Orziqulov rejabboy anvarbekovichning


Download 80.5 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi80.5 Kb.
#157727
Bog'liq
Dars ishlanma 8-sinf geografiya



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI XALQ TALIMI BOSHQARMASI
CHORTOQ TUMAN XALQ TALIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TAMINLASH VA TASHKIL ETISH

BOLIMIGA QARASHLI
11-SONLI UMUMIY ORTA TALIM MAKTABI

G
ORZIQULOV REJABBOY ANVARBEKOVICHNING
EOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI

8-sinf geografiya fanidan

“Navoiy viloyati” mavzusida yozgan 1 soatlik



CHORTOQ
Ushbu metodik tavsiya Сhortoq tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi Geografiya fani o’qituvchisi R.Orziqulov tomonidan tayyorlangan bo’lib, bu dars ishlanmasidan barcha geografiya fani o’qituvchilari foydalanishi mumkin

Muallif: Сhortoq tumandagi 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi geografiya fani o’qituvchisi R.Orziqulov.

Taqrizchilar: ТХТМFMT va TEBning tabiiy fanlar uslubchisi

I. Abdurahimova

Mazkur dars ishlanma Сhortoq tuman xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi xayat kengashining 2016-yil “25-martdagi yigilishida muxokama qilinib 7/1- sonli qarori bilan ommalashtirildi.
Mavzu: Navoiy viloyati.

Darsning maqsadi: o’quvchilarda mavzuga doir bilimlar berish, DST asosida malaka va ko’nikma hosil qilish. Kasb-hunarga yo’naltirish

a)Ta`limiy maqsad: Navoiy viloyati haqida

b)Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida ekologik tarbiya berish, Vatanga bo’lgan muhabbatlarini oshirish;

d)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini kengaytirirish. Og’zaki nutqini rivojlantirish, kasb-hunarga yo’naltirish

Darsning turi: Yangi materialni o’zlashtiruvchi dars.

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;

Darsning usuli: Noan’anaviy usullar

Darsning jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, globus, Dunyoning siyosiy va tabiiy xaritasi, plakat,A-3 formatdagi qog`oz, marker, skotch, yelim, o`quv qurollari;

texnik vositalari: kompyuter, Internet ulanishi uchun telefon tarmog`i yoki USB-modem, televideoproyektor,

Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,

Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”



Darsning blok-sxemasi:

Tashkiliy qism

3 daqiqa

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

Yangi mavzuni o’rganish

15 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O’quvchilarni baholash

3 daqiqa

Uyga vazifani e’lon qilish

2 daqiqa



Darsning borishi

I. Tashkiliy qism

A) Salomlashish, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi, davomatni aniqlash, o’quvchilar diqqat e’tiborini darsga to’la jalb etish, darsda amal qilinadigan qoidalarni eslatish, o’quvchilarda darsga qiziqish uyg’otish, faollashtirish, o’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish,o’quvchilarni guruhlarga ajratib olish:

B)ma’naviyat daqiqasi: 2016-yil- “Sog’lom ona va bola” yili, prezidentimiz I.A. Karimovning asarlarini o’rganish.

C)siyosiy bilimlar: dunyo va yurtimizda bo’layotgan voqealar va yangiliklar;

O’qituvchi: -Bugun o’tiladigan dars avvalgi darslardan farq qiladi. Bu darsimizda kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish metodidan foydalanamiz. Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik aqliy mehnatiga ijobiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, Har bir o’quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat xissini shakllantirishni ko’zda tutadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan o’quvchilarni hamkorlikda o’qitilishini guruhlarda o’qitish metodidan foydalanib o’tamiz.

-buning uchun o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib olinadi:

Guruh sardorlari saylab olinadi. Sardorlar guruhlarga qo’yilgan nomlarni izohlab beradilar.

I guruh “Andijon

II guruh “Namangan

III guruh “Buxoro

Guruhlar quyidagi shartlar bo’yicha bellashadilar.

a) aqliy hujum:

b) “Uchinchisi ortiqcha” o’yini

c) Tezkor savol-javob

d)Sardorlar bahsi;(agar guruhlar natijalari teng bo’lsa)

II.O'tgan mavzu yuzasidan topshiriqlar asosida o 'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash.

I guruh “Andijon

1.Buxoro viloyati mamlakatimiz maydonining necha foizini egallaydi?

2.Buxoro viloyatida mamlakatimiz aholisining necha foizi yashaydi?

3.Buxoro-Navoiy iqtisodiy geografik rayoni qaysi viloyatlar hududidan iborat?

4.Buxoro-Navoiy iqtisodiy geografik rayonida yanvar oyining o’rtacha harorati (shimolda) necha 0C?

5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy geografik rayonida yanvar oyining o’rtacha harorati (janubda) necha 0C?



II guruh “Namangan

1.Buxoro-Navoiy iqtisodiy geografik rayonida yillik o’rtacha harorati necha 0C?

2.Qorovulbozor shahrida yirik neftni qayta ishlash zavodi nechanchi yil ishga tushirildi?

3.Buxoro viloyatida “Sharq” tezyurar poyezdi nechanchi yil ishga tushirildi?

4.“Sharq” tezyurar poyezdini ishga tushirilishi viloyatni poytaxt bilan bog’lash vaqtini necha soatgacha qisqartirdi?

5.“Buxoro madaniy markazi” majmuasi necha gektardan iborat?



III guruh “Buxoro

1.“Buxoro madaniy markazi” majmuasi nechanchi yil tashkil etilgan?

2.1996-yildan qaysi davlatda ishlab chiqarilgan telefon stansiyasi ishga tushurildi?

3. Gaz koni negizida qaysi shahar barpo etildi?

4. “Ko’hna va boqiy Buxoro monumenti” balandligi necha metrni tashkil etadi?

5. “Marmar” qurilish materiallari korxonasi qaysi horijiy davlat bilan hamkorlikda ishga tushirilgan?


III. Yangi mavzu Yangi mavzuni guruh a’zolari navbatdan gapirib beradilar. O’qituvchi yangi mavzuni to’ldiradi. Savol –javob tarzida yangi mavzuni o’zlashtiriladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash



Quyidagu jadvaldan o’quvchilar Navoiy viloyatiga tegishli bo’lmagan shaharlar, tarixiy yodgorliklar, chegaralari, qishloq xo’jalik va sanoatining tarmoqlarining chiqarib tashlashlari kerak bo’ladi.(quyidagi savollar har bir guruhlar uchun alohida beriladi)

Uchinchisi ortiqcha” o’yini



1

Maydoni eng katta

Eng sersuv

Eng kenja

2

Ipakchilik

Donchilik

Paxtachilik

3

Uchquduq

Zarafshon

Kogon

4

Elektroenergetika

Rangli metallurgiya

Avtomobilsozlik

5

Jizzah

Buxoro

Andijon

6

Toshkent

Quyi Amudaryo

Qashqadaryo

7

Pedagogika instituti

Tibbiyot instituti

Konchilar institute

8

Elektro-kimyo kombinati

Sement zavodi

Temir-beton buyumlar kombinati

9

Toshmasjid

Rabot Malik

Ko’ksaroy.

10

Qosimshayx

Go’ri Amir

Ko’kgumbaz

Bu shartda har bir guruhga uchtadan savollar beriladi

Tezkor savol-javob



1-variant

  1. Tomdi tumanida nechta qorako’lchilik xo’jaligi bor?10 ta

  2. Viloyat qaysi davlat bilan chegaradosh? Qozog’iston

  3. Navoiy nechta viloyatlar bilan chegaradosh? 4 ta

2-variant

1.Mamlakatimizda tayyorlanayotgan sement mahsulotlarining asosiy qismi qaysi sement zavodida ishlab chiqailadi? Navoiy

2.Viloyatda investitsiya loyihasi bo’yicha nechta ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi? 19 ta

3.Viloyatda nechta oliy ta’lim muassasasi bor? 2 ta



3-variant

1.Viloyatda nechta umumta’lim maktablar bor? 380 ta

2.Navoiy viloyati markazi qaysi shahar? Navoiy

3.Zarafshon shahri nechanchi yil tashkil etildi? 1972 yil



O`qituvchi o`quvchilardan o`tilgan yangi mavzu yuzasidan qay darajada ma`lumotlarga ega ekanliklari quyidagicha so`raladi:

  • Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?

  • Nimalarni o`rgandingiz?

  • Nimalar Siz uchun yangilik bo`ldi?

  • Yana nimalarni bilishni istar edingiz?

Guruhlarni baholash: Dars davomida guruhlar berilgan to’g’ri javoblar uchun Andijon, Namangn, Buxoro viloyatlari shaharlari nomlarini to’plab borishadi. Dars so’ngida to’plangan shaharlar soniga qarab g’olib guruhlar aniqanadi, har bir guruhlardan darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’barlantiriladi.

VI. Uyga vazifa 58 § mavzuni o’qib kelish. Yozuvsiz xaritada Navoiy viloyatining yirik shaharlarini belgilab nomlarini yozing.
Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling