O‘rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi. 1929-guruh talabasi


Download 50 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1238135
  1   2
Bog'liq
O‘RTA ASRLARDA-WPS Office

O‘RTA ASRLARDA YEVROPA VA ARAB TILSHUNOSLIGI.

1929-guruh talabasi


Oʻrta asrlarda Yevropa tilshunosligi.
Oʻrta asrlar V asrdan (476-yildan) boshlab, XV asrgacha (1492-yilgacha) boʻlgan davrlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turgʻunlik davri deb e’tirof qilinadi. Aniqrogʻi, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar toʻplashda, na mukammal nazariyalar, gʻoyalar yaratishda – tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buning asosiy sababi shundaki, Gʻarbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaksion tazyiqi ilm-fanning oʻsishiga, rivojiga jiddiy toʻsqinlik qildi. Shunga qaramasdan, oʻrta asrlarda shu davrgacha yozuviga ega boʻlmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv – yozuv sistemasi paydo boʻldi.
Ruhoniy Anselm (1033-1109) boshchiligidagi realizm ta’limotiga koʻra faqat umumiy tushunchalargina (masalan, daraxt tushunchasi, harakat tushunchasi va b.) real mavjud. Ushbu tushunchalarga muvofiq keluvchi predmet va hodisalar esa ularning kuchsiz nusxasi, xolos. Yana ham anigʻi obyektiv dunyo umumiy tushunchalardangina iborat. Ayni tushunchalarda qayd etilgan, ifodalangan predmet va hodisalar esa oʻsha tushunchalarning yuzaki nusxasi (kopiyasi) dir.
Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm ta’limoti esa haqiqatga toʻla muvofiq, real tarzda faqat oʻziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega boʻlgan narsa, predmet, hodisalargina mavjud, degan gʻoyani ilgari suradi.
Bizning tafakkurimiz orqali ushbu predmet va hodisalardan chiqariluvchi umumiy tushunchalar esa, deyishadi bu ta’limot vakillari, real, aniq mavjud boʻlmaydi. Ular inson tafakkurining mahsuli hisoblanadi, fikrlash faoliyati tufayli hosil boʻladi, yuzaga keladi.
Pyer Abelyar (1079-1142) boshchiligidagi konseptualistlar (moʻtadil nominalistlar) ham mutlaqo toʻgʻri holda real tarzda faqat alohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarimizning asosi boʻlib xizmat qiladi, deyishadi.
Konseptualistlar umumiy tushunchalar alohida mavjud boʻlmaydi, balki real mavjud narsa-predmetlardan hosil qilinib, narsa, predmet va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradi, deydi. Ushbu fikr hozirda ham tilshunoslik fanida tan olingan. Chunki bu gʻoya obyektiv haqiqatga toʻla muvofiq keladi.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling