O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi n. H. Sagatov kon ishlari asoslari


Download 1.82 Mb.
bet1/61
Sana19.04.2022
Hajmi1.82 Mb.
#644697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
sagatov
differensial tenglamalarning bazi masalalarini yechishda operatsion hisobning tadbiqlari, differensial tenglamalarning bazi masalalarini yechishda operatsion hisobning tadbiqlari, m006-modal-verbs, mixed future tenses exercise, m006-modal-verbs, m002-modal-verbs, Kiberxavfsizlik, Kiberxavfsizlik (1), O`zbekiston ko`llari va suv omborlari, 4-мавзу, Документ Microsoft Word, R.J.S, jamol mustaqil ish, aliqulov elbek el maw 3

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
N. H. SAGATOV
KON ISHLARI
ASOSLARI

Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent — 2007

Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv
metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
Kengash nashrga tavsiya etgan

Taqrizchilar:
A. S. Sodiqov — texnika fanlari nomzodi, dotsent D. V. Rahimov — texnika fanlari nomzodi
Ushbu o‘quv qo‘llanma olti bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda foydali qazilma konlari, konchilik korxonalari, atamalari, kon lahimlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berilgan. Ikkinchi bobda kon lahimlarini barpo qilish usullari va texnologiyalari yoritilgan. Uchinchi bobda ruda konlarini yer osti usulida qazib olish asoslari, shaxta maydonini ochish, kon massasini qazishga tayyorlash usullari, qazish texnologiyasi va tizimlari batafsil bayon etilgan. To‘rtinchi bobda qatlamli konlarni yer osti usulida qazib chiqarish asoslari, beshinchi bobda esa foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib chiqarish asoslari keng yoritilgan. Oltinchi bobda foydali qazilmalarni qayta ishlash asoslari haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma «Konchilik ishi» yo‘nalishining barcha ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan kollej talabalari, o‘qituvchilari va mutaxassislariga mo‘ljallangan.
2202080000-43
S 2007
360(04)-2007
ISBN 978-9943-05-068-6
©Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007-y.
SO‘ZBOSHI
Konchilik insoniyat faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hayot darajasi va ishlab chiqarishning o‘sishini ta’min- laydi. Kon ishlari sanoatning yetakchi tarmog‘i sifatida konlarni izlab topish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan yer osti inshootlarini barpo etish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Foydali qazilma konlarini yer osti, ochiq, geotexnologik va boshqa usullarda qazib chiqarish tamoyillarini o‘zlashtirish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo‘g‘in sifatida foydali qazilma konlarini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi hamda mamlakat xalq xo‘jaligiga yoqilg‘i (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, torf, neft, tabiiy gaz), qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, kon-kimyo xom- ashyolari, qurilish materiallari va boshqa xomashyolarni yetka- zib beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan xomashyo va minerallarni dunyo miqyosida qazib chiqarish ekspertlar hisobi bo‘yicha 160—180 mlrd. t kon massasini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd. t yoqilg‘i, 570 mln. t qora metall rudasi, 170 mln. t rangli metall rudasi, 620 mln. t industrial mineral xomashyo qazib olinmoqda. Biroq zamonaviy texnika va texnologiya qazib olingan kon massasining atigi 3—5 % idangina foydalanishni ta’minlamoqda, xolos. Qolgan 95—97 % i sanoat chiqindisi hisoblanadi.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, mudofaa quvvati va mustaqilligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi konchilik sanoati bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o‘rinlarda turadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular yuqori sur’atlarda rivojlanib bormoqda:

  • yoqilg‘i qazib chiqarish (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz, uran);

  • rangli metallurgiya (oltin, kumush, mis, rux, qo‘rg‘oshin, volfram va boshqalar);

  • kon-kimyo xomashyosi qazib chiqarish (appatit, fosforit va turli mineral tuzlar);

  • tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit, mar- mar, tuf, ohaktosh, shag‘al, qum, soz tuproq va boshqalar).

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan. Ulardan 850 dan ko‘prog‘i to‘la tekshiruvdan o‘tgan va 400 ga yaqini foydalanishga topshirilgan. Biroq shuni aytish kerakki, ishlayotgan konlarning qariyb 80—85% i tabiiy qurilish materiallari konlariga to‘g‘ri keladi. Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarning ishlab chiqa- rish quvvati juda past bo‘lib, kon massasi bo‘yicha unumdorligi 25—50 ming tonna (yoki kub metr)ni tashkil qiladi. Shuningdek, o‘rta va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan konchilik korxonalari ham respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metal- lurgiya kombinati, O‘zbekiston «Ko‘mir» aksionerlik jamiyati hamda ko‘plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo‘la oladi.
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o‘ziga xos murakkab va xavfli xususiyatlari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardir:

  • foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish atrof-muhitga bevo- sita ta’sir ko‘rsatib, qator ekologik muammolarning kelib chiqi- shiga sabab bo‘ladi;

— ish joylarining doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo‘yadi;

  • qazish ishlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida geologik sharoitlarning murakkablashib borishi, gazodinamik hodisalarning sodir bo‘lish ehtimolligi, shaxta (rudnik) atmos- ferasi haroratining ko‘tarilishi kabi omillar.

Kon ishlarining rivojlanishi ming yillik tarixga ega bo‘lsa-da, kon ishlari va metallshunoslikka oid bilimlar faqat 1556- yildagina buyuk olim G. Agrikoli tomonidan tartibga keltirildi va «Kon ishlari va metallurgiya haqida XII kitob» nomi bilan lotin tilida Bazelda chop etildi.
Minerallarning hosil bo‘lishi, kon ishlarini olib borish usul- lari, rudniklarni shamollatish to‘g‘risidagi ilmiy asoslar M. D. Lo- monosovning asarlarida batafsil bayon etilgan (1745—1763- yillar).
XX asrda konchilik ishlari jadal rivojlana boshladi. Bunda rus olimlari professor B. I. Bokiy, akademik A. M. Terpigorov, akademik L. D. Shevyakov, akademik A. A. Skochinskiy va boshqa mutaxassislarning xizmatlari kattadir. XX asrning ikkinchi yarmida esa konchilik sanoati sobiq ittifoq tarkibiga kiruvchi RSFSR, Ukraina va O‘rta Osiyo respublikalarida yanada jadal- roq sur’atlarda rivojlandi. Bunda rus olimlari N. V. Melnikov, M. N. Agashkov, A. S. Burchakov, V. V. Rjevskiy hamda o‘zbek olimlaridan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi V. R. Rahimov, professor B. R. Raimjonov, professor F. M. Mav- lonova va boshqa olimlarning xizmatlari alohida o‘rin tutadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda yaqindan yordam bergan kon-metallurgiya fakulteti katta o‘qituvchilari D. R. Mah­mudov, L. T. Aripova va muhandis S. T. Usmonovalarga o‘z min- natdorchiligimizni bildiramiz.


  1. Download 1.82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling