Ot so`z turkumi 2021


Download 17.74 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi17.74 Kb.

OT SO`Z TURKUMI 2021|1 1. Quyida otlarning tuzilishiga ko’ra nechta turi qo’llangan? urush , oltingugurt , g’ala-g’ovur, qiziqchi, temiryo’l 1)sodda ot 2)qo’shma ot 3)juft ot 4 takroriy ot A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 2,3,4 2. Men na amaldorman va na qoziman, Allohning bandasi, bir she’rboziman. Dilimdek dil izlab o’tdim dunyodan, Mendan rozi bo’ling, men ham roziman. Parchada qo’llangan yasama shaxs otlari miqdori nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 3. Qaysi so’zlarda morfologik usul bilan o’rin-joy oti yasalgan ? A) kitobxon, qalamdon B) toshloq, qumloq C) temirchi, misgar D) darsxona, mehmonxona 4. Otning sifatlashuv hodisasi kuzatilgan javobni toping? A) bodomqovoq, Markaziy Osiyo B) kumush qoshiq. temir eshik C) uzun dasta. oltin kosa D) asfalt yo’l , takror aytmoq 5. Qalb shunday ummonki, uning bag’rida Dahshatli dog’lar silsilasi bor Qalb shunday zaminki, Otash qa’rida Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor. Ushbu to`rtlikdagi turlovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 6. Shoirlik—bu shirin jondan kechmakdir, Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir. Shoirlik—jigarni ming pora etmak, Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak. (Erkin Vohidov) Yuqoridagi to’rtlikda kelishik qo’shimchalari necha o`rinda belgisiz qo’llangan? A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 7. Qaysi gapda narsa oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan? A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi. B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan. C) Qorlar kurak yordam kuraldi D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi. 8. Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? 1) xalqaro tashkilot nomlari; 2) oliy davlat tashkilotlari; 3) oliy davlat mansabi; 4) vazirliklar nomi A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4 9. Qaysi javobda yasama mavhum otlar berilgan? A) sadoqat,vijdon B) saylov, to’qchilik C) quvonch, tuyg’u D) sevgi, ko’rik 10. Qismlari tub+yasama shaklida bo’lgan juft otni aniqlang. A) yig’im-terim B) ko’rpa-to’shak C) yarog’-aslaha D) kiyim-kechak 11.Quyidagi qaysi gapda ham morfologik ham kompozitsion usulda yasalgan so`zlar berilgan qatorni toping? A) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammani hayratga soldi. B) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning shoxi egilib turardi. C) Boyo`g`li tezlik bilan harakatlandi D) Nigoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi. 12. Qaysi javobda yasama o’rin-joy otlari berilgan? A) yulduz, sayyora, kometa B) tepalik, namozgoh, musofirxona C) qishloqlik, shaharlik, buxorolik D) yozuvchi , uchuvchi , quruvchi 13. Qish. Sovuq shamol esadi . Qor yog’moqda . Zahro hovliga chiqdi . U bahorda olma ko’chati ekkan edi . Hozir ko’chat oppoq qorga burkangan . Ko’chat shoxida chiroyli sa’va don axtarmoqda . Ushbu parchada nechta yasam ot qo’llangan A) 2 ta B) 4 ta C) 1 ta D) yasama ot berilmagan 14. Azim va chuqur daryolar shovqinsiz oqadi , sayoz jilg’alar sershovqin oqadi . Oqil va g’ayratli kishilar kam gapirib , ko’p ishlaydilar . Ushbu gapda ot so`z turkumiga oid so`zlar nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta 15. Jahonda nimaiki oq bo’lsa , unga ona suti timsol ; nimaiki jo’shqin bo’lsa , unga ham ona mehri timsol ; nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo’lsa , ona irodasi timsol; Kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa , onaning pok qalbi timsol . Ushbu parchada kelishik shakllari qay tarzda qo’llangan? A) 4 o’rinda belgili , 5 o’rinda belgisiz B) 3 o’rinda belgili , 4 o’rinda belgisiz C) 4 o’rinda belgili , 4 o’rinda belgisiz D) 5 o’rinda belgili , 5 o’rinda belgisiz 16. Berilgan qaysi gaplarda yasama otlar qo`llangan . 1) Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi 2) Mehmondorchilik tugagach , u uzundan uzun duo qilib o’rnidan turdi 3) Ikkita tuxum topib olibdi . suyunib cho’ntagiga solib biroz yuribdi 4) Qaddini rostlab , eshikni uzoq taqillatdi A) 1,4 B) 1,3 C) 1,2 D) 2,3,4 17. Bo’ri ta’qibi borgan sari kuchaydi . Kiyikcha toliqa boshladi . Shu sababli ancha ortda qoldi . Ota-onasi unga qaramay qochar edi . Oyijon , otajon ,nahotki menga qaramay ketib qolsalaring? Ushbu parchada nechta ismlarning munosabat shakli qo’llangan ? A)8 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 18. Bu dunyoda uning qo’lidan kelmaydigan ish yo’q : duradgorlig-u suvoqchilik , chilangarlig-u ustachilik—hammasini eplaydi Mazkur gapda nechta ot yasovchi qo’shimcha qo’llangan ? A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 5 ta 18. Yerimiz , suvimiz , farzandimiz deb , Xotin , bola-chaqa , dilbandimiz deb , Birma-bir jonimiz etamiz fido , Vatanni dushmanga bermaymiz aslo! ( Firdavsiy) Yuqoridagi to’rtlikning necha o’rnida kelishik qo’shimchasi ham belgili ham belgisiz qo’llangan ? A) 9 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 7 ta 19. Makoning bo’libdi tog’lar orasi , Sensan go’zallikning asli , sarasi . Ma’yus yuragingda ishqning yarasi, Sen ham oshiqmisan yoki , ohujon ? (A.Oripov) Ushbu to’rtlikning necha o’rnida qaratqich kelishigi qo`shimchalari belgili qo’llangan ? A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 20. Qaysi javobda yasama ot qo’llangan ? A) jo`shqin B) sheryurak C) toshqin D) tepakal 21.Qaysi gapda ot yasovchi qo`shimchalar boshqalariga nisbatan ko`proq qo`llangan? A) Maxsum kichkinagina, ozg’in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo’lmaydigan odam edi B) Dunyoda do’stlikdan afzalroq , yoqimliroq narsa yo’q C) Chakalakzor qorong’uligida u vahimaga tushar , butalarga turtinib-turtinib zo’rg’a olg’a qadam tashlar edi D) Oybek domla ko’pchilikning qalbini insonlarda juda kam uchraydigan kamtarligi bilan zabt etgan edi 22. O’z tilini unutgan xalqning, Mozorida ajdodlar qabri Uzra qo’yar bolalar tikan . Ushbu gapda qaysi kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llangan ? 1) qaratqich 2) tushum 3)jo’nalish 4)o’rin-payt A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 2,4 23. Quyidagi gapning necha o’rnida kelishik qo’shimchasini qo’llash bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan ? Odamlarning ma’naviy , madaniy , siyosiy fikr maydonlariga tortish , har bir fuqaroning shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo’limizdir. A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 24. Deraza tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomushgina silkitar edi . Ushbu gapda qaysi kelishik qo`shimchasi qo’llanmagan? A)chiqish B)qaratqich C)tushum D)jo’nalish 25. Mardlik—bu ezgu tuyg’u , muqaddas fazilat , tabarruk axloq . Mard bo’lgan insonlarda haqiqat, qanoat , sabr , ezgulik , vijdon , adolat , diyonat , insof kabi fazilatlarni, nomardlarda esa kibr , yovuzlik , ojizlik , makkorlik , hasad , adovat , tubanlik , noinsoflik kabi illatlarni uchratish mumkin . Ushbu gapda necha o`rinda yasama mavhum ot qo’llangan ? A) 10 ta B) 8 ta C) 11 ta D) 9 ta 26. Qaysi maqol faqat ismlardan tashkil topmagan ? A) Arg’amchiga qil quvvat B) Buzoqning yugurgani somonxonagacha C) Mevali daraxtning shoxi egik D) Ishning boshi boshlanguncha 27. Quyidagilardan qaysi gapda –lar; qo`shimchasi ko`plik ma`nosini ifodalamagan? A) Oyimlar meni bolaligimda tog’ga olib borganlari esimda B) Qultoy Boybo’rining tuyalariga qaraydi , qo’yini boqadi C) Bolalar kutubxonaga borishdi D) Kampirning dodiga odamlar to`plandi 28. Qaysi gapda nisbatan ko’proq shaxs oti qo’llangan ? A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek B) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abdullatif qirq yigiti bilan ovga chiqdi C)Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. Paxtakorning o’z kitobi bor . Bu kitob uning ko’kragida D) Men o’qimay turib ham , boshimda shu qalpoqcham bor ekan , albatta, agronom ham , injener ham , artist ham, shoir ham bo’la olaman. 29. Qaysi gaplarda sintaktik usulda yasalgan ot mavjud ? 1) Laylakqor urib turgan bir kun edi 2) Birdan bozorboshida dod-faryod ko’tarildi 3) So’rab surishtirgan Elmurod , nihoyat , ko’pgina chiroqlar charaqlab turgan hovliga kirib keldi 4) Ustalar menga qo’lqop olib kelishni buyurgan edi 5) Qo’qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da , chelaklab yomg’ir quyadi A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 30.Quyidagilardan qaysi javob imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Sog’liqni saqlash vazirligi B) O’zbekiston Milliy universiteti C) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi D) Birlashgan Millatlar Tashkiloti 30+1. Quyidagilardan qaysi gapda – lar; qo`shimchasi otlarga qo`shilganda tur, xil, nav ma`nolarini ifodalagan? A) Zamonamiz farhodlari har ishga qodir , Laylolari go’zallikda birdir , tanhodir. B) Uning lablari pirpirab , oyoqlari dir-dir qaltirar edi . C) Sizga qarab , zavqlarim toshib ketdi D) Do’konda nonlar va ichimliklar sotilmoqda


Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling