O’rnatilgan kompyuter tizimlari loyihalash jarayonlari va modellari


Download 1.22 Mb.
bet1/2
Sana19.04.2020
Hajmi1.22 Mb.
  1   2

O’rnatilgan kompyuter tizimlari loyihalash jarayonlari va modellari

O’rnatilgan tizimlar arxitekturasini ishlab chiqish uchun turli xil loyihalash usullaridan foydalaniladi. Bunda har bir loyihalash usulining qonun qoidalaridan kelib chiqqan holda ish yurutish zarur bo’ladi. O’rnatilgan tizimlar arxitekturasini ishlab chiqish uchun quyidagi loyihalash usullaridan foydalaniladi.



O’T larni loyihalash usullari.

  • Big-bang model – tizimni yaratish davomida aniq strukturaga ega bo’lmagan model;

  • Code-and-fix model – tizim uchun talablarni ishlab chiqish lekin formal ko’rinishda ishni tashkil qilish mavjud bo’lmagan model;

  • Waterfall model – tizim ishlab chiqishni bosqichlarga bo’lish va har bosqichni nazorat qilib borish;

  • Spiral model - tizim ishlab chiqishni bosqichlarga bo’lish va har bir bosqichni nazoat qilish uchun qayta aloqa (feedback) dan foydalanish;

  • *Custom (Hybrid) model – aralash model.

O’T ni loyihalash va hayot siklini ishlab chiqish modeli (ES Design and Development Lifecycle).

  • O’T ni loyihalash va hayot siklini ishlab chiqish modeli – mazkur model “waterfall” va “spiral” modellarining kombinatsiyasidan tashkil topgan. Mazkur modellar qonuniyat va xususiyatlari ushbu modelda umumiylashadi va O’T ni loyihalash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

  • Mazkur modelning asosiy xususiyatlari:

  • Tizimni ishlab chiqish bosqichlarini aniqlash;

  • Tizim uchun talablarni ishlab chiqish;

  • Har bir bosqich natijasini aniqlash;

  • Joriy bosqich natijasini keyingi bosqich uchun muvofiqlashtirish;

  • Har bir bosqich uchun qayta aloqa (feedback) o’rnatish;

  • Har bir jarayonni nazorat qilib borish.

O’T arxitekturasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:



Qurilmalar uchun arxitekruta ishlab chiqishda quyidagi 2 ta arxitektura samarali hisoblanadi:

    • Fon neyman (Von Neumann) arxitekturasi

    • Garvard (Harvard) arxitekturasi

Fon neyman (Von Neumann) arxitekturasi. Tizim uchun ma’lumotlar va dastur kodi bitta xotira blokida joylashsa, bu holda Fon neyman arxitekturasidan foydalaniladi.

Fon neyman arxitekturasi – birinchi yaratilgan arxitekturalardan biri bo’lib, olim John Von Neumann tomonidan yaratilgan. Ushbu arxitekturaga ko’ra, ma’lumot ham instruktsiya ham bitta shina orqali harakatlanadi. Buning natijasiga ko’ra Protsessor bir vaqtda faqat bitta operatsiyani bajara oladi. Ya’ni, xotiradan yoki faqat ma’lumotni o’qib oladi, yoki joriy operatsiyani bajaradi, Bundan kelib chiqadiki bu arxitekturaga ko’ra, ma’lumot o’qish va operatsiyani bajarish bir vaqtning o’zida bajarila olmaydi. Fon neyman arxitekturasi oddiy qurilmalarda ishlatiladi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling