O‘spiringa dengizdan…


Download 21.71 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi21.71 Kb.
#299291
Bog'liq
14SobirovaM
dogovor investirovaniya v razvitie bizn1esa 0, dogovor investirovaniya v razvitie bizn1esa 0

Sobirova M

O‘SPIRINGA DENGIZDAN…

“O‘spiringa dengizdan…” nomli she’rni mutolaa qilgandan so‘ng shuni chunib yetimki, bu she’rni tahlil qilishdan avval, she’r muallifining hayot yo‘liga nazar solishimiz kerak ekan.

“O‘spiringa dengizdan…” nomli she’rning muallifi Che Nam Son bo‘lib, uning asosiy kasbi shoirlik bo‘lmagan. U siyosiy shaxs bo‘lib Koreya mustaqilligi uchun kurashgan. U “Mustaqillik” partiyasi a’zosi hisoblanib, turli hildagi namoyishlar boshchisi bo‘lgan. U umri davomida eski koreys adabiyoti durdonalarini tarjima qilishga ham vaqt ajratgan. Ularni yosh avlod o‘qish davomida qiyinchilikga uchramasligi uchun, eski koreys yozuvidan yangi koreys yozuviga tarjima qilgan. U koreys tarixiga oid ma’lumotlarni ham tiklagan. Che Nam Son Koreyadagi birinchi jurnalni chop etirgan bo‘lib uni 소년” deya nomlagan. Ammo, ko‘p o‘tmay Yaponiya hukumati bu jurnalning chop etilishini ta’qiqlagan. Che Nam Son siyosiy shaxs bo‘lgan bo‘lsada, o‘z xalqi uchun har taraflama jon kuydirgan. Xalqning ma’naviyatini oshirishga hizmat qilgan. Bunga yaqqol misol esa, uning “O‘spiringa dengizdan…” nomli she’ridir.

“O‘spiringa dengizdan…” asari birinchi satrlardan yakuniga qadar vatanga bo‘lgan mehr bilan ozuqlantirilgan. Asarda dengiz timsoli juda yorqin bo‘yoqlar bilan ifoda etilgan. Yozuvchi dengizning har bir harakatini tasvirlashga harakat qilgan.

“Psh-sh, sha-a… Fsh-fsh, tx-x…”

Ha, bir qarashda bu ohanglarga tushunib bo‘lmas, ammo, bu ohanglar dengiz to‘lqinlarining ohangidir. Dengiz to‘lqinlari toshlar orasida urulib chiqarayotgan tovushlar go‘yo.

Dengiz bu she’rda ona xalq timsolidir. Shoir Koreyani, o‘z vatanini dengizga o‘xshatgan. Va, yovuz kuchlar qanchalik baquvat bo‘lmasin, Koreya ularni yengishini bayon qilgan.

“Meni qo‘rqitolmas hech kim, hech nima,

Ro‘paramdan chiqqan g‘ovlar to‘xtatolmas meni.

Hech qaysi buyuk kuch meni chorlay olmas kurashga,

Qanchalar qudratli, buyuk bo‘lmasin mendan…”

Yuroqidagi parchada ham ko‘rishimiz mumkin, shoir “buyuk kuchlar” deb Koreyaning ichki hayotiga, siyosatiga bosh suqayotgan kuchli davlatlarni nazarda tutgan. Bu kabi g‘oya she’rning ohiriga qadar davom etadi.

“Qarshimda tiz cho‘kmagan kim bo‘lsa chiqsin,

Shu damgacha payt poylabdi, ko‘rsatsin yuzin.

Balki bu sizdirsiz?

Janob imperator Sin yoxud, sen, Napoleon?”

Shoir birinchi satrlarda o‘zga qudratli kuchlarni “buyuk kuchlar” deb ifoda etgan bo‘lsa, bu satrlarda esa u to‘g‘iridan to‘g‘iri shu davlatlarning hukumdorlariga murojat qiladi.

“Mana shu pastqam tepalar sening tayanching,

Orolchalar, misoli tasvir, ko‘rinar kaftdek,

Sen yashaysan o‘sha joyda, o‘ylaysan, go‘yo eng aqllisan,

Qani chiq qarshimga. Ko‘rsat o‘zingni…”

Bu satrlarda esa shoir o‘z vatanini mustamlakada ushlab turgan Yaponiyaga bo‘lgan nafrat va alamlarini ifoda etgan. Buni biz “pastqam tepalar”, “orolchalar” kabi jumlalardan bilib olishimiz mumkin. Bizga ma’lumki, Yaponiya mayda -mayda orolchalardan tashkil topgan. Shoir dushman tarafning nomini aytmasada, uning joylashgan hududi orqali buni juda aniq tasvirlab bergan.

Keying satrlarda esa shoir ona xalqining yakka-yu yagona umidi bo‘lgan o‘spiringa diqqatni qaratagan. U, ya’ni, yosh avlodgina o‘z mehri va jasurligi orqali ona vatanini bu yovuz kuchlar girdobidan qutqarishini ta’kidlagan.

“Bu olamda yo‘q men uchun eng qadrli inson,

Bir inson, men sevgan, bundan mustasno…

U eng ochiq ko‘ngil, eng bag‘ri keng o‘spirin.

Kel meni quvontir, issiq bag‘rimga bosayin seni…

Kelaqol, o‘spirin, o‘payin seni…”

O‘spirinning timsolini ko‘rsatishda shoir moviy osmondan foydalangan. Bu esa, yosh qalblarga ishonch ruhini joylashga hizmat qilgan bo‘lsa ajab emas.

“Bilaman, menga bas keladigan bittasi bor,

Bu moviy osmondir, bepoyon, cheksiz.

U buyuk, keng va tubsiz…”

Bu she’rdagi dengiz bu ona xalq, ona, Koreyani timsoli deb o‘ylayman. Chunki, u o‘z kuch qudratini esga tushurib, o‘z kelajak avlodiga kuch bermoqda. Dengiz ham onalar bag‘iri kabi keng, u ham hudda bolasiga yomonlik qilinganini ko‘rgan ona timsoli g‘azabga tushishi mumkin. Dengiz o‘zgalarning unga qilayotgan jabrlarini ko‘rib o‘zi sevgan moviy osmonni yordamga chaqirmoqda.

Moviy osmon esa bu o‘spirin, yosh avlod timsolidir. Ya’ni endi u ona xalqining bundan keying hayoti qanday bo‘lishini hal qiladigan asosiy kuch.



Yuqorida aytib o‘tkanimizdek, bu she’rni butun umrini xalq yo‘liga bag‘ishlagan inson yozgan. Che Nam Son o‘z she’rining nomida ham, Koreyadagi birinchi chop etilgan jurnal nomida ham o‘spirinlarga e’tibor berishining ham asl maqsadi shu bo‘lsa kerak. U o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatan ruhida tarbiyalashga kirishgan. Ularni qo‘rqmas va jasur qilib tarbiyalash uchun, qanchalik og‘ir vaziyat bo‘lmasin she’rlarini baland ruh bilan yozishga harakat qilgan. Bu she’rlarni o‘qigan yosh avlod o‘zga yovuz kuchlardan qo‘rqmasdan, faqat olg‘a intilishga, ona vatani uchun o‘z hissasini qo‘shishga uringan.
Download 21.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling