O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Download 1.11 Mb.
bet1/16
Sana31.05.2020
Hajmi1.11 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI OLIY VA O'RTA TIBBIY TA'LIM BO'YICHA O'QUV-USLUBIY

IDORASI
M.X. MUXTOROV, I.K. QAHHOROV


REANIMATSIYA ASOSLARI

Tibbiyot kollejlari uchun о 'quv qo 'llanma

P.F. Borovskiy nomli tibbiyot koileji

AXBOROT-RESURS MARKAZI

TOSHKENT - „ILM ZIYO" - 2005



faqrizchilar: O.Sh. Eshonov - Buxoro tibbiyot instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kursi rahbari, t.f.n., dotsent;

I.P. Primbetova — 1-Respublika tibbiyot kolleji Oliy toifali metodisti;

M.A. Hamedova — Jarrohlik va reanimatsiya asoslari fani Oliy icifali o'qituvchisi.

Ushbu qo'llanma tibbiyot kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, to'qqizta bobdan iborat.

Kitobda reanimatologiya asoslari, uning vazifalari, kechiktirib bo'lmaydigan yordam va reanimatsiya talab etuvchi holatlar, ularni keltirib chiqaruvchi kasallik sabablari, belgilari va bosqichlari bo'yicha nazariy bilimlar hamda davolash va parvarishlash paytida hamshiraning vazifalari haqidagi mavzular yoritilgan.

ISBN 5-8244-1562-3

© „Ilm Ziyo" nashriyot uyi, 2005- y.

SO'ZBOSHI

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalq xo'jaligining barcha jabhalarida, shu jumladan, ta'lim va tibbiyot sohalarida ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", „Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi", „Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi qonunlarning qabul qilinishi ta'lim va tibbiyot tizimi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.

„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 2-bosqichi ta'lim tizimining barcha sohalari qatori o'rta maxsus ta'lim muassasalari oldida qator muhim vazifalarni qo'ydi. Bu kadrlarni har tomonlama yetuk, malakali mutaxassislar qilib tayyorlashdan iborat bo'lib, asosiy e'tibor ham shunga qaratilgan. Yuqori malakali o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlarini tayyorlashda o'quvchilarning ta'lim stan-dartlarida ko'zda tutilgan nazariy bilimlarni mustaqil o'rganishlarini tashkil etish hamda ularni zarur o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Ushbu o'quv qo'llanmada reanimatsiya asoslari bo'yicha amaldagi yangi o'quv dasturida ko'zda tutilgan nazariy bilimlarga oid, shuningdek, tomirlar ichida qonning ivishi, uzoq bosilib qolish sindromi kabi muhim mavzular ham ma'lum izchillikda yoritilgan.

Hamshiralik jarayonining ilmiy asoslarini batafsil o'rganish, har bir muayyan shifoxona sharoitiga mos keluvchi tashkiliy yechimlarni topish dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Qo'llanmada bunga erishish maqsadida bemorning hamshira parvarishi vositasida to'liq qondirilishi lozim bo'lgan barcha tibbiy-sanitar ehtiyojlarini inobatga olish, undan kelib chiqqan holda davolash va parvarishlash usullarining rejasini tuzish va nihoyat shu parvarishlash natijalarini baholash mezonlari keltirilgan.

Qo'llanma tibbiyot kollejlari o'qituvchi va talabalari uchun mo'ljallangan bo'lsa-da, undan davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

Qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

I bob

REANIMATSIYANING RIVOJLANISH TARIXI. TERMINAL HOLATLAR

Anesteziologiya meditsinaning og'riqsizlantirish usullari va vositalari bilan, reanimatologiya esa meditsinaning reanimatsiya qilish, ya'ni klinik o'lim davrida organizmni tiriltirish — qayta jonlantirish bilan shug'ullanadigan bo'limidir.

Anesteziologiya va reanimatsiya sohalarining rivojlanishini bir necha davrga bo'lish mumkin:



  • b i r i n с h i davr — eramizdan oldingi va keyingi yillarni o'z ichiga olib, tibbiyotda og'riqsizlantirish usullari qo'llanilgan;

  • ikkinchi davr — 1842—1947-yillarni o'z ichiga oladi.
    Bu davrda hayotning tugashi va organizmning so'ngan funksiyalarini hayotga qaytarish bilan bog'liq bo'lgan nazariy bilimlar shakllana boshlagan. Bu davr turli mamlakatlarda turlicha rivojlangan;

  • uchinchi — ilmiy-amaliy ishlarbilan shug'ullanish davri, ya'ni bu davrda ishlar fanga asoslangan holda amalga oshirilgan.
    Bu davrda organizmni faqatgina og'riqsizlantirish emas, kezi kelganda bemor organizmini har qanday jarohat va og'riq natijasida sodir bo'ladigan asoratlardan, noxush holatlardan saqlash ishlari bajarilgan. Bu davrda anesteziologiya xizmatiga zarur vaziyatlarda bemor hayotini saqlash, hayot uchun zarur bo'lgan organizm a'zolari ishini boshqarish kabi vazifalar yuklandi, boshqacha qilib ifodalaganda, anesteziologiya-reanimatologiya xizmati jadal davolash deb ataladigan ilmiy-amaliy sohaning paydo bo'lishiga olib keldi.
    Ana shu davrdan boshlab narkoz va mahalliy og'riqsizlantirish to'g'risida yetarli tajribaga ega bo'lindi. 1957—1966-yillarda
    anesteziologiya-reanimatologiya xizmati rivojlanib, shakllandi va tibbiyotda o'z o'rnini aniqlab oldi. Oxirgi o'n yillar ichida bu soha alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Mamlakatda anesteziolog-reanimatologlar jamiyati paydo bo'ldi. 1966-yildan boshlab Sobiq Ittifoqda anesteziologiya-reanimatologiya sohasi ilmiy asosda rivojlanib, tabobat sohasida amaliyotda keng qo'llana boshlandi. Anesteziologiya-reanimatologiya xizmatining rivojlanishi shahar va viloyat markazlarida ilmiy tekshirish institutlari, bo'lim va laboratoriyalar ochilishi bilan boshlandi. Bu soha ilmiy asosda rivojlanishi bilan bir qatorda amaliyotda keng qo'llanila boshlandi va kechiktirib bo'lmaydigan xizmatni tashkil qilish maqsadida joylarda kecha-yu kunduz xizmat qiladigan anesteziolog-reanimatologlar navbatchiligini tashkil qilish yo'lga qo'yildi. Malakani oshirish oliygohlarida mustaqil kafedralar ochilib anesteziolog-reanimatolog shifokorlar, anesteziologiya va reanimatologiya bo'limlari uchun hamshiralar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Bo'limlarda tibbiyot xodimlari uchun yangi tartib va qoidalar ishlab chiqildi. 1970-yillarga kelib anesteziologiya va reanimatsiya xizmati birlashib, keng va ko'p qismga ega bo'lgan kasalxonalarda anesteziologiya va reanimatsiya bo'limlari ochildi. Kasalxonalardagi boshqa bo'limlardan og'ir kasallar shu bo'limga yig'ilib, kechiktirib bo'lmaydigan yordamni zudlik bilan ko'rsatishda ancha qulayliklar yaratildi, terminal tushgan bemorda o'limning oldi olinishida muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Og'ir va terminal holatlarda sifatli va o'z vaqtida yordam ko'rsatishning eng asosiy yo'llaridan biri kadrlardan to'g'ri foydalanish, ularni o'z joyiga qo'yish, asbob-anjomlardan to'g'ri foydalanish hamda bo'lim xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir. 1970-yildan boshlab anesteziologiya-reammatologiya xizmati rivojlanishi bilan bir qatorda xizmat sohasi mustahkamlana boshladi, soha xodimlari yetarli darajada bilim va tajribaga ega bo'lishdi, davolash maskanlarida bemorlarga alohida shakllangan xizmat ko'rsatila boshlandi.

1.1. O'zbekistonda anesteziologiya-reammatologiya xizmatining tashkil etilishi va rivojlanishi

Respublikamizda anesteziologiya-reanimatologiya xizmati 1966-yildan boshlab rivojlana boshladi, ya'ni shifokorlar malakasini oshirish oliygohida anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash kursi ochildi. Keyinchalik oliygohga qarashli birinchi shahar klinikasida anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi tashkil etildi (1970). Unga professor A.S.Zarzar boshchilik qilib, kafedra yosh mutaxassis-larni aspirantura va klinik ordinaturaga qabul qila boshladi. Hozirgi vaqtda respublikamiz klinika va kafedralarida shu soha bo'yicha 40 dan ortiq professor, 8 ta tibbiyot fanlari doktorlari, 60 ga yaqin tibbiyot fanlari nomzodlari xizmat qilib kelmoqdalar. Anesteziolog-reanimatologlar soni respublikamiz bo'yicha 2003-yil hisobiga qaraganda 2006 ta bo'lib, respublikamizdagi umumiy shifokorlar sonining 3,8 %ini tashkil qiladi. Ko'pchilik anesteziolog-reanimatologlar jadal davolash bo'limlarida yoki reanimatolog bo'lib ishlamoqdalar.

Anesteziologiya-reanimatologiya xizmati uch bosqichda boshqariladi:


  • O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligidagi bosh mutaxassis — bosh anesteziolog-reanimatolog;

  • viloyatlardagi bosh mutaxassis;

— tumanlardagi bosh mutaxassislar.
Respublikamizning hamma viloyatlarida, tuman kasalxonalari va tez tibbiy yordam Markazlarida anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlari mavjud, ayrim kasalxonalarda esa mutaxassisliklar bo'yicha anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlari tashkil etilgan (masalan, tug'uruqxona va bolalar kasalxonalarida, kardiologiya bo'limlarida va h.k.).

Anesteziologiya xizmati faqat og'riqsizlantirish bilan shu-g'ullanadi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash, anesteziya turini aniqlash, operatsiya va boshqa tekshirish muolajalarida organizm ishini sun'iy boshqarish, organizmni operatsiya davomidagi shikastlar, ruhiy toliqishlardan asrash, operatsiya tugagandan so'ng bemorni reanimatsiya xizmatiga (albatta bemor uyg'ongandan so'ng) topshirib, narkoz kartasiga yozib imzo qo'yish bilan chegaralanadi. Bundan keyingi jarayonlar reanimatolog javob-garligiga o'tadi. Ko'pchilik viloyat va tuman Markaziy kasalxona­larida qo'shma reanimatsiya-anesteziologiya va jadal davolash bo'limlari mavjud bo'lib, u yerlarda hozirgi davolash usullari qo'llaniladi. Katta klinik kasalxona va ilmiy tekshirish institutlarida bu xizmatlar alohida ko'rinishda yoki har sohaning o'z reani-matsiyasi masalan, neyroreanimatsiya, kardioreanimatsiya, tok-sikologik reanimatsiya, operatsiyadan keyingi reanimatsiya, bolalar reanimatsiyasi, tug'ruqxonalar reanimatsiyasi va hokazolar bo'lishi mumkin.

Respublikamizdagi katta klinika va markazlarda anesteziologiya xizmati reanimatologiya xizmatidan ajratilgan, buning sababi birinchidan kadrlar, apparatura va ayrim anjomlar yetishmasligi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan mutaxassislarning o'rin almashinib ishlashiga, shu bilan birga universal mutaxassis bo'lishga imkon yaratilishidir. Respublikamizda reanimatsiya—-intensiv davolashda har 10000 aholiga 10,7 ta kasal o'rni to'g'ri keladi. Bemorlarning o'rtacha reanimatsiya bo'limida bo'lishi 3,7 kunni tashkil qiladi, kasal o'rni band bo'lishi bir yilga 293 kunni, kasal o'rni aylanishi 77,9 tani tashkil qiladi. Reanimatsiya bo'limlari bo'yicha o'rtacha o'lim 8,7 %ni tashkil etadi.

Respublikamizda 1992-yil 18-avgustda Sog'liqni saqlash vazirligining 445-sonli "O'zbekiston Respublikasi xalqiga anes-teziologiya-reanimatsiya xizmatini kelajakda takomillashtirish va yaxshilash choralari to'g'risida" qabul qilgan qaroriga muvofiq shu soha xizmati takomillashtirib borilmoqda. Bu ikkala sohaning rivojlanishi, ko'rsatiladigan xizmatlar yoki boshqa o'xshashliklarini hisobga olib, anesteziologiya va reanimatsiya emas, balki anesteziologiya-reanimatologiya xizmati deb, bu soha shifokorlarini esa anesteziolog-reanimatologlar deb atashga kelishildi.

1999-yilda Respublika anesteziolog-reanimatologlarining I syezdi bo'lib o'tdi, Respublika anesteziolog va reanimatologlari assotsiatsiyasi tashkil etildi, bu tashkilot Yevropa va Jahon anesteziolog-reanimatologlar tashkilotiga kiritildi. O'zbekistonda anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash va o'qitish bo'yicha Yevropa regional fondining ochilishi, respublikamizda aneste­ziologiya-reanimatologiya xizmati rivojlanishiga turtki bo'ladi. 2001— 2003-yillarda respublikamizga 250 dan ortiq narkoz, sun'iy nafas berish apparatlari va boshqa diagnostik davolash asbob-uskunalari keltirildi, katta klinikalarda narkoz uchun laringial maskalar qo'llanila boshlandi.

2003-yil Buxoro shahrida O'zbekiston Respublikasi anes-teziolog-reanimatologlarining П syezdi bo'lib o'tdi, unda Rossiya va Hamdo'stlik davlatlaridan delegatlar qatnashib, anesteziologiya-reanimatologiya xizmatidagi yutuqlar, qilingan ishlar, kelajakda bajarilishi kerak bo'lgan muammolar haqida kelishib olindi. Respublikamizda bu soha xizmatining to'xtamasdan rivojlanib borishi qayd qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining „O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to'g'risida"gi 1998-yil 10-noyabr PF-2107 sonli Farmoni aneste-ziologiya-reanimatologiya xizmatini ham isloh qilishni chetda qol-dirmadi. Isloh qilishning Davlat dasturida eng ahamiyatlisi respub-likada tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va oshirishga imkon bergan shoshilinch tibbiy yordamning mukammal tizimini barpo etishdir.

Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturida belgilangan vazifalarni joriy etish, jumladan, tibbiy yordam sifatini oshirish masalalarida tibbiyot kadrlarini tayyorlash Dasturlan ham qayta ko'rib chiqildi. Uzluksiz tibbiy ta'lim va uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillari joriy etildi.

Islohotning muvaffaqiyatli joriy etilgani — birinchi bosqichi, islohotning ikkinchi bosqichi — aholiga turli sohalar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatish va ixtisoslashgan yordam sifatini yaxshilaydigan yuqori texnologiyaga ega respublika ixtisoslashgan markazlarini shakllantirishga zamin yaratdi. Ochilgan markaz va klinikalarda kechiktirib bo'lmaydigan yordam ko'rsatishda reanimato-logiya xizmatining alohida o'rni borligi haqida ko'rsatib o'tildi.

1.2. Reanimatsiyada hamshiralik ishi

Tibbiyotning boshqa sohalari kabi reanimatsiya sohasida ham hamshiraning alohida o'rni bor. 1999—2000-yillardan boshlab tibbiyot institutlarida oliy ma'lumotli hamshiralar tayyorlana boshlandi. Bunday hamshiralar tayyorlashdan maqsad respub­lika, viloyat va tumanlarda tashkil etilgan shoshilinch tibbiy yordam markazlari yoki boshqa maxsus tibbiyot muassasalarini yuqori malakali hamshiralar bilan ta'minlashdir. Respublikamizga „hamshiralik ishi" tushunchasi 1995-yildan boshlab kirib keldi. Avval hamshira ishiga shifokor ko'rsatmasini bajaruvchi oddiy bir ijrochi sifatida qaralar edi. Hamshiralik ishiga o'qigan hamshiralar har tomonlama o'z ishining ustasi, asoratlar natijasini oldindan biladigan yoki sezadigan, keng dunyoqarashli va muolajalarni aql-idrok bilan bajaradigan bo'lishi kerak. Tibbiyotning qaysi sohasida ishlamasin yuqori malakali hamshira yordamini ko'rsata bilishi kerak, chunki ko'pchilik bemorlar birlamchi tashxisdan emas, ikkilamchi tashxisdan yoki kasallikdan yoxud uni noto'g'ri parvarish qilish oqibatida kelib chiqadigan asoratlardan o'lishlari mumkin.

Yuqori malakali, yangi tibbiyot texnikasi bilan mukammal ishlay oladigan, bemorlarning ahvoliga baho berib, kasallik belgilari asosida hamshira tashxisi qo'yadigan, bemor muammosi bo'yicha mustaqil reja tuzib ishlay oladigan hamshiralarni tayyorlash shu kunning talabiga aylanmoqda.

Jahon Sog'liqni saqlash tizimida hamshiralik ishi alohida o'ringa ega. Bu tashkilotning „LEMON" dasturi bo'yicha hamshiralarni tayyorlash borasida katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Kelajakda umumiy hamshiralar KSHP (kichik-shifokorlik punktlari) va boshqa tibbiyot muassasalarida barcha muolajalarni o'zlari bajara olishlari zarur.

„LEMON" dasturi hamshiralik ishi o'quv materiallari tibbiyot hamshiralari, akusherlar va boshqa o'rta tibbiyot xodimlarining kamchiliklarini yo'qotishga, bilimini to'ldirishga yordam beradi. Insonlarning bir-biri bilan muloqotda muloqot munosabatlari murakkab jarayon bo'lib, hamshiralik ishi uchun alohida ahamiyati bor, chunki hamshiralik kasbi alohida mas'uliyatni, insonlarga e'tiborni, muloqot munosabatlarida esa yuksak ma'naviyatni talab qiladi. Hamshiralik ishida hushmuomalalik g'oyat muhim omil hisoblanadi.

Muloqot insonparvarlikni o'zida mujassam etgan hamshiralik ishining yoki parvarishining asosidir. Insonni tushunish va u bilan muloqotda boiish uchun o'sha insonning hurmatini va ishonchini qozonish kerak.

Bemor bilan suhbat paytida bemorlarga o'zi haqida gapirishiga imkon berish, barcha diqqat-e'tiborni kasalga qaratish, turli savollar berib va ularni sharhlab uning gapini to'xtatib qo'ymaslik kerak. Bemor butun e'tiborini gapirayotgan yoki tinglayotgan kishiga qaratadi. Gapirayotgan bemordan ko'z uzmaslik, unga ochiq chehia bilan qarab o'tirish lozim.

Olimlarning fikricha hamshiralik ishi yoki jarayoni asosida xolizm tamoyillari, ya'ni bemorga nisbatan uning oilasining jismoniy, ruhiy, hissiy, aqliy, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarini hisobga olish yotadi. Hamshiralik jarayoni quyidagi bosqichlarni o'tadi: tekshirish, rejalashtirish, amalga oshirish va baholashdan iborat bo'lib, keyinchalik unga yana bir bosqich — hamshira tashxisi bosqichi qo'shildi. Bosqichlar quyidagilardan iborat.



Birinchi bosqich — bemorlarni tekshirish. Bosqichning maqsadi bemorning ahvolini baholash, buning uchun bemordan axborot olish, ya'ni obyektiv va subyektiv ma'lumotlar to'plash. Agar bemor hushsiz bo'lsa (o'zi to'g'risida gapira olmasa), ma'lu­motlar bemorning qarindoshlaridan yoki boshqa tibbiyot xodim-laridan olinadi. Ma'lumotlar kasallik tarixiga yozib qo'yiladi.

Ikkinchi bosqich — bemorning ehtiyojlari va muam-molaridan kelib chiqqan holda bemor ahvolini tashxislash. Bosqichning maqsadi: bemorda kasallik kelib chiqishiga sabab bo'lgan, mavjud va eng muhim muammolarni aniqlash va shu muammolarni keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabablarni o'rganish, muammolarni yengishda kasalning irodasi va organizmini, imkoniyatlarini belgilab olish. Muhim muammolar deb, hozircha mavjud boimagan, ammo vaqt o'tishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar tushuniladi. Masalan, bemor uzoq vaqt harakat qilmay yotishi oqibatida yotoq yaralar paydo bo'lishi mumkin. Shunday muhim muammoni hamshira oldindan ko'ra bilishi yoki sezishi kerak. Tekshirish natijasida bemorda bir vaqtning o'zida bir necha muammo aniqlanishi mumkin, bunday holatlarda hamshira muammolar yoki asoratlarning qaysi bin kasal hayotiga xavf solishi yoki ahvolini og'irlashtirishi mumkinligini bilib, birlamchi, oraliq va ikkilamchi muammolarni belgilab ish ko'rilishi kerak, chunki xavf soladigan muammolar birlamchi hisoblanib, kechiktirib bo'lmaydigan yordam talab qiladi. Oraliq muammolar uncha xavf tug'dirmaydi, unga hamshira yordami bir-oz kechiksa ham bo'ladi, ikkilamchi muammolaming kasallikka va uning rivojlanishiga bevosita aloqasi bo'lmaydi. Barcha muammolarni aniqlab hamshira tashxis qo'yishga kirishadi. Hamshira tashxisi — hamshiraning klinik mulohazalari bo'lib, bemor muammolaridan kelib chiqqan holda qo'yiladi, shu asosida parvarish rejasi har bir bemor uchun alohida tuziladi. Hamshira tashxisi uch tarkibiy qismdan iborat bo'lib, PES formulasigajamlanadi (Gordon, 1987). Bunda: P—muammo, E—muammoni keltirib chiqargan sabab, S—kasallik belgisi va simptomlaryig'indisi, ya'ni sindromlardir.

Hamshira tashxisini shifokor tashxisidan farqlash:



  1. shifokor tashxisi kasallikni aniqlaydi, hamshira tashxisi esa kasallikka nisbatan ro'y bergan organizm reaksiyasini aniqlashga yo'naltiriladi;

  2. shifokor tashxisi butun kasallikni davolash jarayonida o'zgarmay qolishi mumkin, hamshira tashxisi esa har kuni yoki bir necha bor, organizmning kasallikka nisbatan ko'rsatgan reaksiyasiga qarab, o'zgaraverishi mumkin;

  1. shifokor tashxisi kasallikni shifokorlik amaliyoti darajasida davolashni ko'zda tutadi, hamshira tashxisi esa hamshiralik faoliyatidagi parvarishni nazarda tutadi;

  2. shifokor tashxisi organizmdagi patofiziologik o'zgarishlarga bog'liq ravishda qo'yiladi, hamshira tashxisi esa o'z salomatligi borasidagi mulohazalarga asoslanadi. Hamshira tashxisi hamshiralik parvarishi rejasini tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Uchinchi bosqich — hamshiraparvarishinirejalashtirish. Bosqichning maqsadi parvarish natijalarini belgilab olish va qilinadigan ishlar rejasini tuzish, ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitning mavjudligi. Masalan, uyquning buzilishi:

  1. bemor uyqusini kuzatib borib uyquni buzadigan sabablarni aniqlash;

  2. bemorni kun davomida uyqudan chalg'itish (kechasi yaxshi uxlashi maqsadida);

  1. tarkibida kofein bor oziq-ovqatlarni va ichimUklarni bemorga bermaslik;

  2. bemorni uxlatish uchun tadbirlar qo'llash (vanna qo'llash, sut berish, uqalash) va boshqa mashqlar o'tkazish;

  3. uyqu uchun ma'lum soatlar ajratish va bu jadvalning buzilishiga yo'l qo'ymaslik;

  4. iliq so'zlar, ma'noli, maqsadli gaplar va harakatlar bilan bemor ishonchini qozonish;

h) shifokor tavsiyasiga binoan muolajalarni bajarish.

To'rtinchi bosqich — hamshira parvarishi rejasini amalga oshirish va ularni hujjatlashtirish. Hamshira parvarishi quyidagi turlarga bo'linadi: mustaqil parvarish — hamshira tomonidan o'z kasb hususiyatlariga tayangan holda bajariladi, bunga shifokor aralashmaydi; boshlang'ich parvarish — shifokor ko'rsatmasi va bevosita nazorati ostida bajariladi; hamkorlikdagi parvarishda shifokor, boshqa tibbiyot xodimlari va bemorning qarindoshlari qatnashadi, ammo hamshiraning mas'uliyati yuqori bo'ladi. Parvarishning har bir bosqichi hamshira tomonidan hujjat-lashtirilib, parvarish yoki kuzatuv varaqasiga yozib boriladi.

Beshinchi bosqich — hamshiralik parvarishi natijalarini baholash. Bunda hamshiralik parvarishiga bemorning reaksiyasi baholanadi, ko'rsatilgan yordam va qo'lga kiritilgan natijalar tahlil qilinadi va sifati aniqlanadi. Agar maqsadga erishilsa va muammo hal etilsa, vaqti belgilab qo'yiladi, mabodo maqsadga erishilmasa buning sabablari shifokorlar bilan birga hal qilinib, parvarish rejalariga o'zgartirishlar kiritiladi.

Profilaktik reanimatsiya bemorlarning o'ta og'ir yoki terminal holatga tushib qolishining oldini olish va sabablarini aniqlab chora ko'rishdir. Aytaylik, biror bemor tez yordam mashinasida olib kelindi yoki biror bo'limga reanimatolog maslahatga chaqi-rildi, agar shu bemorda og'irlashish kuzatilsa, tezda chora ko'ril-masa bemor terminal holatga tushib qolishi mumkin, bunday bemorlar reanimatsiya bo'limiga ko'chiriladi (Deryabin, Lionsom Chernyaxovskiy, 1971- yil ).



Davolash reanimatsiyasi reanimatsiyaning davomi bo'lgan jadal davolash. Bunda bemorlarda sodir bo'lgan asoratlar davolanadi, mabodo shu asoratlar davolanmasa yoki reanimatsiya usullari qo'llanilmasa, bemor og'ir yoki terminal holatga tushib qolishi yoki o'lishi mumkin.

Operatsiyadan keyingi reanimatsiya — reanimatsiya davri, bemor narkoz holatidan chiqishi bilan boshlanadi. Bizga ma'lumki narkozdan keyingi holat ikki davrdan iborat, ya'ni oldingi davr (olti soatni o'z ichiga oladi) hamda kechki davr (24 soatni o'z ichiga oladi). Shu davrlarda sodir bo'ladigan asoratlar oldini olish hamshira-anestezist va anesteziolog-reanimatolog javobgarligida bo'ladi.

Qayta tiklash reanimatsiyasi — reanimatsiyadan keyingi davr. Bu davrda og'ir jarohat, terminal va kritik holatlarda hamda reanimatsiya va jadal davolash davomida organizm a'zolarida bo'lgan ayrim asorat hamda o'zgarishlar tiklanadi va davolanadi. Bu davr bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Reanimatsiya va jadal davolash bo'limida ishlaydigan shifokor yoki hamshira bemor organizmi qaysi sababga ko'ra terminal holatga tushgan bo'lishidan qat'iy nazar hayot uchun zarur bo'lgan a'zolar ishini boshqara bilishi kerak.

Jadal davolash deganda bemorni faol davolashgina emas, balki organizmning bir yoki bir necha a'zolari va sistemasining ish faoliyati buzilganda o'sha a'zo funksiyasini vaqtincha sun'iy ravishda boshqarib turish yoki faoliyatini tiklash tushuniladi.

Jadal davolashdan asosiy maqsad: .

— yo'qotilgan holatni tiklash;

— biror a'zo funksiyasini biror usul bilan almashtirib tiklash.

Organizmdagi o'zgarish va buzilishlarni o'z holiga qaytarish uchun quyidagi ishlar bajariladi: sun'iy yoki yordamchi nafas berish; nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash usullarini qo'llash, ya'ni traxeyani intubatsiya qilish, traxeostomiya, mikro-traxeostomiya; yuqori va pastki nafas yo'llarini sanatsiya qilish yoki ularni yuvish; kislorod bilan davolash; bemorni mikroklimatli xonaga joylashtirish; infuzion terapiyani yo'lga qo'yish; dezin-toksikatsiya usullarini qo'llash (organizmdagi hamma o'zgarishlarni hisobga olgan holda); organizmni turli zaharli narsalardan tozalash, ya'ni gemasorbsiya, gemodializ — qonni almashtirish.

Jadal davolashning yana bir usuli sindromli davolashni yoiga qo'yishdir, ya'ni organizm uchun xavf soladigan bir yoki bir necha sindromlarni yo'q qilish va oldini olish.

Navbatdagi usul farmakoterapiya bo'lib, u ko'p qiralli va har tomonlama dori-darmonlarni qo'llashga asoslangan.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling