O’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar


Download 140.81 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi140.81 Kb.
#1011967
  1   2   3   4
Bog'liq
O’rta Osiyoda qadimgi diniy e’tiqodlar


О' ZBEКISTON RESPUBLIКASI
OLIY VA O'RTA МAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ALFRAGANUS UNIVERSITY




Sport faoliyati kafedrasi
"Tanlangan sport nazariyasi va uslubiyati" fanidan FANLAR FARQINI TOPSHIRISH


BIR JOYDA HARAKATSIZ TURGAN, DUMALAB KELAYOTGAN VA HAVODA UCHIB KELAYOTGAN TO'PGA ZARBA BERISH USULINI O'RGATISH
Guruh: __ 21-09 _____


Bajaruvchi talaba: _______________


Qabul qiluvchi о' qituvchi: _______________
ТАSHКЕNТ-2022
HADIS TUSHUNCHASINING MOHIYATI
HADIS (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyatIslom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. H. 2 turga — H. i qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan Hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi:
1) sahih (ishonchli);
2) hasan (yaxshi);
3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz Hadis larini aytardi. Bu H. larni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi Hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin Hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar Hadis lari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
Hijriy 3-a. da Hadis taʼlif etish sohasida «musnad», «sahih», «sunan» deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. «Musnad» yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi Hadislar bir joyda keltirilib, ular Hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging Hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. «Sahih» yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli Hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. «Sunan» yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli Hadislar bilan bir qatorda «zaif» H. lar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy Hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Isʼhoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiyAbu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar Hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon Hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlaramir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima H. lar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan Hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9 — 10-a. boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan Hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Muslim» (q. Muslim ibn Hajjoj), «Sahihi Termiziy», «Sunani Abi Dovud», «Su-nani Ibn Moja», «Sunani Nasoiy». «Sahihi Buxoriy» koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta Hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga Hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» H. lar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. – 1996, 3-j. – 1994, 4-j. – 1992), 2nashri esa 1997-y. da Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning «Sahihi Termiziy» H. lar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-y. Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari «Ming bir hadis» tarjimasi, «Qudsiy hadislar» tarjimasi ham nashr etildi.

Download 140.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling