O’tkazish sanasi: O’tkazish joyi: maktab. Inforatika xonasi №


Download 74.08 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi74.08 Kb.
#148429
Bog'liq
2 dars KATAKKA MUROJAAT NISBIY ABSOLYUT VA ARALASH MUROJAATLAR


Mavzu: 2-DARS. KATAKKA MUROJAAT: NISBIY, ABSOLYUT VA
ARALASH MUROJAAT

O’tkazish sanasi: ___________________

O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___


Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga nisbiy, absalyut va aralash murojaatlar bilan ishlashni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni kamolotga intilish; hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganishni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

FOK: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Jajji bilimdon” jurnali.

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.



Ishlash bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)

    1. Darsni tashkillashtish.

    2. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)

    3. O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:

  1. Darsga tayyorlanadi.

  2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.

  3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.

2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)

hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa)

Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.

3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)

O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.

Uyga topshiriq va savollar beriladi.




  1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.

  2. Vazifalarni yozib oladi.

Asosiy tushunchalar:



Microsoft Excel 2010 elektron jadvallari yordamida arifmetik amallardan tashqari kataklarga turlicha murojaat qilish orqali amaliy masalalarni mazmunan sifatli yechish mumkin.

Mavzuni yoritish.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.


  1. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

  2. Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Quyidagi amallarni bajaring:



  • A1 katakka 23 sonni B1 ga 0 kririting va C1 katakda A1/B1 amalini

bajaring va natijani tahlil qiling.


  • A1 katakka 1 sonini B1 ga 1 kririting va A3 katakda A1A/B1 amalini bajaring va hosil bo‘lgan xa

  • A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;

  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

1-mashq. Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish;




Bajarish:

  • birinchi satr kataklari tugmasi yordamida kataklar bittaga keltirilib “Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari” matni yoziladi;

 A2:A3 kataklar birlashtirilib “Sinflar” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 B2:B3 kataklar birlashtirilib “O‘quvchilar soni” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 C2:G2 kataklar birlashtirilib “Fanlar” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 H2:L2 kataklar birlashtirilib “O‘zlashtirish ko‘rsatkichi” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 C3:G3 hamda H3:L3 kataklarga fanlar nomlarii joylashtiriladi;

 B4:B6 kataklarda guruhdagi o‘quvchilar soni kiritiladi;

 C4:C6 dan G4:G6 gacha fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni kiritiladi;

 B4:B6 sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda ajratib olinib, Excel 2010 tasmasidan Σ tugmasi bosiladi, natijada B7 da o‘quvchilar umumiy soni hosil bo‘ladi;

 C7:G7 kataklarida fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning barcha sinflar bo‘yicha umumiy sonini aniqlashni osonlashtirish uchun B7 katagini o‘ng past burchagiga sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda siljitib kerakli qiymatlarni hosil qilamiz.

Qaralayotgan katakka ushbu murojaat usuli nisbiy murojaat deb ataladi;



10-a sinfida ona tilidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun H4 katagida = ni kiritib, fandan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni C4 ni sinfdagi o‘quvchilar umumiy soni B4 ga bo‘lib, natijani 100 ga ko‘paytirib yaxlitlab olamiz. O‘zlashtirish ko‘rsatkichini hamma vaqt guruhdagi o‘quvchilar soniga bo‘linganligi sabali B4 ni qo‘zg‘lmasqilishuchun, ushbu manzilga $B$4 ko‘rinisida,absolut murojaatya’niqilinadi;


  • qolgan sinflar va boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlastirish ko‘rsatkichlarini oson aniqlash uchun sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda B ustun va 7 satr bo‘yicha siljitamiz.

Shunday qilib nisbiy va absolut murojaat usullarini qo‘llab, qaralayotgan masalani yechish juda oson bajarildi. Natijada quyidagi elektron jadval hosil bo‘ldi:



  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

1. Katakka absolut va nisbiy murojaatlarning farqini tushuntiring.

2. Excel 2010 elektron jadvallarini xotirada saqlash uchun qanday

yangi texnologiya qo‘llaniladi?

3. Excel elektron jadvali yordamida sinfingizda fanlardan

o‘zlashtirish monitoringini olib borish uchun ma’lumotnoma

tayyorlang

  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.


  1. Uyga vazifa berish:

1. Absolut va nisbiy murojaatlarga doir masala tuzing va uni yeching.



2. Sinf o‘quvchilarini davomatini aniqlovchi jadval yarating.
O’IBDO’: _________________________
Download 74.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling