Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham bo‘lgan


Download 50.5 Kb.
Sana17.03.2022
Hajmi50.5 Kb.
#610053
Bog'liq
Amir Temur qo‘s
CamScanner 09-10-2021 18.24, 5 6102572357753241813

Amir Temur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda piyodalar ham uzoq cho‘l safarlarida otlar bilan ta’minlanar, otliq askarlarning katta qismi piyoda tartibda jang qilishga ham o‘rgatilgan edi. Ular kamondan zarb bilan bexato otish lozim bo‘lgandagina otdan tushib, piyoda jangchilarga aylanardilar.

Otliq askarlar oddiy va saralangan jangchilarga bo‘linib, yengil va og‘ir otliq qo‘shinni tashkil etgan. Bundan tashqari, Sohibqironning xos navkarlari ham bo‘lgan.

Uning lashkarlari tarkibida asosiy askarlardan tashqari, yana quyidagilar mavjud bo‘lgan: 1) pontonchilar (ko‘chma ko‘priklar qurish ishlari bilan shug‘ul­lanuvchilar) va kemachilar (ular asosan Amudaryo va Sirdaryoda kemachilik bilan shug‘ullanuvchi kishilardan tanlab olingan; 2) naftandozlar (yunon olovini otuvchilar); 3) qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar bilan ishlashni biladigan jangchilar. (Amir Temur qamal qilgan ko‘plab qal’alarning shunday qurollardan mohi­rona foydalanish natijasida qo‘lga kiritilgani qo‘shinning bu turi juda katta malakaga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Bu buyuk Temur yunonlar va rimliklar qal’alarni ishg‘ol qilish uchun qo‘llagan usullarni yaxshi bilganini ko‘rsatadi. Amir Temur Boyazidga qarshi jangda grigoryan olovini otuvchi moslamalarni fillar ustiga o‘rnatib qo‘llagan); 4) Sohibqiron tik qiyaliklarga chiqa oladigan, tog‘li hududdagi janglarga ko‘nikkan, tog‘ aholisidan tashkil topgan maxsus piyoda qismga ega bo‘lgan. Bu qism jangchilari Amir Temurga daralar, tog‘ yo‘llari va tog‘larda joylashgan qal’alarni ishg‘ol qilishda katta yordam bergan.

Sohibqiron Amir Temur urush boshlashdan avval oddiy otliq askarlar yoki yengil otliqlardan kamon, sadoq (o‘q-yoyi bilan), qilich, arra, bigiz, igna, taroq, arqon, bolta, o‘q uchun 10 ta poynak, qop, mesh (daryodan o‘tish hamda suv olib yurish uchun ishlatiladigan charm qop) va 2 ta otga ega bo‘lishni talab qilgan. Bundan tashqari, har 18 kishiga kigizdan ishlangan o‘tov olinishi shart bo‘lgan.

Saralangan jangchilar yoki og‘ir otliqlar dubulg‘a, qalqon, qilich, kamon va o‘q-yoy bilan qurol­langan. Ularning har biri 2 ta ot va har 5 kishi bitta o‘tov olishi shart bo‘lgan (saralangan jangchilarning qurol-anjomlari ko‘p joyni egallagan hamda ular maxsus xizmatkorlarga ega bo‘lgan). Shuningdek, gurzi, oybolta, shamshir bilan qurollangan maxsus jangchilar bo‘linmasi ham mavjud bo‘lib, ular otlarining ustiga yo‘lbars terisidan yopinchiq yopganlar.

Manbalarda keltirilishicha, Amir Temur qo‘shinlari o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar, tumanlar (10 ming yoki 12 ming jangchidan iborat qo‘shin) va boshqalarga bo‘lingan va ularga o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va amirlar boshchilik qilganlar. Amirlar 12 darajaga bo‘lingan. Ular turli qabilalarga boshchilik qilib, darajasi, qabila tomonidan berilgan jangchilar soniga bog‘liq bo‘lgan.

Harbiy unvon berish. Har bir o‘nlikda saralangan jangchilar orasidan muloha­zakor va mard jangchi tanlab olinib, qolgan 9 jangchining roziligidan so‘ng o‘nboshi etib saylangan; o‘nboshilardan esa faoliyati va qobiliyatiga qarab yuzboshi saylangan; 10 nafar yuzboshidan esa (harbiy ishlarda mohir va tajribaga ega amirlar farzandi yoki aslzodalar avlodidan bo‘lgan jasur kishilardan) mingboshi tayinlangan. Har bir boshliqning o‘rnini bosadigan yor­damchisi bo‘lgan.

Maosh tayinlash. Pul munosabatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan ko‘chmanchi xalqlar buyumlar qiymatini ot, qo‘y, tuya va boshqa narsalar bahosi bilan o‘lcha­ganlar. Shu tufayli Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga tegishli otning narxiga teng qilib belgilagan. A’lo darajadagi jangchi(bahodir)larning maoshi 2 tadan 4 tagacha ot narxiga teng bo‘lsa, yo‘lboshilar 10 ta jangchi oladigan maoshni, yuzboshilar 2 ta o‘nboshi oladigan maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshini olganlar. Tartibni buzgan jangchi o‘z maoshining o‘ndan bir qismidan mahrum etilgan.

Amirlar maoshi ularning darajasiga qarab ming va 10 minggacha ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 minggacha ot narxi bilan belgilanib, ularga viloyat ham hadya etilgan. Ko‘rinib turibdiki, Sohibqiron bobomiz qo‘shin tuzish, ularni jang oldidan jangovar holatga keltirishda vaziyatni har tomonlama va to‘g‘ri baholagan, oqillik bilan qarorlar qabul qilgan. Buyuk sarkardaning qo‘shinlarni boshqarishga bunday jiddiy yondashishi uni doim g‘alabaga yetaklagan.

Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” asarida shunday deydi: “...sardor aql-u tadbirkorlik bilan ish yuritib, shoshma-shosharlik qilmasin, chunki shoshqaloqlik shaytonning ishidir. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishmasin, chunki undan qutulib bo‘lmaydi”.

Temuriylar harbiy sanʼati — jahon gʻarbiy sanʼagi rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan gʻakli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga gʻarbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq va gʻovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qoʻshindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashgʻul oʻtroq aholidan ham askar toʻplagan. Qoʻshinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib armiyaga oʻt sochar qurol — toʻp(raʼd)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va h.k.) keng yoyildi. Togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va boʻlinmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan.

Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, uz vaqtining ilgʻor qurol va texnikasi bilan taʼminlangan, qismlar bir-biridan kiyimbosh, bayroq va tugʻlari bilan farqlangan. Bunday farklanish jangda qoʻshinni boshqarishda qoʻl kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar bilan barbod etish, raqibning yirik shaharlariga qoʻqqisdan zarba berish, qalʼa, qoʻrgʻon va hisorlarning uzoq muddat muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng koʻlamda qurshab olib, qishloq, shahar, tuman, viloyatlarni birinketin zabt etish, dushmanni batamom yakson etgungacha taʼqib qilish, taslim boʻlgan mamlakatlarni boshqarishga ishonchli kishilarni tayinlash singari amaliyotlar Amir Temur va temuriylarga koʻplab zafarlar olib kelgan. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. Razvedka aʼlo darajada yoʻlga qoʻyilgan, qismlarning janggohda yoki jangovar safda talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va choralar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida tezkorlik bilan boshqarishga alohida diqqat qaratilgan. Oʻnlik, yuzlik, minglik va tuman qoʻmondonlarini tanlash masalasiga oliy bosh qoʻmondon masʼul hisoblangan. Sohibqironning harbiy sanʼat rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri — jang vaqtida qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, oʻz navbatida, gʻanim kuchlarini yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — qunbulning joriy etilishi boʻlgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan. Shayboniyxon armiyasida bunday kiyem mavjud edi va u toʻlyuma atamasi bilan nomlangan. Qoʻshin toʻplash haqida maxsus buyruq (tunqol) elon qilingach, hukmdor tomonidan tuzilgan roʻyxatga binoan jangchilar otulovi, qurolyarogʻi, oziq-ovqati, yemxashagi bilan toʻplanish yeriga yetib kelgan. Har bir askarga bitta yoy, 30 ta oʻq, bir sadoq, bitta qalqon, bitta qoʻshimcha ot, yarim man ogʻirligida arqon, bir dona pishik, teri xalta va bitga qozon ajratilgan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir kerki, bitta oʻroq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. Oʻnbegining alohida chodiri va 5 ta qoʻshimcha oti boʻlgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qoʻshimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham taʼminlangan.

Sohibqiron armiyasining turli boʻlinma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi oʻnbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan. Diviziya — tumanlarga Amir Temurning farzandlari, nabiralari va nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Yetarli miqdorda qoʻshin toʻplangach, u koʻrikdan oʻtkazilgan. Temuriylar davrida yurish yoki jangdan oldin lashkarni koʻrikdan oʻtkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniklash izchillikka aylangan. Qushinning jangovar holatini nazardan oʻtkazish imtihon qilish usuli sifatida eʼtirof etilgan ovgarta (ov uyushtirish)dan unumli foydalanilgan.

Temuriylar harbiy yurishlarga koʻproq kuklam, yoz va kuz mavsumlarida otlanishni maʼqul bilganlar. Safar qoidasiga koʻra, har bir sarkarda oʻz darajasi va lavozimiga qarab qism va boʻlinmalari bilan yasol — jangovar tartibda harakat qilgan. Yasolni buzgan shaxs qattiq jazolangan. Qoʻshin janggohga tushganda lashkargoh atrofi aravalar bilan toʻsilgan, xandaqdar bilan ihota qilingan, soqchi boʻlinmalar tomonidan qoʻriklab turilgan. Yurish yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir boʻlinma, guruh, kismning oʻz paroli — oʻron belgilangan. Armiya safar chogʻida quyidagi jangovar tartibda harakat qilgan: Bosh kuchlardan ancha oldinda qaravul (avanpost), undan keyin mangʻlay (hiravul)(avangard), barangʻar, juvangʻar, qoʻl(markaz), chagʻdavul (aryergard) yurgan. Qoʻshin ketidan oʻgʻruq (oboz) peshmapesh kelgan. Oliy bosh qoʻmondon jang maydonini tanlashga alohida diqqat qaratgan. Janggohning tekis, keng va qoʻshin qismlarini joylashtirishga qulay boʻlishi talab qilingan. Jang maydonining suvga yaqin boʻlishi hamda jang vaqtida kuyosh nurining askarlar koʻziga tushmasligi maqsadga molik hisoblangan. Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tugʻlar bilan bezatilgan oliy qoʻmondon borgohi balandlikka oʻrnatilgan. U yerdan jangning borishi kuzatilib turilgan.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik qoʻshini jangga mana bunday tartibda kirgan. Dushman bilan dastlabki toʻqnashuvni aygʻoqchilik bilan mashgʻul boʻlgan qaravul boshlab bergan. Shundan soʻng oʻng va chap qanot ilgʻor qismlari — barangʻar xiravuli va juvangʻar hiravuli madadida asosiy ilgʻor qism — mangʻlay jangga kirgan. Mangʻlay ortidan barangʻar hamda juvangʻarning qolgan 2 boʻlagi — chapavul va shagʻavul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar dushmanni Magʻly6 etishga kifoya qilmasa, bosh qoʻmondon (amir ulumaro) boshchiligidagi markaz (qoʻl)(gʻoʻl) hal qiluvchi hujumga tashlangan: vdravul, qaravul, manglay (xuravul).

Sohibkiron armiyasi qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi quyidagicha boʻlgan: qoʻshin markazi 40 boʻluk — polkka taqsimlangan va Oliy bosh qoʻmondonga itoat qilgan. Ushbu boʻluklarning sara jangchilardan tashkil topgan 12 boʻluki safning 1qatorida, qolgan 28 boʻluki 2 va 3qatorlarda joylashgan. Qirq boʻlukning oʻng tarafi oldida amirzodalar qismlari, soʻl tarafi oldida qarindoshlar va itshfoqchilar qismlari saf tortgan. 2qatorning barangʻarida 6 boʻluk oʻz ilgʻori — hiravul bilan oʻrin egallagan. Ayni shu miqsordagi boʻluk va hiravulga juvangʻar ham ega boʻlgan.

2-qator barangʻari va juvangʻari oldida yuqoridagi tartibda 1qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilgʻor — mangʻlay (yoki hiravuli buzurg) harakatda boʻlgan. Yengil suvoriylardan iborat 2 boʻluk armiyani qoʻqqisdan boʻladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari harakatini kuzatish bilan band boʻlgan.

Bobur qoʻshini dastlab anʼanaviy 5 qismdan tashkil etilgan holda harakat qilgan. Keyinchalik bu jangovar tartibga jiddiy f oʻzgartirishlar kiritilgan, markaz (gʻoʻl) kuchaytiril3 gan. Markaz oʻng qoʻl baraigʻyar chapavul va soʻl qoʻlga taqsimlangan hamda oʻng yon va soʻl yondan iborat xossa tobin oldida qator vazifasida harakat qilgan. Xossa tobin oʻng va soʻldan tarkib top gan, 3qator vazifasini oʻtagan shaxsiy gvardiya boʻy oldidan joy olgan.

Saralangan askarlardan tuzilgan xossa tobin markaz (gʻoʻl)dan kuchsizroq, boʻydan esa kuchliroq hisoblangan.

Harbiy san’at tarixi sohibqiron Amir Temurni haqli ravishda jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida e’tirof etadi. Buyuk bobomizning harbiy iste’dodi asosan ikki yo‘nalishda: mohir harbiy tashkilotchi va atoqli sarkarda sifatida yorqin namoyon bo‘lgan. Amir Temur tuzgan armiya o‘ta intizomli bo‘lib, sarkarda muhoraba chog‘i qo‘shin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovni tadbirkorlik bilan oshib o‘tishga, lashkarning jangovar ruhini zarur darajada saqlashga muyassar bo‘lgan. Qo‘shinlar tarkibi Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Eron, Badaxshon, Mo‘g‘uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari joylardan yig‘ilgan askarlardan iborat edi. Qo‘shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilinib, uning jangovar tartibi jangdan-jangga takomillashib borgan, armiya eng ilg‘or qurol-aslahalar bilan qurollangan, qismlar bir-biridan kiyim-boshi, bayrog‘i va tug‘i bilan farqlangan. Bu jang paytida qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan.

«Temur tuzuklari»da ta’kidlanishicha, safar chog‘ida oddiy askarlarning har o‘n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, o‘nta nina, arra va teri xaltaga ega bo‘lgan. Sara jangchilarning har beshtasi bir chodirga joylashgan. Ularning har biri dubulg‘a, sovut, qilich, o‘q-yoy, sadoq va buyruqda ko‘rsatilgan miqdorda ot bilan ta’minlangan. Harbiy san’at sir-asrorini bilgan, dushman safini parokanda qilish yo‘l-yo‘rig‘ini yaxshi egallagan, mushkul paytlarda dadil harakat qiladigan, hech qanday to‘siqdan tap tortmaydigan, qo‘shinda sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli bo‘lmagan tartibsizlikni vaqtida bartaraf eta oladigan yovqur va mohir jangchilargina Temurbek tomonidan lashkarboshilikka qo‘yilgan.

Sohibqiron bobomiz o‘z qo‘shinining harbiy takomiliga katta e’tibor berib, “amir va amirul-umaro”, ya’ni “bosh amir” kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etadi. Shu kabi oliy darajali unvonlarga ega bo‘lgan iqtidorli sarkardalarga u hatto viloyat hokimligi yoki noibligini in’om etgan.

Lashkar “tuman” – o‘n minglik, “hazora” – minglik, “qo‘shun” – besh yuzlik va “ayl” – o‘nlik birikmalarga bo‘lingan. Tumanlarda askarlar soni o‘n ming, qo‘shinda yuz nafardan ortiq bo‘lgan. Amir Temur o‘n minglik uchun “tuman og‘asi”, minglik bo‘linmalar uchun “mirihazora”, yuzliklar uchun “qo‘shunboshi” va o‘nliklar uchun “aylboshi” kabi harbiy mansablar ta’sis etgan, ularning haq-huquqi, maoshi belgilab berilgan.

Har viloyat asosiy – “asl” hamda zahira – “izofa” qismlarni to‘plab bergan. Viloyatlar tosh otar – sangandoz, devor buzuvchi — manjanaq, o‘t otar yoki to‘p – ra’dandoz va naftandoz hamda o‘zi otar qurollarni ishlata biladigan jangchilarni tayyorlar edi. Askariy qismlarni to‘plash bilan tavochi vazifasidagi amaldorlar shug‘ullangan.

Jangda bahodirlik ko‘rsatib g‘alaba qozongan amir uchun in’omlar ham belgilab qo‘yilgan. Qaysi amir biron qo‘shinni yengsa yoki viloyatni fath etsa, u tug‘, nog‘ora, bahodirlik martabasi, davlat kengashlariga kirish huquqi hamda biron sarhadning noibligi bilan siylangan. Har bir zobit jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz sanalgan. Oddiy navkar nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda u ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala va adolatli bo‘lishi lozim edi.

Taktika jihatidan Amir Temur armiyasi qo‘shini yettita taktik qism-kuchlarga bo‘lingan, razvedka a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan, qismlarning janggohda zarur darajada harakat qilishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, ularni jang chog‘ida boshqarishga alohida e’tibor qaratilgan. Qismlararo aloqa yuqori saviyada bo‘lishi, harbiy boshliqlarning to‘g‘ri tanlanganligi muhoraba natijasiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Klavixoning ta’rifiga ko‘ra, temuriy lashkarboshi tinchlik chog‘ida zarhal ip bilan tikilgan havorang satin ko‘ylak kiygan. Uning boshida dur hamda boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan bo‘rk bo‘lgan. Bo‘rkning ostidan uch qator qilib o‘rilgan ikki kokil yelkaga tushib turgan.

Elchi bu yo‘sinda o‘rilgan sochlar Temurbek askarlarining nishoni ekanligini alohida qayd etadi.

Yurish oldidan Sohibqiron arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, amirzodalar, beklar va amirlarni harbiy kengash — mashvaratga to‘plagan, so‘ngra askar yig‘ish uchun maxsus buyruq e’lon qilingan, qismlar harbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Amir Temurning harbiy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlaridan yana biri qo‘shin qanotlarini jang chog‘ida dushman hujumidan muhofaza qilish va, aksincha, g‘anim kuchlarini yon tomondan aylanib o‘tib, ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism — kanbulning joriy etilishidir.

Amir Temur qo‘shinini Jahongir Sayfuddin va Purhusayn barloslar, Oq Bug‘a, Usmon Abbos, Muhammad Sulton Qamariy, O‘rus Bug‘a, Hamza Sulduz, Amir Murizoda, Muhammad Qazg‘on, Sariq Atka va Muzaffar Uch Qaro kabi janglarda shuhrat topgan mahoratli va jasur kishilar boshqargan.

Sohibqiron Amir Temur ana shu tarzda o‘z zamonining kuchli va eng jangovar lashkarini tashkil qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Dushman mudofaasini mohirona yakson qilish, g‘animlarning yirik shaharlariga qo‘qqisdan zarba berish, mustahkam qal’a, qo‘rg‘on va hisorlarni uzoq muddat qamal qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng ko‘lamda qurshovga olish, raqibni ta’qib qilish kabi strategik rejalarni ko‘zlab ish yuritish Sohibqironga faqat g‘alaba olib kelardi.

Sohibqiron yaratgan qudratli armiya jahonning o‘sha vaqtdagi eng ilg‘or armiyasi sifatida tan olingani, keyinchalik ham buyuk sarkardalar, harbiy mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgani, bir necha asrlar mobaynida ibrat va andoza vazifasini o‘tagani hamda harbiy san’at tarixi sifatida keng ko‘lamda o‘rganilgani bejiz emas.



Shubhasiz, bizning bugungi armiyamiz — Vatanimiz himoyachilari uchun ham buyuk bobomiz yaratgan armiya qo‘shinlarining yovqurligi, bahodir jangchilarning dovyurakligi chinakam ibrat timsolidir.

Hatto, harbiy xizmatga bir necha ming ayollarni ham jalb qilib, ularga urush texnikasidan saboqlar berdi. Bu haqda jonli guvoh bo‘lgan Ibn Arabshoh shunday yozadi: «Temur lashkarlari orasida ayollar ham bo‘lib, ular dushman bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda matonat ko‘rsatardilar. Nayza sanchishda, qilich o‘ynatishda va kamondan mo‘ljalga olishda mohir erkaklardan ko‘ra ham ortiqroq ish qilardilar. Agar ulardan biri homilador bo‘lib yo‘lda ketayotgan payt­­da uni dard tutsa, yo‘ldan chetga chiqardi. U tezda yig‘ishtirinib olgach, tag‘in uloviga minib jangga kirardi».
Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling