O’yin ko’katzor, o’tloq joyda yoki sport maydonchasida o’tkaziladi


Download 204.3 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi204.3 Kb.
#1345178
Bog'liq
chillak


O’yin ko’katzor, o’tloq joyda yoki sport maydonchasida o’tkaziladi. O’yin uchun uzunligi 80-100 sm li, diametri 2-2,5 sm li bir uchi yassi qilib tekislangan teyoq (dasta) va uzunligi 20 sm li tayoqcha (chikaldak) kerak bo’ladi. O’yinda ikkitadan o’ntagacha kishi qatnashishi mimkin. O’yinni yakkama-yakka o’ynasa ham, jamoalarga bo’linib o’ynasa ham bo’laveradi. O’yin tasviri. Oldingi chiziqdan ko’pi bilan 2 m nariga dasta qo’yiladi. O’yinchilarga ana shu yerda yotgan dastaga chikaldakni tashlash huquqi beriladi. Chikaldakni dastaga birinchi bo’lib tegizgan o’yinchilar o’yinni boshlash huquqiga ega bo’ladilar. Buning uchun o’yinchi chikaldakni dasta uchiga qo’yib turib yengilgina shunday ko’tarib tashlashi kerakki, chikaldak qaytib tushib, dastaga tegzin va yana sapchib ko’tarilib, qaytib dasta ustiga tushsin va hokazo. Chikaldakning dastaga har bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi. O’yinchi shu tartibda necha ochko to’plagan bo’lsa, shuncha marta dasta bilan chikaldakni urib uni to’g’riga otadi. Agar har bir otganda chikaldak 20-30 m nariga borib tushsa, 3 4 ochko bo’yicha otganda umumiy masofa 90-100 m gacha yetkazilishi mumkin. Yutqazgan o’yinchi yoki raqib jamoaning o’yinchisi bu masofaning hammasini yugurib o’tishi kerak. Shunisi ham borki, bu masofani o’yinchi nafasini yutib turib yugurib o’tishi lozim. Agar chopib ketayotgan vaqtda nafas olinsa, yoki chaqirilsa, o’yin qaytariladi, ya’ni chikaldakni urib otish yo’li bilan yana chopib o’tiladigan masofa belgilanadi. O’yin qoidalari. 1. Dasta bilan chikaldakni silkitib tashlaganda chikaldak dastaga 3 martadan ortiq tegmasligi kerak. 2. Chikaldakni yerda yotgan dastaga tashlayotganda o’yinchilar o’yinni boshlash chizig’ini bosishlari mumkin emas. 3. O’yinchi nafas olmasdan belgilangan masofani to’la yugurib o’tishi lozim. 4. O’yinchi belgilangan masofani chopib o’tishdan bosh tortsa, u ashula aytib berishi, o’ynab berishi yoki she’r o’qib berishi kerak. Metodik ko’rsatmalar. Nafas olish yuzasidan tushunmovchilik chiqmasligi uchun yuguradigan o’yinchi qo’ng’izning zuvillashiga o’xshab ovoz chiqarib chopishi lozim.
O`yinga tayyorlanish. O`yin o`xpoq joyida yoki sport maydonchasida o`tkaziladi. O`yin uchun uzunligi 80- 100 sm, 2- 2,5 sm bir uchi yassilangan tayoq (dasta) va uzunliga 20 sm tayoqcha— chillik kerak bo`ladi.
O`yinda 2 tadan 10 tagacha o`quvchi qatnashishi mumkin. O`yinni Yakkama-Yakka o`ynasa ham, guruhlarga bo`linib o`ynasa ham bo`ladi.
O`yinning tavsifi. Oldingi chiziqdan 2 m nariga dastani qo`yiladi. O`yinchilar chillakni erda yotgan ana shu dastaning ustiga irg‘itadilar. Chillakni birinchi bo`lib dastaga tekkizgan o`yinchi o`yinni boshlash xuquqiga ega bo`latsi. Buning uchun o`yinchi chillakni dastaning uchiga qo`yib turib yengilgina ko`tarib tashlashi va chillakni qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib ko`tarilib, qayta dasta ustiga tushishi kerak. Chillak dastgohi bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi.
O`yinchi shu tartibda necha ochko to`plasa, u shuncha marta dasta bilan chillakni urib uni to`g‘riga otadi. Agar har bir otganda chillak 20 – 30 metr nariga borib tushsa, 3- 4 ochko bo`yicha otilganda 90 – 100 metr masofaga etkazilishi mumkin.
Yutqazgan o`yinchi yoki raqib guruh o`yinchisi ana shu masofaning hammasi yugurib o`tishi kerak. Bunda u nafas olmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa, o`sha joyda yana dasta bilan chillakni sakratib urib qaytadan chopib o`tiladigan masofa belgalanatsi.
O`yinning qoidasi. 1. Dasta bilan chillakni silkitib tashlanganda chillak dastaga uch martadan kam tegmasligi kerak. 2. Chillakni erda yotgan dastaga tashlayotganda ishtirokchilar o`yinni boshlash chizig‘ini bosib turmasligi kerak. 3. O`yinchi belgalangan masofani chopib o`tishdan bosh tortsa, u ashula aytib yoki o`ynab berish, she’r o`qishi ham mumkin.
Metodik ko`rsatmalar. Nafas olish yuzasidan tushunmovchilik chiqmasligi uchun yugurayotgan o`yinchi qo`ng‘izning yuziga o`xshagan ovoz chiqarib borishi lozim.
Pedagogik ahamiyati. O`yinda birgalikda harakat qilishi, epchillik, tezkorlik,chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bolalarni jismonan chiniqtirish, cho’plarni uzoqroq otishga o’rgatish, ularni ko’z qiri bilan qancha chamalashga (masofa necha qadam chiqishini) va ularni ravon sanashga o’rgatish hamda nafas rostlab yugurishni rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Bolalarga bu o’yinni o’ynash uchun 2 dona g’isht va tol daraxtidan qilingan 2 dona cho’p kerak bo’ladi.
O’yinning borishi: Birinchi bolalar qur’a tashlab, kim birinchi boshlashini kelishib oladilar. Keyin 2 dona g’ishtning orasini 20 santimetr uzoqlikda qo’yib o’yin boshlanadi. Birinchi bola 1 ta cho’pni g’isht ustiga qo’yib, ikkinchi cho’p bilan pastdagi cho’pni ozgina yuqori ko’tarib uzoqqa otadi. Cho’p tushgan joy chizib belgilanadi. O’yin boshlagan bola g’ishtdan cho’p tushgan joygacha necha tayyoq chiqishini chamalab aytishi lozim. Agar cho’p tushgan joy bola aytganidek 20 yoki 30 ta tayok chiqsa, bola shuncha ochko to’plagan bo’ladi. Agar tayoq tushgan joy 20 yoki 30 ta chiqmasa, bola yutqazadi va o’yinni keyingi bolaga beradi. Bu o’yinni uch kishi yoki to’rt kishi o’ynashi mumkin. Eng kam ochko to’plagan bola, masalan, 200, 300 yoki 1000, ochko to’plagan bo’lsa, shuncha joyni belgilab, chillak g’ishti turgan joydan 1000 cho’p chiqadigan joygacha «zuv» so’zini bir nafasda to’xtamasdan aytib borishi kerak va cho’pni o’sha joyga qo’yishi kerak.



Download 204.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling