O‘z fikrlaringizni asoslab yozing


Download 91.04 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi91.04 Kb.
#636580
Bog'liq
1-yuristning yozma nutqi
1-мавзу, 1-мавзу , Киотский протокол — Википедия, O‘RQ-342 24.12.2012, Конституция жа, Конституциявий ҳуқуқ жавоблар, 1- МАВЗУ, 3832, 3832, Xalqaro investitsiya huquqi prinsiplari, 101, Huquqshinosning nutq madanyati 003, muxlisichkA FPK, muxlisafpk (2), Hanz Kelzen kitob tarjima

2-variant


Kundan kunga bizning internetga qaramligimiz ortib bormoqda. Biznesda ham, shifoxonada ham, jinoiy ishlarni ochishda ham internet imkoniyatlaridan unumli foydalanamiz. Nima deb o`ylaysiz, bu imkoniyatlardan ko‘proq foydalanish kerakmi?
O‘z fikrlaringizni asoslab yozing.

Har kuni dunyoning turli tomonlarida sodir bo‘layotgan yangiliklar va turli xil xabarlarni yetkazib turgan internet tarmog‘inig O‘zbekistonga kirib kelganiga mana 17 yildan ham oshdi. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 8 milliondan ortiq. Bugungi kunda Internet taraqqiyoti tufayli kundalik turmushimizga ko‘plab qulayliklarni olib keldi. Hozirgi vaqtda yurdoshlarimiz orasida internetdan foydalanmaydigan, yoki foydalanishni bilmaydiganlar kamchilikni tashkil qilsa kerak. Kunimizni internetsiz tasavvur qilish juda qiyin. Uning imkoniyatlari cheksizligi haqida esa ko‘p gapirish mumkin. U hayotimizga tobora chuqur kirib borib, uni tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi davrda internet tarmog‘i ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o`z samarasini ko‘rsatmoqda. Yoshlar yangi texnalogyalarga tezda moslashib bormoqda. Bugun bu ‘‘o‘rgimchak to‘ri’’ orqali zarur ma’lumotlarni olish, do‘stlar bilan muloqot qilish, eng so‘ngi ma’lumotlardan xabardor bo‘lmoqdamiz.


Internet xizmatlaridan katta-yu kichchik birday foydalanishi mumkin, lekin gap kim qanday foydalanishi va o‘sha foydalanayotgani o`zi uchun salbiymi yoki ijobiymi. Men ham internet tarmog‘ining foydali jihatlarini inkor etmagan holda, undan noo‘rin foydalanish natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar haqida so`z yuritmoqchiman. Internetga shung‘igan kishi, avvalo, vaqtni o‘tganini, vaqtida ovqat yeyishni, uxlashni ham unutib qo‘yadi. Inson kompyutir qarshisida o‘tkazgan vaqtni boshqa ishlarga masalan, ota-onasi, do‘stlari, turmush o‘rtog`i bilan jonli suhbatga, uy ishlarini bajarishga va boshqa shu kabi ishlarga almashtira olmaydi. Unga nisbatan qaramligi ortib boradi.
Bu bilan biz internetni rad etmoqchi emasmiz. Faqat undan meyorida foydalanishni bilishimiz kerak. Aks holda tarmoq bizning sog‘ligimizga, ruhiyatimizga salbiy ta’sir etish mumkin. Ayniqsa, yosh bolalar hozirgi texnika-texnalogyalar asrida kompyutirdan bemalol foydalana oladi. Ertadan-kechgacha har xil o‘yinlar o‘ynashi yoki boshqa ma’lumotlar ko‘rishi mumkin. Bir qarashda buning yomon joyi yo‘qdek. Albatta, internet tarmog‘i manbalari farzandlar bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko`ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xafli deganimiz nima o‘zi? bu har xil kontur o‘yinlar, behyo filmlar, ijtimoiy tarmoqlardagi terroristik guruhlar unini o‘z domiga tortishi ehtimoldan xoli emas. Biroq bu narsa doimiy odat tusiga kirsa, noxush oqibatlarga olib kelishi va bolaning psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Internet bugungi kunda ma’lumotlar va xabarlarni yetkazib beruvchi eng qulay, vosita deb bemalol ayta olamiz, shu boisdan uning yordamida har qanday vaqtda yangidan yangi informatsiyalarnidan boxabar bo‘lishga intilmoqdamiz. Ammo hozirgi vaqtda ko‘pchilik tengdoshlarimiz o‘zlarining qimmatli vaqtini zoyi ketkazmoqda. Qaysi tomonlama? Jumladan, birgina ta’lim sohasini olaylik, bu sohaga doir turli xil ma’lumotlar, adabyotlar, darliklar, seminarlarga tayyorgarlik ko‘rish, fan bo`yicha barcha qiziqtiradigan savolarga javob topishimiz, chiroyli rasmlarni ko‘rishimiz, ulardan nusxalar olishimiz mumkin. Agar biz o‘zimizga kerakli ma’lumotni kitoblardan, ensiklopediyalardan, jurnallardan qidirsak ham topishimiz mumkun-u, lekin ko‘pchilik yoshlar tayyoriga ayyorlik termini ostida, ya’ni oson yo‘lga o‘rganib qolmoqda. Masalan, birgina oliy ta’lim muassasini olaylik, o‘qtuvchi bironta bir mavzuga insho (hikoya, fikr) yozib kelish haqida vazifa berdi. Talaba nima qiladi, Internetga o‘sha vazifaga doir kalit so‘zni internetga kiritadi va ma’lumotni shunaqaligicha ko‘chirib qo‘yadi, qarabsizki vazifa tayyor. Biz bu bilan internetni rad etmoqchi emasmiz, lekin o‘sha ma’lumotlarni kitoblardan qidirib, mustaqil fikrlab, izlanib topsak, dunyoqarashimiz kengayadi va albatta, maqsadga muofiq ish bo‘lar edi.
Internetning yuqorida sanab o‘tilgan qulayliklaridan nafaqat ta’lim sohasi vakillari, balki, biznesmenlar, korxona xodimlari, shifoxona, davlat idoralari, xullas, hamma sohada keng qo‘llanilmoqda. Hozir deyarli barcha yirik korxonalar o`z xodimlari va mijozlari bilan aloqani to‘liq internet orqali olib boramoqda. O‘z mahsulotlarini xaridorlariga reklama qiladi, sotdi va turli xil xizmatlar ko‘rsatadi. Bugungi kunda fuqarolarning ko‘plab murojatlari internet orqali eletron shaklda amalga oshirilmoqda. Bu esa fuqarolarning idoralarga borib, navbat kutib uzoq o‘tirishi kabi noqulayliklarni kamaytirmoqda.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, hozirgi hayotimizning ajralmas qismiga aylangan Internetning ko‘plab qulayliklari va salbiy tomonlarini imkon darajasida ta’riflab berishga harakat qildik. Bizning fikrimcha internetdan to`g’ri foydalangan har bir inson uchun u juda ham foydali, noo‘rin jihatlaridan foydalanganlar uchun esa ma’naviyatiga zarardir. To‘g‘ri, internetning salbiy jihatlarini ham inkor eta olmaymiz. U istagan daqiqada o‘z ta’sirini o‘tkazish mumkin. Lekin butun dunyo bu ‘‘o‘rgimchak to‘ri’’ dan to‘g‘ri maqsadda foydalansa,har bir shaxs bu masalaga o‘zi ongli ravshda yondoshadigan bo‘lsa undagi salbiylik o‘z-o‘zidan yo‘qoladi, albatta.


Download 91.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling