O`rtа Оsiyo hayvonot dunyosi
Reja:
1.O’rta Osiyo hayvonlarining umumiy tavsifi
2.Chala cho’l hayvonlari
3.Cho’l hayvonlari
4.To’qay va daraxtzor hayvonlari
5.Tog’li o’lkalarning hayvonlari.
Yer sharini zoogeografik rayonlashtirish xaritasiga ko’ra, O’rta Osiyo hududi Palearktika oblastining Markaziy Osiyo kichik oblastida joylashgan. Uning hayvonot dunyosi biz chegaradosh O’rta dengiz, Yevropa, Sibir, Mo’g’uliston, Hindiston va Tibet faunasining vakillarini ko’plab uchratamiz.
O’rta Osiyoda o’ziga xos endemik hayvon turlari ham anchagina. O’lka tabiati turli tuman bo’lganligi uchun uning hududida o’ziga xos turli tuman hayvonlarni uchratish mumkin. Ular o’lkada hududning zonal va regional xususiyatlariga mos tarqalgan.
O’rta Osiyo hayvonlarga boy o’lka: bu yerda hayvon turlari ko’p, ular tekislik va tog’larda yashaydi. O’rta Osiyo hayvonlari asosan, dasht, cho’l va chalacho’l sharoitiga moslashgan bo’lib quruq va issiq yozga, sovuq qishga bardosh bera oladi, ular suvi kam o’simligi oz, qumli, gilli va toshli cho’llarda ham yashaydi. Shu sababli tez harakat qilishga, uzoq muddatli suvsiz yurishga odatlangan. Tog’ hayvonlari maxsus zoogeografik oblastni tashkil etib, vertikal mintaqalarda yashaydi. O’rta Osiyoda uning o’ziga xos endemik hayvon turlari bilan bir qatorda atrofidagi qo’shni o’lkalardan Eron hamda O’rta dengiz bo’yi mamlakatlaridan va Markaziy Osiyodan kirib kelgan hayvonlarning vakillari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |