O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash


Download 25.53 Kb.
Sana20.10.2020
Hajmi25.53 Kb.
#134922
Bog'liq
Baholash mezoni


O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash

O’quv moduli davomida o’tkazilgan mavzular bo’yicha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar ichki nazorat bo’yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.

Baholash usullari yozma, og’zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo’lib, ular o’quv elementini o’zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo’yilgan maqsadga hamohang bo’lishi lozim.

Tarix fani boyicha umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talim muassasalari bitiruvchilariga qoyiladigan malaka talablari

1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi

A1

tarixda yil hisobini biladi; tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.

A1+

tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira oladi.



A2

tarixda davr va yil hisobini biladi;

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;

mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida ma’lumotlarni tushuntira oladi.

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;



B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi;

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.



2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi

A1

tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuza oladi;

fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira oladi.

A2

eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira oladi.

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi; tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.



Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2017.

  2. Karimov I. Asarlar to‘plami. 1-23 tomlar. –T.: «O‘zbekiston», 1996-2015 y.

  3. Karimov I. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008.

  4. Karimov I. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: «O‘zbekiston», 2011.

  5. Karimov I.A Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015.

  6. Karimov I. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: «O‘zbekiston», 2009.

  7. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy uslubiy risola.T.: “Ma’naviyat”, 2017

  8. Mamashokirov S. Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy mafkuraviy masalalari. T.: Ma’naviyat, 2007.

  9. Otamurodov S. O‘zbekistonda ma’naviy ruhiy tiklanish. T.: YAngi asr avlodi, 2003.

  10. Umarov B., Jabborov SH. Globallashuv va ma’naviy-axloqiy tarbiya. T.: Akademiya, 2010.

  11. To‘raev SH., Muxammadieva O. Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi. T., 2016.

  12. YUsupov e. va b. Milliy istiqlol g‘oyasining xalqni birlashtirishdagi roli. T: TDPU, 2003

  13. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. Nazarov Q. tahriri ostida. – T.: Akademiya, 2011.

  14. Begmatov A. Rustamova R. Milliy g‘oya targ‘iboti va madaniy-ma’rifiy tadbirlar. – T.: Ma’naviyat, 2007.

  15. Milliy istiqlol g‘oyasi va rahbar faoliyati. –T.: Akademiya, 2010.

  16. Gorenkova A. D.Pulatova Natsionalnaya ideya. –T.: Muxarrir», 2008.

  17. To‘raev SH. Jamiyat taraqqiyoti va milliy g‘oya. –T.: Akademiya, 2012.

  18. Ubaydullaev U. Xalqaro terrorizm: tarixi va zamonaviy muammolari. – T.:

Universitet, 2009.

Internet saytlari:


  1. www.gov.uz

  2. www.press-service.uz/uz/

  3. www.ziyonet.uz.

  4. www: ref. uz.

  5. http://www.lex.uz/.

  6. www. e-darslar.net.

  7. www. marifatars-inform.uz.

  8. www.infomicer/net.

  9. www.turkistonsarkor.uz

  10. www. Manaviyat.uz.pak.uz

  11. УзНУ http:// www.nuu.uz12.www.infoXS.uz.

    1. е-tarix.uz.

    2. http//milliy manaviyat uz /node/ 229

    3. www.philosophy.ru.

    4. http//www.intencia.ru.

    5. http://www.anthropology.ru

    6. http://www.ido.rudn.ru.

    7. http://www.filosofia.ru.

    8. http://www.falsafa.dc.uz.

    9. http://www.phenomen.ru.




Download 25.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling