O`zbek Musiqasi Tarixi


Download 43 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi43 Kb.
#140513
Bog'liq
O`zbek musiqasi tarixi


O`zbek Musiqasi Tarixi

XIX Asrga kelib O`rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotida keskin o`zgarishlar yuz berdi.Bu davrda she`riyat va musiqiy nazariy hamda amaliy jixatdan bir-biriga yaqinlashdi va uyg`unlashib ketdi.Bu holat keyingi asarlarda yashab ijod etgan shoirlar,musiqachilar ijodida yaqqol aks etdi.Aynan IX-XI asrlardan boshlab musiqa faniga asos solinib, yuz yilliklarda yashagan mutafakkirlarning deyarli barchasi bu fan bilan shug`ilanganlar IX asrdayoq musiqaga bag`ishlanan risolalar paydo bo`lgan.

Sharqning buyuk mutafakkiri Abu ali Ibn Sino o`zining musiqaga bag`ishlangan asarlarida musiqaning fizik xossalari,musiqaviy parda va ritmik asosi haqida ma`lumot beradi.Olim ‘’Kitob ul-Najot’’ ‘’Kitob ush-shifo’’ asarlarida musiqa fanining akustikasini,’’donishnoma’’da matematik tomonlarini rivojlantiradi.

XII-XIII asrga kelib islom dini,u bilan bog`liq bo`lgan tasavvuf ta`limoti paydo bo`ldi.Alisher Navoiy musiqani g`oyat sevgan va ulkan bilimdoni bo`lgan .Hatto o`zi ham musiqa asarlari yaratgan.Mutafakkirning fikricha,musiqa ta`sirli kuch bo`lib,xalq va uning hayoti bilan mustahkam bog`lanishi lozim.

XV asrda cholg`u asboblarida,xususan torli asboblarda musiqa chalish keng tarqalgan.Asboblarning poetik tas`viri XV asrda yashagan o`zbek shoiri Axmadning ‘’Sozlar munozarasi’’ deb nomlangan orginal asarida batafsil berilgan.

Manbalarda ma`lum bo`lishicha,buyuk shoir,adib,tarixchi va olim Zaxiridin Muhammad Bobur musiqa sohasida ham juda bilimdon bo`lgan.Bobur Andijon shahri hukmdori bo`lgan vaqti juda ko`p olimlar,sozanda va xonandalarni o`z atrofiga to`plagan.Uning ‘’boburnoma’’ asari olimning musiqaga san`atga et`tibor bilan qaraganidan dalolat beradi.Shuningdek ‘’ Boburnoma’’da Umarshayx davrida yashab ijod etgan san`at ahlining nomlari yodga olingan .’’Boburnoma’’da zamonasiga doir qimmatli ma` lumotlar keltirilgan.

XI asr mutafakkiri va mashur olim,fayasuf Abu Nasr al-Forobiyning sharq musiqa madaniyatida qo`shgan hissasi beqiyosdir.mutafakkir taxminan 873-950-yillarda yashab ijod etgan.Uning musiqaga doir asarlarida musiqaning nazariy va amaliy tomonlarini ochib berish bilan cheklanibgina qolmay,kuyning xususiyatlari,poetik jihatlari,ritmik,cholg`u tembrlari to`g`risida isbotli xulosalar kelirilgan.Yuqorida ta`rif berilgan asarlardan eng mukammali ‘’Kitob ul musiqa-ul kabir’’ asariga musiqashunoslar tomonodan yuqori baho berilib,ensiklopedik asar hisoblanadi.

XV asrning shoirlari va musiqachiari,shuningdek,musiqa ilmining bilimdonlaridan Najmiddin Kavkabiy ijodi ko`pchilikda katta qiziqish uyg`otadi.Uning ‘’Musiqa haqida risola’’si ustoz an`analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdi(Xoji Muhammad,Mavlono Rizo,Samarqaniy)uchun musiqali poetik qo`llanma bo`lgan.Amir Temur va Temuriylar davri O`rta va Yaqin Sharq xalqlari musiqa san`atining rivojlanganligini,uyg`onish (oltin)davri bo`lanligini e`tirof etishadi.Avvalo,bastakorlik ijodining mahsuli bo`lmish mumtoz musiqa o`ziga xos tizimga keltirildi va 12 maqom iborasi birinchi bo`lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan.Sharq musiqasida keng tarqalgan ‘’12 maqom’’ sistemasi ham ana shundan boshlangan.

Rost Busalik

Isfahon Ushshoq

Iroq Husayniy

Ko`chak Zangula

Buzurg Navo Hijoz Ravohiy

Kabi turkumiy asarlar majmuasi bastakorlik ijodining eng murakkab va mukammal namunasi sifatida keyingi avlod uchun namuna bo`ldi.

XIII-XVI asrlarda O`rta Osiyo,Ozarbayjon va xurosonda musiqa ilmi va amaliyotida 12 ta maqom keng tarqalgan edi. Ular haqida bizga to`liq ma`lumot qoldirgan olim Darveshali Changiydir.Uning 12 ta maqom(soz)dan iborat ‘’Risolaiy musiqa’’ asari juda katta ahamiyatga ega.

XIX asrga kelib musiqiy nazariy risolalar bilan bir qatorda ‘’Bayoz’’lar ham vujudga keladi.Ular muayyan kuylar nomi ko`rsatilgan qo`sshiqlar matnidan iborat edi.

Akademik olim Abdurauf Fitratning o`zbek musiqashunosligiga qo`shgan hissasi beqiyosdir.Asrimiz boshida u milliy cholg`u asboblari haqida maxsus asar yozadi. Unda musiqa asboblarining deyarli barchasi nomma-nom keltirib , ularing tafsiloti,tuzilishi to`liq yoritilgan.

Buxoro shashmaqomini o`zbek maqomlarining alohida shaxobchasi hisoblanadi.U Xorazm 6,5 maqomini maqomning Farg`ona-Toshkent yo`llari bilan birga o`zbek maqomi asosini tashkil etadi.Uni notaga olishning ham o`ziga yarasha tarixi bor.Aslini olganda shashmaqomni notaga olish harakati ba`zi musiqashunoslar XIX asrning o`rtalarida boshlagan edi.Mashxur shoir va musiqa ilmining bilimdoni Komil Xorazmiy (1825-1857) va uning katta o`g`li Muhammad Rasul Mirzo tomonidan Xorazm notatsiyasi ixtiro qilinadi.Bu nota yozuvini yaratishda ular tanbur sozi pardalarini asos qilib olgandilar.

Tabiiyki bu nota tizimi maqomlarni o`rganishda o`z vaqtida katta ahamiyat kasb etgan.Lekin tanbur tabulaturasida bu nota tizimi hozirgi nota yozuvi imkoniyatlariga ega bo`lmaganligi tufayli o`sha davrda shashmaqom musiqasini yozib olish ga monelik qildi va kutilgan natijani bermadi.

Buxoro shashmaqomini yozib olish asosan XX asr davomida voqeylikka aylandi.Uning ayrim parchalari XXasr arafasida harbiy kapelmeyserlar A.Eyxgorn va A.Leysek tomonidan notaga ko`chirilgani haqida ma`lumotlar bor.Lekin nisbatan to`la nusxaning ilk bor notaga ko`chirilishida Abdurauf Fitrat tashabbuskor va tashkilotchi sifatida alohida jonbozlik ko`rsatadi.

Fitrat 1921-yili Toshkentdan Buxxoroga qaytgach, maorif va madaniyat ishlari bilan shug`ullana boshladi:Sadri Ziyo,Musa Saidjonov kabi maslakdoshlari bilan hamkorlikda ilmiy jamiyat tuzib,turli fanlarga oid nodir qo`lyozmalarni to`plashga kirishadi.1922-1923-yillarida Buxoro Xalq sho`rolar Jamxuriyati (BXSHJ)ning maorif noziri vazifasida ishlagan kezlari bu faoliyat doirasini yanada kengaytiradi.

Fitrat musiqiy ta`limni va bu sohadagi tadqiqotlarni yo`lga qo`yishni ko`zlab,Buxoro shahrining Ravg`angaron guzarida ixtisoslashgan musiqa maktabi tashkil etadi.U’’Sharq musiqa maktabi’’nomi bilan atalib, unda ta`lim jarayoni sharqona ustozu-shogird saboqlari asosida yo`g`rilgan edi.maktabga o`sha zamonning mashxur maqomxonlari Ota Jalol Nosir o`g`li,ota g`iyos Abdug`ani o`g`li,Levicha(Levi Bobaxonov)Abdurahmon Umarov,Ma`rufjon Toshpo`latov kabi ustozlardan saboq olgan Sharq musiqa maktabi talabalari orasidan Shohnazar Soxibov,Fazliddin Shaxobov,Bobur Zirkiyev kabi mohir maqomxonlar yetishib chiqishdi.

Abdurauf Fitrat Buxoro shashmaqomini yozib olishda,Fayzulla Xo`jayev bilan fikrdoshlikda yechim topishga kirishdilar.Nhoyat ular kelishib, o`sha davrning yetuk musiqasunosi V.Uspenskiyga murojaat qiladilar.

V.Uspenskiy bu ishlarga g`ayrat bilan kirishadi.Sharq musiqa maktabining muallimlari Ota Jalol boshchiligida navbatma-navbat shashmaqom sho`baariga oid u yoki bu kuyni doira va tanbur jo`rligida ijro etishgan.V.Uspenskiy uni notaga ko`chirgan,so`ngra albatta shu yozib olgan kuyni fortepianoda chalib bergan.Ota Jalol boshchiligidagi hay`at nazoratida ma`qullangandan keyingina uni nashr qilishga tafsiya etishgan.

Shashmaqomning yozib olinishi jarayonini tezlashtirishni va uning mukammal yozib olishishini ko`zlab Fitrat o`z uyida haftada bir marta Ota Jalol boshchiligidagi Ota G`iyos,domla Xalim Ibodov,Levicha va boshqalardan iborat maqomxonlar ishtirokida musiqa kechalari uyushtirilib turgan. Bu holat maqomlar sifatini yanada yaxshilashga hamda Fitratga ularning nazariy asoslarini idrok etishga,taxlil etishga imkon yaratgan.Bu Fitratning o`zbek milliy musiqasini avlodlarga yetkazishda nechog`lik fidoyilik ko`rsatganligini yaqqol tasdiqlaydi.Ushbu mashaqqatli vazifani 1923-yilda boshlashgan bo`lishsa 1924-yilda A.Fitrat va N,Mironovlar taxriri ostida Moskvada nashr ettirdi.F.Xo`jayev Uspenskiyning xizmat haqqini sof Buxoro oltini bilan to`ladi.’’Shashmaqom’’(Olti poema) nomida chop etilgan bo`lib,mushkilot va ashula bo`limini ifodalovchi nasr qisimlaridan iborat.

‘’Buzrug’’ shashmaqomning birinchi va boshlovchi maqomi bo`lib,mushkilot va ashula bo`limini ifodalovchi nasr qismlaridan iborat.

‘’Rost’’-ikkinchi maqom bo`lib,mushkilot, nasr va ufor qismlaridan iborat.Butun maqom 20 kuy atrofida.

‘’Navo’’-uchinchi maqombo`lib,mushkilot,nasr va ufor qismlaridan iborat.Butun maqom 28 kuydan iborat tarkibda berilgan.

‘’Dugoh’’-to`rtinchi maqom bo`lib,unda ufor qismi yo`q mushkilot va nasr qismlari mavjud.Butun maqom esa 35 kuyni o`z ichiga oladi.

‘’Segoh’’-beshinchi maqom;u ham mushkilot va nasr qismlaridan iborat.Butun maqom 29 kuydan tashkil topgan.

‘’Iroq’’-mushkilot,nasr va ufor kabi 3 qismdan tarkib topgan.

Umuman yakuniy 2 maqom 3 kuydan iborat.

Uspenskiy Buxoro shashmaqomiga taaluqli 158 ta kuyni notaga ko`chirishga muvaffaq bo`lgan.Bu juda katta muvaffaqiyat edi.V.Uspenskiyga maorif vazorati tomonidan minattdorchilik bildirildi.Ushbu maqomning noa ko`chirilishi Abdurauf Fitratning ‘’O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi’’,’’O`zbek musiqasi to`g`risida’’ hamda V.Uspenskiyning ‘’Kласическая музика узбеков’’(1927)singari tadqiqotlarning yuzaga kelishiga turtki bo`ldi.

AUGUST EYXGORN HAYOTI VA IJODI

August Fedorovich Eyxgorn 1844-yil 2-aprel sanasida Avstryaning L shahrida tavallud topdi.Uning kasbi skripkachi bo`lib,kompozitsiya sohasida ham bilimga ega edi.A.F.Eyxgorn 1870-yili Toshkentga keladi va harbiy kapelmeyster lavozimida faoliyat ko`rsata boshlaydi.Musiqiy-Etnografik faoliyatini A.Af.Eyxgorn 1871-yildan boshlab 1883-yilgacha davom ettiradi.

1871-1883-yillar mobaynida u To`ytepa(1871)Qo`qon(1876)Farg`ona vodiysi bo`ylab(1879)musiqiy-etnografik sayohatlar uyushyiraddi va xalq musiqa ilodiga oid ko`plab materiallarni yig`ib keladi.

A.F.Eyxgorn sayohat davrida mahalliy tilni bilmasada she`riy matinlarni ham yozib olishga harakat qilgan.mazkur jarayonda u qo`shiqchilikning kelib chiqish tarixi,tarqalgan joylari,ilodkorlarning nomlari va tarjimaiy holini so`rab-surushtirgan.oshga bu tarzda yondashganligi A.F.Eyxgorn faoliyatiga alohida qiziqish uyg`otadi va uning uslubining ilobiy tomonlarini belgilab beradi.

A.F.Eyxgorn nafaqat o`zbek,balki qirg`iz va qozoq alqlarining qo`shiqlari,cholg`u kuylarini ham to`plagan.Aynan Eyxgon mazkur xalqlarning folklor materiallarni to`plovchisi hisoblanadi.A.F.Eyxgorn qozoq va qirg`iz xalqlarining musiqasini nazariy masalalariga ham katta e`tibor bergan.Shu blan birga A.F.Eyxgorn markaziy Osiyo xalqlari musiqa cholg`ularini yig`ish,tuzish ishlarida faollik ko`rsatgan.U 36 ta cholg`udan iborat majmuani to`plashga muyassar bo`lib,ularning har biriga yozma ta`rif bergan.

A.F.Eyxgorn tomonidan to`plangan musiqa asboblari kolleksiyasi Moskvadagi Politexnika ko`rgazmasida 1872-yil, keyinchalik Venadagi Butunjaxon ko`rgazmasida namoyish etiladi.

Katalog 2 bo`limdan iborat:

Birinchisi - qirg`izlar va boshqa mo`g`ul qabilalarining asboblari do`mbra,qobuz,sibizg`a va quraylarni o` ichiga oladi.

Ikkinchisi - Eyxgorn tomonidan’’ Turkmaniston,Qo`qon, Afg`oniston, Buxoro va Xiva aholisining musiqa asboblari’’ deb nomlangan.

Tanbursimon asboblar Eyxgornning kolleksiyasida aynan, tanur va uning turli ko`rinishlarida taqdim qilingan.Asbob qadimda Xudoyorxonning ‘’sevimli san`atkori’’ bo`lgan taniqli qo`qonlik mashshoq Karimboydan sotib olingan.

FRANTISHEK VATLAV LEYSEK IJODI.

Chexiyalik harbiy kapelmeyster va kompozitor Frantishek Vatslav Leysek 1878-1935-yillari O`zbekistonda yashab milliy kuy-qo`shiqlarni to`plash borasida ancha ishlarni bajaradi.

F.Leysek O`rta Osiyo xalqlari musiqasining 200 ga yaqin namunalarini to`plab,uni Rossiya ko`rgazmasiga taqdim etadi.

O`zbek musiqa merosini to`plash va yozib borish ishlari XX asrda izchil amalga oshirib boriladi.1919-yili Turkmaniston Respublikasi Xalq Maorif Kamissarligining San`at bo`limi huzurida tashkil etilgan Badiiy-Etnografik komissiyasi keng ko`lamli faoliyat olib borildi.Komissiya a`zolari ---- G`.Zafariy,V.Uspenskiy, N.Mironovlar O`rta Osiyo xalqlari musiqa ijodini atroflicha o`rganishni, to`plab nashr etishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yadilar.Bu borada bajarilgan yirik ishlardan biri -- o`zbek va tojik xalqlarining musiqa yodgorligi bo`lmish ‘’Shashmaqom’’ turkumini yozish jarayonidir.

XIX ASRDA MADANIY MUSIQIY HAYOT BASTAKORLAR IJODI.

XIX asrning 2-yarimida musiqiy hayot asosan rus musiqachilar faoliyati ahamiyatli bo`lgan,bu davrda o`lkaga chet el musiqa madaniyati bilan bir qatorda mahalliy musiqani o`rganish va targ`ib qilish ishlari olib borilgan.Aynan bu davrda August EYXGORN va Franishek Leysek kabi harbiy musiqa kapelmeysterlari Turkiston folkloristika va musiqiy cholg`ularni yig`ish hamda chet ellarda namoysh etish singari muhim ishlarni qilishgan.Shuningdek,musiqiy tanqidchilik sohasi ham bir muncha yoyiladi.Mahalliy ro`znoma oynoma va to`plamlarda yevropa madaniyatining voqeyliklarridan tashqari O`rta osiyo musiqasi masalalari ham yoritilardi.A.Eyxgorn O`rta osiyo cholg`ularini yig`ishda ko`plab mahalliy va qardosh xalqlarga musiqiy ekspeditsiya uyushtiradi va to`plagan cholg`ular tasnifini va ijrochilarni ham zikr qiladi. Eyxgornning to`plagan ishlari 2 ta katalog bo`lib,ularda nafaqat o`zbek cholg`ulari va kuy qo`shiqlari balki,qozoq, qirg`iz xalqlarining cholg`ulari va musiqasini yoritib bergan va yevopaning Vena va bosha shaharlarida namoyish qilgan.

A.Eyxgorn dastlabki folklorshunoslardan hisoblanadi.Cheiyalik kapelmeyster va kompozitor Frantishek Vatslav Leysek 1878-1935-yillarda o`zbekistonda yashab ,Markaziy Osiyo xalqlari musiqasining 200ga yaqin turini to`plagan.



O`ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGI.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling