O‘zbek adabiyoti tarixi Norova Sevara O‘ta 305-guruh Pirimqul Qodirov tarixiy romanlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima


Download 92.19 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi92.19 Kb.
#102553
Bog'liq
Norova S. 305-guruh P.Qodirov



O‘zbek adabiyoti tarixi
Norova Sevara O‘TA 305-guruh
Pirimqul Qodirov tarixiy romanlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima
1.Yozuvchining tarixiy romanlar yaratishdagi mahorati.

Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, o‘zbek nasrining yirik namoyondalaridan biri Pirimqul Qodirov o'zbek adabiyotiga XX asrning o'rtalarida kirib kelgan yangi avlodning atoqli vakilidir. Bo‘lajak adib 1928- yil 25- oktabrda tug'ilgan. Halol cho'ponlikdan suruv-suruv qo'ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho'ro tuzumi tomonidan boy-zodagonlikda ayblanib, jo'jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristonidagi Kengko'ldan O'zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog'iga badarg'a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko'z, sinchkov nazar bilan qarashga o'rgatdi. Maktabda a'lo baholarga o'qidi. Toshkent Davlat universitetining sharqshunoslik fakuletida tahsil oldi. Moskva aspiran-turasini tugatib, Abdulla Qahhor ijodi yuzasidan disserlatsiya yoqladi va fan nomzodi bo'ldi.

P.Qodirov roman janrida qalam tebratib, “Uch ildiz” (1958), “Olmos kamar” (1976) romanlarini yaratdi. Adib avval “Yulduzli tunlar” (1979), keyin “Avlodlar dovoni” (1989) romanlari bilan o‘zbek tarixiy romanchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarida to‘qima hayot va real hayot aralash holda tasvirlanadi. Tarixiy asar yaratgan ijodkorlarimiz ancha salmoqli. Ammo bu ijodkorning ishlari o‘zgachadir. Bilamizki, Pirimqul Qodirovning tarixiy romanlari xuddi o‘sha davr muhitida yozilgandek o‘qiladi. U davrni tasvirlash hamma yozuvchidan ulkan mahoratni talab qiladi. Ayni paytda tarixiy romanchilik va davr xususida so‘z yuritar ekanmiz P. Qodirov yaratgan badiiy solnomada adibning shiddatkorona uslubi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi tarixiy mavzuga qo‘l urganda anchayin murakkab holatlarga ro‘baro‘ keladi.

2. Tarixiy romanlar ifodasida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima.



Adabiyotshunos olim U.Normatov qayd yetishicha: “Pirimqul Qodirov tarixiy romanlarining badiiyati hali adabiyotshunoslikda yaxshi o`rganilgan emas. Bu asarlarni to`g`ridan-to`g`ri biron tarixiy romanchilik maktabiga mansub deb bo`lmaydi. Ularda xilma-xil romanchilik maktablarining tajribalari o`ziga xos tarzda mujassamlashgan. Bugina emas, izchil realizm an`analariga sodiq Pirimqul Qodirov romanlarida XX asr jahon taraqqiyparvar moderinistik adabiyotining tajribalari bilan mushtarak jihatlari ham mavjud ekani tanqidchilikda e`tirof etildi. Chunonchi, Akbarning toj-taxt, dunyo tashvishlaridan qochib uzlatga chekinib yurgan kezlaridan ruhiy holatlari ifodasida buni kuzatish mumkin”. Yana shuni qo`shimcha qilish mumkinki, yozuvchining tarixiy romanlari faqat mutaxassislar, tarixchi olimlar, adabiyotshunoslarda emas, o`zimizda ham, xorijiy davlatlarda ham kitobxonlar orasida katta qiziqish uyg`otmoqda. Yozuvchi 1994-2000 yillar davomida “Ona lochin vidosi” romani ustida ish olib boradi. Romanning bir necha boblari 1997 yili “Jahon adabiyoti” jurnalining ilk sonida e`lon etildi, jamoatchilik orasida iliq taassurot qoldirdi, matbuotda ko`plab ijodiy fikrlar bildirildi. Nihoyat, bu asar ustidagi ish 2000 yil oxirlarida intihosiga yetadi, unga yilning o`zidayoq romandan yangi boblar “Yozuvchi” gazetasida bosiladi, 2001 yilning boshlarida u alohida chiqdi. Ayni paytda tarixiy romanchilik va davr xususida so`z yuritar ekanmiz, e`tirof etish joizki, P.Qodirov yaratgan badiiy solnomada adibning shiddatkorona uslubi yaqqol ko`zga tashlanadi. Yozuvchi tarixiy mavzuga qo`l urganda anchayin murakkab holatlarga ro`baro` keladi. Kezi kelganda ushbu fikrlar ham adib uchun asosli ekanligi yaqqol ko`zga tashlanadi: “Adabiy jarayonda shunday ijodkorlar bo`ladiki, ularning har bir yozgan asari jamoatchilikning diqqatini darhol o`ziga jalb qiladi, u haqida tanqidchilikda ham ketma-ket maqolalar e`lon qilinadi. Bunday yozuvchilar qanday mavzuda yozmasin, barcha asarlarida ona xalqining qasamiyodiga munosabat bildiradi. Mashhur yozuvchi Pirimqul Qodirov ana shunday zamonamizning mutafakkir yozuvchilaridan biri hisoblanadi” – deb yozadi prof. H.Absamiyev. Ushbu fikr-mulohazalar zamirida adibning boy va yuksak mahorat sohibi, so`z zargari yekanligi ko`z o`ngimizda yanada yaqqol gavdalandi. P.Qodirov Bobur va boburiylar haqidagi romanlari ustida ish olib borar ekan shunday xulosaga keldi: “Asrlar kitobini o`qiganingiz sari, - deydi u – tarix tomonidan yaratilgan dramalar, fojialar, sujetlarni alohida yozuvchining fantaziyasi bilan yaratib bo`lmasligiga ishonch hosil qilasiz. Shu sababli men Bobur, Humoyun va Akbarlarning ko`rgan-kechirganlarini tasvirlar ekanman, o`z fantaziyamdan ko`ra “tarix fantaziyasi”ga, ya`ni chindan sodir bo`lgan voqealarga ko`proq asoslandim”. Adibning bu fikrlari to`g`ridan-to‘g`ri “Ona lochin vidosi” romaniga ham taaluqlidir. “O`tkan kunlar”dagi kabi P.Qodirov tarixiy romanlarida ham el-yurtini ichidan yemiruvchi o`zaro nizolar, ularning fojia oqibati ifodasi o`quvchi qalbini o`rtaydi; ayni paytda, hayotda ezgulikni o`zida mujassam etgan turli siymolarning mavjudligi kishi ko`ngliga taskin beradi, quvonch baxsh yetadi. “Ona lochin vidosi” romanida muallif temuriyzodalar – Shohruh Mirzo umrining so`nggi damlari, Mirzo Ulug`bekning tahlikali kunlari, halokati, Abu Said saltanati yillari, nihoyat Husayn Boyqaroning hokimiyat tepasiga kelishi voqealarini qalamga oladi. Hajm jihatdan ham “Yulduzli yunlar” va “Avlodlar dovoni” ga nisbatan ancha mo`jaz bu romanning voqealar ko`lami hiyla keng. Toj-taxt uchun ketgan shavqatsiz jang-u jadallar, saroydagi ichki nizolar, tashqi tazyiqlar o`zaro adovatlar, son-sanoqsiz qotilliklar romanda bor holicha ko`rsatiladi. Biroq bu roman toj-taxt uchun ketgan jang-u jadallarning shunchaki xronikasi emas. Bu asar markazida temuriy tojdorlar emas, balki ona lochin – Gavharshodbegim siymosi turadi. Adibning avvalgi romanlarida ham qator temuriylar sulolasiga mansub alomat ayollarining obrazi katta ehtirom, zo`r mehr-muhabbat bilan qalamga olingan edi. Ayniqsa, Xonzodabegim, Hamidabonu obrazlari tarixiy romanchiligimizda muhim yangilik bo`lib saqlanadi. Xonzodabegimning inisi Boburga cheksiz mehri, sadoqati, o`z shaxsiy hayotini qurbon qilib, ko`ngli tusamagan odam Shayboniyxon sharoitiga ko`nib, uning nikohiga o`tib, inisi hayotini qutqarib qolishi, binobarin, o`z shaxsiy hayotini, baxtini o`rtaga qo`yib, temuriylar saltanatini asrab qolishga ulkan hissa qo`shganligi barchamizga yaxshi ma`lum. Tarixiylik nafaqat jahon nasri balki, o’zbek milliy nasri, jumladan, romanchiligining ham asosiy adabiy-estetik prinsiplaridan biri hisoblanadi. Badiiy asarda tarixiylik prinsiplarining namoyon bo’lishida tarixiy shaxs, makon va zamon, davr va qahramon munosabati kabi ko’plab masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbek adabiyotida mashhur tarixiy shaxslar hayoti asosida yaratilgan romanlarning syujet yo’nalishida ham, prototipiga ega bo’lmagan to’qima obraz yoki voqealar silsilasi aks ettirilgan asarlarda ham, qahramonlar nutqining stilizatsiyasida ham tarixiylik bosh ijodiy prinsip sifatida bo’y ko’rsatganini kuzatish mumkin. Birgina “Yulduzli tunlar” romanini o‘qiganimizda ko‘z oldimizda Boburning qiyofasi shunday gavdalanadiki, yozuvchining mahoratiga tahsinlar o‘qiymiz. Buyuk ajdodlarimizga xos zabardastlik, navqironlik, bilimga chanqoq, ko‘zlaridan olov yonib turgan bu ajdodimiz tasviri asarning badiiyligini yanada oshirgan.

3. Yozuvchi romanlaridagi yetakchi tarixiy shaxslar talqinini tarixiy manbalar va boshqa adabiy asarlar bilan qiyosiy o‘rganish.



Tarixiy mavzularga ko‘plab ijodkorlar murojaat qilishgan. Hususan, Temuriy shahzodalar haqida ko‘plab asarlar yaratilgan. Boburning hayoti va ijodi, uning oilasi haqida romanlar yaratilgan. Birinchi o‘zbek oyimi Gavharshodbegim haqida ham bir qancha asarlar mavjud. Bu asarlarning barchasida ham ushbu obraz bir xil yoritilgan deyolmaymiz. Misol uchun Primqul Qodirov “Ona lochin vidosi” romanida Gavharshodbegimni ma’naviy yetuk ayol, mehribon va jonkuyar ona, suyukli rafiqa, yaxshi kelin, aqlli, shijoatli va dono momo obrazida gavdalantirgan. Hamda uni qatl ettirgan hukmdorni mangu malomatga qoldi deya ta’riflashgan. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida ham Gavharshodbegim obrazi mavjud bo‘lib, faqat bu obrazga bir tomonlaman yondashilgan. Odil Yoqubov Gavharshodbegimni Abdulatifning yovuzligining sababchisi deya tasvirlaydi. Davlatga kelayotgan barcha xavf-xatar sababchisi Gavharshodbegim deya ataydi. Uni shahzodalar o‘rtasiga nizo urug‘ini sochib, janjal chiqarayotgan obraz qilib tasvirlaydi. Uni bir tomonlaman ochib berish deganda shular nazarda tutilgan. Yuqorida aytganimizdek, Primqul Qodirov Odil Yoqubovdan farqli o‘laroq, Gavharshodbegim obraziga bir tomonlama yondashmaydi va uni yaxshi taraflarini ham kitobxonga ko‘rsatib beradi. Yozuvchining mahorati ham aynan shu joyda ko‘rinadi. Primqul Qodirov boshqa yozuvchilardan farqli ravishda, xonzoda begimlarning yaxshi taraflarini ko‘rsatib beradi va ularni ma’naviy jihatdan yetuk shaxs ekanliklarini ochib berishga harakat qiladi. Adibning avvalgi romanlarida ham qator temuriylar sulolasiga mansub ayollarning obrazi katta ehtirom, zo‘r mehr-muhabbat bilan qalamga olingan edi.

Yozuvchi Gavharshodbegimni suyukli kelin, vafodor yor,mehridaryo ona sifatida kitobxon ko‘z o‘ngida jonlantirar ekan, o‘zbek ayoli, o‘zbek onasiga xos barcha ezgu xislatlarni uning siymosida mujassamlashtirishga harakat qiladi. M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida muayyan sabablarga ko‘ra bu buyuk siymo obrazi bir oz bir yoqlama, o‘ta mutaassib ayol tarzida talqin etilgan, unda oqpadar Abdullatifga moyil, buyuk olim Ulug‘bekka zid qo‘yilgan edi. Romanda esa bu tarixiy siymoning asl qiyofasi ochiladi: u ko‘pni ko‘rgan donishmand, tadbirkor, shijoatkor kayvoni onaxon sifatida gavdalanadi.
Download 92.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling