o’z  turmush,  bo’sh  vaqtini qanday  tashkil  etish,  xullas, 

shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti  –  harakatlari qanday  bo’lishi 

lozimligi  xususida  bahs  etadi.      Aniqrog’i,  axloq  kishining  ichki  olami,  e’tiqodi, 

fazilatlari  sifatida  mavjud  bo’lsa,  odob  shaxsning  ko’zga  tashlanayotgan 

mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi.  

Axloq  kishidan  har  xil  holatlarda  qanday  yo’l  tutish  kerakligini  yaxshi 

o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat 

tusiga  kirishini,  ya’ni  har  qanday  vaziyatda  shu  odatni  namoyon  qilishini  taqozo 

etadi. Har bir   odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, 

turmush  qoidalariga,  jumladan,  davlat  qonunlariga  muvofiq  yoki  xilof  ekanligiga 

asoslanib muayyan fikr yuritiladi. 

 Axloq  ilmi  yaxshilik  bilan  yomonlik  o’rtasidagi  murakkab  muammolar 

haqida  bahs  yuritib,  insonning  kamolotga  erishish  yo’lini  yoritib  boradi.  Har  bir 

inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak 

yanglishmaymiz.  Chunki,  shaxsning  zohiriy  va  botininy  olamin,  ayniqsa,  qalb 

olamini  o’rganish,  bilish,  tahlil  etish  g’oyatda  qiyin.  Bu  ruhiyat  bilan  bog’liq 

holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr- 

muhabbat,  rahm-  shafqat,  adolat,  diyonat,  hayo,  iffat,  vafo,  sadoqat,    himmat, 



 

saxovat,  iymon,  e’tiqod  kabilar  mujassam  bo’ladi.  Ayni  holda  shu  xislatlarning 



aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi.    

Prezident  I.Karimov  mustaqilligimizning  dastlabgi  yillaridan  boshlab  axloq 

tarbiyasiga  alohida  e’tibor  qaratdilar.  Shu  bilan  birgalikda,  ta’lim  tizimini  isloh 

etish  masalariga  diqqat  qaratib  kadrlar  tizimining  shakllanishi  va  faoliyat 

ko’rsatishining  asosiy  tamoyillarini  belgilab  berar  ekanlar,  o’quvchi  yoshlarni 

Vatanga  sadoqat,  yuksak  axloq  ma’naviyat  va  ma’rifat,  mehnatga  vijdonli 

munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni  asosiy vazifalardan biri sifatida ko’rsatib 

o’tdi.   

Shuningdek, Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka 

tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari”  asarida  “  Biror,  bir  jamiyat 

ma’naviy  imkoniyatlarini,  odamlar  ongiga  ma’naviy–axloqiy  qadriyatlarni 

rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”, 

- degan edi.  

“Ma’naviyat-  insonni  ruhan  yuksalish,  qalban  ulg’ayishga  chorlaydigan, 

odamning  ichki  olamini,  irodasini  baquvvat,  iymon-  e’tiqodini  butun  qiladigan, 

vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ”

1

 

Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va 



bitiklar,  xalq  og’zaki  ijodi  namunalaridan  tortib,  bugungi  kunda  kutubxonalarda 

xazinasida  saqlanayotgan  ming-  minglab  qo’lyozmalar,  ularda  mujassamlashgan 

tarix,  adabiyot, san’at,  axloq,  falsafa, tibbiyot,  matematika,  minerologiya,  kimyo, 

astrronomiya,  me’morchilik  sohalariga  oid    qimmatbaho  asarlar  bizning  buyuk 

ma’naviy  boyligimizdir.    Bunchalaik  katta  merosga  ega  bo’lgan  xalq  dunyoda 

kamdan  –  kam  topiladi.  Tarixiy  yodgorliklar    namunalari  bilan  yaqindan  tanishar 

ekanmiz,  ularda  ifoda  etilgan  teran  fikr  va  g’oyalar,  ma’naviy-  axloqiy  qarashlar, 

hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga 

amin bo’lamiz. 

                                                 

1

 

I.Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”T.: Sharq. 2008. 31b



 


 

Asrlar  davomida  axloq-odob  mavzusida  qanchadan-qancha  kitoblar, 



hikmatnomalar,  ibratli  rivoyatlar  yaratigan.  Qadimgi  faylasuflar,  donishmandlar 

axloq-odobga  juda  katta  baho  berib,  uni  jamiyatning  poydevori  deb  ataganlar. 

Shuning  uchun  ham  jamiyat  a’zosining  xulqi-  odobiga  alohida  e’tibor  berilishi 

bejiz emas. 

Bu  meros  namunalari  bilan  yaqindan  tanishar  ekanmiz,  ularda  ifoda  etigan  

teran fikr va g’oyalar, ma’naviy-axloqiy qarashlar bugungi zamonamizda ham o’z 

ahamiyatini yo’qotmagan. Misol uchun eng qadimiy, eng navqiron “Avesto”ni olib 

ko’raylik.Uning  tub  mohiyatini  belgilab  beradigan  “Ezgu  fikr,  ezgu  so’z,  ezgu 

amal ” degan tamoyilini oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad 

ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni  ezgu 

fikr,  ezgu  so’z,  ezgu  amal,  so’z  va  ish birligi  jamiyat  hayotining  ustuvor g’oyasi 

sifatida  talqin  etish  bizning  bugungi  ma’naviy  ideallarimiz  bilan  naqadar  uzviy 

bog’liq, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir. 

“Bu nodir kitob bundan o’ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu 

zaminda yashagan ajdodlarimizning  biz avlodlarga qoldirgan  ma’naviy  – tarixiy 

merosidir”- deb   ta’kidlagan  edi Prezident I. Karimov.

2

 

“Avesto”da  borliqning  yaxlitligi  va  bir  butunligi,  inson  hayotining  tabiat 



bilan  uyg’unligi  masalasi  odamning  ruhiy  olamiga  chambarchars  bog’liq  holda 

ko’rsatilganligi  ko’p  narsani  anglatadi.  Bu  holat  insonning  ma’naviy  dunyosini  

shakllantirishda  atrof  –  muhit  qadim  zamonlardan  buyon  qanday  kuchli  tra’sir 

o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb etadi. “Avesto” o’zbek, umuman 

O’rta  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  davrlardagi  hayoti,  dini,  tasavvurlari, 

ma’naviyati, madaniyatini o’rganishdagi muhim manba. 

             “Avesto” dan quyidagi namunalarni keltiramiz: 

Tarbiya hayotning muhim tirgagi (tayanchi) 



Yaxshilik va ezgulik urug’ini yaratish uchun, kishi noz – ne’matlarni o’zi 

yaratishi lozim 

                                                 

2

 

I.Karimov “Adolatli jamiyat sari” T.: Sharq. 1998. 40b. 



 

 

-  Ezgu o’y, ezgu so’z  va savob ishlar bilan  ezgu o’y, ezgu  so’z va savob ishni 



alqayman.  O’zimni  bari  ezgu  o’ylarga,  ezgu  so’zlarga,  yaxshi  ishlar  amaliga 

baxshida qilaman. Barcha yomon o’ylardan, yomon so’zi yomon ishlardan yuz 

o’giraman. 

Xalq og’zaki ijodida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishi 

O’zbek  xalq  ijodi  qamrovi  nihoyatda  keng,  bag’oyat  serqirra  va  serjilo 

tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda 

xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki 

ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola 

tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi.   

Doston–qissa,  hikoya,  ta‘rif,  sarguzasht  ma‘nolarini  anglatadi.  U  keng 

tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, 

axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, 

do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy 

sifatlari  umumlashgan  holda  beriladi.  Oliy  insoniy  sifatlar  bo’rttiriladi.  Shuning 

uchun  tinglovchida  doston  qahramonlaridan  o’rnak  olish  hissi  tug’iladi. 

Dostonlarni  baxshilar  kuylashadi.  “Baxshi”    mo’g’ulcha  va  buryatcha  “baxsha”, 

“bag’sha”  so’zlaridan  olingan  bo’lib,  “ustod”,  “ma‘rifatchi”  degan  ma‘nolarni 

anglatadi. 

Yoshlarni  mardlik,  halollik,  jasurlik  ruhida  tarbiyalashda  ,  ma’nan  pok  va 

barkamol  qilib  voyaga  yetkazishda  xalq  og’zaki  ijodining  noyob  durdonasi 

bo’lmish  “ALPOMISH”  DOSTONI  bizga  vatanparvarlik  fazilatlaridan  saboq 

beradi.  Odil  va  haqgo’y  bo’lishga.  O’z  yurtini,  oilasi,  qo’rg’onini  qo’riqlashga, 

do’sti,  or-  nomusini,  ota-  bobolarimizning  muqaddas  mozorlarini  har  qanday 

tajovuzlardan  saqlashga,  ma’naviy-  axloqiy  pok  bo’lishga    o’rgatadi.  

“Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi 

bo’lib,  tarixiy  ildizlarimizning  qanchalik  chuqur  ekani,  xalqimiz  qanday  muhitda 

shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab 

beradi. 


 

Biz  “Alpomish”    timsolida  ijodiy  tafakkurimiz,    ma’naviy  boyligimizning  



qay  darajada  ekanligini,  ma’naviy  barkamol  axloqan  pok,  vijdonli 

o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz. 

O’zbek  xalq  og’zaki  ijodida  dostonlardan  tashqari  MAQOLLARning  o’rni 

beqiyosdir.  Maqollar  odamlarning  hayoti  va  turmushi  jarayonida  to’plagan 

tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, 

o’tmish  hayoti  va  uning  ibratli  saboqlarini,  umid  va  orzularini  ifodalaydi.  So’z 

san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining 

bir  turidir.  Maqollarda  xalqning turmush davomida  to’plagan tajribalari natijasida 

yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.  

Alisher  Navoiy  o’zining  ijodiy  faoliyatida  xalq  og’zaki  ijodini  o’rganib, 

kishilar  hayotida  maqolning  naqadar  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi  haqida 

to’xtalib shunday baytni yozadi: 

Kishiga necha mushkul hol, 

Hikmatu aql anga erur halol. 

Kimki bilay desang maqolin angla, 

Asli bilay desang oni angla. 

Rus  yozuvchisi  L.N.  Tolstoy  maqollarni  xalq orasida naqadar yuksak qadr-

qimmatga  ega  ekanligiga  to’xtalib  shunday  deydi:  “Har  bir  maqolda  men  shu 

maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”. 

 “Maqol”  atamasi  arabcha  “kavlun”  –  gapirmoq,  aytmoq  so’zlaridan  olingan 

bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini 

ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan 

ko’chma  ma‘noda  ifodalanadi.  Maqollardagi  berilgan  fikrlar  faqatgina  bitta 

shaxsga  tegishli  emas,  balki  keng  xalq  ommasiga  qaratilgan.  Maqollar  ixcham, 

lekin  mazmuni  bir  olam.  Maqollarda  xalqning  orzu-umidlari,  ma’naviy-axloqiy 

qarashlari,  muhabbat  va  nafrat,  tarbiyaning  barcha  qirralari  ifodalanadi.  Shuning 

uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi. 

* Odob – kishining zebu ziynati 

* Odob – oltindan qimmat 


 

* Bola aziz - odobi undan aziz. 



* Odob bozorda sotilmas. 

* Odobni beodobdan o’rgan. 

*  So’z kishining o’zagi, 

*  Odob kishining bezagi. 

  Yaxshi boladan rahmat, 



 

Yomon boladan la’nat. 



 

Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan. 



  Yaxshi bola nom keltirar, 

Yomon bola g’am keltirar. 

  Onangni boshingni xam qil, 



  Otangga gapingni bosh qil. 

  Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar. 



  Yaxshi xulq – kishining husni. 

 

Ho’l yog’ochni egmagin, 



  Tegmaganga tegmagin.  

 

Boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri so’zla. 



 

Rohatini ko’rgan azobiga chidaydi. 



  Otasi siylamaganni bolasi siylamas.  

 

O’z aybingni ochsang, 



  Elning mehri qochar. 

Folklor  materiali  bo’lgan  maqollarda  bolalarni  barkamol  qilib 

tarbiyalashning usul va vositalari uyg’unlashadi. Maqollarda pand-nasihat, eslatish, 

rag’batlantirish, ogohlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.  

TOPISHMOQLAR 

Topishmoq–deb,  bir-biriga  o’xshash  ikki  predmetdan  jumboq  yasalib, 

ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallangan she‘riy yoki 

nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog’ida 

eng  to’yimli  ozuqa  –  patir  “Oy”  ga  o’xshatilgan.  Oy  ham  go’zal,  tunda  olamni 


 

munavvar  qiladi.  Topishmoqlarning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  ularda 



ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin:  

    1. Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol.                     

   2. Uzoq tog’da o’t yonar.                                                         

   3. Uxlab yotar kunduzi,  Shomda ochilar ko’zi.                          

   4. To’rt oyoqli, temir tuyoqli.                                  

   5. Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor.                                                            

  6. Soqoli bor, aqli yo’q.                                                        

  7. Boraveradi, boraveradi, Bo’yradek yerni olib yotadi.  

  8. Kichkinagina bo’yi bor, qo’ng’irgina to’ni bor.            

  9. Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi.                                                   

10. Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi.                   

11. Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon.                

12. Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja.                                                                                         

13. Suv tagida oltin baldoq.                                                                                     

14. Emaklagan toshni ko’rdim,   

      Toshdan chiqqan   boshni ko’rdim.                             

15. Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda.                                                   

16. Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi. 

     Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi.                                     

17. Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar, 

      To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal  (tarvuz) 

18. Bo’lar sariq yo qizil

     Yer tagida yetilar.                                                                

     Tupida yakka hosil,       Sochi yashil, selkilar.     

ERTAKLAR 

Ertaklarda  mo’jiza  yoki  sarguzasht  ma’lum  voqea-hodisalarni  hayot  bilan 

bog’lab,  haqiqat,  ozodlik,  to’g’rilik,  odamiylik,  oliyjanoblik  g’oyalarini  targ’ib 

etadi. Shuning uchun ular bolani o’ziga ko’proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik, 

ham  tarbiyaviy  ahamiyatga  egadir.  Jumladan:  “Chol  bilan  kampir”, 


 

10 


“Bulbuligo’yo”,  “Ur  to’qmoq”,  “Uch  og’a-ini  botirlar”,  “Bo’ri  bilan  qo’zichoq”, 

“Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar 

haqidagi  turlari,  mitti  polvonlar  (“No’xatvoy”,  “Quloqvoy”,  “Handalak  polvon”, 

“Yapaloqpolvon”)  haqidagi  turlari,  bir  yoki  ikki  epizodli  satirik  ifoda  vositasida 

salbiy  tarbiyaviy  sifatlarni  tanqid,  masxara  qiluvchi  etnopedagogika  turidir. 

o’zbeklarda latif qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tkaziladi. 

Ma’naviy  –axloqiy  tarbiya  masalalari  ifodalangan  ertaklardan  namunalar 

keltiramiz:  

Shirin uyqu (ertak) 

Bir  donishmandning  uchta  o’g’li  bo’lib,  ota  o’limi  oldidan  o’g’illarini  o’z 

oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: “Uyquni shirin  qilib uxlang, ovqatni shirin 

qilib  yeng”.  Ikki  aka  ota  vasiyatiga  amal  qilib,  ko’rpachalarni  qavat-qavat  qilib 

to’shabdilar.  Har  xil  ovqatlarni  qildirib,  ustma-ust  yeb  yota  beribdilar.  Mehnat 

bilan  shug’ullanmabdilar.  Yegan  ovqatlari  singmabdi.  Ko’zlariga  uyqu  kelmabdi. 

Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib keta beribdilar. Uchinchi o’g’il 

esa  ertadan  kechgacha  mehnat  qilar  ekan.  Borgan  sayi  davlati  ko’payib,  uyqusi 

shirin  bo’lib,  ovqati  mazali  bo’lib  boribdi.  Demak,  ertakdan  shunday  xulosa 

chiqadi, barcha rohatlarning  otasi  –mehnatdir. Aka-ukalar buni  hammalari  har xil 

tushunibdilar.  Ota    nasihatini    to’g’ri    tushungan    kenja    o’g’il    o’z  murod-

maqsadiga yetibdi.  

“Qumursqa”  ertagida  dunyodagi  eng  zo’r  mavjudot  mehnatkash  inson 

ekanligi maktab yoshidagi bolalar ruhiyatiga mos holda bayon etiladi.  

Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, mergandan “kim 

zo’r?”  deb  so’raganda,  biri  ikkinchisini  ko’rsataveradi.  Oxirida  qumursqa: 

“otangning  olti  yuz  botmon  oshirib  yeganman;  pochchangning  yuz  botmon 

buydoyini  yeti  tog’dan  oshirib  yeganman.  Men  zo’rman,  men  zo’r  deydi.”  Bu 

yerda qumursqalarning mehnatsevar qilib ko’rsatilishi, xalq og’zaki poetik ijodida 

xos  mubolag’a va xayoliy lavhalarda bolalarga qiziqarli bayon qilingan. Bunday 

usul  bolalarning  asar  mazmuni  va  g’oyasini  osonlik  bilan  o’zlashtirib  olishga 

yaqindan yordam beradi.  



 

11 


O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-

muhabbat  bilan  qarashga,  do’stlikni  qadrlashga  chaqirib  kelgan.  “Qumursqa” 

ertagida  ham  shu  g’oya  ertakka  xos  uslubda,  ajoyib  o’xshatishlarda  kulguga  boy 

quyidagicha suhbatda bayon etilgan:  

-  Qorning nima uchun katta? 

-  Jigarim zo’r, -dedi qumursqa. 

-  Beling nima uchun ingichka? 

-  Mehnatim zo’r! 

-  Kallang nima uchun katta? 

-  Davlatim zo’r! Mehnatim zo’r, savlatim zo’r, men zo’r, men zo’r,- javob 

beradi qumursqa.  

TEZ AYTISHLAR 

Tez  aytishlar-  bola  tafakkuri  va  xotirasini  takomillashtiradi,  topishmoqlar 

esa  aqliy  faoliyatni  rivojlantiradi.  Maqollar  odob-axloq  tarbiyasini,  qo’shiqlar 

bolalarni  estetik  didlarini  shakllantirish,  ertak  va  dostonlarda  esa  tarbiyaning 

barcha  qirralarini  tarbiyalashda  o’z  o’rnini  topgan.  Lekin  har  bir  janrni  alohida 

chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan 

juda ko’p tarbiyaviy manbalar uchratish mumkin.  

Nonvoy nonni yopar, 

Nonni novvot deb sotar. 

Jamila jiydani joyiga joyladi. 

Ikki ayiq qayiqqa qaradi, 

Oq ayiq oldin qaradimi 

Qarg’a qag’illar qar-qar, 

Qirni qalin qor qoplar 

 Soli arralaydi, 

Lola allalaydi  

Toshmat tog’dan tosh tashidi kabi tez aytishlarda gapdagi so’zlar ma’nosini 

tez  anglab  olish  va  ishlatish,  bolalar  nutqini  to’g’ri  va  burro  talaffuz  qila  olish 

ko’nikma  va  malakalarini  hosil  qilishda  katta  rol  o’ynaydi.  Bolalarda  uzluksiz 


 

12 


mashqlar  natijasida  hamda  mashaqqatli  mehnat  orqasida  tez  aytishni  yodlab 

olishga erishishlik xususiyatlari takomillashadi. 



AFSONA  –  arabcha  so’z  bo’lib,  sarguzasht,  sehr-jodu  va  uydirmaga 

asoslangan  hikoya  ma‘nosini  anglatadi.  Afsonada  xalq  orzusidagi  qahramonlar 

vositasida  dushmanlarni,  tabiat  stixiyalarini  daf  etishga  mifologik  obrazlar 

yordamida erishiladi. Ular o’quvchini ushbu qahramonlarga o’xshashga, ularga xos 

tarbiyaviy sifatlarni egallashga undaydi. 

RIVOYAT – hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi 

etnopedagogik  manba  bo’lib,  unda  tarixiy  voqealar,  ayrim  shaxslar  va  geografik 

joy  bilan  bog’liq  voqealar,  ularning  bunyod  yoki  vayron  etilishi  hikoya  qilinadi. 

Rivoyat o’quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do’stlik, 

insonparvarlik,  mehnatsevarlik,  ma‘naviy  va  jismoniy  kamolotga  intilish  hissini 

uyg’otadi.  

Xalqimiz  odob  va  axloqni  qadimdan  ulug’lab  kelgan.  Chunki,  axloq 

va  odob  insonga  husn,  latofat  va  nazokat  bag’ishlagan.  O’rta  Osiyo 

mutafakkirlarining  o’z asarlarida axloqiy g’oyalarni doimo tarannum etib, 

insonni komillik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga chorlaganlar. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

13 


                    Foydalanilgan  adabiyotlar   ro’yxati 

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 1992. 48-bet 

2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. /Barkamol avlod 

orzusi./- T.: O’zbekiston, 1998.-20-29-b. 

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. /Barkamol avlod orzusi/.- T.: O’zbekiston, 

1998.-31-33-b. 

4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.- T.: Sharq, 2008. 82-b. 

5. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.- T.: - Sharq. 

2000 y. 

6. Zunnunov A. Xayrullayev M. O’rta osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan 

manbalar. T.: 1996y. 350-b. 

7. Mavlonova R va boshqalar. Pedagogika T.: O’qituvchi. 2010 y. 254-263 b. 

8. Nishonova S. Sharq uyg’onish davri pedagogic fikr tarqqiyotida barkamol inson 

tarbiyasi.T.: 1998. 288-b. 

9. Pedagogika. Pedagogika oily o’quv yurtlari uchun darslik. A. K. Munavvarov 

tahriri ostida. T.: O’qituvchi. 1996. 

10. O’zbek xalq maqollari – T.: “Sharq” 2003y 136-138b  

11. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. O’quv metodik qo’llanma. T.: 

O’qituvchi, 45-47-b. 

12. www. Pedagog. Uz 

13. www. Ziyonet.uz 

14. www. Edu.uz 



 

 

 

Download 280.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling