Oʻzak va uchta yoki undan ortiq muqobil javoblar


Download 19.05 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi19.05 Kb.
#1345669
  1   2   3
Bog'liq
3-4-mavzu


MAVZU: Distraktorlarni qurishda odatiy muomollarni muhokama qilish,vazifalarni baholash mezonlari.
Reja;

  1. Distraktorlar haqida

  2. Muqobil javobli test

Muqobil javobli test topshiriqlari oʻzak va uchta yoki undan ortiq muqobil javoblardan iborat boʻladi. Muqobil javoblar ichida toʻgʻri javob kalit, notoʻgʻri javoblar chalgʻituvchilar (distraktorlar) deyiladi.
Test topshirigʻining oʻzagi ikki usulda ifodalanishi mumkin:

  • toʻliqsiz gap shaklida - bunda muqobil javoblarda berilgan soʻzlar (jumlalar) gapni toʻldiradi;

  • soʻroq gap shaklida - bunda muqobil javoblarda berilgan soʻzlar (jumlalar) berilgan soʻroqqa javob boʻladi.

Test topshirigʻining kaliti ikki xil boʻlishi mumkin:

  • yagona toʻgʻri javob - bunda berilgan muqobil javoblardan faqat bittasi toʻgʻri javob boʻladi;

  • eng maqbul toʻgʻri javob - bunda berilgan muqobil javoblardan bittasi eng maqbul toʻgʻri javob boʻlib, qolgan muqobil javoblar qaysidir jihati bilan qoʻyilgan savolga toʻliq javob boʻla olmaydi va ularga kamroq baho qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti ... shahridir. (bu oʻzak)
A. Toshkent (kalit)
B. Nurafshon (chalgʻituvchi)
D. Samarqand (chalgʻituvchi)
E. Buxoro (chalgʻituvchi)
Muqobil javobli test tuzishda quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
Bir elementni baholash. Testshunoslikda domen hamda konstrkut degan tushunchalar mavjud.
Domen – bilim, koʻnikma, malaka, kompetensiyalar majmuyi. Yanayam oddiy aytganda, fan.
Konstrukt – oʻlchanishi lozim boʻlgan xususiyat. Ya'ni baholanadigan narsa. Siz tuzadigan testda anashu konstruktning, faqatgina, bittasi tekshirilishi kerak.
Testning bir nechta konstruktlarni tekshirishi uning validligini (testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va empirik jihatdan asosli ekanligi, testning sifati) tushiradi. Validligi past boʻlgan test esa oʻlchov uchun yaroqsiz hisoblanadi.

Download 19.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling