Ostonaqulov asrorjon 3-19 guruh o’quvchisi


Download 13.18 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi13.18 Kb.
#130148
Bog'liq
2 5397689502024075178


OSTONAQULOV ASRORJON

3-19 GURUH O’QUVCHISI



2-Mavzu: Eramizga qadar O’zbekiston hududida davlat va huquq

1.O’zbekiston hududida davlat va huquqning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini chuqur ilmiy va xolisona o’rganishni qaysi fan amalga oshiradi?



Davlat va huquq tarixi fani

2.O’zbekiston hududidagi davlatchilik va huquq tarixining eng murakkab davri qaysi davr hisoblanadi?



Eramizga qadar bo’lgan vaqtdan toki arablar bosqiniga qadar bo’lgan davri

3.O’zbek davlatchiligining tarixi xususida so’z borganda, fanda u joylashgan muayyan hudud nima deb ataladi?



O’rta Osiyo” va “ Movarounnnahr” tushunchalari bilan murojat etilgan hudud

4.O’rta Osiyo g’arbda qayer bilan chegaradosh?



O’rta Osiyo g’arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh

5.O’rta Osiyo janub va sharqda qaysi territoriyalar bilan chegaradosh ?



O’rta Osiyo janub va sharqda Eron, Afg’oniston va Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh

6.O’rta Osiyo shimoldanchi?



O’rta Osiyo shimoldan (45gradus /32^ kenglik) shimoliy chegara bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo’lib, jami 1 mln.984 ming kv.km.ni. tashkil etadi

7.Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hudududida qancha qbilalar bo’lgan?



Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hudududida 20 ga yaqin qabilalar bo’lgan.

8.Ular orasida bir necha qabilalarni birlashtiruvchi qabilalardan qaysi birini bilasiz?



Ular orasida bir necha qabilalarni birlashtiruvchi qabilalardan massagetlar hisoblanadi.

9.Massagetlar qaysi halqlarga ildiz vazifasini bajargan?



Turkiy xalqlar, jumladan o’zbek xalqiga

10.Massaget qabilalar ittifoqiga qaysi elatlar kirgan?



Qadimgi Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan daxato’ralar, taxminan Zarafshonning quyi qismi va Amudaryoning o’rta oqimida yashagan derbiklar, Nurota tog’larida o’rnashgan sakavaraklar,

11.Qaysi qabilalarda urushlarda xotin-qizlar ham istirok etganligi, qayd etiladi?



Massagetlarda urushlarda xotin-qizlar ham istirok etganligi, xatto ayrim qabila boshliqlari ayollar bo’lganligi qayd etiladi

12.Qabilaning umumiy manfaati bilan bog’liq bo’lgan masalalar qayerda qabul qilingan?



Qabilaning umumiy manfaati bilan bog’liq bo’lgan masalalar qabila a’zolari yig’ilishida muhokama qilingan

13.Miloddan avvalgi XIII asrdan VIII asrgacha bo’lgan davrda qaysi davlatchilikning kurtaklari vujudga keldi?



Xorazm davlatchilik kurtaklari

Ahmoniylar davlati

14.Miloddan avvalgi VI asrning o’rtalarida Eronda qaysi davlat tashkil topdi?



Eronda kuchli Ahmoniylar davlati tashkil topdi

15. Markaziy Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI asr o’rtalaridan IV asrning II choragigacha bo’lgan davrda ijtimoiy-siyosiy hayoti va huquqiy tizimi qaysi davlat tomonidan tashkil topgan qonunchilik tizimi bilan bog’liq?



Markaziy Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI asr o’rtalaridan IV asrning II choragigacha bo’lgan davrda ijtimoiy-siyosiy hayoti va huquqiy tizimi Ahmoniylar sulolasi tomonidan tashkil topgan qonunchilik tizimi bilan bog’liq.

16.Ahmoniylar davlati qanday tizimga ega bo’lgan?



Ahmoniylar davlati yagona ma’muriy tizimga, armiya yagona pul birligiga ega qudratli davlat bo’lib, ma’muriy hududiy jihatdan boj to’laydigan satrapliklarga bo’lingan

17.Tarixchi Gerodotning yozishicha, O’rta Osiyo nechta satraplikka bo’lingan?



O’rta Osiyo 4 satraplikka bo’lingan

18.Ahmoniylar davlati boshqaruv shakli nimaga asoslangan?



Ahmoniylar davlati boshqaruv shakli zo’ravonlikka asoslangan bo’lib unitary davlat hisoblanadi.

19. Ahmoniylarda butun hokimiyat kimning qo’lida to’plangan edi?



Ahmoniylarda butun hokimiyat podshoh qo’lida to’plangan

20.Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda kim turgan?



Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda hazarapat ( ming boshliq) turgan uning asosiy vazifasi markaziy devon boshqaruvini yuritgan

21. Davlat boshqaruvidagi asosiy mansablarga kimlar tayinlangan?



Eronlik asilzodalar

22. Ma’lumki Ahmoniylar davlatining turli mintaqalarida turli huquq tizimi va institutlari amal qilgan Qaysi ahmoniy hukmdor davrida yagona huquq tizimini tashkil qilingan?



Doro I davrida miloddan avvalgi 522-486 yillarda

23. Satrap va satrapliklar nima?



Davlat boshqaruvidagi asosiy mansablardan biri bo’lib ahmoniylar tomonidan bosib olingan hududlarni boshqarish uchun satraplarga-ya’ni viloyatlarga bo’lingan, ularni boshqarish uchun esa satrap harbiy boshliq tayinlangan

24. Satraplar qanday vakolatlarga ega bo’lgan?



Satraplar ma’muriy boshqaruv va sud hokimiyatiga boshchilik qilgan.Xo’jalik ishlarini amalga oshirish, soliq va yig’imlarni o’z vaqtida undirish, mansabdor shaxslar faoliyati, satraplik hududidagi yo’llarda xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazorat qilgan

25. Satrapliklarda harbiy faoliyat qanday yo’lga qoyilgan edi?



Satrapliklarda harbiy faoliyat ko’p sonli qo’shinga asoslnagan bo’lib, ularga bevosita podshoga bo’ysunuvchi lashkar boshilar qo’mondonlik qilgan.

26.Ahmoniy hukdorlardan kim davlatning turli mintaqalarida turli huquq tizimi va institutlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratdi?



Ahmoniy hukmdorlardan Doro I hukmronligi davrida yagona huquq tizimini tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilingan.Biroq ahmoniylar qonunlari bizgacha yetib kelmagan

27.Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra O’zbekiston hududida nechta yirik davlat birlashmalari bo’lgan va ular qaysilar?



Marg’iyona So’g’diyona

28. Qachondan boshlab Markaziy Osiyoda Aleksandr Makedonskiy hukmronligi o’rnatildi?



Mil.avv.327-yilda Iskandar Maqduniy Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona va boshqa hududlarni egallay boshlaydi.

29. Iskandar Maqduniy vafotidan so’ng u qurgan ulkan imperiya 3 qismga bo’linib ketadi. Markaziy Osiyo qaysi davlat hukmronligi ostiga o’tadi?



Markaziy Osiyo davlati Salvkiylar davlati tarkibga kiritiladi.

30. “Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan egalladi, ammo, Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og’ir jangler olib borishga to’g’ri keldi” – ushbu fikrlar qaysi tarixchi fikr hisoblanadi?

Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan egalladi, ammo, Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og’ir janglar olib borishga to’g’ri keldi” – ushbu fikr yunon tarixchisi Pompey Trogga tegishli. Lekin bu ma’lumotni Arriyan ham tasdiqlaydi.

31.O’rta Osiyoning bir qator muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqealari qaysi hukmdorlar davrida amalga oshirildi?



O’rta Osiyoning bir qator muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqealari Salavka I, ayniqsa Antiox I hukmronligi bilan bog’liq.Bu davrda dastlabki tangalar – oltin, kumush, mis dirham tetrodirhamlar (pul birligi) zarb qilina boshlandi.

32.Nima uchun salavkiylar davlatida hukron tabaqa vakillari aralsh bo’lgan?



Salavkiylar davlatida hukmron tabaqa vakillari aralsh bo’lishinig sababi, yunon hokimlari yunon zodogonlari va mahalliy hukmron tabaqa vakillari ham ishtirok etardilar bu esa o’z vaqtida aholi o’rtasida zulmni kuchaytirilishiga olib kelindi,oqibat xalq qo’zg’olonlari vujudga keldi.

33. Salavkiylar davlati tarkibi qanday edi?



Salavkiylar davlati yaxlit bir xalq yoki elatlarni birlashtitmagan bo’lib, bu davlat turli etnik guruhlarni harbiy yo’l bilan birlashtirish orqali tashkil etilgan.

Qang’ davlati

34.Qang’davlati qachon paydo bo’ldi?

Miloddan avvalgi III asrning boshlarida

35.Qang’ davlatining hududi dastlab qaysi hududlar bilan chegaralanar edi?



Qang’ davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o’rta oqimidagi yerlar dan iborat edi

36.Qang’ davlatining boshlig’I kim edi?



Qang’ davlatining boshlig’i xoqon bo’lib, butun hokimiyat uning qo’lida to’plangan.

37.Qang’ davlatida maslahat kengashi qanday vazifani o’tagan?



Qang’ davlatida maslahat kengashi Xoqon huzuridagi oqsoqollar kengashi bo’lgan.

38.Qang’ davlatining mulklari nechta mulkka bo’lingan va ularni kimlar boshqargan?



Qang’ davlatining mulklari 5 ta mulkka bo’lingan ularni noyiblar boshqargan.

39.Qang’ davlatida mulklar viloyatlarga bo’linib ular kimlar tomonidan boshqarilgan?



.Qang’ davlatida mulklar viloyatlarga bo’linib ular jabg’ular tomonidan boshqarilgan.ijtimoiy-siyosiy tuzumda ko’chmanchi zodogonlarning mavqei baland bo’lgan.

40.Grek-Baqtriya davlati podsholigi qachon tashkil topdi, uning tarkibiga qaysi hududlar kiritilgan?



Grek-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi III asr o’rtalariga kelib mustaqil davlat sifatida tashkil topdi. Uning tarkibiga Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona, Parkana kirgan.

41.Grek-Baqtriya podsholigining apparati haqida ma’lumot bering.



Grek-Baqtriya podsholigining apparati unchalik katta , murakkab va markazlashgan emas edi. Butun hokimiyat podsho qo’lida to’plangan bo’lib, ko’pchilik hollarda uning o’g’li ham podsh hisoblangan. Butun hokimiyat satrapliklarga bo’lingan.

42. “ Milanda-Panxa” II asr asarida ko’rsatilishicha Grek- Baqtriya davlatining Hindiston qismida qaysi hizmatchilar bo’lganligi haqida ma’lumot beriladi?

Milanda-Panxa” II asr asarida ko’rsatilishicha Grek- Baqtriya davlatining Hindiston qismida yuqori harbiy boshliq, birinchi vazir, bosh sudya, xazina boshlig’I, tantanali soyabon va qilichni ko’tarib yuruvchilar haqida ma’lumot bor.

43.Parfiyanlar podsholigining mustaqil davlat sifatida tashkil topishida qaysi sulolaning o’rni ahamiyatli?



Parfiyanlar podsholigining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi va rivojlanishida Arshakiylar sulolasi vakillari hal qiluvchi rol o’ynagan.

44. Podsholikda o’rnatilgan tartib haqida ma’lumot bering?



Podsholikda o’rnatilgan tartibga ko’ra davlat boshlig’I Arshakiylar sulolasi vakillaridan bo’lishi shart bo’lgan.

45. Davlat boshqaruvida nechta kengash faoliyat yuritgan?



Ikkita kengash faoliyat yuritgan: qabila zodogonlari va kohinlar kengashi. Shu kengashda yangi hukmdor saylangan, bunda marhum hukmdorning vasiyati ham e’tiborga olingan.tarixiy hujjatlarga asosan, ushbu kengash hukmdorni taxtdan ham chetlashtirishi mumkin bo’lgan.

46.Nechanchi asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida siyosiy beqarorlik davri boshlandi?



Miloddan avvalgi II asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida siyosiy beqarorlik davri boshlandi. Bu asrda Grek-Baqtriya podsholigidan So’g’diyona ajralib chiqdi.Marg’iyona parfiyanlar tomonidan bosib olindi

47.O’rta Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh qaysi davlat tashkil topdi?



O’rta Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo’lgan Toxariston davlati tashkil topdi. Bu davlat keyinchalik mayda-mayda podsholiklarga bo’linib ketdi. Xorazm davlati tarkibiga xorazm, So’g’diyona va Choch kirdi.

Toxariston davlati

48.Toxariston davlati tuzilishi va uni boshqarish shakli va ushbu davlatning markaziy va mahalliy organlari haqidagi ma’lumotlar bizgacha to’lig’cha yetib kelmaganligi sababli qaysi tarixchining fikrlari bilan cheklanishimiz mumkin?



Azamat Ziyoning “Buyuk davlatchilik” asaridagi quyidagi fikrlar bilan:

Toxariston boshqaruvi masalasiga kelsak, shimoldan kirib kelgan toharlar



( yuechjilar) hamda mahalliy mavqedor doiralar faoliyati beshta siyosiy xonadon nomi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tmoq kerak”.

48. Xitoylik mualliflarning fikricha, ular qaysilar edi ?



Xitoylik mualliflarning fikricha ular quyidagilardan iborat bo’lgan: “Xyumi, Shuanmi, Kushon, Xeytun, Gaofi.Ularning har biri ustidan turuvchi sardor yabg’u boshliq bo’lgan.Har biri alohida shaharlarda hukronlik qilgan.

49.Yuechjilar nima bilan shug’ullangan?



Ular ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullangan.

50. Yuechjilarda qanday qonunlar mavjud edi?



Yuechjilarda urf-odat qonunlari mavjud edi

Parkana davlati

51.Parkana davlati haqidagi qiziqarli tarixiy voqealarni Qaysi davlat manbalaridan olish mumkin?



Parkana davlati haqidagi qiziqarli tarixiy voqealarni Xitoy manbalaridan olish mumkin.

52. Xitoy elchisi Chjan Syanning qachon Farg’ona, So’g’diyona, Baqtriyada safarda bo’lgan?



Xitoy elchisi Chjan Syanning miloddan avv. II asrning 20-yillarida Farg’ona, So’g’diyona, Baqtriyada safarda bo’lgan

53. Xitoy elchisi Chjan Syann nimalar haqida ma’lumot beradi?



Xitoy elchisi Chjan Syann Farg’ona aholisi bir necha yuz ming kishidan iborat ekanligi, qo’shin soni 60 mingdan iborat bo’lganligi haqida.

54. Farg’ona boshqaruv tizimi haqida qanday fikrlar mavjud?



Farg’ona boshqaruv tizimida hukmdor, uning ikki yordamchisi ( vaziri) va oqsoqollar kengashi faoliyat ko’rsatganligi xitoy manbalarida uchraydi.

55. Yordamchilar kimlar orasidan tayinlangan bo’lishi kerak edi?



Yordamchilar asosan oliy hukmdorning qarindoshlari orasidan tayinlangan bo’lishi kerak.

56. Oqsoqollar kengashi qanday vazifalarni bajargan?



Oqsoqollar kengashi mamlakat ijtimoiy, siyosiy va tashqi munosabtlarida faol ishtirok etish bilan bir qatorda oliy hukmdor faoliyati bilan bog’liq tadbirlarda qatnashish qudratiga ham ega bo’lgan.

57.Urush ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi tadbirlarda kim yetakchi o’rin tutganligini aniqlang



Urush ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi tadbirlarda oqsoqollar muhim rol o’ynagan.
Download 13.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling