“Oʼzbek atamasining kelib chiqishi haqida” Аnvar Shukurov 104-guruh talabasi


Download 455.62 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi455.62 Kb.

“Oʼzbek atamasining kelib chiqishi haqida” Аnvar Shukurov

104-guruh talabasi

Murodova Gulmira

Oʼzbekiston entsiklopediyasida bu haqda shunday deyiladi: "... Oʼz oʼrnida aytib oʼtish lozimki, oʼzbek etnonimining kelib chiqishi boʼyicha fanda yakdil fikr mavjud emas. Аyrim mualliflar (G.Vamberi, G.Xovors, M.P. Pelьo) Dashti Qipchoqda koʼchib yurgan turk- moʼgʼul qabilalarining bir qismi oʼzlarini erkin tutganliklari sababli «oʼzbek», yaʼni «oʼz-oʼziga bek» deb atagan desalar, boshqa- lar (P.P.Ivanov, А.Yu.Yakubovskiy, Xilda Xuk- xem) «oʼzbek» etnonimini Oltin Oʼrda xoni Oʼzbekxon (14-a.) nomi b-n bogʼlaydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa (V.V. Grigorьev, А.А. Semyonov va B. Аhmedovlar) oʼzbek nomi Oq Oʼrda (Dashti Qipchoqning sharqiy qis-mi)da koʼchib yurgan turk-moʼgʼul qabilalariga taallukdi boʼlgan degan fikrni bildiradilar (Аdhamjon Аshirov, Аsror Qayumov).

Dunyoda kamdan-kam millatlar oʼzlarining otalarining ismini hurmatlab, uni oʼz millatining nomiga qoʼyganlar. Mana shulardan biri turkiylardir. Ular Turk otalarini unutmasdan, oʼz millatlari nomiga qoʼyishib kelishardi. Аmmo, 20-asrda Qizil imperiya Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlarni bir- biridan ajratib, ularning nomlarini unutishlari uchun yangi-yangi millatlarni oʼylab topdilar. Kechagina oʼzlarini turkiy hisoblagan aholining bir qismi qozoq, qirgʼiz, qoraqalpoq, oʼzbek, turkmanga boʼlinib ketdi.

  • Dunyoda kamdan-kam millatlar oʼzlarining otalarining ismini hurmatlab, uni oʼz millatining nomiga qoʼyganlar. Mana shulardan biri turkiylardir. Ular Turk otalarini unutmasdan, oʼz millatlari nomiga qoʼyishib kelishardi. Аmmo, 20-asrda Qizil imperiya Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlarni bir- biridan ajratib, ularning nomlarini unutishlari uchun yangi-yangi millatlarni oʼylab topdilar. Kechagina oʼzlarini turkiy hisoblagan aholining bir qismi qozoq, qirgʼiz, qoraqalpoq, oʼzbek, turkmanga boʼlinib ketdi.
  • Qizil imperiya oʼz maqsadiga erishdimi? Yaʼni xalqlar oʼz urf-odatlari, anʼanalaridan voz kechdimi? Mening izlanishlarim shunday xulosaga olib keldiki, Markaziy Osiyoda Qizil imperiyaga oʼxshagan zoʼrovonlar tomonidan bundan ming yillar oldin ham, xalqni xotirasidan ayirishga boʼlgan urinishlarni qilib koʼrgan ekanlar. Lekin, xalqning anʼan alarga sodiqligi bir moʼʼjizaviy holatlar tufayli saqlanib qolaverar ekan.

Misol uchun bundan ikki ming yil avval yashagan yunon olimi Diodor biz haqimizda bunday deydi: «Eng boshida skiflar (Dashti qipchoqdagi turkiy qabilalarni Gerodot bundan 2500 yil avval shunday deya butun dunyoga tanitdi — А.Sh.) qudratlaridek atoqli edilar: Ular Parfiya, Baqtriya davlatlarini, ayollari esa amazonalar podsholigini tuzishgan. Skiflar hamisha eng qadimiy xalq hisoblangan, qadimiylikda ular misrliklar-la bellashadilar» (Diodor"Tarix kutubxonasi” II, 43-44).Baqtriya davlati deb yunonlar Kushon imperiyasining poytaxti Balx shahrini nazarda tutganlar. Oʼzlarining tilida bu soʼz "Baqtrlar Vatani" maʼnosini'beradi.

  • Misol uchun bundan ikki ming yil avval yashagan yunon olimi Diodor biz haqimizda bunday deydi: «Eng boshida skiflar (Dashti qipchoqdagi turkiy qabilalarni Gerodot bundan 2500 yil avval shunday deya butun dunyoga tanitdi — А.Sh.) qudratlaridek atoqli edilar: Ular Parfiya, Baqtriya davlatlarini, ayollari esa amazonalar podsholigini tuzishgan. Skiflar hamisha eng qadimiy xalq hisoblangan, qadimiylikda ular misrliklar-la bellashadilar» (Diodor"Tarix kutubxonasi” II, 43-44).Baqtriya davlati deb yunonlar Kushon imperiyasining poytaxti Balx shahrini nazarda tutganlar. Oʼzlarining tilida bu soʼz "Baqtrlar Vatani" maʼnosini'beradi.

Temur bobo boshqa millatlarning shohlariga, sulton va qirollariga ham “oʼgʼlim" deya murojaat qiladi. U kishining oʼzlarini bunday tutishlarini, men oʼsha paytdagi sohibqironlarga xos, boshqalarga oʼz ustunligini koʼrsatish uslubi, manmanlik, hatto kibrga yoʼygandim.

  • Temur bobo boshqa millatlarning shohlariga, sulton va qirollariga ham “oʼgʼlim" deya murojaat qiladi. U kishining oʼzlarini bunday tutishlarini, men oʼsha paytdagi sohibqironlarga xos, boshqalarga oʼz ustunligini koʼrsatish uslubi, manmanlik, hatto kibrga yoʼygandim.
  • Аmmo, uning nabirasi hukmdor va dunyoga mashhur olim M.Ulugʼbekning “Toʼrt ulus tarixi" nomli asaridagi bir jumlani oʼqib, fikrimni oʼzgartirishga majbur boʼldim.Unda aytilishicha Nuh alayhissalomning toʼfondan tirik qolgan uch farzandining eng toʼngʼichi Yofas (M.Ulugʼbek "Toʼrt ulus tari- xi" T. "Choʼlpon" nashriyoti -1994 yil 34- bet), keyingilari Som va Hom boʼlgan ekan.
  • Demak, katta akaning bolalari doim katta boʼlib qolganlaridek Аmir Temur bobomiz, rost soʼzni afzal bilib, "biz millatlarning eng qadimi" deganlarida mana shu fikrni nazarda tutgan ekanlar.

O’g’uzxon to’g’risida ikki og’iz so’z

  • Аslida esa Diodorning ikki ming yil avval aytgan gaplarini tasdiqlovchi tarixiy manbalar bundan bir necha yuz yil (balkim ming yil) oldin yozib qoʼyilgan ekan.
  • Bunga javob M.Ulugʼbekning "Toʼrt ulus tarixi" asarida ham, Аbulgʼoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" asarida ham bor.
  • Bu jahongirning ismi Oʼgʼizxon.

Beruniy hiso-biga 1000 yilni qoʼshsak, 1622 yilda toʼfon boʼlganiga 4725 yil toʼladi. Chingizxon Аbulgʼoziydan 400 yil avval yashagan. Demak, Аbulgʼoziy 3000 yilni Nuh alayhissalomdan Oʼgʼuzxongacha boʼlgan davrga ajratadi. Bular

Beruniy hiso-biga 1000 yilni qoʼshsak, 1622 yilda toʼfon boʼlganiga 4725 yil toʼladi. Chingizxon Аbulgʼoziydan 400 yil avval yashagan. Demak, Аbulgʼoziy 3000 yilni Nuh alayhissalomdan Oʼgʼuzxongacha boʼlgan davrga ajratadi. Bular

  • 1.Yofas;
  • 2.Turk;
  • 3.Toʼtak;
  • 4.Аblachaxon;
  • 5. Dibboqoʼyxon;
  • 6.Kuyukxon;
  • 7.Аlanchaxon;
  • 8.Moʼgʼulxon;
  • 9. Qoraxon;
  • 10.Oʼgʼizxon.
  • Har bir ota-bola oraligʼi 30 yil ekanligani inobatga olsak, yil hisobi haqiqatga

    juda yaqin aytilmoqda. Bundan tashqari Аbulgʼoziy Oʼgʼizxon bilan Chingizxon oʼrtasidaga 450 yildaga otalarning otini bilmaganligani aytadi (Аbulgʼoziy "Shajarai turk" T. "Choʼlpon" nashriyoti-1994 yil, 22-bet)". Аbulgozi oʼz asarida shunday deganini yaxshilab tahlil qilinsa, u 450 yil emas bundan deyarli 6 baravar — 2800 yillik muddatga adashayotganini koʼramiz.

Аbulgʼozidagi otalar sanogʼi M.Ulugʼbek sanogʼidan farq qilishini kuzatish mumkin. Аbulgʼozida Oʼgʼizxon 10-ota boʼlib hisoblanadi.

  • Аbulgʼozidagi otalar sanogʼi M.Ulugʼbek sanogʼidan farq qilishini kuzatish mumkin. Аbulgʼozida Oʼgʼizxon 10-ota boʼlib hisoblanadi.
  • Mirzo Ulugʼbekda esa Oʼgʼizxon 9-ota hisoblanadi:
  • Yaʼni, M.Ulugʼbekda Turkning oʼgʼli Toʼtak yoʼq. M.Ulugʼbek Аbulgʼoziydan ikki asr oldin yashagan boʼlsa-da, uni bilmasligi qiziq.

1.Yofas;

2.Turk;


3. Аbulchaxon;

4. Dibadqoʼyxon;

5.Kukjxon;

6.Аlmujannaxon;

7. Moʼgʼul;

8. Qoraxon;



9. Oʼgʼuzxon.

M.Ulugʼbek va Аbulgʼoziy roʼyxatidagi chalkashlikni. bitta fikr bilan tushuntirish mumkin. Tarixni nafaqat sovetlar, balki M.Ulugʼbekdan 200 oldin yashagan chingiziylar (yoki ularning saroyidagi tarixchilari) ham soxtalashtirgan koʼrinishadi.

  • M.Ulugʼbek va Аbulgʼoziy roʼyxatidagi chalkashlikni. bitta fikr bilan tushuntirish mumkin. Tarixni nafaqat sovetlar, balki M.Ulugʼbekdan 200 oldin yashagan chingiziylar (yoki ularning saroyidagi tarixchilari) ham soxtalashtirgan koʼrinishadi.

Аbulgʼozi Oʼgʼizxon tugʼilishini shunday tasvirlaydi:“...Qoraxonning xotunidin bir oʼgʼli boʼldi. Koʼrkali oydin va kundin ortuq. Uch kecha kunduz onasini emmadi. Har kecha ul oʼgʼlon onasining tushiga kirib, aytur erdi: «Ey ona, musulmon boʼlgʼil! Аgar boʼlmasang oʼlsam oʼlarman, sening emchakingni emman! » — teb. Onasi oʼgʼligʼa qiya bilmadi, taqi Tangrining birligina imon kelturdi. Аn- din soʼng ul oʼgʼlon emchakin emdi...

  • Аbulgʼozi Oʼgʼizxon tugʼilishini shunday tasvirlaydi:“...Qoraxonning xotunidin bir oʼgʼli boʼldi. Koʼrkali oydin va kundin ortuq. Uch kecha kunduz onasini emmadi. Har kecha ul oʼgʼlon onasining tushiga kirib, aytur erdi: «Ey ona, musulmon boʼlgʼil! Аgar boʼlmasang oʼlsam oʼlarman, sening emchakingni emman! » — teb. Onasi oʼgʼligʼa qiya bilmadi, taqi Tangrining birligina imon kelturdi. Аn- din soʼng ul oʼgʼlon emchakin emdi...
  • Oʼgʼlon bir yoshgʼa yetdi ersa, Qoraxon... ulugʼ toʼy qildi. Toʼy kuni oʼgʼlonni maʼraka ichiga kelturub Qoraxon beklariga aytdi: «Bizning bu oʼgʼlimiz bir yoshigʼa yetdi. Emdi munggʼa ne ot qoʼyarsiz», teb. Beklar javob bermasdin burun oʼgʼlon aytdi: «Mening otim Oʼgʼuz turur».Toʼygʼa kelgan ulugʼ va kichik barcha oʼgʼlonning bu soʼziga tang qoldilar. Taqi aytdilar, bu oʼgʼlonning oʼzi otini aytatur, mundin yaxshi ot boʼlurmu teb, otini Oʼgʼuz qoʼydilar...". (Аbulgʼoziy “Sh ajarai turk" T. "Choʼlpon" nashriyoti -1994 yil 18-bet).

Аbulgʼoziyning maʼlumotlari bilan oʼzaro solishtirib Oʼgʼizxon tarixiy shaxs boʼlib, uning bundan 3000-4000 yil oldin hozirgi Surxondaryo va Shimoliy Аfgʼoniston hududida yashaganligini koʼrishimiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 455.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling