Osmondan tushmagan Alpomishlar ham, Bormangiz eshitib yomon hayolga


Download 12.47 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi12.47 Kb.
#1224030
Bog'liq
Ayolga


Ayolga
Osmondan tushmagan Alpomishlar ham,
Bormangiz eshitib yomon hayolga.
Olam bo’lmas edi bugungi olam,
Mehr bermasangiz agar ayolga.

Sohibqironlarga ko’mgan dunyoni,


Zurriyotlar bilan siylagan ham u.
Ba’zan qirqta bo’lib ko’rina rjoni,
Poyingizga jonim to’shagan ham u.

Mehnatdan muloyim qo’llarda qadoq,


Ko’ngli bitta ammo muruvvati keng.
Tandirlar zahridan lolarang yamoq,
Eng suluv, eng dilbar go’zallarga teng.

Chechaklar to’shangiz yurar yo’liga,


Ko’zlar quvonchdan porlab ketadi.
Shirin so’zlar bilan kiring ko’ngliga,
Ayollarga shuning o’zi yetadi.

Kerakmas, zeb-ziynat dunyo mollari,


Uni baxtli qilar inson bo’lsa bas.
Toptamang, zero o’zbek ayollari,
Oyoq ostingizdan yaralangan emas.

U chap qovurg’adan yurak ostidan,


Yaralangan yelkadosh bo’lay deb sizga.
Uni siylash kerak muhabbat bilan,
Har nedan yaqinroq u ko’nglingizga.

Hiyonat qilmoqni hatto o’ylamang,


Sizga bergan ko’ngli qolmasin kuyib.
Momo havomizni Odam ato ham,
Hech kimga alishmay yashagan suyib.

Jannatdagi nurlar hurlikda also,


Munis ayollarga yetolmaydilar.
Ular bor mehrini yaqinlariga,
Javobsiz baxshida etolmaydilar.
Normo’minova Orasta
Download 12.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling