O‘rta arifmetik sinfda bajariladigan topshiriqlar


Download 229.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.11.2020
Hajmi229.49 Kb.
#143937
Bog'liq
44.ORTA ARIFMETIK


 

O‘RTA ARIFMETIK 



 

Sinfda bajariladigan topshiriqlar

 

 



1.

 Sonlarning o‘rta anfmetigini hisoblang: 

 

2. 


Poyezd birinchi soatda 55 km, ikkinchi soatda 75 km  yurdi. Poyezdning shu ikki 

soatdagi o‘rtacha tezligini toping. 

3.

 Sayohatchi 4 soat 2,7 m/s tezlik  bilan, so‘ng esa 5 soat 1,8 m/s tezlik bilan yurdi. 



Sayohatchining o‘rtacha tezligi qancha? 

4.

 a) 8 va 10; b) 12 va 16; d)4 va 8 sonlarining o‘rta arifmetigini toping. Bu sonlarni 



va  ularning  o‘rta  arifmetigini  sonlar  nurida  tasvirlang.  Nima  sababdan  «sonlarning 

o‘rta arifmetigi» atamasida «o‘rta» so‘zi ishlatilishi haqida o‘ylab ko‘ring. 

5.

 Ustaxonada 3 ta ishchi ishlaydi. Bir soatda birinchi ishchi 24 ta, ikkinchi ishchi 20 



ta,  uchinchi  ishchi  esa  28  ta  detalga  ishlov  beradi.  Ustaxona  ishchilari  mehnatining 

o‘rtacha unumdorligi qancha? 

6.

 «Nasaf» tezyurar poyezdi Toshkentdan Samarqandgacha 3,2 soat 95 km/soat tezlik 



bilan, Samarqanddan Qarshigacha esa 2,1 soat 90 km/soat tezlik bilan yurdi. «Nasaf» 

poyezdining o‘rtacha tezligini aniqlang. 

7. 

Sonlarning o‘rta arifmetigini toping: 



 

8.

 va 8,9 sonlarining o‘rta arifmetigi - 9,5 ga teng. sonini toping. 



9. 

Amaliy  ish.  Tarozida  100  g      no‘xat  tortib  oling.  Undagi  no‘xat  donalari  sonini 

sanang. Bir dona no‘xatning o‘rtacha massasini toping. 

10.


  Konkida  figurali  uchish  bo‘yicha  qatnashgan Sohiba  5,3; 4,8; 5,4;  5,0;  5,3;  5,4; 

5,3; 5,2; 5,1 baholar oldi. Sohiba olgan o‘rtacha bahoni toping. 

11.

  Katerning  oqim  bo‘yicha  tezligi  18,6  km/soat,  oqimga  qarshi  tezligi  esa  14,2 



km/soat. Katerning turg'un suvdagi tezligini va oqimning tezligini toping. 

 

12. 



14,12; 14,747; 14,96 va 14,58 sonlarining o‘rta arifmetigini toping va uni o‘ndan 

birgacha yaxlitlang. 

13.

  Xo‘jalik  besh  yil  davomida  har  yilda  o‘rtacha  76,3  t  qand  lavlagi  yetishtirgan. 



Shu  besh  yil  davomida  xo‘jalikda  hammasi  bo‘lib  necha  tonna  qand  lavlagi 

yetishtirilgan? 

14.

 Samolyot Toshkentdan Andijonga45 minut 800 km/soat tezlik bilan, Andijondan 



Toshkentga  esa  1  soat  15  minut  750  km/soat  tezlik  bilan  uchdi.  Samolyotning 

o‘rtacha tezligini toping. 

15.

  Bir  tomchi  suvning  massasini  aniqlash  uchun  oldin  stakanga  100  tomchi  suv 



tomizildi  va  uning  massasi  tarozida  tortilib  62  g  ekanligi  aniqlandi.  Agar  bo‘sh 

stakanning massasi 55 g bo‘lsa, bir tomchi suvning massasi qancha? 

16.

 Hadicha chorak davomida matematikadan quyidagi baholarni oldi: 5, 5, 4, 5, 4, 5, 



5, 4. Uning chorak bo‘yicha o‘rtacha bahosini toping va uni birlar xonasigacha 

yaxlitlang. 

 

Uyda bajariladigan topshiriqlar 

 

1.



 Sonlarning o‘rta anfmetigini hisoblang: 

 

2.



 O‘n qadamingizning uzunligini o‘lchang va qadamingiz o‘rtacha uzunligini toping. 

3. 


Poyezd birinchi soatda 76 km, ikkinchi soatda 90 km, uchinchi soatda esa 80 km 

yurdi. Poyezdning shu uch soatdagi o‘rtacha tezligi qancha? 

4. 

Bir soatda birinchi ishchi 56 ta, ikkinchi ishchi esa undan 16 ta ko‘p detalga ishlov 



beradi. Bu ishchilar mehnatining o‘rtacha unumdorligi qancha? 

5.

 Ikkita sonning o‘rta arifmetigi 5,4. Ikkinchi son 7,8 bo‘lsa, birinchi sonni toping. 



6. 

Ikkita  sonning  o‘rta  arifmetigi  6,2.  Birinchi  son  ikkinchi  sondan  1,5  marta  katta 

bo‘lsa, bu sonlarni toping. 

7.

 Amallarni bajaring: 



((4 : 0,128 + 14628,25) : 1,011 -0,00008 + 6,84): 12,5. 

 

8. 



Avtomobil katta ko‘chadan 2,1 soat 90 km/soat tezlik bilan, so‘ng esa 3,8 soat tosh 

ko‘chadan 40 km/soat tezlik bilan yurdi. Avtomobilning o‘rtacha tezligini toping. 

9. 

To‘rtta sonning  o‘rta arifmetigi 8,9 ga teng. Boshqa 6 ta sonning  o‘rta arifmetigi 



esa 13,8 ga teng. Bu o‘nta sonning o‘rta arifmetigi qancha? 

10.


  Quyidagi  rasmda  qadim  zamonlarda  yashagan,  dinozavrlar  oilasiga  tegishli 

bo‘lgan  stegozavrus  va  odam  tasvirlangan.  Rasmdagi  ma'lumotlardan  foydalanib, 

stegozavrusning o‘lchamini aniqlang va uning bo‘yi odamdan taxminan necha marta 

baland ekanligini toping. 



 

 

Download 229.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling