Otamdan qolgan dalalar


Download 17.07 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.07 Kb.
#1601715
Bog'liq
Mavzu 5


Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida Dehqonqul obrazi ramziy-fojiaviy obraz sifatida

Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani ijtimoiy-falsafiy ruhdagi romandir.Chunki yozuvchi o’zining bu asarida mustabid tuzum mohiyatini ya’ni o’sha davrning haqiqiy qiyofasini,unga olib keluvchi yo’llarni,uning ayanchli asoratlarini bir xalq timsoli tarzida o’rganish badiiy talqin qilish tarzida falsafiy fikr yuritadi.

Dehqonqul xarakteri o‘zbek xalqida hali-hanuz o‘z poydevorini yo’qotmagan — mehmondo‘stlik, olijanoblik, kamtarinlik, kamsuqumlik, vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, mehnatsevarlik va soddadillik kabi hislatlarni ko‘ramiz va bunga bevosita asar davomida guvoh bo‘lamiz.

Dehqonqul – butun umri ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o’zbek dehqonlarining umumlashma obrazidir.U yerdan o’zgani bilmaydigan,tan olmaydigan va butun dunyoni bir tanobgina yer timsolida ko’radigan obrazdir.Unga bu xislat ota meros yoin-ki,bobomeros bo’lsa ne ajab.

Adabiyotimizda uzoq yillar davomida paxtakorlar mehnati ,ayniqsa paxtakor xotin qizlar mehnati juda oson ish tarzida,bayramona kayfiyatda tasvirlab kelinar edi. Ammo bu dabdabali mehnat ortida qanchalik mashaqqat borligini adib birgina “Dehqonqul”obrazi orqali juda keng ko’lamda ochib bera oldi. “Dehqonqul”obrazining va bu obraz orqali butun jamiyatning kelajakka,tinch va osuda kunlarga bo’lgan sog’inchli dard-u g’amlarini singdiradi.

Asarning bosh qahramoni Dehqonqul o‘zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Asarda uch avlod vakillari Jaloliddin Ketmon, uning o‘g‘li Aqrab va uning farzandi Dehqonqul obrazi orqali hayotimizning fojiali qirralarini mahorat bilan yoritib bergan. Bolalikdan qullik, zulmga ko‘nikkan, hayotni faqat mehnatdan iborat deb bilgan Dehqonqul uchun dalalari va paxtasi muhim. Uning uchun dalalarining yaxshi saqlanishi, mo‘l hosil berishigina saodat. Dehqonqul shu tashvishlar bilan band bo‘lib oilasiga, farzandlariga ham e’tibor bermaydi. Markazdan keluvchi mehmonlarga atab bozor qiladi, biroq bolalariga kelganda kambag‘alligiga ko‘nadi. Siyosatdan yiroq bo‘lgan bo‘lsa-da, asar yakunida “Paxta ishi” sababli qamaladi. Shuncha yil qul bo‘lib yashagan Dehqonqulning ko‘zi shunda ochiladi. Hayotidagi barcha fojialarni ana o‘shanda anglaydi. Dehqonqul obrazi orqali Sovet dehqoni qiyofasi tasvirlangan.


Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani sobiq tuzum tomonidan olib borilgan mustamlakachilik siyosatining daxshatlari, milliy ozodlik, yo‘lidagi kurashlarning parokandalikka yuz tutishlari, paxta yakkahokimliklarining oqibatlari millatning qatag’on qilinishi o‘zbek xalqining taqdiri misolida ochib berilgan. Bularni ochib berishda yozuvchidan katta mahorat talab qilindi. O‘sha davr qatag’on avj olgan paytda, hayda-haydalar, firqadan o, surgunlar, qamalishlarni muallif o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, voqealar jarayonida bevosita ishtirok etganlar suhbatidan bahramand bo‘lib, keyin qog’ozga tushiradi.
.
Download 17.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling