O’zbek (davlat) tilidan 9-sinflar uchun 4-chorak test savollari


Download 18.75 Kb.
Sana01.11.2021
Hajmi18.75 Kb.
#429849
Bog'liq
ozbek tili 9 sinflar


O’zbek (davlat) tilidan 9-sinflar uchun 4-chorak test savollari
1.Tong pallada bir bulbul hofiz qo’lidagi tanbur uchiga qo’nib, so’ng daraxt shoxiga uchib o’tgan. Parcha qaysi matndan olingan?

a)Musiqa olamida b) O’zbekiston tabiati s) Obodonchilik d) Abdulla Bulbul

2. Orttirma nisbat qo’shimchasi bor so’zni toping. a) yuvindi b) supirildi s) ko’rsat d) solindi

3.Faqat ikki simli musiqa asbobini toping. a)doira b) tor s) chang d) nay

4. 2000 –yil Yunusobod tumanida nima ochildi?

a) A.Navoiy haykali b) Shahidlar maydoni s) Mustaqillik maydoni d) Oliy majlis binosi

5. Muhbir shunday dedi Xotira maydoni hamisha odamlar bilan gavjum

( Tinish belgilarini to’g’ri qo’ying.)

a) ikki nuqta, qo’shtirnoq, qo’shtirnoq, nuqta

b) vergul, qo’shtirnoq, qo’shtirnoq, nuqta

s)nuqta, vergul, nuqta d) ikki nuqta, vergul, qo’shtirnoq, nuqta,

6. Otam: “Tezroq uyga bor!”-dedilar. (O’zlashtirma gapga aylantiring.)

a) “Tezroq uyga otam bor “,-dedilar.

b)”Tezroq uyga bor !”, -dedi otam

s) Otam tezroq uyga borishimni buyurdilar.

d) Otam dedi: “Uyga bor dedi”.

7. Ammo o’rtar ayriliq yomon,

Qaytging kelmas uyga daf ’atan. She’r muallifini toping.

A) Humoyun b)A.Akbar s) A.Oripov d) H.Olimjon

8.” Bu makon qutlug’”, - degan edi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. To’g’ri qolipni toping.

a) M: “K”. b) M:”K”, - m. s) M: “ K?” - m. d) “K”, - m.

9. Buyon, beri, boshqa so’zlari qanday so’zlar?

a)taqlid so’zlar b) undov s) ko’makchi d) mustaqil so’zlar

10. O’zbekiston xalq artisti Hamlet, Rameo, Shoh Edip obrazlarini ijro etgan san’atkor kim?

a)Abdulla Bulbul b) Shukur Burxon s) Abdulla Avloniy d) Fitrat

11. “Shuhrat”, “Osiyo” kabi gazetalarni kim tashkil etgan?

a)Cho’lpon b) Shukur Burxonov s) Fitrat d) A.Avloniy

12. “Qor qo’ynida lola”, “Kecha va kunduz” asarlari muallifi kim?

a)Cho’lpon b) Shukur Burxonov s) Fitrat d) A.Avloniy

13. Afsuski, Usmon Nosir qisqa umr ko’rdi. Osti chizilgan so’z qanday so’z?

a) kirish so’z b) undov so’z s) taqlid so’z d) ko’makchi

14. “Eng buyuk jasorat- bu ma’naviy jasoratdir”. Ushbu fikrning muallifini toping.

a)Sh.Mirziyoyev b) I.Karimov s) A.Oripov d) O.Sharafiddinov

15. Ukam lip etip uyga kirib ketdi. Taqlid so’zni toping.

a) uyga b) kirib ketti s) lip d) ukam

16. Berilgan misollardan holatga taqlid so’z qatnashgan gapni toping.

a) Chumolilar g’uj-g’uj to’planishib, mehnat qilishardi.

b) Odamlar shivir-shivir qilib turardi.

s) Jo’jalar chip-chip deb yugurdi. d) Oyoqlari gurs etib uyga kirgani eshitildi.

17.Majhul nisbat qo’shimchasi qatnashgan so’zni toping.

a) supirishdi b) supirindi s) supirtirtirdi d) supirildi

18. ko’r …, tur…, yoz…, tom…, qay… ushbu so’zlarga mos keladigan,orttirma

nisbat qo’shimchalarini tog’ri yozing.

a) –gan., -di, -ma,- di, -tar b) -sat, -g’iz, -di, -tar s) -ma, -gan, -ma, -dan, -tar

d) -sat, -g’iz, -dir, -iz, -tar

19. Har holda orzu-maqsadlar ortida ko’z ilg’amas olis manzillar, mashaqqatli mehnat, bedor tunlar bor! Parcha qaysi mantdan olingan va muallifi kim?

20. Ibn Sino haqida 5 ta ma’lumot yozing.

21. Hakimning uch quroli nima?

22. Kecha biz urush faxriylarini tabriklagani bordik dedi Botir. Ko’chirma gapning tinish belgilarini qo’yib, qolipini to’g’ri yozing.

23. O’zlashtirma gapga 3 ta misol yozing.

24. 9-sinf o’zbek tili darsligining muallifi kim va qachon nashr qilingan?

25. “Bu yurt barchamizniki “ matni qaysi manbadan olingan?


Javoblari:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

d

s

b

b

a

s

a

d

s

b

d

a

a

b

s

a

d

d

19. “Orzular qanotida”

20. 1) 980- yilda Buxoroda tug’ilgan



2) Afshona qishlog’ida tug’ilgan

3)1037- yil 16-iyun kuni olamdan o’tgan

4)”Tib qonunlari “ asari muallifi

5)18 yoshidayoq ilm-fanning ko’pgina sohalarini egallagan

21. So’z, giyoh, tig’

22. ” Kecha biz urush faxriylarini tabriklagani bordik”,-dedi Botir. “K”,-m.

23. (O’quvchilar o’zlari mustaqil yozadilar)

24. A.Rafiyev, Toshkent 2014

25. “Vatan tuyg’usi” kitobidan



Qoraqalpog’iston Respublikasi

Nukus shahar 24-sonli maktabning

O’zbek tili fani o’qituvchisi

Utemuratova Nilufar
Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling