Oshkent moliya instituti


Download 30.69 Kb.
bet1/2
Sana12.05.2022
Hajmi30.69 Kb.
#667508
  1   2
Bog'liq
Nusratilloyev Javohirbek Moliyaviy tahlil (3)
Nazorat savollari, Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari, Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari, счетлар режаси-2018, Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari, HISOBVARAQLAR RO, Kurs ishi Biznes moliyasi Uslubbiy qo'llanma, Kurs ishi Biznes moliyasi Uslubbiy qo'llanma, gaznachilik, gaznachilik, istemolchi tanlovi nazariyasi, Korxonalarda innovatsiya Nuriddinova, HBA 60 kurs ishi, Saidov Nodirjon Kurs ishi, Saidov Nodirjon Kurs ishi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

T
OSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Moliya fakulteti

Audit va iqtisodiy tahlil kafedrasi


Moliyaviy tahlil fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Xususiy kapital va uning tahlili.


Ilmiy rahbar: Ismoilova Maxbuba.
.
Bajardi: MM-53 I guruh
talabasi Nusratilloyev Javohirbek .


Toshkent 2022
Reja:

Kirish
1.Kapital, xususiy kapital tahlili xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalar
2.Xususiy kapital tarkibi, o’zgarishi va dinamikasining tahlili
3. Xususiy kapitalni ko’paytirish omillarini aniqlash va rezerv kapitali
4. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xulosa
Adabiyotlar ro'yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi yuqori raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar barqaror faoliyati o'z resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq hisoblanadi. Bunda korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Kompaniya va korxonalarning hissasi mamlakat YAIMda katta qismni tashkil etib, ularning faoliyati butun iqtisodiyotga ta'sir qilmasdan qolmaydi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi ustuvor yo’nalish “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” – deb nomlanib, unda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish kabi ishlar ko'zda tutilgan.1
Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash negizida aynan shu korxonalar va kompaniyalarni xususiy kapitali hajmini oshrish yotadi desak xato bolmaydi. Shu bois, korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi. Yana bir masala - hozirgi kunda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapital jalb etiladi. Masalan, keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.2

Download 30.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling