Oraliq nazorat 1 Abdurazzoqova Muhlisa 34 19 guruh


Download 27.5 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi27.5 Kb.

Oraliq nazorat 1

Abdurazzoqova Muhlisa 34 19 guruh

4- bilet savollari

1. Темперамент ҳақида умумий тушунча.

2. Кўникма ва малака тушунчалари.

3. Хотира жараёнларини тавсифланг.

Javoblar:

1.Psixikaning individual jixatdan uziga xos, tabiiy jixatdan shartlashilgan dinamik kurinishlari majmui kishining tempramenti deb ataladi.

Temperament lotincha temperamentum – narsalarning tegishli nisbati degan so'zdan olingan. Temprament xaqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan vrach Gippokrat, eramizdan oldingi ikkinchi asrda yashagan Galen, uchinchi asrda yashagan ibn Sino va boshqalar o‘z qarashlarini bildirganlar. Galen birinchi bo'lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab utgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mijoz deb atab, uning issik va sovuq turini, bu odamning rangi, qoni miqdori, quyuq yoki suyuqligiga bog'liqligini aytgan. Hozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bog'likligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu temperamentning antik davr klassifikatsiyasiga nomi bilan uxshash bo'lishi qabul qilingan.

Temperamentning 4 tipi bor :

Xolerik – «jangovar, jo'shqin, oson va tez ta’sirlanadigan tip». (I. P. Pavlov). CHakkon, tez xarakat qiladi, qattiq va tez gapiradi, uzini tutib turishi qiyin, ba'zan xato javob qaytaradi.

Sangvinik – xarakatchan, muvozanatli tip. Yangi shart sharoitga tez moslashadi, tez ishga kirishib tez soviydi, o'z o'rnini, rolini tez almashtiradi,beg'araz, kek saqlamaydigan tip.

Flegmatik – xissiyotlari sekin paydo bo'ladi, ammo barqaror va davomli bo'ladi. U vazmin va yuvosh, uning jaxlini chiqarish qiyin, lekin jaxli chiqsa tuxtatish xam qiyin, qasoskor, ginachi.

Melanxolik – reaksiyalari ko'pincha qo'zg'ovchining kuchiga tog'ri kelmaydi, loqayd, lanj, uzini tez yoqotib qo'yadi, biror ishda tashabbuskorlik ko'rsatmaydi. Xissiyotlari juda sekin paydo bo'ladi.

2.Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.

-Umumiy psixologiyaning mundarijasi psixologiya faniga kirish; psixika va ongning taraqqiyoti; hozirgi zamon psixologiyasining ahvoli, tuzilishi va usullari; shaxs va faoliyat; shaxslararo munosabatlar; ruhiy holatlar; shaxsning individual xususiyatlari kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.

- Bolalar psixologiyasi bu tarmoq bolaning tug‘ilishidan boshlab maktab yoshigacha bo‘lgan davrda psixik jihatdan rivojlanishini o‘rganadi.

- Pedagogik psixologiya umumiy psixologiyadan ajralib chiqqan yirik hajmdagi mustaqil sohalardan biri hisoblanadi. Pedagogik psixologiya o‘quvchilarning psixik taraqqiyoti bilan maktab ta’limi va tarbiyasi o‘rtasidagi munosabatni, ta’lim va tarbiya jarayoni mahsuldorligini oshirish usullarini asoslash yo‘llarini tadqiq etish mavzusini ham o‘z ichiga oladi.

- Mehnat psixologiyasi hozirgi vaqtda mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilish, ishlab chiqaruvchilarning psixo-fiziologik imkoniyatlarini aniq bilishni taqozo etadi.

- Injenerlik psixologiyasi ishlab chiqarish jarayonida odam va mashina o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Hozirgi zamon avtomatlashtirilgan texnika inshootlarini boshqarishda inson psixik faoliyatining yuqori imkoniyatlarini aniq bilish zarur.

- Ijtimoiy psixologiya esa mustaqillik va jamiyatning demokratlashuvi sharoitida muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga molik soha sanaladi.

- Tibbiy psixologiya hakimlik faoliyatining psixologik asoslarini, xulq-atvorini hamda bemor va hakim o‘rtasidagi muloqotlar mazmunini o‘rganadi.

- Huquq psixologiyasida huquq tizimini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muammolar o‘rganiladi. Huquq psixologiyasi ham o‘z navbatida bir qancha qismlardan iborat; jinoyatni ochish jarayonida qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorida sodir bo‘luvchi psixologik holatlarni(guvoh psixologiyasi, ayblanuvchi psixologiyasi, so‘roq jarayoni psixologiyasi) o‘rganuvchi sud psixologiyasi, jinoyatchi shaxsining tarkib topishi, jinoyatchining xulq-atvori, jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llarini o‘rganuvchi kriminal psixologiya axloq tuzatish, qamalganlar psixologik holatlari bilan shug‘ullanuvchi axloq tuzatish mehnati psixologiyasi kabilar shular jumlasidandir.

-Harbiy psixologiya jangovar harakatlar sharoitida odamning murakkab kechinmalarini, xulq-atvorini, zobitlar va ularga itoat qiluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik asoslarini, jangchilarning harbiy texnikani boshqarishdagi malaka va ko‘nikmalarini hamdaharbiy ta’lim va tarbiyaning samarali usullaridan unumli foydalanish yo‘llarini o‘rganadi.

-Sport psixologiyasining mavzu bahsi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik o‘lchovlarni, sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni hamda fizkultura va sport ta’limining psixologikasoslarini va yoshlarda sport malakalarini egallash qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.

- Kasbiy psixologiya tarmoqlari orasida san’at psixologiyasining alohida ahamiyati bor. Bu soha shaxsning san’atga munosabat yo‘llarini, san’at asarlarini to‘g‘ri idrok qilish qonuniyatlarini, san’at asarlaridan turlicha zavq-shavq olish sabablarini hamda san’at asarlari ta’sirida odamda turli kechinmalarning manbalarini o‘rganadi.



-Savdo psixologiyasi savdo xodimi va xaridor o‘rtasidagi munosabatning psixologik asoslarini, xaridorga madaniy xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini, oluvchi va sotuvchining yosh va individual xususiyatlarini, modalar va reklamalar ta’sirining psixologik sharoitlari mavzusida bahs etadi.

3.Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatdagi yutuqlariga bog‘liq bo‘lgani uchun ham, uning tabiati, qanday kechishiga ko‘plab olimlar ahamiyat berganlar. Masalan, nima uchun odam u yoyoki bu ma’lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada hosil bo‘ladigan nerv bog‘lanishlari - assotsiatsiyalar bilan bog‘lashsa, bioximiklar - ribonuklein yokislota (RNK) va boshqa bioximik o‘zgarishlar oqibatidadir, deb tushuntiradilar.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling