Orziyev Ismoil Islom o’g’li


Download 0.62 Mb.
bet1/5
Sana13.12.2020
Hajmi0.62 Mb.
#165566
  1   2   3   4   5
Bog'liq
malaka ishi 1


Orziyev Ismoil Islom o’g’li

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
Orziyev Ismoil Islom o’g’li

Kompyuter grafikasi mavzularini o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi”

mavzusidagi
MALAKA ISHI
Yo‘nalish (guruh) Informatika va Axborot texnologiyalari 2-guruhi

Tinglovchining ish joyi Pastdarg’om tumani 51-maktab

Kafedra mudiri _____________ ______________________

Imzo

Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Sh.Xujaqulov.



Imzo

Tinglovchi _____________ I.Orziyev



Imzo
Samarqand – 2020-yil,

Reja

1. Kirish.

  1. Kompyuter grafigi tushunchasi

3. Grafik muxarririni haqida tushuncha

4. Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.

5.Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari mavzusida bir soatlik dars ishlanma

6.Test

7. Xulosa

8. Adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Prezident Shavkat Mirziyoev ilm-ma'rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi:

 “Sharq donishmandlari aytganidek,

“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,

Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya,

Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”

Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.

Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.

Yurtimiz “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha 2019-yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali judayam orqadamiz.

Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.

Albatta, “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.

Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi.

Shu bois, “Raqamli iqtisodiyot”ga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi.

Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda ―Kompyuter grafikasi‖ fani har bir soha bilan uzviy bog‘lanib, unga bo‘lgan extiyoj tobora o‘shib borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qo‘llanish ko‘lami juda keng bo‘lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya‘ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ma‘lumki axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta‘sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo‘lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko‘proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma‘lum bir qismi yo‘qotilib xotirada saqlanadi.

Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko‘rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo‘lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‘lib, ularni qaysi sohada qo‘llanilishi bilan bir - biridan farqlanadi.

Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma‘lum bir sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.

Biz o‘rganmoqchi bo‘layotgan dastur Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCAD grafikaviy dasturidir. Autodesk firmasining juda ko‘plab dastur mahsulotlari mavjud bo‘lib (AutoCAD, ArchiCAD, AutoCAD Electrical, 3ds Max, Design Review…), butun dunyoda keng ommalashib ketgan,7

eng so‘ngi texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Firmaning dastur mahsulotlari ichida AutoCAD dasturi muhim o‘rin tutadi. U asosiy bo‘lib, qolgan dasturlar uning asosida yaratilgan hisoblanadi. Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e‘tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o‘rin tutadi degan umiddamiz.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling