Oraliq nazorat topsiriqlariga


Download 37.38 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi37.38 Kb.
#547627
Bog'liq
195 MT Gulimova Gulnoza
391 2 [37](3), fazliddin, ta'til reja, Jurnal usti, 2-SINF Musiqa99, 2-SINF Musiqa99, 2-sinf tarbiyaviy soat 2019, 001, 001, 001, 5111700 Бошлангич таьлим ва спорт, SAFAROV 2, About myself, Во всю страницу, Dárilik jıynamalar hám shaylar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

“MAKTABGACHA TA’LIM MЕTОDIKASI” KAFЕDRASI

" Maktabgacha ta`lim me`yoriy asoslari."

fanidan


195-GURUH (SIRTQI) MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI

Talabasi Gulimova Gulnoza

ORALIQ NAZORAT TOPSIRIQLARIGA

JAVOBLARI

2020-2021 (o`quv yili).

UrDU Pedagogika fakulteti


Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi
Maktabgacha ta'limning meyoriy asoslari fanidan ON ishi
Variant - 4

1. O’zbekiston respublikasida Xalq ta’limi.


2. Xalq ta’limi tizimi va uning turlari.
3. Bola shaxsini yetuk qilib tarbiyalashda tarbiyachi tomonidan nimaga e’tibor qaratilishi lozim?
4. Maktabgach ta’lim mussasalarining namunaviy Nizomlаri.
5. Kun tartibi haqida ma’lumot bering.

Fan o’qituvchisi O.Xujanayozova



Javoblar.

1). Xalq taʼlimi tushunchasi 20-asrning 80-yillarida oʻzbek tili leksikasidan oʻrin oldi. Ungacha "xalq maorifi" atamasi qoʻllanilgan boʻlib, u kishilarning bilimi va ongini oshirish, umumiy saviyasini koʻtarishga qaratilgan taʼlimtarbiya tarzida, nisbatan torroq maʼnoda qoʻllanilgan. "Xalq taʼlimi" atamasi ilmfan yoki kasb-hunar sohalari boʻyicha egallanishi zarur boʻlgan maʼlumot va koʻnikmalar majmuini, taʼlimtarbiya, axloqodob, koʻrsatma, bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, yoʻlyoʻriq oʻrgatish tushunchalarini kamrab oladi. Bu atama zamirida mamlakat fuqarolarini nafaqat maʼrifatli, savodli qilish, balki ularga taʼlimtarbiya berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ham qamrab olinadi. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari, taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi hamda rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar, taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga karashli korxona, muassasa, tashkilotlarni oʻz ichiga kamrab oladi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining bosh maqsadi — maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat boʻlib, u insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etadi. OʻzR ning 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Xalq taʼlimi tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Krnun va dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, uzluksiz taʼlim taʼriflanib, uning asosiy vazifasi belgilab berilgan. Xalq taʼlimi maktabgacha taʼlim, umumiy urta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini kamrab oladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi (9 y.) majburiy, oʻrtamaxsus, kasb-hunar taʼlim turi (3 y.) esa ixtiyoriy-majburiydir.Koʻp mamlakatlarda Xalq taʼlimining asosiy tizimi boshlangich taʼlim hisoblanadi va u 4 yildan 9 yilgacha davom etadi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining dastlabki boskichi maktabgacha taʼlim xisoblanadi. Maktabgacha taʼlim bola shaxsini ruhan va jismonan sogʻlom, yetuk tarzda, maktabda oʻqishga tayyor holda shakllantirishni nazarda tutadi. Bu taʼlim 6— 7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchalari va mulk shaklidan qatʼi nazar, boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Xalq taʼlimining umumiy oʻrta turi boshlangʻich taʼlim (1— 4-sinflar) va umumiy taʼlim (5—9-sinflar)ni kamrab oladi. Boshlangich taʼlim toʻrt yillik boʻlib, u umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlangʻich taʼlimning 1-sinfiga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Xalq taʼlimining umumiy taʼlim bosqichida ham bilimlar davlat taʼlim standartlarida belgilangan hajmda beriladi. Umumiy oʻrta taʼlim (1 — 9sinflar)da oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati rivojlantiriladi, ularning tafakkur va faoliyatidagi erkinligi, mustaqilligi taʼminlanadi. Xalq taʼlimining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi turida taʼlim olish ixtiyoriymajburiy tarzda amalga oshiriladi. Umumiy Urta taʼlimni yakunlagan oʻquvchi bilim olishni taʼlimning maʼlum yoʻnalishini chuqur oʻzlashtirish uchun akademik litsey yoki umumiy oʻrta taʼlimni maʼlum kasb-hunar bilan bogʻlab oʻrganish maqsadida kasb-hunar kollejidi ixtiyoriy ravishda davom ettirishi zarur. Xalq taʼlimining oliy taʼlim bosqichi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi. Oliy taʼlim universitet, oʻquv akademiyasi, intlarda urta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim olish ixtiyoriy bulib, taʼlim muddati kamida 4 yildan iborat boʻlgan bakalavriat hamda oʻqish muddati kamida 2 yildan iborat boʻlgan magistratura boskichida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiypedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan taʼlim turi hisoblanadi. U oliy oʻquv yurti va i.t. institutlarida aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik shaklida amalga oshiriladi. Xalq taʼlimining kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turi mutaxassislarning kasb bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni nazarda tutadi. Xalq taʼlimining maktabdan tashqari taʼlim turida bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi qiziqish va ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqgi va dam olishini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan madaniyestetik, ilmiy, texnikaviy, sport kabi yoʻnalishlarda makgabdan tashqari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish nazarda tutiladi.Xalq taʼlimini boshqarishning markazlashgan, markazlashmagan va aralash turlari mavjud. Markazlashgan boshqaruvda taʼlimtarbiya jarayonini boshqarish taʼlim vazirligi hamda uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqaruvning bunday shakli Fransiya, Italiya, Belgiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yoʻlga qoʻyilgan. Bu mamlakatlarda davlat maktablarning moddiy taʼminoti bilan shugullanadi, ularni dastur, darslik, metodik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlaydi, maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatni olish uchun yagona talablarni belgilaydi, oʻqituvchilarni tanlash hamda tayyorlash ishlari bilan shugʻullanadi. Markazlashmagan boshqaruvda taʼlimni boshqarish joylardagi maʼmuriy organlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktablar taʼminoti aholi zimmasida boʻladi. Davlat tomonidan maʼlum vazifalar, baʼzi hollarda qisman moliyaviy ehtiyojlarni qondirish ishlari amalga oshiriladi. Bunday tur Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya va AQShda tashkil etilgan. Mas, AQShda har bir shtatning taʼlim boʻyicha oʻz qonunlari mavjud. Boshqaruvning aralash turida taʼlimtarbiya jarayonining barcha ishlari markaziy va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligida amalga oshiriladi. Hindiston, Pokiston, Yangi Zelandiya mamlakatlarida taʼlimni boshqaruv shu tarzda amalga oshiriladi.Oʻzbekistonda Xalq taʼlimi tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻli bilan boshqariladi va markazlashgan holda demokratik tarzda olib boriladi. Barcha darajadagi taʼlim boshkaruv organlarining vakolat doiralari OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq belgilanadi. Xalq taʼlimini moliyalash respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistonda 9799 umumiy taʼlim maktabi (6 mln. 329,1 ming oʻquvchi), kunduzgi umumiy taʼlim maktablari negizida 288 litsey (88,9 ming oʻquvchi) va 103 gimnaziya (65,7 ming oʻquvchi), 141 maxsus oʻquv yurti (158,5 ming oʻquvchi), 62 oliy oʻquv yurti (232254 talaba) faoliyat koʻrsatdi (yana q. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Savodlilik, Taʼlim, Taʼlimning milliy modeli).

2). O`zbеkistоn Rеspublikasi qоnuni talablariga muvоfiq hоlda tayyorlangan bo`lib, milliy tarbiyani ta’lim tizimida jahоn miqyosidagi yutuqlar asоsida yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijоdiy va ijtimоiy siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri оlabilish qоbiliyatiga ega bo`lgan, istiqbоl vazifalarini ilgari surish va hal etishga qоdir bo`lgan kadrlarning yangi avlоdini shakllantirishga yo`naltirilgandir.Mazkur dastur kadrlar tayyorlash milliy mоdеlini ro’yobga chiqarish, tarbiya va kasb - hunar dasturini оngli ravishda tanlash va kеyinchalik puхta o`zlashtirish uchun ijtimоiy - siyosiy, huquqiy, psiхоlоgik – pеdagоgik va bоshqa sharоitlarni yaratish, jamiyat, davlat va оila оldida o`z javоbgarligini his etadigan fuqarоlarni tarbiya-lashni nazarda tutadi.Tarbiya muassasalari хalq хo`jaligining turli sоhalari uchun tayyorlayotgan kadrlarning kasbiy mahоrati, aqliy salоhiyati, ijоdiy qоbiliyati хamda ma’naviy barkamоlligiga qarab mustaqil O`zbеkistоnni kеlajagini qurish mumkin dеgan g`оya «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning yaratilishi uchun asоs bo`ldi. SHu bоis mazkur hujjat rеspublika Tarbiya tizimida amalga оshirilayotgan islоhоtlar mazmunini оchib bеradi. Unda Tarbiya sоhasidagi islоhоtlarning asоsiy maqsadi – insоn, uning har tоmоnlama uyg`un kamоl tоpishi va faravоnligi ta’minlash muхim ekanligi alоhida qayd etib o`tildi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturning maqsad va vazifalari bоsqichma – bоsqich amalga оshirilib bоriladi. Har bir bоsqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. 1- bоsqich (1997 - 2001) – mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijоbiy salоhiyatini saqlab qоlish asоsida ushbu tizimni islоh qilish va rivоjlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, mоliyaviy - mоddiy Shart - sharоitlar yaratish. 2 – bоsqich (2001 - 2005) – milliy dasto’rni to`lik ro`yobga chiqarish, mexnat bоzоrining rivоjlanishi va rеal ijtimоiy iqtisоdiy sharоitlarni hisоbga оlgan hоlda o`ta aniqliklar kiritish. 3-bоsqich (2005 va undan kеyingi yillar) to`plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asоsida mamlakatni ijtimоiy - iqtisоdiy rivоjlantirish istiqbоllariga muvоfiq kadrlar tayyorlash tizimini takоmillashtirish va yanada rivоjlantirish.Milliy dastur asоsini O`zbеkistоnning taraqqiyotini ta’minlay оladigan, uni jahоndagi ilg`оr mamlakatlar darajasiga ko`tarishga hissa qo`shuvchi, dadil, mustaqil fikrli, bilimli malakali mutaхassis, ayni paytda ijоbiy insоniy sifatlarga ega bo`lgan kadrlarni tarbiyalab vоyaga еtkazish jarayonini tashkil etad.Kоmil insоn hamda еtuk malakali mutaхassis milliy mоdеl mоhiyatini ifоda etadi.Kadrlar tayyorlash milliy mоdеli faqat Tarbiya-tarbiyadangina ibоrat bo`lib qоlmay balki, bir - biriga bоg`liq bo`lgan ko`pgina hayotiy bоsqichlarni хam o`z ichiga оladi. Milliy mоdеl bu shaхs, davlat va jamiyat, o`zluksiz tarbiya, fan va ishlab chikarishning o`zarо o`zviy birligi va hamkоrligi, ularning bir -biriga alоqasini aks ettiradi. Ayniqsa, o`zluksiz tarbiya tizimining faоliyat оlib borishi davlat Tarbiya standartlari asоsida turli darajalardagi tarbiya dasturlarining izchilligi asоsida ta’minlanadi. CHunki o`zluksiz tarbiya - malakali raqоbatbardоsh kadrlar tayyorlashning asоsi bo`lib, tarbiyaning barcha turlarini davlat tarbiya standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi to`zilmasi va uning faоliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga оladi.Maktabgacha ta'lim turli yoshdagi bоlalarni maktabga tayyorlash bilan birga, ularni sоg`lоm, har tоmоnlama еtuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy psiхоlоgik, pеdagоgik Shart- sharоitlar yaratadi, bоlalarni maktabda muntazam ravishda Tarbiya оlishga tayyorlashda оta - оnalarga yordam bеradi, unda o`qishga intilish hissini uyg`оtadi.Maktabgacha tarbiya bоla 6 - 7 yoshga еtguncha оilada hamda davlat va davlatga qarashli bo`lmagan maktabgacha bоlalar muassasalarida amalga оshiriladi.

3). Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial soҳalardagi o’zgarishlar bilan to’qnash kelishlariga to’g’ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o’sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o’zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va ҳissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.Ҳayotning ҳar bir davri, rivojlanish xususiyatlari va eҳtiyojlariga ko’ra o’ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o’sib, ulg’ayishida maktabgacha bo’lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar oҳangraboli olam ҳisoblanib, juda tez o’sish, rivojlanish va o’zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik aҳamiyatli ekanining yana bir isbotidir.Bolaning rivojlanishi, ruҳiyati va ta’lim-tarbiyasidagi o’ziga xos davrlar, davrlarga monand o’zgarishlar, muammolar ҳaqida ҳikoya qiladigan ushbu dastur nafaqat tarbiyachilar, balki, oilalar va ota-onalar uchun eng yaqin maslaҳatchi va sirdosh bo’la oladi.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan ҳolda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darҳaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun ҳayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, mas’ul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug’ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Ilk qadam" tayanch dasturi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Maktabgacha ta’lim Konstepstiyasi ҳamda Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqildi. Dastur mazmun-moҳiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish tamoyilidan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-ҳodisa, narsalarga munosabati ҳamda turli soҳalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi.

Dasturda o’zbek xalq og’zaki ijodi, xalqo’yinlari, musiqasi, raqslari, amaliy san’at asarlari va tabiatiga katta aҳamiyat berilgan. Shu bilan birga dasturda boshqa xalqlarga ҳurmat ҳissini tarbiyalash nazarda tutilgan va bolalarni meҳribonlik, go’zallik xayriҳoҳlikka o’rgatishga aloҳida urg’u beriladi.

Dasturni amalga oshirishda bolalarning jismoniy va psixik sog’lig’ini mustaҳkamlash, ҳarakat va gigienik malakalari asoslarini shakllantirish vazifasini bajarish muҳim ҳisoblanadi. Dastur bolalarga valeologik talim berishni nazarda tutadi: bolada sog’lom turmush tarzi ҳaqida tasavvurlar shakllangan bo’lishi, gigienik va ҳarakat madaniyatining muҳimligini anglashi, salomatlikni asrash, organizmni ҳimoya qilish, o’zi va o’zgalarga vaqtida zarur yordam ko’rsatishni bilish kabilar bolaning shaxs madaniyati, ijtimoiy ҳimoyalanganini bildiradi.


  1. "Ilk qadam" tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan dastur ҳisoblanadi.

Tayanch dasturning maqsadi “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog’lom, aqlan va ma’nan etuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo’la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, ҳayotga ijtimoiy jiҳatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.

Dasturning vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy ҳamda ijtimoiy-ҳissiy jiҳatdan kamol toptirish va ularning sog’lig’ini muҳofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jiҳatdan barkamol, shuningdek, kepajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:


  • maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;

  • maktabgacha ta’limning demokratikligi;

  • bola shaxsiga yo’naltirilganligi;

  • bolalarni sog’lomlashtirishga qaratilganligi;

  • bolalarning qobiliyati, eҳtiyoji, imkoniyatiga mosligi;

  • maktabgacha ta’limda o’yin faoliyatining etakchiligi;

  • maktabgacha ta’limning insonparvarligi;

  • maktabgacha ta’limning ijtimoiy turmush bilan mosligi;

  • maktabgacha ta’limning oila va boshlang’ich ta’lim bilan uzviyligi.

Muassasa dasturni amalga oshirishda ҳar bir bolaga quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo’yishi lozim:

  • ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;

  • mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish;

  • muammolarni aniqlash va ularni ҳal etish yo’llarini topish;

  • jamiyat, mamlakatlar, atrof-muҳit muammolariga befarqqaramaslik.

"Bolajon" tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi:

  • davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo’lgan munosabatning kuchayganligi;

  • erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi;

  • milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o’zlikni anglash tuyg’usi rivojlanayotganligi;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ҳurmat-eҳtirom tuyg’usini shakllanayotganligi.

Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-ҳissiy rivojlanish, nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash yo’nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi.

Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’linadi:



  • go’daklik (1 yoshgacha);

  • ilk yosh (1-2 yosh);

  • ilk yosh (2-3 yosh);

  • kichik yosh (3-4 yosh);

  • o’rta yosh (4-5 yosh);

  • katta yosh (5-6 yosh);

  • maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).

Mazmun jiҳatdan dastur tarkibiga:

  • bolalarni jismoniy rivojlantirish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena;

  • bolalarni ijtimoiy-ҳissiy rivojlantirish;

  • bolalarning nutqi, o’qish va savodga tayyorgarligi;

  • bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lishi va uni anglashi;

  • bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish;

  • bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish;

  • bolalarda o’yin faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari keltirib o’tilgan.

Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasalari va mutaxassislari ҳamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. SHu sababli yurtimizda Vatan mustaqilligini mustahkamlaydigan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi tadqiqotning birinchi bobida ta’kidlangan edi.
Bolalar orasida jismoniy sifatlarning va koordinatsion qobiliyatning, inson harakat faolligining namoyon bo’lishi uchun amaliy jihatdan juda yaxshi zamin tayyorlanadi F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar ko’rsatkichlari bo’yicha jismoniy tayyorgarlik natijalari yoshdan yoshga o’tish bilan hamma ko’rsatkichlar ma’lum miqdorda ortib borishini ko’rsatadi 
F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi bo’yicha olgan ma’lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, 5-7 yoshdagi bolaning jismoniy rivojlanishi bir tekisda borar ekan, kichik maktab yoshiga kelib esa rivojlanishning tezlashish jarayoni ro’y beradi SHunga asosan tadqiqotda milliy harakatli o’yinlarga asoslangan jismoniy mashqlar majmui tanlab olindi.
Jismoniy sifatlarga (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) tegishli. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakatlar bilan o’rgatish mustahkam chirmashib ketadi. Jismoniy tarbiyaning bu tomonlarini o’rganish va ayrim-ayrim qarab chiqish ulardan har birining o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash xususiyatlari.
Maktabgacha bo’lgan davrda jismoniy sifatlarning rivojlanish dinamikasiga xos jinsiy tafovutlarni qayd etar ekanlar, olimlar mazkur tafovutlarning kattaliklari hamda ishonchliligi xususidagi savolga uzil-kesil javob bermaydilar.
Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bobida o’g’il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar (S.V.Kakabadze, 1971; Z.I.Kuznetsova, va b., 1974; A.E.Lyubomirskiy, 1979) boshqalari yetti yoshgacha o’g’il bolalar va qizlarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasidagi farq u qadar jiddiy emas, uni jismoniy tarbiya vositalarini tanlashda e’tiborga olish shart emas, deb hisoblaydilar va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasiga ularning jinsidan kelib chiqib turlicha yondashish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadilar (M.N.Koroleva, 1985; E.S.Vilchkovskiy, 1989). 
Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish masalalari hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonunda ta’kidlanishicha “Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollikka ehtiyojni shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining ustun vazifasi bo’lib hisoblanadi”. 
Respublikaning xududlarida maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi ko’rsatkichlari 
O’zbekistonning kelajagi yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash lozim.

4). Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich halqasi bo’lib hisoblanadi. U sog’lom va har tomonlama Etuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlab, uni o’qishga bo’lgan havasini uyg’otishga qaratilgan bo’lib, bu 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda jamoatchilik va xayriya tashkilotlari, mahalliy uyushmalar (mahalla), xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. Maktabgacha ta’lim – bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta’limning keyingi bosqichi – maktabga o’z vaqtida va to’laqonli o’tishini ta’minlovchi har tomonlama, maqsadga yo’naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir. Maktabgacha ta’lim olishning shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:



  • bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;

  • bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o’rgatish;

  • bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;

  • milliy an’analar va urf-odatlar asosida yuqori ma’naviyat va ahloq asoslarini shakllantirish;

  • maqsadga yo’naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish.

Yuqorida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Republikasidagi maktabgacha

ta’lim maktabgacha yoshdagi bolaning individual xususiyatlariga, davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim.

Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko’nikma, malakalar va faoliyatning turli turlarini egallashda zamin bo’lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta’minlanadi.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim jarayonidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasi shaxs shakllanishida insonparvarlik tamoyili va ijodiy yondashuvga asoslangan tarbiyaning metod va yo’llari tizimidan iborat bo’lgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga asosan amalga oshirilishi zarur.



Hamkorlik pedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy o’zaro ta’siri sifatida ta’limga munosabat; ixtiyoriy ravishda o’qitish; mushkul maqsad g’oyasi (bola oldida murakkab maqsad qo’yiladi va uni Engib o’tish ishonchi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o’z-o’zini tahlil qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash); erkin tanlash (o’quv materialini bolalar tomonidan yaxshiroq o’zlashtirilishi maqsadida tarbiyachining o’quv vaqtidan o’z ixtiyoricha foydalanishi); guruhning intellektual foni (ta’limning mazkur davrida zaruriy hayotiy maqsadlarni qo’yish va o’quvchilarni dasturga nisbatan ko’proq bilimlarni olishi); tarbiyaga shaxsiy yondashuv, tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.Ta’lim natijasi bo’lib, bolaning shaxsiy sifatlari: mehribonlik, xayrixohlik, dilkashlik, vijdonlilik, to’g’rilik, maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, uyushqoqlik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik, ziyraklik, vazminlik, dovyuraklik, mustaqillilik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, bilimdonlik va shu kabilar mazmunini o’zgartirish hisoblanadi.

Ta’lim tomonidan zamonaviy jamiyatga integratsiyalashgan (qo’shilgan) va uni takomillashtirishga yo’nalgan odam va fuqaroning vujudga kelishi, bilimlarning zamonaviy darajasiga mos keluvchi olam tasvirining shakllanishi; shaxsning milliy va jahon madaniyatiga integratsiyasi uchun shart-sharoit yaratuvchi jamiyatning umumiy va professional madaniyatining jahon darajasiga teng kelishi; jamiyatning milliy kadrlar imkoniyatini takror ishlab chiqarish va rivojlantirish ta’minlanadi.Uzluksiz ta’lim jarayonining yakunlanish muvaffaqiyati ta’limning normativ belgilangan bosqichi sifatida ta’lim darajasi haqida dalolat beradi. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bilim darajasi – bu shaxs sifatlari va xususiyatlarining rivojlanish darajasi, ta’lim standartiga asoslangan yoshga va dastur talablariga bog’liq holda erishilgan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir. Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasining shaxsiy yo’nalganlik modeli ustuvor bo’lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo’lib, belgilangan standart bo’yicha uni o’zgartirish emas, balki uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’ektining shaxsiy vazifalari (funktsiyalari) rivojlanishining to’laqonli namoyon bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Shaxsiy vazifalar – “shaxs bo’lish” ijtimoiy buyurtmasini amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarni shaxs tomonidan namoyon bo’lishidir. Ta’lim jarayonini tashkil qilishning asosi sifatida shaxsiy yondashuv shaxsning jamoada e’tirof etilishi, unda insonparvarlik o’zaro munosabatlarini yaratishni bildiradi. Mazkur munosabatlar sababli bola o’zini shaxs sifatida anglab, boshqa insonlar (kattalar va tengdoshlar)da ham shaxsni ko’ra olishga o’rganadi. Tengdoshlar, bolalar jamoasi har bir bolaning imkoniyatlari amalga oshirilishi kafolati sifatida namoyon bo’ladi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlari amalga oshirilishining yo’llari pedagogning qadriyatlar yo’nalganligiga, ya’ni uning moddiy va ma’naviy qadriyatlarga , hulq-atvorda namoyon bo’luvchi ustanovkalar tizimi, e’tiqod, afzalliklarga tanlab munosabatda bo’lishiga bog’liq. Pedagogning qadriyatlari yo’nalganligi uning kasbiy faoliyat yo’nalishini belgilaydi. Shaxsiy yondashuv pedagog va bolaga o’zini shaxs deb anglashiga yordam berishni, ular imkoniyatlarini aniqlash va ochishni, o’z-o’zini anglash shakllanishini, o’z o’rnini belgilashning shaxsiy muhim va ijtimoiy maqbul usullarini amalga oshirishni, o’z-o’zini namoyon qilishni va o’z mavqeini tasdiqlashni nazarda tutadi. Ta’lim muassasasida bola shakllanish muammosida oilaviy tarbiya sharoitlarini xisobga oluvchi va bolaning shaxsiy salohiyati va qobiliyatini ochishga qaratilgan tarbiya haqidagi zamonaviy ilmiy ma’lumotlarni amalda qo’llovchi pedagogningo’rni masalasini ko’rib chiqish talab etiladi.Pedagogga shaxsiy yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda pedagogik o’zaro ta’sirni davrma-davr rejalashtirishdan “pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas”, balki pedagog va bola “shaxsining namoyon bo’lish usuli” sifatida foydalanish zarur (P.Blonskiy, A.Leontev).

Pedagogik o’zaro ta’sirning birinchi davrida pedagog bola bilan psixologik aloqani o’rnatish maqsadida birgalikda xatti-harakatlarni shakllantirib rivojlantiradi (qabul qilish va yoqtirish xissi, bir-biriga ishonch, emotsional hamdardlik, o’zaro xatti-harakatlarni tushunish va kelishilganlik), pedagogik aloqani emotsional- shaxsiy aloqaga “o’tkazadi”. Kattalar va bolalar o’zaro ta’sir xarakteriga javobgarlik o’zaro munosabatlarni o’rnatishni biluvchi kattalar zimmasida qoladi.Ikkinchi davrda bolani psixologik qo’llab-quvvatlash, kattalar bilan muloqotda konkret-emotsional, amaliy ta’sir qiluvchi va odob-ahloq aloqasiga erishish maqsadlarida namoyon bo’ladi.Bola shaxsi shakllanishini psixologik qo’llab-quvvatlash – bu kattalar tomonidan bola muammosini tushunish, qabul qilish, tan olish va ularni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi pedagogik muloqotning kundalik vaziyatlarida kattalar va bolalar emotsional-shaxsiy munosabatlari shakllanishidan iborat. Tarbiyachi shaxsiy-rivojlanuvchi o’zaro ta’sir sharoiti sifatida psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda:



  • pedagoggavao’z-o’zigaishonishimkoniyatiniberib, bolaga nisbatan mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, samimiylik bildiradi;

  • o’z-o’ziga baho berish va u uchun o’zining ahamiyatga egaligini mustahkamlash maqsadida bolaning fazilatlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;

  • xatolarga yo’l qo’yish qo’rquvini ketkazib, bola uchun ijobiy emotsional makon yaratadi;

  • bolaning muvaffaqiyatsizligini tushungan holda qabul qilib, u bilan birga ularni Engib o’tish yo’llarini aniqlaydi. Bunday yondashuv asosida “kattalar-bolalar” o’zaro ta’sir tizimining shaxsiy yo’naltirilgan qoidalaridan biri yotadi. Bunga ko’ra har bir inson, xususan ta’lim oluvchi xato qilish va uni tuzatish huquqiga ega;

  • bolani tarbiyalamasdan, balki muammoni bola tomonidan hal qilinishiga yo’lboshchilik qiladi.

Shunday qilib, pedagog (katta odam) psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirib, maktabgacha davrdagi bola shaxsi shakllanishini ta’minlovchi, taraqqiyotning shart-sharoiti, xarakteri va kelajagi uchun majburiyatni o’z zimmasiga olib, asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Bola esa o’z navbatida ijtimoiy hulq-atvor namunasi sifatida kattalarning munosabatini kuzatib (tahlil qilib), ijtimoiy maqbul va adekvat hulq-atvor normalarini o’zlashtiradi.Psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish pedagog va bola emotsional-shaxsiy munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Emotsional-shaxsiy qo’llab-quvatlanishni qidirish maqsadida pedagog bilan o’zaro munosabatga kirishib, muloqot davomida namoyon bo’lgan sifatlar (diqqat-e’tibor, xayrixohlik va b.) orqali uni bilib oladi. Keyingi galda bola aynan shu xususiyatga ishongan holda aloqaga kirishib, unda emotsional-ijobiy o’z-o’zini his qilish, atrofdagilar uchun keraklilik xissi shakllanadi.Pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi davrida o’zaro ta’sirning uslubi sifatida “pedagogik his qilish”ning shakllanishiga, pedagog va bolaning bir-biriga ta’sir ko’rsatishning tuzilishi sifatida o’zaro munosabatlar ma’lum bir turining yuzaga kelishiga olib keluvchi emotsional-shaxsiy munosabatlarning rivojlanishi yuz beradi.Hamkorlik pedagogikasi kattalarga (tarbiyachilar, ota-onalar va b.) ta’lim va tarbiya jarayonida muloqotning altruistik uslubidan foydalanish zarurligini uqtiradi. Pedagog bolaga bunday ta’sirni amalga oshirishda unga hukmronlik qilib, nazorat, majburlash kabi ta’sirlardan voz kechib, tarbiyalanuvchiga erkin tanlash huquqini beradi. Bola muloqotning mazkur uslubida chegarasiz, so’zsiz o’z-o’ziga, shaxsiy imkoniyatlariga bo’lgan ishonch vaziyatiga tushadi. Bunday vaziyat natijasi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy o’z-o’ziga baho berish: o’zganing ishonchini his qilgan holda o’zining imkoniyatlariga ishona boshlaydi. Pedagogning bolaga nisbatan beg’arazligi uni ham beg’araz harakat qilishga undaydi. Shunday qilib, pedagogik o’zaro ta’sirning uchinchi yakunlovchi davrida uyg’un munosabatlar tizimi sifatida ikki tomonlama muloqotga kirishuvchilarning bir-biriga ta’sir tizimi shakllanadi. Bunda kattalar va bolalar faolligi, o’zaro munosabatlarining ishonchliligi, bolani psixologik himoya qilish darajasi va o’zaro tushunishga erishish ortadi.

5). O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvaffaqiyatli tayyotlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda xilma-xil (yasli bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. 1997-yilda YuNESKO qaroriga ko‘ra, maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan “maktabgacha ta’lim” atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011-yilda respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” uch bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012-2014-yillar. Ikkinchi bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015-2017-yillar. Uchinchi bosqich – yakuniy – 2018-2020-yillar. “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish (preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktabgacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-uslubiy ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan. “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi”ning bosh g‘oyasini shaxsga yo‘naltirilgam ta’limni amalga oshirish tashkil etilgan. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy-pedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan. Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita – didaktik va uslubik modellarining mohiyati ham chuqur va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ularning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan. Konsepsiyaning uchinchi – “Maktabgacha ta’limning tuzilishi” bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida guruhlarni shakllantirish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlarni tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul variant taqdim etilgan:

ilk yosh guruhida – 8-10 bola; ilk yoshdan uch yoshgacha – 10-14 bola; uch yoshdan besh yoshgacha – 14-20 bola; besh yoshdan yeti yoshgacha guruhda – 20-25 bola; turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan guruhda: 10-12 ta bolaning qamrab olinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, Konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki aynan maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axloqiy qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlanishiga tamal toshi qo‘yiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xizmatning birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va shaxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sotsium (ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi rivojlanishi va to‘liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlarini yaratadi. “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi”da belgilab berilgan yana bir muhim vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-uslubik ta’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan dasturiy-uslubik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar, bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egallashi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari maktabgacha ta’lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta’lim muassasalarida yong ‘in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” bilan tartibga solinadi. Bolalar huquqlari to‘g‘risida konvensiya – bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. Barcha Konvensiyalarga ko‘ra bola o‘zining kamol topishiga o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon etish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olishini ta’minlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bog‘liq huquqqa noraso bolalar va qochoq bolalarning huquqlariga oid qoidalarni o‘z ichiga oladi, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam ko‘rsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik – Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi.
Download 37.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling