O‘zbek modern she’riyati


Download 45 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi45 Kb.
#1388150
  1   2
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot.


O‘zbek modern she’riyati


Adabiyotlar
1. O‘zbek modern she’riyati. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2003.
2. XX o‘zbek she’riyati antalogiyasi. Toshkent. Milliy ensiklopediya. 2004.
3. O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. Toshkent. Sharq. 2004.
4. U.Normatov. Ijod sehri. Toshkent. Sharq. 2004.
5. B.Sarimsoqov. Absurd – ma’nisizlik. O‘zAS. 2002. 28 iyun.
6. U.Hamdam. Yangilanish ehtiyoji. Toshkent. Fan. 2007.
7. Q.Yo‘ldosh. Yoniq so‘z. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006.
8. S.Quronov. Ifoda va ifodaviylik. Toshkent. Akademnashr. 2013.
Modernizm XX asr adabiyotida, san’atida muhim hodisa, uning asl qiyofasini belgilovchi muhim omil ekani M.Prust, F.Kafka, T.Eliot, A.Kamyu kabi yangi oqim, yo‘nalishlarga mansub ijodkorlar so‘z san’ati rivojida butunla yangi davr ochgani hech kimga sir emas. Modernizm shunchaki badiiy ekspremental-tajriba, shakliy-uslubiy izlanish natijasi emas, balki u dunyoni, insonni yangicha ko‘rish, tushunish, anglash, anglatishning o‘ziga xos falsafiy-nazariy asoslariga ega. Shopengauer, Nisshe, Bergson, Freyd, Yung, Xaydegger, Sartr, Kamyu kabi g‘oyat xilma-xil ilmiy-falsafiy maktab asoschilarining ta’limoti va g‘oyalari yangicha adabiy oqim, yo‘nalishlar uchun zamin bo‘lib xizmat qildi.
XX asr boshlarida shakllana boshlagan yangi o‘zbek adabiyoti, asosan, ma’rifatchilik realizmi, umuman, realizm ko‘rinishida, aniqrog‘i, XX asr jahon, birinchi galda Yevropa realistik adabiyoti tajribalari yo‘lidan bordi. 20 yillardayoq Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, Hamza singari peshqadam o‘zbek adiblarining ijodida XX asr jahon adabiyoti adabiy tafakkuridagi eng yangi jarayonlarga ohangdosh xususiyatlar, aniqroq qilib aytganda modernistik oqim belgilari namoyon bo‘la boshladi. Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va 20 yillarda ular izidan borgan qator iste’dodli shoirlar she’riyati yaxlit holda bizda Yevropa yangi adabiyotiga hamohang simvolizm adabiy hodisa darajasiga ko‘tarila boshlaganini tasdiqladi. Cho‘lponning 20 asr boshlarida she’riyatimizdagi bir xillikdan norozi ohangda yozgan “bir xil, bir xil, bir xil...ko‘ngil boshqa narsa, yangilik qidiradir” deb yozishi ham bejiz emas. Cho‘lpon ham o‘z davri uchun yangi shoir edi.
XX asrning so‘ngiga kelib modernizm o‘zbek adabiyotiga ham kuchli ta’sir o‘tkaza boshladi. Abduvali Qutbiddin, Faxriyor, Bahrom Ro‘zimuhammad, Aziz Said, Ulug‘bek Hamdam, Go‘zal Begim kabi ko‘plab ijodkorlar asarlarida shu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.



Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling