Oʻrta osiyoda yer-suv islohoti


Download 126.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.03.2020
Hajmi126.44 Kb.

Oʻrta Osiyoda yer-

suv islohoti

Oʻrta osiyoda yer-suv islohoti — Sovet

hokimiyati tomonidan xususiy mulkni

tugatish maqsadida Oʻrta Osiyo va

Qozogʻiston respublikalarida amalga

oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar (1921

—29).


Oʻ.Oʻrta osiyoda yer-suv islohotis.i. 2

bosqichda: 1) 1921—22 yillarda Turkiston



ASSR va Qozogʻiston ASSRda; 2) Oʻrta

Osiyoda milliyhududiy chegaralanish

oʻtkazilgandan soʻng 1925—29 yillarda

amalga oshirilgan.

Sovet jamiyati tomonidan oʻtkazilgan agrar

islohot yangi bosqichining vazifalari

RKP(b)MKning 1920 yil 29 iyul qarori,

Turkiston Kompartiyasining 5sʼyezdi va

Turkiston ASSR sovetlarining 9sʼyezdi

(1920 yil sentyabr) qarorlarida belgilab

berildi. Bu vazifalarni 3 guruhga boʻlish

mumkin: mehnat bilan shugʻullanmaydigan

boyquloq xoʻjaliklarni tugatish va

koʻchmanchi aholini oʻtroq holatga

oʻtkazish; katta yer egaligini yoʻqotib,


yerlarni yersiz va kam yerli dehqonlar,

batraklar, chorakorlar oʻrtasida mehnat

normalari boʻyicha taqsimlash; chor

Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining

ayrim sarqitlarini tugatishga qaratilgan

boʻlib, Stolipin islohotlari davrida

Turkistonga koʻchirilgan kelgindi rus

krestyanlari (dehqonlari) tomonidan

egallab olingan yerlarni tortib olish.

Islohotni amaliy jihatdan roʻyobga

chiqarish 1921 yil bahorida boshlanib,

dastlab u Yettisuv, Sirdaryo, Fargʻona

obl.lari va Qozogʻiston ASSRning Oqmoʻla,

Ural, Semipalatinsk gubernyalarida amalga

oshirildi. Islohot favqulodda tartiblar


shaklida oʻtkazilib, uning asosiy vositasi —

maʼmuriy tazyiq oʻtkazishdan iborat boʻldi.

Vaqf yerlari ham tortib olina boshlandi.

Terrorga uchragan islohot qurbonlari

qattiq qarshilik koʻrsatdilar. Mintaqaning

butun hududi, jumladan Oʻzbekiston SSRda

mulkdor dehqonlarning sovet hokimiyatiga

qarshi koʻplab ommaviy gʻalayonlari va

isyonlari boʻlib oʻtib, ayrim holatlarda u

qoʻzgʻolon darajasiga oʻsib chiqqan.

Islohot qishloqdagi siyosiy vaziyatni jiddiy

ravishda keskinlashtirdi. Islohotning

1bosqichida yer tuzish jamgʻarmasiga 1

722626 desyatina yer qoʻshildi. Ana shu

resurslardan mahalliy aholiga faqat 600

000 desyatina yer (oʻzbek aholisi uchun



atigi 117 512 desyatina yer) ekin ekish va

yaylovlar uchun ajratildi.

Islohotning 2bosqichi birinchisidan farqli

oʻlaroq katta yer egaligini (rasmiy

hujjatlarda quloqtar — mushtumzoʻrlarni)

butunlay cheklash va ularni sinf sifatida

tugatish masalasini qoʻydi. "Agrar

inqilob"ning strategiya va taktikasi

Oʻzbekiston Kompartiyasining 2sʼyezdi

(1925 yil noyabr)da tasdiqlandi. Bu

bosqich OʻzSSR MIKning "Suv va suvni

natsionalizatsiya qilish toʻgʻrisida" va

"Yersuv islohoti toʻgʻrisida" dekretlari (1925

yil 2 dek.) va Turkmaniston SSR MIK va

XKSning 1925 yil 24 sentyabrdagi qarorlari,


Qozogʻiston ASSR va XKS ning 1926 yil 20

maydagi qarorlari bilan boshlandi.

Mazkur bosqichda ham davlatning butun

qudrati "quloqboy unsurlar"ga qarshi

kurashga qaratildi. 1925—29 yillardagi

islohot jarayonida shakllangan kam

quvvatli xoʻjaliklar tortib olingan 474893

desyatina yer fondidan boryoʻgʻi 10%i

olindi, xolos.

Oʻrta Osiyo respublikalarida islohot davrida

6763 ta badavlat odamlar qoʻlidagi mulk

butunlay musodara qilindi, 37759 ta

boyning yerlari keskin kamaytirildi, 415500


desyatina yer 123400 yersiz va kam yerli

dehqonlar oʻrtasida taqsimlandi.

Bu bilan agrar islohot yersuvni tortib

olishni tugallab, qishloq xoʻjaligini davlat

monopoliyasiga olish uchun moddiy

shartsharoitlar yaratdi.

Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob

[Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi

davrida], T., 2000; Turkestan v nachale

XX veka: k istorii istokov natsionalnoy

nezavisimosti, T., 2000: Rajabov Q.,

Haydarov M ., Turkiston tarixi (1917—

1924 yil), T., 2002; Shamsutdinov R.,

Adabiyot


Qishloq fojiasi: jamoalashtirish,

quloklashtirish, surgun, T., 2003.

Qahramon Rajabov, Soyibjon Tillaboyev.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

 

 



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

  Last edited 2 years ago by Nataeva  

 

 



Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index.



php?title=O rta_Osiyoda_yer-

suv_islohoti&oldid=2012260

" dan 

olindi 


Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Download 126.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling