Oraliq nazorat ishi (Mehnat huquqi)


Download 367.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.12.2022
Hajmi367.97 Kb.
#965020
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
40balldan 40ball
Gormon, Gormon, Gormon, Gormon, 12 – Mavzu. Okean boyliklari, ulardan foydalanish va muhofaza qi, 4-sinf-testlari, Русский язык тесты для заоч Итог, Zotiljam kasalligi. Kollapsda shoshilinch yordam ko'rsatish.22, Zotiljam kasalligi. Kollapsda shoshilinch yordam ko'rsatish. 11111, Nafas olish azolari kasalliklarida uchraydigan kechiktirib, Nafas olish azolari kasalliklarida uchraydigan kechiktirib, Nafas olish azolari kasalliklarida uchraydigan kechiktirib, Axborot texnologiyalari, Answer the following questions(1), Answer the following questions(1)



Oraliq nazorat ishi 
(Mehnat huquqi) 
2-Kazus 
Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanidagi 45-son davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotiga tarbiyachi-metodist lavozimiga ishga joylashmoqchi bo’lgan avval 
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan va jismoniy nuqsoni 
bo’lgan Nazirovadan ishga qabul qilish vaqtida sudlanmaganligi to’g’risidagi 
ma’lumotnoma, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxsning 
shaxsiy identifikatsiya raqami, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i 
raqami taqdim qilinishini so’rashdi. Nazirova bunga javoban ishga qabul qilish 
vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonunchilikda ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab 
qilish taqiqlanishini, yuqoridagi hujjatlarning birortasi qonunchilikda nazarda 
tutilmaganligini ta’kidladi. Bundan tashqari muqaddam sudlangan shaxslarni ishga 
qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud 
shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul 
qilmaslik ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanishini 
aytib o’tdi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori esa jismoniy nuqsonlari 
bo‘lgan shaxslar va shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari 
hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat 
bilan shug‘ullanishi mumkin emasligini ta’kidladi. Shuningdek, davlat 
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi-metodist uchun 40 soat ish vaqti 
belgilanganligini, Nazirovaning jismoniy nuqsoni borligi uchun bunday ish 
rejimida ishlay olmasligini ta’kidladi. Nazirova esa o‘zini kamsitilgan deb 
hisoblanishini hamda kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga ma’naviy zararni 
to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkinligini aytdi. Bundan 
tashqari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nazirovadan yangi mehnat 
daftarchasi ochish uchun ish beruvchi xodimdan qonunchilik hujjatlarida 
belgilangan bazaviy hisoblash miqdoring 10 foizigacha miqdorida haq olish 
huquqiga ega ekanligini, shuning uchun Nazirova mehnat daftarchasi uchun 30 



ming so’m hamda xodimning shaxsiy yig’majildini kompleksiga ma’lumotlarni 
yuklash uchun yana 70 ming so’m, jami 100 ming so’m olib kelishini aytdi.
Savollar: 
1. Avval qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan 
Nazirovadan sudlanmaganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma so’ralishi 
qonuniymi?
2. Shaxsning sudlanganligi va jismoniy nuqsoni borligi maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga cheklov bo’lishi 
mumkinmi?
3. Yangi mehnat daftarchasi ochish uchun ish beruvchi xodimdan qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan miqdorda haq olishi mumkinmi?
4. “YMMT” IDAK nima, undan foydalanish bepulmi? 
5. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining ish vaqti me’yorlarini 
tahlil qiling.

Download 367.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling