Orifova dilorom


Download 42.88 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi42.88 Kb.
#215615
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT


REFERAT


Tayyorladi:

ORIFOVA DILOROM


Mavzu:


Grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar

Reja


1.Grammatik mano, grammatik shakl va grammatik kategoriya

2.Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar

3.Morfologik kategoriyalar

Grammatik mano, grammatik shakl va grammatik kategoriya

Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya grammatikaning eng muhim tushunchalaridir va bular o’zaro uzviy bog’langan. Grammatik ma’no tilda rang-barang usullar bilan ifodalanadi va ayni bir grammatik ma’no xilma-xil vositalar bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan, son ma’nosi o’zbek tilida affiksatsiya -lar, yani birlik/ko’plik son shakllari paradigmasi doirasida ko’rib chiqilgan. Son shakllarining ma’nosi deganda mana shu ikki morfema nazarda tutilgan. Tilimizda son ma’nosining ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali ro’yobga chiqadi. Chunonchi, ko’plik ma’nosi takror, juft so’zlar bilan ham, birlik ma’nosi juziy reduplikatsiya (takror) yoki so’z- so’zsimon (kitob - mitob, non - pon, meva - cheva) bilan ham ifodalanishi mumkin.

Grammatik kategoriya grammatik shakllarning oddiy arifmetik yig’indisi emas, balki ma’lum turdagi formalarning barqaror munosabatlari tizmasidan iborat bo’lgan yangi bir butunlikdir. Shakl va kategoriya tushunchalari pog’onali, butun- bo’laklik, katta-kichiklik munosabatlari bilan bog’langanligi sababli, har bir kategoriyaga mansub bo’lgan morfologik forma (shakl) bo’ladi. Murakkab kategoriyalarning formalarida ma’no murakkab bo’lib, ularda bir necha kategoriyalarga mansub bo’lgan ma’nolarni ajratish mumkin. Murakkab kategoriyalar sirasiga egalik, kesimlik kategoriyalarini kiritish mumkin. Sodda kategoriyalar jumlasiga: son, qiyoslash, kelishik, nisbat, subyektiv munosabat kategoriyalari kiradi. Ularda bir kategoriyaga mansub bo’lgan ma’noni ajrata olamiz. Masalan, son kategoriyasining ma’nosi miqdoriy va sifatiy belgilarning ma’lum yig’indisidan iboratlilikni anglatsa, kelishik kategoriyasi tobelikni ifodalaydi. Qiyoslash kategoriyasi belgining qiyosan ekanligini ko’rsatsa, nisbat kategoriyasi fe`l anglatgan bajaruvchining tavsifini ifodalaydi.

Grammatik ma’noni ifodalash vositalari

1. Affiksatsiya. Bunda grammatik ma’no shakl yasovchi affikslarni qo`shish bilan ifodalanadi:

Masalan:maktablar, maktabga, oddiyroq, ishlandi
2. Yordamchi so`zlar. Mustaqil ma’noli so`zlar yordamchi so`zlar orqali grammatik ma’noga ega bo`lishi mumkin:

Masalan:Daraxt mevasi bilan ko`rkam, odam - mehnati bilan.(maqol)


3. Takrorlash. dasta-dasta gul, xirmon-xirmon paxta kabi.Bunda dasta, xirmon so`zlarini takrorlash bilan ko`plik, mo`llik ma’nosi ifodalangan.
4. Suppletivizm. Bu - o`zaro bog`langan, ma’lum bir

tizimni tashkil qilgan grammatik ma’nolarni ifodalash uchun alohida-alohida so`zdan foydalanish usuli. Masalan:o`zbek tilida bir grammatik tizimni hosil qiladigan I va IIshaxs kishilik olmoshlarining birligi men va sen so`zlari orqali, ko`pligi biz va siz so`zlari orqali ifodalanadi.

5. Urg`u so`zining grammatik ma’nosini ifoda qilish uchun xizmat qilishi mumkin:

Masalan: terma` (sifat) – te`rma fe’l ning bo`lishsiz shakli.

6. So`z tartibi. So`zlarning gapda oldinma-keyin kelish ham ba’zan grammatik ma’no ifodalashga yordam beradi.

Masalan: 1. Ajoyib odamlar. 2.Odamlar birinchi gapda ajoyib so`zi otdan oldin kelib sifatlovchi vazifasini, ikkinchi gapda ushbu so`z otdan keyin kelib kesim vazifasini bajargan.

7. Ohang. Bunda grammatik ma’no so`zlarning gap sifatida shakllanishi bilan bog`liq.

Masalan: Hammakeldi. (Darak gap) - Hamma keldi? (so`roq gap) -



Son kategoriyasi

(-lar)


Egalik kategoriyasi

(-im, -ing)



Kelishik kategoriyasi

(-ning, -ni)



Subyektiv munosabat kategoriyasi

(-jon, -xon)



Qiyoslash kategoriyasi

(-roq)


O’zgalovchi kategoriyasi

(-ish, -ib)



Kesimlik kategoriyasi

Aniqlik, buyruq, shart mayli


Morfologik kategoriyalar
Download 42.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling