Oraliq Nazorat Guruh: 323 Talaba: Sadikova Feruza Pandemiyadan keyingi dunyo, jamiyatdagi muammolar, techimlar va istiqbol rejalari


Download 15 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi15 Kb.
#118170
Bog'liq
323 Sadikova Feruza, sotsiologiya oraliq


Oraliq Nazorat

Guruh: 323

Talaba: Sadikova Feruza

Pandemiyadan keyingi dunyo, jamiyatdagi muammolar, techimlar va istiqbol rejalari.

2020-yil butun dunyoga koronavirus pandemiyasining yoyilishi bilan boshlandi. COVID-19 deb atalgan bu infeksiya 2003-yilda epidemiyasi kuzatilgan O‘RVI (O‘tkir respirator virusli infeksiya) bilan solishtirilganda, insonlar o‘rtasida o‘ta tez yoyilish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Virusning bu xususiyati dunyo ko‘lamida yaqqol ko‘zga tashlangach, davlatlar o‘z hududlarida chegaralarni yopish, chet eldan qaytgan yurtdoshlarni karantinga olish va harakatlarni cheklash hamda ijtimoiy oraliq saqlash kabi keskin choralarni ko‘rishga kirishdi.



Pandemiya butun dunyoda siyosat, iqtisod, ijtimoiy munosabatlarga boʻlgan qarashlarni, globallashuv, dunyo mamlakatlari haqidagi tasavvurlarni ham tubdan oʻzgartirdi, koronavirus insoniyatni sergak torttirdi. Qayd etish lozimki, baʼzi taraqqiy etgan davlatlarda ijtimoiy hamjihatlik taʼminlana olinmagani COVID-19 ni jilovlashdagi muvaffaqiyatsiz harakatlar hamda sarosima va tushkunlikka tushib qolishlariga olib keldi. Keyingi 2 oy ichida mamlakatimizda kelgusida yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik va pandemik vaziyatlarning oldini olishga va bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, maʼmuriy, muhandislik-texnik, tibbiy-sanitariya infrastrukturasi qisqa muddatda yaratildi hamda takomillashtirilmoqda.

Pandemiyadan keyingi hayot avvalgidek bólmaydi, lekin biz Ózbekiston xalqi vahimaga berilmasdan, shaxs sifatida rivojlanib va buning uchun o‘zimizni ustimizda ishlashimiz, gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishimiz lozim.
Download 15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling