O’simliklar sistematikasi. Sho’radoshlar, karamdoshlar,gulxayridoshlar, ra’nodoshlar, burchoqdoshlar oilasi 1-qism


Download 32.24 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi32.24 Kb.
#202955
Bog'liq
Oila Ra`no-burchoq 1-qism


O’simliklar sistematikasi.Sho’radoshlar,

karamdoshlar,gulxayridoshlar, ra’nodoshlar, burchoqdoshlar oilasi

1-qism
1.Gulqo`rgoni oddiy, ko`rimsiz, mevasi kech kuzda pishadi, o`simlik a’zolari asosan seret, bu belgilar qaysi oila uchun xos?

A) sho`radoshlar

B) tokdoshlar

C) qoqidoshlar

D) burchoqdoshlar

2. Turkiston ismalog`i uchun xos belgini aniqlang .

A) ko`p yillik bir uyli manzarali o`simlik.

B) bir yillik ikki uyli begona o`t

C) bir yillik bir uyli ayrim jinsli dorivor o`simlik

D) ko`p yillik chala butasimon o`simlik

3. Sho`radoshlarga mansub o`simliklarning o`ziga xos belgilarni aniqlang?

A) gulqo`rg`oni oddiy, ko`rimsiz,organlari seret, mevasi kech kuzda pishadi

B) gullari chiroyli, xushbo`y, organlari seret, mevasi erta bahorda

C) gullari alohida – alohida o`simlikda joylashgan ikki yillik o`simliklar, gullari hasharotlar yordamida changlanadi

D) gulqo`rg`oni oddiy, gullari chiroyli, xushbo`y mevasi yoz oylarida pishadi

4. Oddiy jag`- jag o`simligining xarakterli hususiyati berilgan qatorni ko`rsating.

1. bir yillik 2. ikki yillik 3. poyasi dag`al tuklar bilan qoplangan 4. barglari murakkab va oddiy panjasimon bo`lingan 5. barglari oddiy patsimon bo`lingan 6. tarkibida K va S vitaminlar, olma, limon, kislatalari bor 7. tarkibida A va D vitaminlari bor 8. to`pbarglari ovqatga ishlatiladi 9. mevasi qo`zoq

A) 1.3.5.6.8

B) 2.3.4.7.9

C) 1.3.4.7.8

D) 2.5.7.8.9

5.Sho`radoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini ko`rsating.

A) donasho`r, burchoq, tarvuz

B) oddiy lavlagi, ismaloq, saksovul

C) izen, sebarga, bodring

D) teresken, oqquray

6. Jag’-jag` qaysi hususiyatiga ko`ra qon ketishini to`xtatadi?

A) olma, limon kislatasi borligi uchun

B) to`xtatmaydi

C) antigemofil omil - K vitamini borligi uchun

D) Ca ioni borligi uchun

7. Sho`radoshlar oilasiga mansub bir yillik, ikki uyli begona o`simlikni aniqlang.

A) shuvoq

B) turkiston ismalog`i

C) qovun

D) dalachoy

8. Barglari deyarli bo`lmaydi, barg vazifasini bajaruvchi bir yillik novdalarining bir qismi qurib qoladi, gulqo`rg`on bargchalaridan 5 ta pardaga o`xshash qanot o`sib chiqadi.

Bunday belgilar qaysi o`simlikka xos?

A) cherkez

B) saksovul

C) juzg`un

D) itsigak

9.Nima sababdan yovvoyi olma,nok,olcha o’simliklaridan yangi navlar yaratishda keng foydalaniladi?

A) zararkunandalarga chidamliligi uchun

B) qurg’oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi uchun

C) payvandlangan kurtaklari tez moslashgani uchun

D) barchasi

10. Gulqo`rg`oni oddiy bo`lgan o`simliklar guruhini aniqlang.

A) jag`-jag`, turp

B) g`umay, ajriq

C) oddiy lavlagi, saksovul

D) olcha, gilos

11. Qizil sebarganing dukkagi va urug`iga xos hususiyatni belgilang.

A) dukkagi 3 – 4 urug`li, uzunchoq 1 – 2 sm, urug`i jigarrang silliq, loviyasimon, kattaligi 0.5 – 1 sm

B) dukkagi ko`p urug’li, yumaloq, 1.5 – 2 sm, urug`i silliq, buyraksimon, kattaligi 1 – 1.8 sm

C) dukkagi bir urug`li, uzunchoq – tuxumsimon ,

uzunligi 1.5 – 2 mm, urug`i sariq, yoki jigarrang, silliq, yumaloq, kattaligi 1.5 – 2 mm

D) dukkagi 8 – 10 urugli, uzunchoq, uzunligi 2.5 – 3.5 sm urug`i jigarrang, ovalsimon, kattaligi 2.5 – 3.5 sm

12.Flora …

A) ma’lum bir hududda tarqalgan o`simliklar turlari majmuasi

B) ma’lum bir hududdagi o`simlik va hayvon turkumlari majmuasi

C) bir – biriga yaqin turlardan tashkil topgan sistematik birlik

D) bir – biriga yaqin turlar majmuasi

13. Hozirgi kunda yer yuzida qaysi o`simliklar guruhi hukmron hisoblanadi?

A) ochiq urug`lilar

B) yopiq urug`lilar

C) yovvoyi o`simliklar

D) madaniy o`simliklar

14.Yopiq urug’li o’simliklarning boshqa o’simlik guruhlariga nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron bo’lishi sabablarni ko’rsating.

1. urug’idan ko’payishi; 2.turli yo’llar bilan changlanishi; 3.qo’sh urug’lanishi; 4.urug’ining meva ichida yopiq bo’lishi; 5.ko’pchiligida urug’ining meva orqali tarqalishi; 6.urug’lanishning suvga bog’liqligi;

A) 1.2.3.4

B) 2.3.4.5

C) 1.3.5.6

D) 1.4.5.6

15. O`simliklar sistemasi uchun qanday sistematik birliklar qabul qilingan, ularning ketma – ketligini aniqlang ?

a) tur, avlod, oila, turkum, bo`lim

b) tur, turkum, avlod, bo`lim, oila

c) tur, turkum, oila, sinf, bo`lim

d) tur, oila, avlod, turkum, bo`lim

16. O`simliklar sistematkasining to`g`ri keltirilgan qatorini belgilang?

1 tur 2 oila 3 sinf 4 turkum 5 bo`lim 6 o`simliklar olami

A) 1.2.3.4.5.6

B) 1.3.2.6.5.4

C) 1.4.2.3.5.6

D) 1.5.3.2.4.6

17. Quyida berilganlardan qaysi biri yopiq urug`li o`simliklardan tashqari hech qaysi o`simliklar bo’limida yo`q ?

A) to`qimalarda oziq moddani to`planishi

B) ildiz, barg, poyalarda asosiy to`qimaning bo`lmasligi

C) ildiz, poya, barglarda o`tkazuvchi to`qimalar uzun, yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iboratligi

D) ildiz, poya, bargda oziq moddaning harakatlanishi

18. Ikki urug`pallali o`simliklar gulqo`rg`oni bir urug` pallali o`simliklar gulqo`rg`onidan qaysi jihatlarda farq qiladi?

A) ko`pincha gulqo`rg`oni murakkab,gulqo’rg’on bo’laklari halqada 4 – 5 tadan o`rnashgan bo`ladi

B) gulqo`rg`oni murakkab va gul bo`lakchalari halqada 3 tadan o’rnashgan bo`ladi

C) gulqo`rg`oni oddiy va gul bo`lakchalari halqada 3 tadan o’rnashgan bo’ladi

D) ko’pincha gulqo’rg’oni oddiy va gulbo’lakchalari bir halqada o’rnashgan bo’ladi

19. “Gullari to’q sariq, dukkagi cho’ziq” Bu belgilar qaysi o’simlikka mansub?

A) sebarga

B) yantoq

C) yeryong’oq

D) burchoq

20. Anzur piyozidagi “anzur,, so`zi quydagi qaysi sistematik birlikka tegishli?

A) tur


B) turkum

C) avlod

D) oila

21. Oddiy g'o'zaning sistematik birliklari to'g'ri berilgan javobni aniqlang.



Bo'lim (tip) (1), sinf (2), oila (3), turkum (4) a) ochiq urug'lilar; b)gullio'simliklar; c)bir urug'pallalilar; d) ikki urug'pallalilar; e) gulxayridoshlar; f) g'o'zadoshlar; g) g'o'za; h) gulxayri.

A) 1 -a, 2-c, 3-e, 4-h

B) 1-a, 2-d, 3-f, 4-h

C) 1-b, 2-d, 3-e, 4-h

D) 1-b, 2-d, 3-e, 4-g

22. Oddiy lavlagi o`simligining gul formulasini aniqlang?

A) Og(5) Ch5U2

B) Og(5) Ch5U5

C) Og(5)Ch4 U(1)

D) Og(5)Ch5 U(3)

23. Bryussel karamining gul formulasini aniqlang?

A) GK 4 GT5 Ch4+2 U1

B) GK5 GT5 Ch5 U1

C) GK 4 GT4Ch4+2 U1

D) GK4 GT4 Ch4 U

24. Tojibarglari oppoq, kosachabarglaridan 1.5 marta uzun, urug`chisi bitta, tumshuqchasi ikkita bo`lgan o`simlikni aniqlang.

A) jag` - jag`

B) na`matak

C) olcha

D) chinor

25. Tugmachagulni xarakretli belgilarini ko`rsating?

1) tik o`sadi; 2) yerbag`irlab o`sadi; 3) bir yillik begona o`t; 4) gullari barg qo`ltig`ida o`rnashgan; 5) gullari poyaning uchida o`rnashgan; 6) mevasi to`pmeva; 7) mevasi kuchala;

A) 1.3.4.7

B) 2.3.4.6

C) 2.4.5.6

D) 1.5.4.6

26. Gullari yirik, tojibargi limon rangda, ko`sakchalari

3 –4 chanoqli, yaxshi ochiladi.Tolasi uzun, ipakka o`xshaydi. Bu belgilar O`zbekistonda ekiladigan qaysi g`o`za turiga xos?

A) jaydari g`o`za

B) Meksika g`o`zasi

C) Misr g`o`zasi

D) barchasi

27. Meksika g`o`zasiga xos belgilar berilgan qatorni aniqlang?

A) ko’saklari mayda, deyarli ochilmaydi, tolasi qisqa, dag`al

B) ko’saklari yirik, tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo`ng`ir rangda

C) ko`saklari yirik, tolasi mayin,och sariq rangda

D) ko`saklari mayda, yaxshi ochiladi, gullari pushti, tolasi uzun , dag`al va oq randa

28. “Urug`chisi bitta, tugunchasi uch yoki ko`p uyali, mevasi to`pmeva”. Bu belgi qaysi oilaga mansub ?

A) ra’nodoshlar

B) qoqio’tdoshlar

C) qovoqdoshlar

D) gulxayridoshlar

29.O’zbekistondagi qaysi turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi?

A) tobulg’i

B) ra’no

C) baxmalgul

D) g’o’za

30. Gulxayridoshlarga mansub bo’lgan o’simliklar gurhini belgilang.

A) no’xat,qurttana,kanop,bodom

B)olma,g’o’za,makkajo’xori,gulxayri

C) o’rik,pomidor,kungaboqar,kanop

D) kanop,gulxayri,bo’ritaroq,g’o’za

31. Olma, nok va olchaga xos bo’lmagan umumiy xususiyatlarni belgilang.

1) urug’chisi changchiga nisbatan qisqa; 2) bargi oddiy, yonbargchali; 3) to’pguldagi gulbandlari turlicha uzunlikda; 4) to’pguldagi gulbandlari bi xil uzunlikda; 5) yovvoyi navlardan qurg’oqchilikka chidamli navlar olishda foydalaniladi; 6) mevasining etida tosh hujayralar bor; 7) meva hosil bo’lishida gulqo’rg’on bo’laklari ishtirok etadi; 8) vegetativ ko’payishi ildiz bachki, payvandlash va urug’I orqali amalga oshiriladi

A) 6,7,8

B) 1,5,2


C) 2,3

D) 4,5


32. O’zbekistonda gulxaydoshlarga mansub nechta turkum va tur o’sadi?

A) 7 turkum, 27 tur

B) 3 turkum, 16 tur

C) 70 turkum, 16tur

D) 3 turkum, 32 tur

33. Gulxayridoshlar oilasiga xos bo’lmagan belgilarni aniqlang.

A) mevasi ko’sakcha

B) gulkosachabarglarining ostida ostkosachabarglari bo’ladi

C) changchi iplari erkin,mevasi rezavor

D) changchi iplari qo`shilagan

34. Dorivor gulxayrining qaysi qismidan tayyorlangan damlama yo`talga qarshi ishlatiladi?

A) bargidan

B) gulidan

C) poyasidan

D) ildizidan

35. Ra’nodoshlar oilasiga mansub bo`lagan o`simliklarni aniqlang.

1 na’matak; 2 bodring; 3 olma; 4 lola; 5 nok;6 do`lana; 7 tok;

A) 1.5.4


B) 2.3.5

C) 3.5.6


D) 2.5.7

36. Ra’nodoshlar oilasiga mansub bo`lgan o`simliklarni aniqlang.

A) olcha, g`o`za, karam, na’matak, olma

B) bodom, na’matak, tog`olcha, olma, maymunjon

C) o`rik, loviya, na’matak, do`lana, shaftoli

D) behi, na’matak, gilos, qurttana

37. Gul formulasi K (5)T5 Ch U1-(5),∞ bo`lgan o`simliklar qaysi oila vakillari hisoblanadi?

A) burchoqdoshlar

B) ituzumdoshlar

C) karamguldoshlar

D) ra’nodoshlar

38. Nok olmadan nimasi bilan farq qiladi?

A) mevasining etida tosh hujayralar bo`lishi bilan

B) kosachabarglar va tojibarglar ko`pligi bilan

C) urug`chisi cheksiz bo`lishi bilan

D) mevasining tuzilishi bilan

39. Akatsiya, tangao`t, zirako`t o`simliklari uchun xarakterli mevani ko`rsating?

A) don


B) qo`zoq

C) ko`sak

D) dukkak

40. Na’matakning gul formulasini toping.

A) Gk 4 Gt 4 Ch4+2 U1

B) Gk (5) Gt (2),2+1 Ch(9)+1 U1

C) Gk (3)+(5) Gt 5 Ch(∞) U(∞)

D) Gk 5 Gt 5 Ch U(∞)

41. Qaysi o`simliklarda urug`chilar ko`p bo`ladi?

1 olcha 2 olxo`ri 3 shaftoli 4 na’matak 5 malina 6 atirgul

A) 2.3.4

B) 1.2.3


C) 1.3.6

D) 4.5.6


42. Ra’nodoshlarga xos belgilarni ajrating?

1 gulqo`rg`oni murakkab, to`g`ri; 2 changchilari ko`p;

3 guljojibarglari beshta, qo`shilmagan; 4 gulqo`rg`oni oddiy; 5 gulqo`rg`oni murakkab, qiyshiq;

A) 1.3.5


B) 1.2.5

C) 2.3.4


D) 1.2.3

43. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklar guruhini belgilang.

A) beda, no`xat, turp behi, sholg`om

B) gilos, shaftoli, loviya, akatsiya, tut

C) sabzi, no`xat, anor, qovun, rediska

D) yantoq, no`xat, beda, loviya, akatsiya

44. Gultojibarglari yelkacha, eshkakcha, qayiqcha deb ataladigan o`simliklar guruhini toping?

A) astragal, qizilmiya, gledichiya

B) no`xat, yantoq, maymunjon

C) yantoq, g`ozpanja, quyonsuyak

D) bo`ritaroq, no`xat, mosh, loviya

45. Quyidagi belgilar qaysi o’simlik uchun xos? “Barglari mayda, ildizi uzun, yerda chuqur joylashgan,yer osti suvigacha kirib boradi”.

A) yantoq

B) shuvoq

C) yulg`un

D) quyonsuyak

46. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o`simliklarni toping?

A) isirg`ao`t, xilol

B) afsonak, qashqarbeda

C) takasoqol, so`ya

D) astragul, maxsar

47. Gul formulasi Gk (5) Gt 1+2,(2) Ch (9)+1 U1 bo’lgan o’simliklar guruhini aniqlang.

1.sebarga 2.kakra 3.beda 4.tuxumak 5.yernok 6.malina 7.sachratqi

A) 1.2.7


B) 2.3.4

C) 2.7.6


D) 1.3.4

48. Yozning issiq kunlarida qaysi o`simlikni bargidan va poyasidan shakar ajraydi?

A) yantoq

B) o`tloq sebargasi

C) shirinmiya

D) yoysimon surepka

49. Gullari qiyshiq, gulqo`rg`oni murakkab, changchilari 10 ta, urug’chisi 1 ta, tojibarglari 3 xil shaklda, ildizida azot to`plovchi tugunak bakteryalari bo`ladi. Bu belgilar qaysi oilaga mansub?

A) ituzumdoshlar

B) uzumdoshlar

C) qovoqdoshlar

D) burchoqdoshlar

50. Cho’lda chorvadorlar qaysi o’simlikni “boshi olovda, oyog`i suvda ,, deyishadi?

A) juzg`un

B) shuvoq

C) yantoq

D) saksovul

51. Qaysi o`simlik to`yimli oziqbob va guli asalshiraga

boy ?


A) yantoq

B) shuvoq

C) izen

D) tol


52. Gullari yondosh bargchali, shingil, kallakcha yoki boshoq tipidagi to`pgulda joylashgan .Bu belgilar qaysi oilga tegishli ?

A) qoqio’tdoshlar

B) sho`radoshlar

C) burchoqdoshlar

D) ituzumdoshlar

53.Quyidagi o`simliklardan qaysi birining gulida 9 ta iplari qo`shilgan, 1 tasi alohida joylashgan changchini ko`rish mumkun?

A) sebarga

B) ituzum

C) na’matak

D) tugmachagul

54. O’zbekiston botanika institutida sho’radoshlar oilasiga mansub qaysi o’simliklar yem-xashak o’simligi sifatida madaniylashtirilmoqda?

1.teresken 2.ebalak 3.izen 4.cho’g’on 5.baliqko’z 6.donasho’r 7.keyreuk 8.sho’rak

A) 1.2.3

B) 2.3.5


C) 3.4.7

D) 4.5.8


55.Turlarni qo`sh nomlashni fanga kiritgan olimni belgilang.

A) A. K. Linney

B) K. F. Rule

C) J. B. Lamark

D) Ch. Darvin

56. Qaysi oila vakillarining 8 ta turi O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan?

1 ra'noguldoshlar 2 karamdoshlar 3ituzumdoshlar 4 tokdoshlar 5 sho’radoshlar 6 gulxayridoshlar.

A) 1,2,3

B) 2,5,4

C) 2,5


D) 2,4,6

57. Ra'nodoshlar oilasiga qanday to'pgul shakllari xos?

1.shingil 2.qalqon 3.soyabon 4.sulton 5. kallakcha 6.boshcha

A) 1.4.3


B) 1.2.3

C) 3.4.5


D) 3.2.6

58. Ra'nodoshlar oilasi hosil qiladigan quruq mevalarni aniqlang.

A) yong'oqcha, to'pbargak

B) yong'oqcha, to'pbargak, soxta meva

C) to'pbargak, rezavor

D) to’pbargak,danakcha

5 9. ,,Gullari barg qo'ltig'ida yoki shoxlar uchidagi to'pgulda bittadan joylashgan “. Ushbu ta'rif qaysi oilaga xos?

A) burchoqdoshlar

B) gulxayridoshlar

C) tokdoshlar

D) qovoqdoshlar

60.Quyidagi oilalarning O'zbekistondagi turlari soni ortib borishi tartibida joylashtiring.

1. ituzumdoshlar 2. gulxayridoshlar

3. tokdoshlar 4. karamdoshlar

A) 3.2.1.4

B) 3.1.2.4

C) 3.2.4.1

D) 4.2.1



Download 32.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling