O’z-o’zini baholash. Maqsad: Shaxsning o’z-o’ziga baho berish koeffitsientini aniqlash. Jihoz
Download 157.16 Kb. Pdf ko'rish
|
O’Z-O’ZINI BAHOLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- B A Y O N N O M A
- Natijalar tahlili
O’Z-O’ZINI BAHOLASH. Maqsad: Shaxsning o’z-o’ziga baho berish koeffitsientini aniqlash. Jihoz: Shaxs sifatlari va javoblar varag’i. Ishning borishi: Tajriba yakka holda yoki guruh sharoitida olib borilishi mumkin. Tekshiriluvchiga quyidagi ko’rsatma beriladi: 1. «Shaxs xususiyatlarini ifodalovchi so’zlarni diqqat bilan o’qib chiqing, bu sifatlarni ijtimoiy ahamiyati, foydaliligi va yoqimliligiga ko’ra 20 balldan 1 ballgacha baholab chiqing hamda javoblar varag’ining chap tomonidagi N ustuniga yozib qo’ying. Bunda 20 ball eng ahamiyatli, eng foydali va eng yoqimli sifatga, 1 ball esa eng yoqimsiz, ahamiyatsiz va foydasiz sifatga beriladi. 19-2 ballar esa ahamiyatlilik darajasiga ko’ra har bir sifatga qo’yib chiqiladi. Hech bir baho ikki marta qaytarilishi yoki biror sifat baholanmay qolishi mumkin emas». 2. «Tavsiya etilgan sifatlardan o’zingizga xos bo’lganini 20 ball, kamroq xos bo’lganini 19, umuman xos bo’lmaganini 1 ball tartibida baholab chiqing va javoblar varag’ining o’ng tomonidagi N ustuniga yozing». B A Y O N N O M A Tekshiriluvchi: Tekshiruvchi: Tekshiriluvchining ruhiy holati: Sana: № Sifatlar N d d 2 Itoatkorlik Dadillik Ta’sirlanuvchanlik Qat’iyatlilik Asabiylik Chidamlilik Qiziquvchanlik Sustkashlik Sovuqqonlik Tashabbuskorlik Ehtiyotkorlik Injiqlik O’zini tuta olmaslik Qat’iyatsizlik G’ayratlilik Quvnoqlik Qaysarlik Beg’amlik Tortinchoqlik Shubhalanuvchanlik d 2 Natijalar tahlili 1. Yuqori qatordagi sifatdan boshlab chap tomondagi N ustunidagi ballardan o’ng tomonidagi N ustunidagi ballarni ayirib, d ustuniga yoziladi. 2. d ustunidagi sonlarni kvadratga ko’tarib, d 2 ustuniga yoziladi. 3. d 2 ustunidagi sonlar yig’indisi hisoblanadi. 4. Quyidagi formula asosida o’z-o’zini baholash koeffitsiyenti aniqlanadi. r=1 – 0,00075 · d 2 Xulosa. O’z-o’zini baholash koeffitsiyenti +1 dan –1 gacha bo’ladi. Natija +1 ga qanchalik yaqin bo’lsa, o’z-o’zini baholash shunchalik yuqori bo’ladi. Natija –1 ga yaqin bo’lsa, o’z-o’zini baholash past darajada, ya’ni shaxs o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’ladi. Natija +0,5 atrofida bo’lsa, o’zining ijobiy sifatlarini baholash o’rtacha, –0,5 atrofida bo’lsa salbiy sifatlarini o’rtacha baholaydi. Download 157.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling