O`rganik birikmalarning kimyosi A. M. Butlerovning kimyoviy tuzulishi nazariyasi Reja


Download 50.5 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi50.5 Kb.
#202013
  1   2   3
Bog'liq
Organik birikmalarning kimyosi. A. M. Butlerovning kimyoviy tuzu


O`rganik birikmalarning kimyosi A.M.Butlerovning kimyoviy

tuzulishi nazariyasi
Reja:

  1. Organik birikmalarning xususiyatlari

  2. Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi

  3. Izomeriya tushunchasi

Organik birikmalar quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega:  

  1. Organik birikmalar molekulyar tuzilishiga ega bo`lgan birikmalar bo`lib, ularning molekulalari kovalent bog`lanish asosida vujudga keladi. Shu sababli organik birikmalar elektrolitmas moddalar hisoblanib, ko`pchiligi suvda erimaydi yoki yomon eriydi va anorganik birikmalarga qaraganda past temperaturada suyuqlanadi.

  2. Organik birikmalar anorganik birikmalarga nisbatan barqaror emas, qizdirilganda oson parchalanadi. Ular 400-500°C atrofida qizdirilganda to`liq parchalanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi.

  3. Anorganik birikmalar ion bog`lanishli birikmalar bo`lib, ular suvda ionlarga oson parchalanadi va ular orasida reakciyalar tez boradi. Organik birikmalar orasida esa sekin boradi, ba`zilari faqat katalizator ishtirokda ketadi.

  4. Ko`pgina organik birikmalar orasida reakciyalar oxirigacha bormaydi, ya`ni reakciya mahsulotining unumi yuz foiz bo`lmaydi.

  5. Organik birikmalar molekulasida turli funkcional gruppalar va bog`lanishlarning mavjudligi hamda reakciyaning borish sharoiti (temperatura, reagentning koncentraciyasi, katalizator) bir vaqtning o`zida bir nechta parallel va ketma-ket reakciyalarning sodir bo`lishiga imkon yaratadi.

Metanning xlorlanishi esa ketma-ket reakciyaga misol bo`ladi. Bu reaksiya natijasida metanning turli xlorli hosilalarning aralashmasi hosil bo`ladi.

Organik birikmalar juda ko`p (hozirgacha 10 mln.dan ortiq) va turli-tumandir. Bunga sabab, birinchidan, uglerod atomlarining bir-biri bilan o`zaro birikib uzun uglerodli ochiq va halqali zanjir hosil qilish xususiyati bo`lsa, ikkinchidan, organik birikmalarda izomeriya hodisasining keng tarqalganligidir.

Organik kimyoda organik modda molekulasida atomlarning fazoviy joylanishini ifodalovchi struktura formulalaridan keng foydalaniladi. Struktura formulalarida kovalent bog`lanish chiziqchalar orqali belgilanadi. Shu bilan birga empirik va elektron formulalar ham ishlatiladi. Quyida etan, etilen va acetilenning ana shunday formulalari keltirilgan.

Organik birikmalarning yuqorida keltirilgan o`ziga xos xususiyatlari uglerod atomining tuzilishi bilan tushuntiriladi. Uglerod atomining to`rtta valent elektroni bo`lib, uglerod atomlari boshqa atomlar bilan, shuningdek, bir-biri bilan umumiy elektron juftlar hosil qiladi. Bunda har qaysi uglerod atomining tashqi pog`onasida 8 ta elektron (oktet) hosil bo`ladi.

Organik birikmalarda uglerod atomining oksidlanish darajasi u hosil qiladigan bog`lanish soniga mos kelmaydi, ya`ni shu elementning valentligiga teng emas. Ma`lumki, organik birikmalarda uglerodning oksidlanish darajasi –4 dan 0 va Q4 gacha bo`lishi mumkin. Masalan, metan CH4 da –4, metanol CH3OH da –2; metanal  (    9.4.  )  да –0; chumoli kislota HCOOH da Q2; CО2 da esa Q4 ga teng. Shu sababli, organik kimyoda oksidlanish darajasi tushunchasi o`rniga valentlik tushunchasi qo`llaniladi. Uglerod atomining qo`zg`algan holatdagi valentligi doimo 4 ga teng, ya`ni u to`rtta kovalent bog`lanishga ega.


Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling