Maqsad: bolalar о‘simlikni qayta tirilish jarayonini kuzatadilar, bunday gullarni mustaqil
ravishda parvarishlay oladilar.
Kerakli jihozlar: nobud bо‘layotgan gul, suv, idish.
Faoliyatning borishi:
1. Amaliy tajriba: nobud bо‘layotgan gulni parvarishlash.
2. Gulni suvli idishga solish va uni kun davomida kuzatib borish.
3. Amaliy tajriba natijasini muhokama qilish.
Qо‘shimcha: muassasa gulzoridagi gullarni sug‘orish.
E’tiborga molik jihati: ozoda, tartibli ishlash, parvarishga muhtoj gul bilan sog‘lom gulni
farqlash.
San’at
Mavzu:Binafsha va ninachi
Maqsad: bolalar binafsha shaklini loy yoki plastilindan yasaydilar, gullar nomlarini farqlaydilar.
Kerakli jihozlar: loy, plastilin, doska, salfetka, stek, yelim likopcha, namuna.
Faoliyatning borishi:
1. Namunani kuzatish.
2. Mavzu asosida loy yoki plastilin ishi.
3. Binafsha va ninachini yelim likopcha ustiga joylashtirish.
4. Dо‘stlari bilan bajarilgan ishlar tahlilini qilish.
5. Rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: tayyor ishlarni tabiat burchagiga qо‘yish.
Alohida e’tibor qaratiladi: shakllarga aniq ishlov berish.
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Dorivor о‘simliklar
Maqsad: bolalardorivor о‘simliklar haqida ma’lumotga egalar, dorivor о‘simliklardan malham
tayyorlash mumkinligini biladilar.
Kerakli jihozlar: Ibn Sino obrazi uchun kiyim, dorivor о‘simliklar, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. AKT orqali dorivor о‘simliklardan malham tayyorlashni kо‘rish.
2. Mavjud jihozlar bilan tanishish.
3. Ibn Sino va dorivor о‘simliklar sahnasini rejalashtirish.
4. Rollarni taqsimlash.
5. Sahnalashtirish jarayoni.
6. Rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |