Ot so’z turkumi # 5


Download 45.5 Kb.
Sana18.01.2020
Hajmi45.5 Kb.

Ot so’z turkumi # 5

1. Tilshunoslikning qaysi bo’limlarida so’z o’rganiladi ? A) morfologiya va sintaksis

B) morgologiya va leksikologiya

C) morgologiya va leksikografiya

D) morfologiya va paremeologiya

2. Qaysi javobda ismlar guruhiga mansub so’zlar ko’rsatilgan ?

1) ot 2) sifat 3) son 4) olmosh

5) harakat nomi 6) sifatdosh 7) taqlid so’zlar

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6,7

C) 1,2,3,4,5,7 D) 1,2,3,4

3. Bir ot ikkinchi bir otga hech qanday grammatik vositasiz bog’lansa…

A) bu otning sifatlashuvi hisoblanadi B) bu bitishuvli so’z birikmasi sanaladi

C) bunda dastlabki ot sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo’llanadi

D) A , B va C

4. Qaysi javobda faqat leksik-sintaktik usulda ko’plik hosil qilingan ?

A) Onaizor bolalariga shunday mehribon bo’lar ekan

B) Ming qal’angdan o’zimning dalam yaxshi

C) Onda-sonda ochilgan chanoqlar bu ko’k dengizda

sadafdek yaltirardi

D) Bir qancha talabalar Germaniyaga o’qishga

yuborildi

5. Qaysi gapda -lar qo’shimchasi ham ko’plik , ham hurmatlash ma’nosini ifodalagan ?

A) Dadamlar keldilar

B) Xayriniso dadamning opalari bo’ladilar

C) Bu ishingdan oyinglar xursand bo’ladilar

D) Karimaxonning akalari—zavodda ishchi

6. Qaysi javobda -lar qo’shimchasi grammatik vazifa bajargan ?

A) Bir oy Toshkentlarni kezdim

B) Ko’chadagi shovqindan boshlarim og’rib ketdi

C) U dastro’mol bilan ko’zlari artdi

D) Bobolardan so’z ketsa zinhor ,

Bir kalom bor gap avvalida…

7. Qaysi javobda bir so’z tarkibida ikki marta qo’llangan egalik shakli berilgan ?

A) Ahmadning singlisi 8-sinfda o’qiydi B) Bizning ko’chamizda ham bayram bo’lajak C) O’zbekiston—Vatanim manim .

D) Sizlarning urf-odatlaringiz menga juda yoqdi

8. Qaysi so’zlarga egalik shakllari qo’shilsa , tovush tushish hodisasi sodir bo’ladi ?

1) bag’ir 2) yurak 3) burun 4) bo’yin 5) qishloq

A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4 C) 2,5 D) 1,3,4,5

9. Qaysi egalik shakllari narsalarning nutq jarayonida ishtirok etmagan shaxsga qarashliligini ifodalaydi ?

A) -im , -imiz B) -ing , -ingiz

C) -i , -si D) -imiz , -ingiz , -lari

10. Qaysi javobda qo’llangan egalik shakli qarashlilik , tegishlilik ma’nolarini anglatmagan ?

A) bahor shamollari B) maktab bog’i

C) g’isht zavodi D) gul yaprog’i

11. Qaralmishga tobelangan so’z qaysi kelishik shaklida bo’ladi ?

A) qaratqich B) tushum C) jo’nalish D) chiqish

12. Jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishik shaklida bo’lgan otlar gapda asosan qaysi vazifalarda qo’llanadi ? A) vositali to’ldiruvchi , ot kesim

B) vositali va vositasiz to’ldiruvchi

C) vositali to’ldiruvchi va o’rin holi D) vositali to’ldiruvchi , o’rin holi , payt holi

13. Boshqaruvli so’z birikmasida tobe so’z hokim so’zga qaysi kelishik shakllari yordamida bog’lanishi mumkin ? 1) qaratqich 2) tushum 3) o’rin-payt 4) jo’nalish

5) chiqish

A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,5 C) 2,3,4,5 D) 3,4,5

14. Yer haydasang kuz hayda ,

Kuz haydamasang yuz hayda .

Mazkur maqolning necha o’rnida kelishik shakllari belgisiz qo’llangan ?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

15. Kichraytirish shakli -cha va erkalash shakli -gina shaxs nomlari(antronim)larga qo’shilsa , qanday uslubiy ma’no ifodalaydi ?

A) kamsitish , achinish B) kamsitish , hurmatlash

C) achinish , hurmatlash D) achinish , kamsitish

16. Otning vazifa shakli sanalgan -niki qo’shimchasi qaysi qo’shimchalar bilan ma’nodosh bo’lishi mumkin ? A) ko’plik B) qaratqich kelishigi C) kichraytirish D) erkalash

17.Qaysi so’zlarda erkalash shakllari qo’llanmagan ? A) Olimtoy , Azizbek , Zebiniso

B) akaxon, ukajon, opajon

C) Halimboy, Salimvoy, Bahoroy

D) qizcha, kelinchak, toychoq

18. Otlar bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki ularning umumiy otini bildirishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?

A) yakka va to’da otlar B) aniq va mavhum otlar

C) atoqli va turdosh otlar D) sanaladigan va

sanalmaydigan otlar

19. Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan ?

A) sartarosh , novvoy , hukmdor

B) Asal , Lola , Davron

C) binafsha , rayhon , oltin

D) Boychibor , Qoplon , Qoranor

20. Qaysi hukm noto’g’ri ?

A) shaxs otlari shaxslarning yoshi , yashash joyi , mansab-unvonini anglatadi

B) shaxs otlari shaxslarning kasb-kori , ijtomoiy holati , qarindoshlik darajasini anglatadi

C) shaxs otlari shaxslarning nasl-nasabi , urug’-aymog’i , millatini anglatadi

D) barcha hukmlar to’g’ri

21. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar berilgan ?

A) -kor , -bon , -dosh B) -ma , -don , -in

C) -qoq , -liq , -loq D) -im , -iq , -g’in

22. G’o’zapoyasi yig’ib olingan paxtazorda traktorchilar shudgorni boshlashdi ,

Mazkur gapda nechta yasama ot qo’llangan ?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

23. Ikkala qismi ham yasama otlardan tashkil topgan juft ot qaysi javobda berilgan ?

1) kirim-chiqim 2) ekin-tikin 3) yig’im-terim

4) yog’in-sochin 5) o’lim-yitim

A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 1,2,4,5

24. Asoslari turli so’z turkumlaridan tashkil topgan bir necha asosli otlar qanday ataladi ?

A) juft ot B) qo’shma ot

C) qisqartma ot D) takroriy ot

25. Qaysi javobda jarayon otlari berilgan ? A) qirg’in , saylov , chopiq

B) dehqonchilik , tintuv , toshqin

C) jahl , bilim , tafakkur

D) diyonat , sadoqat , muhabbat

26. Mavhum otlar berilgan javobni tanlang . A) havo , momaqaldiroq , yashin

B) elektr , radioto’lqin , magnit maydon

C) o’qituvchilik , zilzila , ocharchilik D) hayo , andisha , vijdon

27. Qaysi javobda sodda tub otlar berilgan ?

A) qisqich , taroq , guldon

B) belanchak , soyabon , do’mbira

C) suyanchiq , supurgi , ilmoq

D) qizcha , bo’taloq , kelinchak

28. Asosga ot yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan… A) sodda yasama otlar hosil qilinadi

B) morfologik usul bilan ot yasaladi

C) so’zning lug’aviy ma’nosi yangilanadi D) A , B va C

29. Qaysi javobda juft otlar berilgan emas ? A) ur-yiqit , yasan-tusan , salom-alik

B) oldi-berdi , keldi-ketdi , qo’ydi-chiqdi

C) achchiq-chuchuk , bordi-keldi , ur-sur D) barcha javoblarda juft otlar berilgan

30. Qaysi javobda payt(zamon) otlari berilgan ?

A) kuz , yakshanba , dekabr B) ertalab , kechasi , ilgari C) bugun , kecha , erta D) barcha javoblarda zamon otlari berilgan

31. Qaysi sintaktik vazifadagi ot hamisha fe’lga bog’lanadi?

A) qaratqich aniqlovchi B) vositasiz to’ldiruvchi

C) vositali to’ldiruvchi D) ega

32. Otlardagi qaysi grammatik ma’no maxsus morfologik ko’rsatkichga ega emas ?

1) bosh kelishik 2) birlik 3) egalik

A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2,3

33. Otlarga grammatik shakllarining joylashish tartibi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?

A) kelishik+egalik+ko’plik

B) ko’plik+kelishik+egalik

C) ko’plik+egalik+kelishik

D) egalik+ko’plik+kelishik

34. Qaysi gapda kelishik shaklining belgisiz qo’llanishi kuzatilmaydi ?

A) Yoz yopinchig’ing qo’yma , qish o’zing bilasan

B) Bunda bulbul kitob o’qiydi , Bunda qurtlar ipak to’qiydi

C) Maktab stadioni ancha kengaytirildi

D) Bizim tilimiz boydir (A.Fitrat)

35. Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot berilgan ? A) Yaxshi topib gapirar , yomon qopib gapirar

B) Takror aytmoq ne hojat , Sen chindan ham go’zalsan C) Atlas ko’ylak sizga juda yarashibdi

D) Mo’l hosil olish uchun tinimsiz mehnat qilish lozim



36 . Asoslari tub+yasama shaklda bo’lgan qo’shma otni toping

1) qiymataxta 2) gulbeor 3) uchburchak 4) beshqarsak A) 1,2,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling