ORTOMIKSOVIRUSLAR - U.Smit, K.Endryus va G.Leydloular gripp bilan og‘rigan Vilson Smit degan bemordan A virusni (1933) T.Frensis va T.Mejill V virusni (1940),
- R.Teylor S gripp virusini (1947) kashf qildilar.Gripp viruslarining tasnifini tuzish ancha murakkab, chunki ular antigen tuzilishini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turadi. Ularning A, A1, A2, V va S turlari ma’lum. JSST tasnifiga binoan (1980) odamlar va hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi A viruslar gemagglyutinini bo‘yicha 13 ta (N1-N13) va neyraminidazasiga ko‘ra 10 ta (N1-N10) kenja tiplarga bo‘linadi. SHulardan odamlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi A virus tarkibiga 3 ta gemagglyutinin (N1, N2 va N3) va ikkita neyraminidaza (N1 va N2) kiradi. Gripp V va S viruslarining antigenlari deyarli o‘zgarmaydi.
- Morfologiyasi. Gripp viruslari yumaloq yoki tuxum shaklida bo‘lib, o‘lchami 80–120 nm(slayda). Virusning tashqi glikoproteid qobig‘ida gemagglyutinin va neyraminidaza tikansimon o‘simtalari bor. Ularning o‘lchami 10 nm, nukleokapsid spiral simmetriya ko‘rinishida bo‘lib, ribonukleoprotein (RNP) zanjiridan iborat juft spiral holatda joylashgan. Gripp bilan RNK-polimeraza va endonukleaza (R1 va R3) birikkan. Virionning o‘zagi M-oqsildan tashkil topgan parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu oqsil o‘z navbatida RNP ni tashqi qobig‘i va gemmaglyutinin, neyraminidazadan iborat tikansimon o‘simtalar bilan bog‘laydi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat, u virus massasining 1–2% ni tashkil etadi. Virion 50–70% oqsildan, 24–37% lipiddan, 5–9% uglevoddan tashkil topgan. Lipid va uglevodlar tashqi qobig‘idagi lipoprotein va glikoproteidlar tarkibiga ham kirib, ular virus shikastlagan hujayra komponentlaridan hosil bo‘ladi
Antigenligi - . Gripp viruslarining barcha turlari bir-biridan virionning tuzilishini turg‘unlashtiruvchi M-matriks va RNP (oqsil NP) ga bog‘liq tipmaxsus antigeni bilan farq qiladi. Bu antigenlarni KBR bilan aniqlash mumkin. Jumladan, A turining o‘zida antigen xususiyatiga qarab A(N, N), A (N3 N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Gripp virusining A turi o‘ta maxsusligini yuzaki joylashgan gemagglyutinin N va neyraminidaza N antigenlari belgilaydi. Gemagglyutininlar murakkab glikoprotein bo‘lib, himoya qilish (protektiv) xususiyatga ega.
Ko‘paytirish va reproduksiyasi - Gripp viruslari tovuq embrionining amniotik va allantois bo‘shliqlarida, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida yaxshi ko‘payadi, natijada hujayraga virusning kuchsiz patogen ta’siri kuzatiladi. Gripp viruslari epitelial hujayralarning glikoprotein retseptorlariga birikadi, retseptor endotsitoz yo‘l bilan hujayraga kiradi. Hujayra yadrosida virus genomining transkripsiya va replikatsiyasi amalga oshadi. Bunda RNK fermentlari aRNK sifatida ribosomalarga uzatiladi va u erda virusga xos oqsillar sintez qilinadi. Virus hujayradan kurtaklanish yo‘li bilan chiqib ketadi
CHidamliligi. - Gripp viruslari sovuqda tirik saqlanib qoladi. Past haroratda, ayniqsa havo harorati 00S dan past bo‘lganda virus uzoq saqlanadi. Ammo qizdirilganda, tik tushadigan quyosh nuri, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tezda nobud bo‘ladi; ishqor va nordon muhitlarga ham ta’sirchan. Glitserinda 3 oy davomida faolligini yo‘qotmaydi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. - Pandemiya vaqtida gripp viruslarini cho‘chqa, it, ot, sigir, uy va yovvoyi qushlardan ajratib olingan. Odamlar orasida gripp tarqalgan vaqtda xayvonlar organizmida virus maxsus antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Balkim, hayvon va qushlar gripp virusining tabiatda aylanib yurishida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi - . Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yo‘talganida, gaplashganida virus zarrachalari so‘lak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Gripp nihoyatda yuqumli, shu sababli epidemiya va pandemiya shaklida tarqaladi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar ham, keksalar ham) bu kasallikka moyil.
Davosi va profilaktikasi. - Bemorni davolashda organizmdagi virus reproduksiyasini to‘xtatish va intoksikatsiyani kamaytirish choralari ko‘riladi. Kasallikning boshlanishida bemorga grippga qarshi immunomodulin, interferon beriladi. Kimyoviy moddalardan remantadin yaxshi natija beradi, ammo u faqat A turdagi gripp virusining reproduksiyasini to‘xtatadi. Kasallik og‘ir kechganda ikkilamchi infeksiyalarning oldini olish uchun antibiotiklar yoki sulfanilamid preparatlar qo‘llaniladi.
Odamlarda paragripp qo‘zg‘atuvchi virus - Paragripp virusini birinchi marta R.CHanok 1956 yili AQSH da grippga o‘xshash kasallik bilan og‘rigan bolaning burun-halqum suyuqligidan ajratib olgan, u Paramyxovirus turkumiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |